I bob. Mustaqillik davrida sozandalik san’atining nazariy asoslari
Kurs ishining maqsad va vazifalari
Download 93.36 Kb.
|
Mustaqillik davrida sozandalik san\'ati
- Bu sahifa navigatsiya:
- Kurs ishining predmeti
Kurs ishining maqsad va vazifalari:Har bir musiqa cholg‘usi zamon va vaqt nuqtai-nazaridan qotib qolgan,о‘zgarmas kо‘rinish va mazmunga ega emas. Uning yashovchanligi, kam о‘zgarishga uchrashi va eng asosiysi - doimiy iste’molda bо‘lishi muayyan cholg‘uning mukammalligi va uni targ‘ib etilishi bilan bevosita bog‘liq. Misol uchun doyra cholg‘usining tarixiga nazar tashlasak, uning sо‘nggi bir asr davomida shakl jihatidan kichrayganligi, doyrachilarning ijro mahorati keskin о‘sganligi,sadosining ancha taranglashganligi (doyra muqaddam olovda bunchalik darajada toblanmagan), doyra ichiga osiladigan xalqachalardan foydalanish ahamiyatining susayganligi, noxun bilan chalish uslubining deyarli yо‘qolganligi va yana boshqa о‘zgarishlarni kuzatish mumkin. Doyra cholg‘usining keng ommalashuvi esa bevosita G‘afur Azimov, Tо‘ychi Inog‘omov, Qahramon Dadayev, Odil Kamolxо‘jayev, aka-uka Dilmurod, Xolmurod va Elmurod Islomovlar, Abbos Qosimov va boshqa doyra ijrochilarining faoliyati bilan bog‘liq. О‘tgan asrning 70-80- yillarida qashqar rubob va dutorning, 80- yillardan chang cholg‘usining ommalashuvida rubobchi Muhammadjon Mirzayev, dutorchilar ansambli rahbariG‘ anijon Toshmatov, chang ijrochisi va targ‘ibotchisi Ahmad Odilovlarning targ‘ibot ishlari muhim ahamiyatga ega bо‘ldi.
Kurs ishining predmeti:О‘zbekiston mustaqillikka erishgandan keyin xalqimiz tarixi, о‘tmishi, urfodatlari, qadriyatlari va madaniy merosimizga munosabat о‘zgardi. Jamiyat a’zolarini tarbiyalashda milliy urf-odatlar va an’analardan keng foydalanish, azaliy qadriyatlarimizni tiklash va ular vositasida yoshlar ongida milliy mafkurani shakllantirish muhim vazifalardan biriga aylandi. Shu jarayonda muqaddam musiqa ijrochiligida umuman foydalanilmayotgan, unutilish darajasiga yetib qolgan sodda musiqa cholg‘ulariga qayta jon bag‘ishlandi. Nafaqat havaskor folklor jamoalari faoliyatida, balki akademik yо‘nalishdagi professional jamoalar va hatto estrada ijrochiligida ham changqо‘biz, sibizg‘a, dо‘mbira, sopol nay kabi xalqimizning qadimiy cholg‘ularidan foydalanish boshlandi. Musiqiy hayotimizdagi ana shu jarayonlar ham talabalar tomonidan о‘zlashtirilishiga arziydi, deb hisoblaymiz. Download 93.36 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling