I bob. Muzey fondi va m uzey fondlarini jamlash tartibi


Ma'naviy-ma'rifiy targ‘ibot ishlarini rivojlantiruvchi omillar va innovatsion yondashuv


Download 161.5 Kb.
bet5/6
Sana18.06.2023
Hajmi161.5 Kb.
#1593051
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
Muzey fondlarini saqlash

2.2. Ma'naviy-ma'rifiy targ‘ibot ishlarini rivojlantiruvchi omillar va innovatsion yondashuv
Madaniy-ma'rifiy ishlarning shakl va usullari ma'naviy-ma'rifiy targ‘ibot ishi vositalari bilan tushuntirib berishning, mehnat va ijtimoiy faolligini oshirishning, ularni bozor iqtisodiyoti sharoitida ijtimoiy vazifalarni hal etishga safarbar etishning yangi usullaridir. Bu shakl, usullar boy, ko‘p qirraligi bilan hozirgi sharoitda ma’naviy targ’ibotning xarakterli xususiyatlaridan biridir. Ayni paytda ommaviy, madaniy-ma'rifiy ishlarning shakl va usullarini takomillashtirib borishni, aholiga g‘oyaviy va axloqiy ta'sir ko‘rsatishning eng ta'sirchan usullarini qidirib topishni taqozo etadi. Omma orasida olib boriladigan tashviqot ishining amaliyot ilgari surgan yangi shakllari siyosiy tarbiyaning an'anaviy, turmushda sinalgan, zamonaviy tajriba bilan to‘ldirilgan usullari bilan uzviy qo‘shib olib borishi ham juda muhimdir. Ma'naviy-ma'rifiy targ‘ibot ishi samaradorligini oshirishning ana shunday birga qo‘shib olib boriladigan shakl va usullari g‘oyat xilma-xildir.1
Targ‘ibotchining suhbati aniq faktlarga tayangan holda, mamlakat, viloyat, shahar, tuman hayotidan olingan qiziqarli misollarga asoslanib, tinglovchilarning diqqatini asosiy masalalarga jalb qilgandagina ta'sirchan bo‘ladi. Targ’ibotchining vaqtini hamisha cheklanganligi sababli suhbat nihoyatda tig‘izligi, bayonning qisqa va lo‘ndaligi bilan ajralib turishi lozim. Shuningdek, suhbat tashkilotchisi tadbir mavzusi uchun yoki ma’ruzadagina ochib berishi mumkin bo’lgan juda keng mavzularni va haddan tashqari ko‘p masalalarni olmasliklari kerak.
Ma’naviyat targ’ibotchisining suhbati mamlakat hayotidan olingan siyosiy, iqtisodiy, madaniy hamda xalqaro ahvolga doir fakt va xodisalar asosli ravishda, chuqur tushuntiriladi, tahlil qilinadi, sharxlab beriladi. Ana shunday xususiyatlarni xisobga olgan holda suhbatning bir muncha mufassal, ayni chog‘da umumlashtirilgan rejasini tuzadi.
Bugungi murakkab va tahlikali zamonda yozuvchining bashariyatni ertangi kunini o‘ylab, odamlarni ezgulikka, insof-diyonat, mehr-oqibat va bag‘rikenglikka da'vat etishga qaratilgan haroratli so‘zi har qachongidan ham muhim ahamiyat kasb etmoqda. Ma’naviy targ’ibot jarayonining asosiy kuchlari bu ziyolilar va ijodkorlardir. Lekin bu ishni faqat ularning yelkasiga tashlab qo‘ymasdan, jamoatchilik, butun jamiyatimiz unga o‘z hissasini qo‘shishi kerak.
Bu esa o‘z navbatida ma'naviyat va ma'rifat ahli, olimlar, ziyolilarimiz, ommaviy axborot vositalari vakillaridan, bir so‘z bilan aytganda, shu Vatanga mehr qo‘ygan va o‘zini shu yurt farzandi deb hisoblaydigan har bir insondan faollik va fidoyilikni talab etadi.1
Siyosiy axborotchi suhbat o‘tkazish vaqtida xar hil usullardan foydalanadi. Goho uning o‘zi ko‘p gapiradi, tinglovchilar esa vaqti-vaqti bilan savol beradilar. Boshqa paytda suhbat baxs-munozaraga aylanib ketadi. Ba'zan esa u savol-javoblar tarzida o‘tishi mumkin. Chunonchi, siyosiy axborotchilar ko‘pincha xikoya shaklidan foydalanadi. Odatda tinglovchilar qatnashadigan suhbatdan xikoya farq qiladi; hikoya materialni bir kishining bayon qili berish usulidir. Hikoya qilib berish usulining afzalligi shunda-ki, u biron bir masalani paydar-pay izchil ravishda nisbatan qisqa vaqt davomida yoritishga imkon beradi. Hikoya qilib berish usulining kamchiligi shuki, unda tinglovchilar axborot materiali bayon qilinayotgan paytda tushunmagan savollariga hamisha ham javob ololmaydi, u esa umuman axborotni idrok qilishni qiyinlashtiradi. Shu sababli ba'zan xikoyani bo‘lib, tinglovchilarning qo‘yilgan masalani oxirigacha tushunib olishlariga yordam bermoq kerak. Shu narsa ham juda muhimki, siyosiy axborotchi o‘z fikrini to‘g‘ri, aniq, ommabop tarzda ifoda etishi, tushunarli iboralardan foydalanishi lozim.
Voqealar tavsifi aholiga turli sohalarda axborot berishning yana bir turidir. U ijtimoiy siyosiy hayotning umumiy g‘oya, mavzu bilan birlashtirgan yoki muayyan vaqt doirasi bilan cheklangan bir necha xodisa va voqyalarni klub, madaniyat uyiga keluvchilar oldida qisqacha so‘zlab berish, hamda ularni atroflicha sharxlab berish zarur bulgan xollarda qo‘llaniladi. Voqyalar obzori bironta muammoni kengroq va katta xajmda qamrab olishga, tinglovchilar dikqatini shu masalaga qaratishga imkon beradi.
Ma’naviy-ma'rifiy targ’ibot ishida suhbat, hikoya, voqealar tavsifidan boshqa axborot tarqatish tadbirlarini ham o‘tkaziladi. Jumladan, targ’ibotchi mamlakatimizning va xorijiy davlatlarning hozirgi ichki siyosiy hayoti to‘g‘risida qisqacha axborot beradilar. Bunda tinglovchilar juda umumiy tarzdagi axborotlarni olishlari mumkin. Zero bunday axborotlarning asosiy vazifasi madaniy tadbir ishtirokchilarini gazetada bosilgan turli mavzudagi dolzarb masalaga qiziqtirish, maqola bilan tanishishiga shu mavzudagi televizion ko‘rsatuvni tomosha qilishga undashdan iboratdir. Matbuotda bosilgan materialni jamoa bo‘lib o‘qish usuli ham qo‘llaniladi. Aholiga turli sohalarda va turli mavzularda xilma-xil axborotlar berishning, ularni siyosiy tarbiyalashning keng tarqalgan shakllaridan biri edi va shunday bo‘lib qoladi. Unda odatda, aniq siyosiy va xo‘jalik vazifalari bayon qilinadi, bozor iqtisodiyotiga asoslangan demokratik jamiyat qurilish tajribasi umumlashtirilib boriladi. Ma’ruzaning tematikasi xilma-xil: siyosiy va iqtisodiy masalalar hozirgi paytda mulkchilik shakllari va madaniyat va axloq masalalari, xalqlararo axvol va shu kabilar. Muhimi, shu siyosiy ma’ruzalarga xukumatimizning mazkur masala yuzasidan chiqargan qarorlaridan kelib chiqadigan talablar aniq bayon qilingan bo‘lishi, mahalliy tajriba aniq fakt va misollar asosida tahlil qilishi hamda xulosalar, keng xalq ommasining amaliy vazifalari ta'riflab berilishi kerak. Aholiga turli axborot berishning qulay va ommaviy shakllaridan biri savol-javob kechalaridir. Savol-javob kechalarini o‘ziga xos xususiyatlari shuki, ularni bir vaqtning o‘zida aholiga siyosiy-iqtisodiy, madaniy, axloq xukuq; xalqaro axhol sohasidagi juda xilma-xil savollarni tushuntirishga imkon beradi. Bunday tadbirlarni tayyorlash chog‘ida odamlarni xayajonlantiruvchi masalalarni oldindan aniqlab olish, malakali javob bera oladigan, aholi tomonidan bundan avvalgi uchrashuvlarda bildirilgan mulohazalar, qilingan takliflar yuzasidan nimalar amalga oshirilganligini tinglovchilarga ma'lum qila oladigan e'tiborli matuxassislarni tanlab olish juda muhimdir.
Yakka tartibdagi madaniy-ma'rifiy ishlar boshqa ta'lim - tarbiyaviy, huquqiy muassasalar, mahalla va jamoatchilik tashkilotlar bilan hamkorlikda olib boriladi.1 Yakka tartibda ayrim kishilarning talab ehtiyojlari, qiziqishlari asosida suhbatlar, savol-javob saotlari o‘tkazilsa asosan doimo e'tibor berib turilishi lozim bo‘lgan shaxslar bilan olib boriladi. Bu odatda, ijtimoiy-siyosiy turmushga qiziqmaydigan o‘tmish sarqitlari bilan o‘ralashib qolgan, odob va axlok normalarini buzadigan shuningdeq mafkuraviy, madaniy-ma'rifiy ta'sir ko‘rsatishning boshqa shakllari bilan biror-bir yo‘sinda qamrab ilinmagan shaxslardir. Endigina ishlab chiqarishga kelgan yoshlar ham yakka tartibda yondashishni talab etadi. Bu ish qanday talab etiladi.
Odamlarga yaqin faktlar tashviqotchilik nutqqa qiziqishni orttiradi, ammo notiq tinglovchilarning qiziqishlari bilan bog‘lay olmagan misollar paydo bo‘lishi bilanoq, e'tibor so‘nadi. Agar tinglovchilarning ishlab-chiqarish, ijtimoiy yoki shaxsiy hayoti uchun faktlarning qanday amaliy ahamiyatga egaligi ko‘rsatilsa, faktlardan foydalanish samaradorligi oshadi.
Tajribali mutaxassis ma'rifiy tashviqot ishlarida ko‘rgazmali qurollarning katta ahamiyatini xisobga olib bayon qilinayotgan yoki tashkil etilayotgan tadbir mavzusini statistika ma'lumotlari, jadvallar, diagramma, fotosuratlar va boshqa ko‘rgazmali qurollar bilan oydinlashtirish uchun xar bir imkoniyatdan foydalanishlari zarur. Nazariy qoidalarni tushuntirishda moxirona tanlangan va puxta analiz qilingan statistika ma'lumotlari katta ahamiyatga ega. Notiq o‘z fikr mulohazalarini, xulosalarini yaxshiroq asoslash uchun hamda ularning qimmatini, aniqligini, ishonchliligini oshirish uchun statistika ma'lumotlarga murojaat qiladi, shu sababli bo‘lajak ma’naviyat targ’ibotchilari statistika ma'lumotlari haqida aniq tasavvur qilishi juda muhimdir.
Xullas, bu ko’rgazmali qurollarni namoyish qilish odatda tinglovchilarda qiziqish uyg‘otadi, ularga emotsional ta'sir ko‘rsatadi. Ayni vaqtda ko‘rgazmali qurollardan foydalanish vaqtni ancha tejaydi, targ‘ibotchi-tashviqotchiga murakkab mavzuni ravon va sodda qilib tushuntirish imkonini beradi. Avvalo, tasviriy tashviqot va targ‘ibotning sifatini, matn mazmunining ta'sirchanligini oshirish va ko‘rgazmali tashviqot ma'nosini tushunarli bo‘lishiga erishish kerak. Bu esa o‘z navbatida targ’ibotchining tashabbusiga, rassomning talanti, maxorati, professional tayyorgarligi va siyosiy bilim darajasining kengligiga bog‘liq bo‘lib qolmay, shu bilan birga ob'ektiv omillarga ham bog‘liqdirki, biz ko‘rgazmali tashviqotni tashkil etishda bu omillarni ko‘pincha esdan chiqarib qo‘yamiz. Joy omili, vaqt-soat omili va tomoshabin omili shular katoriga kiradi. Joy omili deganda, masalan, xar qaysi joyning obodonchiligi nazarda tutiladi. Joyning shinamligining o‘ziyoq ko‘rgazmali tashviqotning samarali ta'sir qilishiga yordam beradi, aksincha, shior, transporantni noqulay, noobod joyga ilib qo‘yish uni ta'sirini kamaytiradi. Ko‘rgazmali tashviqot vositasini joylashtirishda ma'rifiy targ‘ibotchi buni sira unutmasligi kerak.1
Ko‘rgazmali tashviqot vositalarining yaqqol ko‘zga tashlaniladigan bo‘lishi ham joy omiliga kiradi. Ko‘rgazmali tashviqot vositalari yoniga odamlar bemalol kela oladigan bo‘lishi lozim. Agar biz biron bir tashviqot materialini binoning peshtoqiga joylashtirsak vak uni bino yoki klub yonidagi yurakdan yaqqol ko‘rishning imkoni bo‘lmasa, u holda ko‘chaning narigi betidan yaxshi ko‘rinadigan bo‘lishi kerak. Buning uchun daraxtlar yoki biron narsa to‘sib qo‘ymaydigan bo‘lishiga xarakat qilishi lozim. Harakat belgisini ham esdan chiqarish yaramaydi. Ko‘rgazmali tashviqot vositalarini transport va yo‘lovchilar juda ko‘p qatnaydigan chorrahalarda, maydonlarga joylashtiruvchi rassomlar tug‘ri ish qilmaydilar, chunki, bunday joylarda odamlarning butun diqqat-e'tibori ko‘cha xarakati qoidalariga rioya etishga qaratilgan bo‘lib, tashviqot vositalriga e'tibor kamayadi. Shu sababli, ko‘rgazmali tashviqotning tomoshabinlarga o‘tkazishi mumkin bo‘lgan ta'siri susayadi.
Ko‘rgazmali tashviqotni tashkil etishda nazarda tutilishi lozim bulgan navbatdagi omil - vaqt- soat omilidir. Ba'zi targ‘ibot-tashviqot vositalari uzoq vaqtni mo‘ljallab tuziladi va ular odatda, xaroratning va ob-xavo sharoitlarining keskin o‘zgarishiga chidaydigan puxta materiallar va sifatli bo‘yoqlardan tayyorlanadi. Bunday hollarda rassomlar bugungi tomoshabinnigina emas, bundan ham talabchanroq va didi yuksakroq bo‘lib qoladigan ertangi tomoshabinni ham o‘ylashlari kerak bo‘ladi.
Qisqa muddatga mo‘ljallangan ko‘rgazmali tashviqot vositalari oddiy va arzon materiallardan tayyorlanadi. Aytaylik, biz dala shiyponini ekish kompaniyasiga mo‘ljallab jihozlamoqchimiz. Ekish komponiyasi tamom bo‘lib, g‘o‘za parvarishiga kiritilishi bilanoq bu vositalarni olib tashlash, uning o‘rniga g‘o‘za parvarishiga doir yangi vositalarni ilib qo‘yish kerak bo‘ladi. Lekin, afsuski, jamoa dala shiyponi yaxshilab jixozlanadi-yu, keyinchalik esdan chiqarilib yuboriladi, natijada “jigitni o‘z vaqtida ekib olaylik" degan shior paxta terimi davrigacha turaveradi. O‘z-o‘zidan ravshanki bu narsa ishga foyda bermaydi. Bayram jihozlari xususida ham shu gapni aytmoq kerak. Biron bir bayramga bag‘ishlagan plakat yoki panno shu bayram o‘tishi bilanoq olib qo‘yilishi kerak. Bundan tashqari, ana shunday plakat yoki pannolarni bayramdan ancha avval osib qo‘yish ham yaramaydi. Bunday vositalar bayram arafasida va bayram kunlaridagina odamlarda bayramona kayfiyatda vujudga keltirishga mo‘ljallangan.
Ma'lum mavsumdagi qishloq xujalik ishlari, qurilish olib boriladigan joylarda tasviriy tashviqot va targ‘ibotning muvafaqqiyat jihozlaridan foydalaniladi. Bunda shu jihozlarning vaqtinchalik ekanligi tashviqot ishlarining siyosiy va estetik samarasini aslo kamaytirmaydi. Ko‘rgazmali tashviqot va targ‘ibot vositalarini tez-tez almashtirib turish tomoshabinlarning tashviqot vositalariga qiziqishini kuchaytiradi, ularni tasviriy san'atning faol iste'molchilariga, siyosiy mavzularni ko‘rgazmali tashviqot yordamida yuksak talablarga muvofiq. Tasvirlab bergan stend, panno va boshqa vositalarning tomoshabinlariga aylantiradi. Ayni paytda, tomoshabin ana shunday vositalarning badiiy ifodali bo‘lishini kuchaytirishga nisbatan o‘z talabchanligini oshirmoqda, tasviriy tashviqot tashkilotchilari va ijrochilari shunga yarasha ijodiy ishlari saviyasini oshirishlari lozim.
Xiyobonlarda, istirohat bog‘larida gulzorlarni va ko‘katlarni to‘sib qo‘yuvchi son-sanoqsiz pannolar va plakatlardan ko‘ra, turli mavzularga bag’ishlangan ixcham ko’chma vistavkalar tashkil etib, ularni bir parkdan ikkinchisiga, bir klubdan boshqasiga kuchirib turish yaxshiroq samara beradi. Bunda kurgazma vositalariga muayyan vaqt ichida kiziqish uygonadi. Klublarda vaqtinchalik tashkil etilgan tematik yoki kurgazmalar yonida ma'ruzalar, dokladlar uqish, suhbatlar, viktorinalar o‘tkazish ularning siyosiy va estetik samarasini oshiradi, umuman ko‘rgazmali tashviqot ta'sirini kuchaytiradi. Tomoshabinlarda bayram kayfiyatini vujudga keltirish lozim bo‘lgan jixozlarida asosan mavzuga qarab emotsional ta'sir o‘tkazishning turli bo‘yoqlardan foydalanadi. Bu jixozlarda shonli sanalarning salobatiga yarasha tantanavorlik va qat'iy bo‘lishi yoki karnaval va yarmarkaga bag‘ishlagan jihozlar esa xushchaqchaq bo‘lishi lozim. Vaqtinchalik badiiy jihozlar g‘oyat tezkorlikni talab qiladi.Ba'zan istirohat va dam olish bog‘iga, madaniyat vaholi dam olish markazlariga keluvchi kishilar erta baxordan kech kuzgacha bir xil jihozlarni ko‘rishga majbur bo‘ladilar. Buning naqadar zerikarli bo‘lishini butun mavsum davrida bitta filmni xadeb ko‘raverishga o‘xshatish mumkin.
Tomoshabinlarning ijtimoiy belgisini o‘rganish ham muhim ahamiyatga ega. Biz o‘z tomoshabinlarimizni yaxshi bilishimiz va ko‘rgazmali tashviqotni uning madaniy saviyasiga, kasbiy qiziqishlariga qarab tashkil etishimiz kerak.
Amalda fotosuratlar, kinoparcha, fonogramma ma'ruza tinglovchilarni tasvirlanayotgan voqealarning ishtirokchisi qilib qo‘yadi. Shunday qilib, fotosuratlar, kinokadrlar, fonogrammalar, agar ular tanlangan va Tashviqotchi tomonidan bayon etilayotgan material bilan uyg‘un holda takdim etilgan takdirda, tinglovchilarning ongiga kuchli ta'sir ko‘rsatadi, ularga tegishli kechinmalarni vujudga keltiradi. Shu narsa allaqachon isbotlanganki, tinglovchilarda emotsional reaksiya tug‘diradigan material kishi ongiga chuqurroq singiydi, uning xotirasida uzoqroq saqlanib qoladi. A.Dyuma o‘zining "Graf Monti-Kristo" degan asarida Gayde tili bilan bunday deydi: "Insonda ikki hil ko‘rish bo‘ladi: tana bilan ko‘rish va qalb bilan ko‘rish. Tana orqali ko‘rilgan narsalar ba'zan ishdan chiqib ketadi, ammo ruhan qurilgan voqealar abadiy yodda qoladi Bular, albatta obrazli qilib aytilgan so‘zlardir, lekin xis-tuyg‘uni idrokka qiladigan ta'siri juda to‘g‘ri ta'riflangan.1 Xar qanday tadbirda texnikaviy vositalardan foydalanish ma'lum maqsadni ko‘zda tutadi. Biz ana shu vazifalardan ba'zilarini qarab chiqdik. Texnikaviy vositalardan foydalanish tajribasi targ‘ibotchiga biz tilga olmagan boshqa bir qator vazifalarni ko‘rsatib berishi mumkin.
Xulosa, texnikaviy vositalar ma'rifiy targ‘ibot-tashviqot tadbirlarining sifati va samaradorligini oshirishda eng yaxshi yordamchi ekanligini unutmasligimiz, ulardan qunt va moxirlik bilan foydalanishga xarakat kilishimiz davr talabidir.
Professor M. Quronov- “Ma'naviyat faqat yuksak darajada bo‘lgandagina haqiqiy yengilmas kuchga aylanadi.”2 – deb baholaydi.
Darhaqiqat, manaviyat millat bardavomliligini asosi bo’lishi uchun ma’naviy-ma’rifiy targibot ishiga innavatsion yondashish zarur.
Xulosa qilib aytganda, targ‘ibot va tashviqot ishlarini rivojlantiruvchi omillarning hammasi bevosita inson va uning ruhiyatiga ta'sir etish bilan bog‘liq bo‘lib, bu jarayonga innovatsion yondashuv esa o‘z o‘zidan ma'naviy-ma'rifiy targ‘ibot ishlarining samaradorligini kafolatlaydi.
Xulosa
Ma'lumki, mafkuraning xarakteri targ‘ibot-tashviqotning mazmuni, metodlari, maqsad va vazifalarini belgilashda hal qiluvchi rol o‘ynaydi. Shu bois ham ma'naviy-ma'rifiy targ‘ibot ishlarining zamon talabiga, mustaqillik ruhiga mos, yangi bosqichga ko‘tarish, maqsad va vazifalarini aniq belgilab olishida katta axamiyat kasb etadi.
Milliy mustaqillik, O‘zbek xalqining qalbi va tafakkurida milliy g‘oya, milliy mafkura va umumbashariy qadriyatlarga, demokratik tamoyillarga asoslangan dunyoqarashni shakllantirishda milliy madaniyat rolini yanada oshirish bo‘yicha yangi vazifalar qo‘ydi. Mamlakatimiz ijtimoiy-siyosiy hayotida, yosh avlod ongiga istiqlol g‘oyalariga cheksiz sadoqat, ona diyorga mehr-muxabbat, ozod va obod Vatan barpo etishdek ulug‘ maqsadga e'tiqod ruxini singdirishda ularning o‘rni va roli kun sayin ortib bormoqda.
Milliy qadriyatlarimiz va ulug‘ mutafakkirlarimiz merosidan butun xalqimiz, jumladan, yoshlarimizniig bahramand bo‘lishiga, har bir fuqaroda o‘z haq-huquqi, imkoniyati va irodasiga tayanib o‘z taqdirini o‘zi belgilay olishiga, mamlakatda kechayotgan yangilanishlar, ijtimoiy-siyosiy, iqtisodiy islohotlarning faol ishtirokchisi va kurashchisiga aylanishiga ko‘maklashadi.
Xalq xo‘jalik rejalari va majburiyatlarini muvaffaqiyatli bajarish uchun aholini safarbar etishda faollik va tashabbuskorlik ko‘rsatadilar.
O‘zbekiston mustaqillikka erishgach, halqimizning ijtimoiy adolat, huquqiy tenglik, insonparvarlik va ezgulik tamoyillari qaror topgan, yuksak ma'naviyatli va ma'rifatli jamiyat qurishdek asriy orzu-umidlarini ro‘yobga chiqarish imkoniyati paydo bo‘ldi. Prezident I. Karimov ta'biri bilan aytganda, 90-yillar boshida jamiyatimiz tarixiy chorrahada turgan, mamlakatni siyosiy, ijtimoiy-iqtisodiy va ma'naviy kamol toptiriuvchi o‘z milliy taraqqiyot yo‘limizni ishlab chiqarishimiz zarur edi. Zero, o‘sha murakkab va mas'uliyatli palladagi qarorlarimiz zamondoshlarimizning taqdirinigina emas, balki ularning farzandlari, nevaralari, kelajak avlodlarning taqdirini ham belgilab berar edi. I. Karimov O‘zbekistonning milliy demokratik taraqqiyoti, yurt istiqboli fuqarolik jamiyati va demokratik huquqiy davlat barpo etish vazifasi bilan chambarchas bog‘liq ekanligini ko‘ra oldi va olimlar oldiga bu borada tub izlanishlar o‘tkazish vazifasini qo‘ydi. I. Karimov ta'kidlab o‘tganidek, mamlakatimizning istiqlol yo‘lidagi birinchi qadamlaridanoq, buyuk ma'naviyatimizni tiklash va yanada yuksaltirish, milliy ta'lim-tarbiya tizimini takomillashtirish, uning milliy zaminini mustahkamlash, zamon talablari bilan uyg‘unlashtirish asosida jahon andozalari va ko‘nikmalari darajasiga chiqarish maqsadiga katta ahamiyat berib kelinmoqda.
Ma'naviyat jamiyat hayotining shunday bir nozik, ahamiyatli sohasiki, bu borada xo‘jako‘rsinga ish qilish iqtisodiy va siyosiy sohalarda kutilmagan turli inqirozlarni keltirib chiqarishi mumkin. Ayniqsa, bu sohada o‘zi bo‘larchilik va lo‘ttibozlikka yo‘l qo‘yib bo‘lmaydi. Kishilarda, xususan yoshlarda yangi ma'naviyatning shakllanishi ancha murakkab va mashaqqatli jarayon hisoblanadi. Buni amalga oshirish uchun keng ko‘lamli madaniy, tarixiy, ma'rifiy, tarbiyaviy ishlarni amalga oshirish kerak bo‘ladi. Eski tuzum sharoitida tarkib topgan ma'naviy inqirozga barham berish, yangicha tafakkurga ega bo‘lgan insonni shakllantirish murakkab, muayyan davrni talab qiluvchi, asta-sekin amalga oshadigan jarayon bo‘lganligi sababli tarixning burilish davrlarida jamiyat hayotida ma'naviy bo‘shliq holatlari ham yuzaga kelishi tabiiydir. Bu bo‘shliq jamiyat uchun iqtisodiy, siyosiy inqirozga nisbatan ancha xatarliroq kechadi. Bunga keyingi vaqtlarda yuz bergan mudhish voqyealar yaqqol misol bo‘la oladi. Shu sababli tarixiy burilish davrlarida ob'ektiv tarzda yuzaga keladigan bunday holatlarni chuqur anglab, ularga to‘g‘ri munosabatda bo‘lish lozim. Mamlakatimiz rahbariyati buni to‘g‘ri anglab, bunday holatlarning qalqib yuzaga chiqishining oldini faqat odamlarimiz, avvalambor yoshlarimizning iymon-e'tiqodini mustahkamlash, irodasini baquvvat qilish, ularni o‘z mistaqil fikriga ega bo‘lgan barkamol insonlar etib tarbiyalash orqaligina olish mumkinligini, mustaqillik tafakkuri, ma'naviyatini shakllantirish, maqsad, vazifa, vositalari yo‘llarini izlab topish, hayotga joriy etish orqali hal etish mumkinligini ta'kidlab kelmoqda . Zotan, yosh mustaqil mamlakatimizning kelajagi uchun ma'naviyati yuksak, barkamol insonlar zarur. Shuning uchun ham yurtboshimiz “Yuksak ma'naviyat - kelajak poydevori” degan hikmatli shiorni yanada balandroq ko‘tardiki, yuksak ma'naviyat mustaqillikni mustahkamlash, rivojlantirish va takomillashtirish uchun muhim va zaruriy tamoyillardan biri bo‘lib qoldi.Bunda esa ma’naviy-ma’rifiy targ’ibot ishlari hal qiluvchi ahamiyatga ega.
Mazkur kurs ishini yozish va mavzuga oid adabiyotlar bilan ishlash natijasida quyidagilarni taklif etaman:

  • Ijtimoiy madaniy faoliyatda ma'naviy-ma'rifiy targ‘ibot ishi ishlarini tashkil etish jarayonida milliy mentalitet xususiyatlari va aholi yosh psixologiyasiga alohida e'tibor qaratish zarur;

  • Ijtimoiy madaniy faoliyatda ma'naviy-ma'rifiy targ‘ibot ishi ishlarini tashkil etish jarayonida texnik vositalarga tayanish lozim;

  • Ijtimoiy madaniy faoliyatda ma'naviy-ma'rifiy targ‘ibot ishi ishlarini tashkil etishda bayon etilayotgan manbalar va ko‘rsatkichlarning to‘g‘ri va aniqligini ta'minlash kerak;

  • Ijtimoiy madaniy faoliyatda ma'naviy-ma'rifiy targ‘ibot ishlarini tashkil etish jarayonida aholining axborot ehtiyojlaridan kelib chiqqan holda ishni tashkil etish lozim .




Download 161.5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling