I bob. Monopol raqobatlashgan bozorlar va uning xususiyatlarining nazariy asoslari Monopol raqobatlashgan bozor mazmuni va uning tarixiy yondashuvlari. Monopol raqobatlashgan bozorlarning xususiyatlari. II bob


Monopolistik raqobatning boshqa raqobat turlaridan farqi . Bozordagi raqobatning tarkibiy taqqoslanishi


Download 1.47 Mb.
bet5/5
Sana23.04.2023
Hajmi1.47 Mb.
#1384111
1   2   3   4   5
Bog'liq
Monopol raqobatlashgan bozorlarning xususiyatlari

Monopolistik raqobatning boshqa raqobat turlaridan farqi . Bozordagi raqobatning tarkibiy taqqoslanishi

Bozor strukturasi

Firmalar soni

Monopol hukumati darajasi

Talabning elastikligi

Tovar differisiallashuvi

Iqtisodiy foyda koʻrishi

Samaradorligi

Foydani maksimallashtirish sharti

Narx shakllanishi

Mukammal raqobat

Cheksiz

Yoʻq

Absolyut elastik

Yoʻq

Ha/Yoʻq (Qisqa/Uzoq)

Ha

P=MR=MC

Narxni oluvchi

Monopolistik raqobat

Koʻp

Kam

Kuchli elastik (uzoq muddatda)

Kuchli

Ha/Yoʻq (qisqa/uzoq muddatda)

Yoʻq

MR=MC

Narx shakllantiruvchi

Oligopoliya

Kam

Nisbatan kuchli

Elastik

Mavjud

Ha

Yoʻq

MR=MC

Narx shakllantiruvchi

Monopoliya

Bitta

Kuchli

Nisbatan noelastik

Absolyut (chunki yagona mahsulot)

Ha

Yoʻq

MR=MC

Narx shakllantiruvchi

Qisqa muddatli oraliqda firma muvozanati.


Firma mahsuloti differensial boʻlgani, tovar hajmi maʼlum miqdorda umumiy bozor talabiga taʼsirga ega ekanligi uchun uning talab chizigʻi AR(Average Revenue, oʻrtacha daromad) pastga yotiq yoʻnalgan. Bu yerda AR faqatgina yagona firma tovariga boʻlgan talab, bozor talab chizigʻi bir firma narx siyosati tufayli bunday oʻzgarmaydi. Firma foydasini maksimallashtirish chekli(marjinal) xarajatlar chekli(marjinal) daromadlarga teng boʻlganda amalga oshishi sababli (MC=MR), Qs hajmda mahsulot ishlab chiqarish foydani maksimallashtiradi. Muvozanat narx Ps firmaning talab chizigʻi orqali aniqlanadi. Muvozanat narx oʻrtacha xarajatdan katta boʻlgani uchun firma iqtisodiy foyda oladi va bu foyda rasmda shtrixlangan toʻrtburchak orqali tasvirlangan. Monopolistik raqobatga ega bozorda firma foyda koʻrgan taqdirda oʻz ishlab chiqarish hajmini MC=MR gacha yetkazishni istaydi, shu sababli ishlab chiqariluvchi tovar hajmini oshiradi (1.1-rasm).


    1. –rasm .



Ishlab chiqarish hajmi (Q)

Narx §

Umumiy daromad (TR)

Chekli daromad (MR)

Umumiy xarajatlar (TC)

Chekli xarajat (MC)

Foyda (π)

0

5,25

0,00

0,00

3,00

0,00

−3,00

1

5,20

5,20

5,20

8,85

5,85

−3,65

2

5,15

10,30

5,10

12,30

3,45

−2,00

3

5,10

15,30

5,00

14,55

2,25

0,75

4

5,05

20,20

4,90

16,20

1,65

4,00

5

5,00

25,00

4,80

18,45

2,25

6,55

6

4,95

29,70

4,70

21,90

3,45

7,80

7

4,90

34,30

4,60

27,75

5,85

6,55

Qisqa muddatli oraliqda firma foydasining oʻzgarishi

Jadvaldan koʻrish mumkinki, ishlab chiqarish endi boshlanganida ishlab chiqarish resurslari kamligi va doimiy xarajatlarning kattaligi sababli firma zarar koʻradi. Keyin esa ishlab chiqarishning oʻsuvchi ishlab chiqarish qonuniga asosan, chekli xarajatlar kamayib boradi[9]. Ishlab chiqarish 6 ga yetganidan soʻng chekli naflilikning kamayish qonuni amal qilib, chekli xarajatlar chekli daromaddan oshadi va umumiy foyda kamayadi. Bozor iqtisodiyoti sharoitida istalgan ratsional firma ishlab chiqarishni aynan foyda maksimal boʻlganida toʻxtatadi. Iqtisodchilar fikriga koʻra, Sovet sotsialistik respublikalari ittifoqida aynan samarasiz ishlab chiqarish modeli, foyda emas, balki ishlab chiqarilgan mahsulot, band boʻlgan ishchilar soni muhim boʻlganligi uchun qisqa muddatli oraliqda bunday firmalar har tomonlama samarasiz hisoblangan.
Uzoq muddatli oraliqda firma muvozanati.
1.2-rasm.Uzoq muddatli oraliqdagi monopolistik raqobatda firma muvozanati.
Maʼlumki vaqt oʻtgani sari foyda keltiruvchi boʻlgan tarmoqqa intiluvchi firmalar koʻpayadi. Aynan shu sababli qishloq xoʻjaligida faoliyat yurituvchi fermer xoʻjaligi birinchi yil shartli 600 mln. soʻm foyda olgan boʻlsa, bundan xabar topgan tarmoqdan tashqaridagi firmalarning(ular odatda barcha kerakli ishlab chiqarish resurslariga ega boʻlishadi) haddan ziyod taklif etilgan tovarlari oqibatida tarmoqdagi firmalar endi kamroq foyda koʻrishadi yoki foyda koʻrishmaydi yoki zarar koʻrishadi. Shu sababli bozorga kirgan qoʻshimcha oʻrinbosar tovarga ega ishlab chiqaruvchilar yoki bozor talabidan ulush olish uchun qoʻshilgan firmalar avval bozorda faoliyat yuritgan firmalarning talab chizigʻidagi mijozlarni oʻzlashtirishadi. Shu sababli ham 1.2-chizmadagi talab chizigʻi pastga va chapga suriladi, bozordagi muvozanat narx ham shu sababli pastlaydi. Uzoq muddatli oraliqda firmalar iqtisodiy foyda koʻrishmaydi, barcha normal foyda koʻradi. Agar tarmoqdagi firmalar soni juda koʻp boʻlsa hattoki zarar koʻrishadi va faqatgina AVC
1.2-rasm


Uzoq muddatli oraliqda firma foydasining oʻzgarishi .

Ishlab chiqarish hajmi (Q)

Narx §

Umumiy daromad (TR)

Chekli daromad (MR)

Umumiy xarajatlar (TC)

Chekli xarajat (MC)

Foyda (π)

0

5,25

0,00

0,00

3,00

0,00

−3,00

1

5,20

5,20

5,20

13,00

13,00

−7,80

2

5,15

10,30

5,10

16,00

8,00

−5,70

3

5,10

15,30

5,00

19,50

6,50

−3,80

4

5,05

20,20

4,90

22,00

5,50

−1,80

5

5,00

25,00

4,80

25,75

5,15

−0,75

6

4,95

29,70

4,70

29,70

4,95

0,00

7

4,90

34,30

4,60

40,95

5,85

−6,65

8

4,85

38,80

4,50

60,00

7,50

−22,20

Uzoq muddatli oraliqda firmalarning asosiy maqsadi tarmoqda qolish hisoblanadi. Shu sababli ham firmalar MC=MR boʻlgunicha yoki eng minimal zarar keltiruvchi ishlab chiqarish hajmida ishlab chiqarishni toʻxtatishadi. Uzoq muddatli oraliqda istalgan ishlab chiqarish resurslaridan foydalanish mumkin boʻlsa-da, tarmoqqa kirish uchun toʻsiqlarning juda kamligi foydani nolga tenglashtiradi. Agar qandaydir sabablarga koʻra bozorda narx oʻrtacha oʻzgaruvchan xarajatlardan kichik boʻlsa, bunday sharoitda hech qanday firma bu tarmoqda faoliyat yuritmaydi (narxlar jangi bundan mustasno). Uzoq muddatli oraliqda masshtabdan ijobiy samara ishlaganligi sababli SSSR iqtisodiyoti shiddat bilan oʻsadi, ammo keyinchalik turli salbiy omillar sababli masshtabdan salbiy samara ishlay boshladi. Buni SSSR iqtisodiyotida yalpi ichki mahsulot 1980—1991-yillar oraligʻida avval sekinlashgani, keyinchalik faqat pasayganligi buni isbotlaydi[15] (Solow modelida aniqroq sharh berilgan).



II. bob
2.1 Monopol bozorlarda firmalarning samarali faoliyatini muammolari.

Monopolistik sharoitida faoliyat yurituvchi firmalar samarasiz faoliyat yuritishadi, chunki odatda narx siyosatini nazorat qilishga sarflanadigan xarajatlar aynan shu nazorat qilishdan keladigan daromaddan koʻproq hisoblanadi. Bundan tashqari monopolistik hokimiyatga ega firma ishlab chiqarishini chekli xarajat chekli daromadga teng boʻlganda toʻxtatadi. Vaholanki, bunda oʻrtacha umumiy xarajatlar hali minimal nuqtaga yetmagan boʻladi. Mukammal raqobatdan farqli ravishda monopolistik raqobat sharoitida ishlab chiqaruvchi foyda olsada, jamiyat farovonligi bu holatda kamayadi. Bundan tashqari differensial tovarlar isteʼmolchi ehtiyojini yaxshiroq qondirgani uchun jamiyat uchun manfaatli mukammal raqobatdan koʻra monopolistik raqobat afzal koʻriladi.


Boshqa muammo esa monopolistik raqobat reklamani rivojlantirishidadir. Albatta, makroiqtisodiy darajada bu muammo sifatida koʻrilmas, ammo mikroiqtisodiyotda, xususan iste'molchi tanlovi nazariyasi, iqtisodiy foyda va alternativ xarajatlar bogʻliq muammolarda bu hal qilinishi kerak boʻlgan muammo hisoblanadi. Reklamaning monopolistik raqobat sharoitida ishlashining ikkita yoʻli mavjud. Yaʼni, reklama firmaning qabul qiluvchi talab chizigʻini noelastikroq qilishi mumkin yoki reklama orqali firma tovarlariga talab ortadi. Ikki holatda ham firma yoki koʻproq tovar sotadi, yoki narxni oʻzi uchun foydali darajagacha oshiradi, yoki ikkala holat ham amalga oshib baribir firma foydasi oshadi. Bu firmaga oʻz savdo belgisini yaratishga imkoniyat beradi. Reklama isteʼmolchilarga ratsional omillarga tayanib emas, balki faqatgina uni nomi sababli koʻproq xarajat qilishga undaydi. Reklama himoyachilari esa savdo belgisi isteʼmolchilarga ishonchlilik belgisi hisoblanishi va kerakli tovarni topishga boʻlgan axborot xarajatlarini kamaytirishini aytishadi. Lekin, bu holat murakkabroq. Monopolistik raqobatga ega bozorda aniq axborotga ega boʻlish va uni qayta ishlashning oʻz xarajatlari mavjuddir. Monopol bozorda faqatgina 1 firma mavjudligi sababli axborot xarajatlari past. Mukammal raqobatda juda koʻp firmalar boʻlsada, tovarlar bir xilligi sababli bu holatda ham axborot xarajatlari nisbatan past. Ammo monopolistik bozorda firmalar koʻpligi va tovarlar bir-biridan farq qilishi sababli ratsional isteʼmolchi juda koʻp sonli brendlarni oʻrganishi kerak. Koʻpgina hollarda eng yaxshi brendni topishga ketgan xarajatlar ana shu eng yaxshi brenddan olingan foydaga qaraganda koʻproq boʻladi. Oqibatda isteʼmolchi zarar koʻradi. Isteʼmolchilar reklama orqali nafaqat reklama qilinayotgan brendni baholash uchun, balki boshqa isteʼmolchilar eʼtibor bermagan boshqa shunday brendlar borligini aniqlashga urinishadi.











Xulosa
Tadqiqotimizda “monopolistik raqobat” tushunchalarining mohiyati va mazmuni yoritib oʻtildi. Bundan kelib chiqqan holda, raqobat – mustaqil xoʻjalik yurituvchi subyektlarning cheklangan iqtisodiy resurslar uchun kurashidir.Raqobat funksiyalariga yangilik, joylashtirish, taqsimlash, moslashtirish, tartibga solish va nazorat qilish funksiyalari kiradi.
Raqobatda tarmoq ichidagi, tarmoqlararo, narxli, narxsiz, mukammal va nomukammal turlari mavjud. Bozor turlarga esa: mukammal, monopolistik, oligopoliya, monopoliya va monopsoniya kiradi.Raqobat usullari va strategiyalarini oʻrganib, shunday xulosaga kelishimiz mumkinki, usullarga koʻra raqobat narxli (narxlar asosidagi raqobat) va narxsiz (sifatini oshirish asosidagi raqobat)ga boʻlinadi.
Kurs ishi mavzusi doirasida olib borgan tadqiqotlarga asoslanib, quyidagi xulosalarni chiqarishimiz mumkin:
Birinchidan, uzoq muddatda monopolistik raqobat sharoitida muvozanat bahosi mukammal raqobat sharoitida oʻrnatiladigan muvozanat bahosidan oshib ketadi. Boshqacha aytganda, monopolistik raqobatning bozor tuzilishi isteʼmolchini mahsulot uchun "qoʻshimcha" pul toʻlashga majbur qiladi.
Ikkinchidan, monopolistik raqobat sharoitida ishlab chiqarishning eng samarali hajmidan biroz kichikroq mahsulot ishlab chiqariladi. Mukammal raqobat sharoitida har bir sotuvchi minimal oʻrtacha xarajatga mos keladigan hajmda ishlab chiqaradi, shuning uchun bozorda sotiladigan mahsulotning butun hajmini ishlab chiqarish eng kam xarajat bilan amalga oshiriladi. Monopolistik raqobat sharoitida ishlab chiqarish hajmi optimaldan biroz kamroq. Shuning uchun, agar u yerda mukammal raqobat sharoitida ishlaydigan qonunlar amal qilsa, butun bozor hajmi arzonroq ishlab chiqarilishi mumkin boʻladi.

Uchinchidan, xaridorlar nuqtai nazaridan, sanoat oʻziga kerakli tovarlarni ishlab chiqarish uchun resurslardan toʻliq foydalanmaydi. Ammo ishlab chiqarishning koʻpayishi sotuvchilarning manfaatlariga mos kelmaydi, chunki bu ularning foydasini kamaytiradi. Mahsulotning tabaqalanish darajasi qanchalik yuqori boʻlsa, bozordagi raqobat shunchalik mukammal boʻladi va foydalanilgan quvvatlar, ishlab chiqarish hajmi va narxlari eng samaralilaridan oqilona foydalaniladi.


Biroq, monopolistik raqobat bir xil mahsulotning keng assortimenti kabi afzalliklarga ega, bu esa har qanday xaridorning talablarini qondirishga yordam beradi.



Download 1.47 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling