I bob. Monopol raqobatlashgan bozorlar va uning xususiyatlarining nazariy asoslari Monopol raqobatlashgan bozor mazmuni va uning tarixiy yondashuvlari. Monopol raqobatlashgan bozorlarning xususiyatlari. II bob


Download 1.47 Mb.
bet2/5
Sana23.04.2023
Hajmi1.47 Mb.
#1384111
1   2   3   4   5
Bog'liq
Monopol raqobatlashgan bozorlarning xususiyatlari

Monopol hokimiyat. Firma monopol hokimiyatga ega bo’ladi , qachonki u o’zining sotadigan tovari narxiga ta’sir qilaolsa , ya’ni o’zgartirolsa. Monopol hokimiyat darajasi ushbu tovar o’rnini bosuvchi tovarning mavjudligi va tovarning bozordagi ulushi bilan belgilanadi. Monopol hokimiyatga ega bo’lish uchun firmaning sof monopolist bo’lishi shart emas. Firma mahsulotiga bo’lgan talab chizig’i raqobatlashgan bozordagiday garizontal bo’lmasdan , pastga yotiq bo’lishi kifoyadir. Agar talab chizig’I pastga yotiq bo’lsa , firma taklif hajmini oshirib yoki kamaytirib , mahsulot narxini o’zgartirish mumkin.
Umuman olganda monopolist narxni nazorat qilishidan yutuqqa ega bo’ladi. Monopolistning taklifi raqobatlashgan bozor taklifiga ko’ra kam bo’ladi , Tovar narxi esaa , raqobatlashgan narxga nisbatan yuqori bo’ladi (monopol narx chekli harajatdan yuqori).
Tovarlarni monopol narxda sotilishi jamiyat xarajatini ko’paytiradi , aholining turmush darajasiga salbiy ta’sir ko’rsatadi. Nima uchun deganda, ushbu tovarni sotib oluvchilar ko’proq pul sarflaydi , shu tovarni sotib oluvchilar soni ham kamayadi. Shuning uchun ham monopoliyaga qarshi qonun , bozorlarni monopoliyaga aylantirishga yo’l qo’ymaydi .
Monopollashgan bozor - ozchilik sotuvchilar va haridorlar hukmron, raqobat cheklangan yoki mavjud boʻlmagan bozor. Uning monopol raqobatli, oligopolistik, sof monopoliya bozori turlari bor. Monopol raqobatli bozorda firmalar koʻp boʻlganidan ulardan har birining tovarlar sotishdagi hissasi kichik boʻladi, natijada ular bozorni cheklangan holda nazorat qiladilar. Ular yashirin kelishuv asosida oʻzaro til biriktira olmaydilar, bu bilan mazkur bozor oligopolistik bozor (guruh monopoliyasi)dan farqlanadi. Monopollashgan bozorda firmalar mustaqil boʻlganidan oʻz bozorida bir-biri bilan raqobatlashadi. Lekin raqobatning asosiy usuli narx bilan raqobatlashuv emas, balki sifat jihatidan bir-biridan farqlanuvchi mahsulot bilan bozorga chiqish hisoblanadi.
Monopol hokimiyati bor firmalar foydani maksimumlashtirish maqsadida, narx va ishlab chiqarish hajmini qanday qilib belgilaydi. Shuningdek, monopol hokimiyat sohibi bo'lish uchun firmalar sof monopolistlar boʻlishi shart emasligini ham ko'rib chiqdik. Ko'pchilik sanoat tarmoqlarida bir necha firmalar raqo- batlashadilar, ulardan har biri hech bo'lmaganda biroz monopol hokimiyatga ega boʻladi, ya'ni narx darajasini nazorat qiladi va chegarali xarajatlardan yuqori bo'lgan narxni o'rnatadi. Bir qarashda, kitob bozori mukammal raqobatlashgan ko'rinadi. Kitob do'konidagi javonlarga qarasangiz, ko'plab mu- alliflar va ko'plab nashriyotlarning sizning e'tiboringizni tortish uchun raqobatlashayotganini ko'rasiz. Xaridor minglab raqobat- lashayotgan adabiyotlardan tanlab olishi mumkin. Bu tarmoqqa har kim kirib kela olishi mumkinligi tufayli, kitobni yozgan va chop ettira olgan individ kitob biznesi bilan shug'ullanishi mum- kin, ammo bu uncha foydali emas. Har bir yuqori daromad ola- digan yozuvchi uchun yuzlab raqobatchilar to'g'ri keladi.
Boshqa bir tomondan, kitob bozori aniq monopollashgan. Har bir kitob ajoyib bo'lib, chop etuvchilar narx qo'yishda erkinlikka egadirlar. Sotuvchilar bu bozorda uni qabul qilmasdan turib tez- roq narx belgilaydilar. Haqiqatdan ham kitoblar narxi chekli xarajatlardan sezilarli darajada baland. Qalin betli oddiy asar narxi, masalan, 30000 so'm atrofiga, shu vaqtning o'zida qo'shimcha kitobni nusxasini chop etish qiymati 10000 so'm atrofida.
Asarlar uchun bozor na raqobatbardosh, na monopoliya modeliga to'g'ri keladi. Aksincha, u monopolistik raqobat modeli orqali tasvirlanib, bu bo'limning mavzusidir. Biroq keyinchalik biz ko'ramizki, u monopolistik raqobatdoshdir. Korxonalar ba'zi hollarda monopolistik, boshqa hollarda esa raqobatdosh boʻladi. Model nafaqat nashriyot korxonalari munosabatini, balki boshqa tovar va xismatlar bozorini ham tasvirlaydi.
Bu bobda biz sof monopoliyadan farqlanuvchi, lekin monopol hokimiyatga zamin yaratuvchi bozor tuzilmalarini o'rganib chiqa- miz. Biz o'rganishni monopol hokimiyatdan boshlaymiz.
Monopol raqobatli bozor mukammal raqobatli bozorga shu ma'noda o'xshaydiki, bu yerda ham firmalar ko'p, yangi firmalarning bo- zorga kirib kelishi chegaralanmagan. Ammo u mukammal raqo- batli bozordan mahsulotning tabaqalashgani bilan ajralib turadi: har bir firma alohida toifadagi yoki boshqa xildagi tovarni sotadi, u o'zining sifati, koʻrinishi, nufuzi bilan ajralib turadi, har bir firma o'z markasidagi tovarni monopoliya ishlab chiqaruvchisi hisoblanadi. Firma qo'lidagi monopol hokimiyatning miqyosi uning mahsuloti boshqalarnikidan naqadar yaxshi farqlanishiga bog'liq bo'ladi. Monopolistik raqobat uchun misollar ko'p. Tish pastasi, kir yuvish poroshogi, alkogolsiz ichimliklar va boshqalarni ishlab chiqarishni misol qilib ko'rsatsa bo'ladi.
Monopollashgan bozor yangi firmalarning kirib kelishi uchun ochiq hisoblanadi. Shu bois bu yerda raqobat cheklanmaydi, aksincha, kengayib turadi. Yangi firmalar kirib kelganda taklif koʻpayib, narxlar tushib ketadi, natijada zarar ham koʻtariladi. Zarar koʻrganlar bozordan chiqib ketishgach, narxlar oshadi, foyda maksimumlashadi. Bunday bozorda tovarlarni mukammallashtirish sotish hajmini oshirib, foyda miqdorini koʻpaytiradi. Raqobatda modernizatsiyadan tashqari, reklama ham keng qoʻllanadi. Monopollashgan bozorning monopollashuv darajasi amerikalik iqtisodchi A. P. Lerner (1903—1983) indeksi (L) bilan aniqlanadi:P-Wm bu yerda R — narx; Wm — meʼyoriy harajatlar. Indeks qiymati 0 dan 1 gacha oʻzgaradi. Uning qiymati 1 ga kanchalik yaqin boʻlsa, firma monopoliyasi shu qadar kuchli hisoblanadi. Monopolistik raqobat — bu koʻpgina sotuvchilar oʻxshash boʻlgan, ammo bir xil boʻlmagan tovarlarni taklif qiluvchi bozor turi hisoblanadi.
1933-yilda amerikalik iqtisodchi Edward Hastings Chamberlin oʻzining „Monopolistik raqobat nazariyasi“ asarida yangi raqobat turi — monopolistik raqobat haqida soʻz yuritadi. Uning fikricha real bozor turlari aynan raqobatlashgan bozor va monopoliya oraligʻidagi chegarada faoliyat yuritishadi. Keyinchalik 1977-yilda esa Avinash Kamalakar Dixit va Joseph Eugene Stiglitz monopolistik raqobatni hozirgi koʻrinishiga olib kelgan hammualifdagi maqolalari chiqadi. Bu model keyinchalik Dixit-Stiglitz modeli nomini oldi[3]. Lekin Michael Porter tomonidan bildirilgan asosiy nazariyaga koʻra, istalgan mahsulot hech boʻlmasa bir guruh isteʼmolchilar tomonidan „oʻzgacha“ deb qabul qilinadi. Shu sababli ularni fikriga qarab differensiallik darajasi aniqlanadi. 1986-yilda Merton Howard Miller tomonidan marketing va innovatsiyani differensiallashuvning asosiy 2 strategiyasi deb nomlashni taklif qildi. 1988-yilda esa Henry Mintzberg aniq va keng kategoriyalarni taklif qildi: sifat, dizayn, imidj va narx.


Download 1.47 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling