I bob. Muzey fondi va m uzey fondlarini jamlash tartibi
II.BOB. MA'NAVIY-MA'RIFIY ISHLAR TARG‘IBOTINING RIVOJLANISH TENDENSIYALARI
Download 161.5 Kb.
|
Muzey fondlarini saqlash
II.BOB. MA'NAVIY-MA'RIFIY ISHLAR TARG‘IBOTINING RIVOJLANISH TENDENSIYALARI
2.1. O’zbekiston Respublikasida ma'naviy-ma'rifiy targ‘ibot ishlari tizimi O‘zbekiston Respublikasi bugun jahonning yetakchi davlatlari qatoridan munosib o‘rin egallar ekan, bunda mamlakatda kechayotgan ma'naviy-ma'rifiy ishlar va uning fuqarolarning ong-tafakkuriga bo‘lgan ijobiy ta'siri bilan harakterlanadi. O‘zbekiston Respublikasida ma'naviy –ma'rifiy ishlar targ‘iboti bo‘yicha muayyan mexanizm ishlab chiqilgan bo‘lib, unda fuqarolik jamiyatining muhim sub'ekti xisoblangan davlat, nodavlat notijorat tashkilotlari va fuqarolik jamiyatinig boshqa institutlari faol ishtirok etmoqdalar. Ijtimoiy taraqqiyotning turli davrlaridagi o’ziga hos xususiyatlari tahlili shuni ko’rsatadiki, ko’pincha u ma’naviyatga turlicha ta’sir ko’rsatar ekan.1 Mustaqil O’zbekistonda esa ijtimoiy taraqqiyot ma'naviy-ma'rifiy targ‘ibot ishlarini tizim sifatida joylarda shakllantirish uchun sharoit yaratdi. Bu faoliyat nafaqat viloyat balki tuman miqyosida ham uzluksiz ishlaydigan organga aylandi. Ma'naviyat targ‘iboti jarayonlari texnik-texnologik jixatdan to‘liq shakllantirildi. Joylarda ma'naviyatga ijtimoiy, ruhiy, siyosiy munosabat tubdan o‘zgardi. Qayerda, qachon viloyat hokimining o‘zi ma'naviyatni ustuvor vazifa deb qabul qilsa, shu yerda ish tubdan o‘zgarishini hayotni o‘zi tasdiqlamoqda. So‘nggi yillarda erishilgan eng katta yutuq ma'naviyat targ‘ibotiga doir keng ko‘lamli ishlar bevosita shaxs omiliga yo‘naltirilganida namoyon bo‘lmoqda. Ma'naviy-ma'rifiy targ‘ibot ishining mazmun-mohiyati tubdan o‘zgardi.Ilgari barcha faoliyat tadbirbozlikdan iborat bo‘lib, o‘tkazilish xususiyatiga ko‘ra mavsumiy edi. Bugun esa tizimli ravishda ma'naviyat bo‘yicha mutasaddi bo‘lgan hududdagi barcha tashkilotlar xarakatga keltirildi. Faoliyat natijalariga qaratilgan ijtimoiy hamkorlik yo‘lga qo‘yildi. Pirovord ish natija esa tashqi va ichki xavflardan ximoyalanish bilan chegaralanmasdan, balki bunyodkor ma'naviyat tizimiga ega bo‘lib borayotganida o‘z ifodasini topmoqda. Ma'naviy-ma'rifiy targ‘ibot ishlari quyidagi ustuvor yo‘nalishlarda olib borilmoqda: Vatanparvarlik targ‘iboti Prezident asarlarini tizimli o‘rganish Huquqiy ong va huquqiy madaniyat targ‘iboti Mustaqillikning ma'naviy asoslarini targ‘ib etish Umuminsoniy qadriyatlar targ‘iboti Millatlararo totuvlik targ‘iboti Diniy bag‘rikenglik targ‘iboti Bunyodkorlik g‘oyalari targ‘iboti Tinchlik, shukuronalik targ‘iboti Davlatimiz ramzlari targ‘iboti Ijtimoiy hamkorlik g‘oyalari targ‘iboti Buyuk allomalar va siymolar targ‘iboti Milliy bayramlar targ‘iboti Yoshlarni milliy teatr, kino, musiqa san'atimizga jalb etish Milliy qadriyatlar targ‘iboti Tahdidlarga qarshi kurash targ‘iboti Komil inson targ‘iboti O‘zbekiston Respublikasida aholining barcha qatlami ma'naviy-ma'rifiy targ‘ibot ishlari bilan qamrab olingan, xususan, uyushmagan aholi qatlami. Uyushmagan aholi, ya'ni, vaqtincha ishsizlar, uyda o‘tirgan (uy bekalari) ayollar, tug‘riq ta'tilidagilar, muayyan ish faoliyatida rasmiylashtirmasdan ishlovchilar, horijda ishlab kelib yashovchilar o‘rtasida ma'naviy-ma'rifiy targ‘ibot ishi mahalliy televidaniya orqali ko‘rsatuvlar tashkil qilish orqali tashkil etilib, unda quyidagilarga alohida e'tibor beriladi: inson qadri, or nomusi, g‘ururi va hokazolar to‘g‘risida lavhalar tayyorlash; mustaqillik obidalarida muloqotlar tashkil qilish; bandlik bo‘yicha uchrashuvlar o‘tkazish; huquqiy madaniyat, huquqiy ong mavzularida davra suhbatlari takil etish; diniy ekstremizm, aqidaparastlik bo‘yicha mutahassislarni jalb etgan xolda muloqotlar uyushtirish; xotin-qizlar o‘rtasida ibo, hayo, g‘urur va oila madaniyati va salomatligi bo‘yicha alohida uchrashuvlar uyushtirish; kasanachilik, tadbirkorlik bo‘yicha tushuntirish ishlarini olib borish, o‘quv seminarlari tashkil etish va h.k. Shuningdek, mamlakatda quyidagi targ‘ibot oyliklari tashkil etiladi: Yanvar – harbiy vatanparvarlik oyligi; Fevral – yangi nomlangan yil dasturi targ‘iboti; Mart – milliy qadriyatlar targ‘iboti oyligi; Aprel – buyuk siymolar me'rosi targ‘iboti oyligi; May – sog‘lom avlod, yoshlar va ajdodlararo vorisiylik qadriyati targ‘iboti oyligi; Iyun – bandlik va mehnat qadriyati targ‘iboti oyligi; Iyul – kasb ta'limi va ijtimoiy mulkchilar targ‘iboti oyligi; Avgust – mustaqillik targ‘iboti oyligi; Sentabr – ustoz va murabbiylar faoliyati targ‘iboti oyligi; Oktabr – O‘zbek tili targ‘iboti oyligi; Noyabr – huquqiy madaniyat targ‘iboti oyligi; Dekabr – yil yakunlari targ‘iboti oyligi. O‘zbekiston Respublikasida tashqi targ‘ibot ishlari quyidagi vositalar asosida olib boriladi: Magistral yo‘llarda o‘rnatiladigan chorlovchi tashqi targ‘ibot vositalari, Shahar va ko‘chalarda o‘rnatiladigan chorlovchi va ma'rifiy va axborot beruvchi tashqi targ‘ibot vositalari, Binolar, korxona va tashkilotlarda o‘rnatiladigan chorlovchi, ma'rifiy, axborot va ma'lumot beruvchi tashqi targ‘ibot vositalari. Bugungi kunda ma'naviyat targ’iboti ijtimoiy hayotning asosiy masalalaridan biriga aylanib qoldi. Mustaqillikning dastlabki kunlaridanoq bu masalaga katta e'tibor berib kelinmoqda. O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Islom Karimovning har bir nutqi va ma'ruzalari, maqola va asarlarida yuksak ma'naviyat kelajak poydevori ekanligi qayta-qayta ta'kidlanmoqda: - “...biz jamiyatimiz taraqqiyotini faqatgina iqtisodiy, ijtimoiy farovonlik bilangina emas, xalqimizning ma'naviy barkamolligi, demokratik va insonparvarlik tamoyillarining kishilar ongida nechog‘lik chuqur ildiz otishi bilan baholaymiz»1. deb uqtiradi Islom Karimov O‘zbekiston Respublikasida ma'naviy–ma'rifiy targ‘ibot ishlarini muvofiqlashtiruvchi tuzilma bu Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi bo‘lib, joylarda amalga oshiradigan, targ’ibot-tashviqot ishlarini tashkil qiladigan, davlat byudjetidan mablag’lar bilan ta’minlanish bilan bir qatorda xo’jalik hisobida ham ish yurituvchi ijtimoiy tashkilotdir. Markaz Vatanimiz mustaqilligining ma’naviy asoslarini mustahkamlash, milliy qadriyatlarimiz, an’ana va urf-odatlarimizni asrab-avaylash, xalqimiz, ayniqsa, yosh avlod qalbi va ongiga ona yurtga muhabbat, istiqlolga sadoqat tuyg’ularini chuqur singdirish kabi tobora dolzarb ahamiyat kasb etayotgan vazifalarni amalga oshiradi. Buning uchun Markaz hozirgi murakkab va tahlikali davrda ma’naviy-ma’rifiy targ’ibot ishlarini zamon talablari asosida tashkil etish, yoshlarimizni turli mafkuraviy xurujlardan himoya qilish, yurtdoshlarimizning hayotga ongli munosabatini shakllantirish, yon-atrofda yuz berayotgan voqealarga daxldorlik hissini oshirish, mamlakatimiz mustaqilligi, tinch va osoyishta hayotimiz, ko’p asrlik ma’naviyatimiz va milliy qadriyatlarimizga xavf tug’dirishi mumkin bo’lgan tajovuzlarga qarshi izchil kurash olib borish, respublikamizdagi targ’ibot ishlarini tashkil etish va muvofiqlashtirish bilan shug’ullanadi. Markaz Respublika Ma’naviyat va ma’rifat Kengashi huzuridagi tashkilot – uning tashkiliy guruhi, ijroiya idorasi hisoblanadi. Markaz faoliyati O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi va qonunlari, Respublika Ma’naviyat va ma’rifat Kengashi Dasturi, Respublika markazi Dasturi va Nizom asosida olib boriladi. Markaz yuridik shaxs maqomi, bank muassasalarida milliy hamda chet el valyutalarida hisob raqami, o’z muhri, ramzi va qog’oz blankalariga ega bo’ladi. Markaz O’zbekiston Respublikasi hududida faoliyat olib boradi. Respublika Ma’naviyat targ’ibot markazining maqsad va vazifalari quyidagilardan iborat: Milliy ma’naviyatimizning ma’no-mohiyati, ildizlari, noyob va betakror namunalari, bugungi kundagi rivojlanish tamoyillari haqida aniq maqsadga qaratilgan izchil targ’ibot ishlari olib borish. Aholining keng qatlamlari, avvalambor, yoshlar o’rtasida Vatanga muhabbat va sadoqat, insonparvarlik fazilatlarini tarbiyalash, milliy urf-odat, an’ana va qadriyatlarning hayotimizdagi o’rni va ahamiyatini har tomonlama ochib berishga yo’naltirilgan ma’rifiy tadbirlar o’tkazish. Bugungi kunda amalga oshirilayotgan davlat siyosatining ustuvor yo’nalishlari, keng ko’lamli islohotlarning mohiyati, qabul qilingan qonun hujjatlari va davlat dasturlarining ahamiyatini atroflicha sharhlash va tushuntirish, yurtimizga qarshi qaratilgan g’oyaviy va informatsion xurujlar, ularning ortida turgan kuchlarning g’arazli maqsadlarini fosh qilish, odamlarni hushyorlik va ogohlikka da’vat etish, olimlar, siyosatchi va mutaxassislar, ijodkor ziyolilar ishtirokida joylarda samarali targ’ibot tizimini yo’lga qo’yish. Ota-ona, oila va mahalla, tarixiy xotira, milliy g’urur, komil inson tarbiyasi bilan bog’liq tuyg’u va tushunchalarni yosh avlod qalbi va ongiga ta’sirchan vositalar orqali singdirish, ajdodlarimizning bu boradagi merosini bugungi taraqqiyot talablari bilan uzviy holda rivojlantirish, targ’ibot ishlarini milliy va umumbashariy qadriyatlar uyg’unligi asosida tashkil etish. Yurtdoshlarimizni muqaddas islom dini va falsafasi, aziz-avliyolarimizning ibratli hayoti, qutlug’ qadamjolari, boshqa diniy konfessiyalarga nisbatan hurmat-ehtirom va bag’rikenglik ruhida tarbiyalash, jamiyatimizda sog’lom turmush tarzi, millatlararo totuvlik, o’zaro mehr-oqibat muhitini mustahkamlash bo’yicha ma’naviy-ma’rifiy dasturlarni amalga oshirish1. Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi faoliyatining asosiy yo’nalishlari quyidagilardir: Fuqarolarning ma’naviy barkamolligiga erishish maqsadida o’zbek xalqining boy tarixiy, ilmiy, falsafiy, madaniy va axloqiy merosi, umuminsoniy qadriyatlar hamda rivojlangan mamlakatlar tajribasiga tayangan holda milliy g’oya va mafkurani aholining ongi va qalbiga teran singdirish, uni xalqning ruhiy va ma’naviy kuch-qudrat manbaiga aylantirish. Mamlakat ahli, ayniqsa, yosh avlodning dunyo va mamlakat miqyosidagi siyosiy jarayonlarga mustaqil va ongli munosabatini shakllantirish, faol fuqarolik, fidoyilik va vatanparvarlik tuyg’usini kamol toptirish. Mustaqillikni mustahkamlash, Vatan ozodligi yo’lida jon fido qilib kurashgan buyuk ajdodlarning ibrati, o’tmish saboqlari, mustaqillik yillarida erishilgan yutuqlar tahlili asosida jamiyatning har bir a’zosi qalbida milliy g’urur va hech qachon hech kimga qaram bo’lmaslik tuyg’usini kamol toptirish. Jamiyatda komil axloq, o’zaro insoniy munosabatlar, izzat-ehtirom, mehr-muruvvat, millatlararo totuvlik, dinlararo bag’rikenglik g’oyalarini keng targ’ib etish. “Sog’lom ona–sog’lom bola”, “Sog’lom bola–sog’lom kelajak” tushunchasini har bir oila, ota-ona, yigit va qiz qalbiga singdirish orqali sog’lom avlodni shakllantirish. Kadrlar tayyorlash milliy dasturida ko’zda tutilgan asosiy maqsadlarni, dasturning har bir fuqaro, oila taqdiri, kelajagi bilan chambarchas bog’liqligini keng targ’ib etish, uning amalga oshirilishi ustidan jamoatchilik nazoratini ta’minlash, erishilgan yutuqlarni ommaga yetkazish. Tarbiya tizimida “Oila – bog’cha – litsey–kollej – oliy o’quv yurti – mahalla – jamiyat” tizimining to’laqonli va muntazam faoliyat ko’rsatishiga erishish. Milliy va dunyoviy tafakkurni uyg’unlashtirish yo’lida jahon fani, madaniyati, rivojlangan mamlakatlar tajribasini targ’ib etish, jamiyatda ilg’or andozalarga intilishni rag’batlantirish orqali fan va madaniyatni zamonaviy taraqqiyot cho’qqisiga ko’tarishga yordamlashish. Xalqaro hayotda yuz berayotgan muhim voqea-hodisalar, yon-atrofimizda kechayotgan jarayonlar mohiyatini keng jamoatchilikka yetkazish, odamlarning faol mushohada yurituvchi va teran idrok etuvchi, ma’nan yetuk, siyosiy jihatdan faol fuqarolarga aylanishiga imkon yaratish. O’zbekiston tashqi va ichki siyosatda erishayotgan yutuqlarning bugun va kelajak uchun ahamiyatini anglatish orqali milliy iftixor tuyg’usini kuchaytirish. Demokratik tuzum, fuqarolik jamiyati, huquqiy davlatni shakllantirish va takomillashtirish jarayonida barcha ijtimoiy guruh va tabaqalar vakillarining huquqiy ongini yuksaltirish vositasida vatandoshlarimiz qalbida O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi va qonunlariga hurmat hissini kuchaytirish, ayni paytda, o’zining fuqarolik huquqi, erkinliklari va burchini chuqur anglagan holda yashashi, jamiyat hayotida faol ishtirok etishi va ishlashiga ko’maklashish. Jamoatchilikda ijtimoiy adolat mezonlarining har qanday shaklda buzilishiga, o’tmishdan meros illatlar – poraxo’rlik, oshna-og’aynigarchilik, urug’-aymoqchilik, mansabparastlik, ichkilikbozlik, giyohvandlik, axloqsizlik, qonunbuzarlik va boshqa illatlarning barcha ko’rinishlariga qarshi keskin va murosasiz munosabatni shakllantirish. Jamiyatda diniy mutaassiblik va aqidaparastlik, yurt tinchligi, osoyishtaligiga rahna soladigan, vatandoshlarimizning imon-e’tiqodiga putur yetkazadigan har qanday g’oya va tushunchaga nisbatan ayovsiz kurashchanlik muhitini yaratish. Fikrlar rang-barangligi, ko’ppartiyaviy jamiyat takomiliga erishish maqsadida ijtimoiy fikrlar va tashabbuslarini ommalashtirishga yordam berish. Xalqning tarixiy an’analari, xususiyatlari, milliy ong va turmush tarzining hayotiy tamoyillariga asoslangan holda demokratik jarayonlarni chuqurlashtirish, jamoatchilikning ta’sir kuchini jamiyat axloqiy-ma’naviy hayotining mezoniga aylantirish. 1 Markazning ichki tuzilishi: Markaz boshqaruvi hay’ati. Markaz bo’limlari: –Targ’ibotchilar faoliyatini muvofiqlashtirish va malakasini oshirish bo’limi; – Ma’naviy-ma’rifiy targ’ibot bo’limi; – Ijtimoiy-siyosiy targ’ibot bo’limi; – Huquqiy targ’ibot bo’limi; – Moliya-buxgalteriya bo’limi; – Markazning Qoraqalpog’iston Respublikasi, viloyat, shahar va tumanlar bo’limlari; – “Ma’naviy xazina”, “Kasb ma’naviyati”, “Ma’naviyat targ’ibotchilari” o’quv markazlari va xo’jalik hisobida ish yurituvchi boshqa guruhlar hamda kichik korxonalar. Markazning mintaqaviy bo’limi rahbari, shahar va tuman Ma’naviyat va ma’rifat Kengashi raisi tavsiyasiga ko’ra, Markazning hududiy bo’limi rahbarini tayinlaydi. Mintaqaviy bo’lim joylarda Ma’naviyat va ma’rifat Kengashi qarorlarini amalga oshiruvchi va targ’ibot-tashviqot tadbirlarini uyushtiruvchi tashkiliy guruh bo’lib, quyidagi yo’nalishlarda faoliyat ko’rsatadi: – targ’ibotchilar faoliyatini muvofiqlashtirish va malakasini oshirish; – ma’naviy-ma’rifiy targ’ibot; – ijtimoiy-siyosiy targ’ibot; huquqiy targ’ibot; – shuningdek, o’quv kurslari va xo’jalik hisobida ish yurituvchi boshqa guruhlar hamda kichik korxonalar tashkil etish. Markazning shahar va tuman (hududiy) bo’limlari markazning hududiy bo’limlari bevosita mintaqaviy bo’lim rahbarligida va Respublika Ma’naviyat va ma’rifat Kengashining Dasturi, Respublika Ma’naviyat targ’ibot markazi Dasturi va ushbu Nizom asosida faoliyat yuritadi. Markaz ma’naviy-ma’rifiy targ’ibot faoliyatini yuksaltirish va xalq orasida ommaviylashtirish maqsadlarida xo’jalik va ishlab chiqarish hamda tadbirkorlik faoliyati bilan shug’ullanadi. Markaz o’z vakolatlari doirasida ma’naviyat va ma’rifat, milliy g’oya, milliy mafkura, milliy madaniyat, adabiyot va san’atni targ’ib etish bilan shug’ullanuvchi, xo’jalik hisobida ish yurituvchi video-, audio-, foto- studiyaga ega bo’ladi. Markaz va uning mintaqaviy-hududiy bo’limlari huzurida xo’jalik hisobida faoliyat ko’rsatuvchi, o’z-o’zini mablag’ bilan ta’minlashga asoslangan korxonalar tashkil etadi. Ijaraga beriladigan ortiqcha mulklardan keladigan tushumlar, yuridik va jismoniy shaxslarning, shuningdek, mahalliy va xorijiy tashkilotlarning maqsadli badallari, homiylik mablag’lari, madaniy meros va tarbiyaviy ishlarni targ’ib etishdan kelgan daromadlar ham Markazning moliyaviy mablag’lari hisobiga kiradi va bu mablag’lardan Markaz ushbu Nizomda belgilangan vazifalar, moddiy-texnikaviy bazani mustahkamlash, o’z xodimlarini moddiy rag’batlantirish maqsadlarida foydalanadi. Targ’ibot ishlari samaradorligi va sifatini oshirish shuningdek, xalqimizning boy ma’naviy, madaniy merosini respublikamizda va xorijda targ`ib qilish uchun Respublika Ma’naviyat targ’ibot markazi qoshida zamonaviy multimedia markazini yaratish, buning natijasida milliy ma’naviyatimiz, qadriyatlarimiz, tariximiz, san’at durdonalari aks etgan taqdimotlarni yaratishni yo’lga qo`yish hamda yoshlarni past saviyali “ommaviy madaniyat” ta’siridan hamda nosog`lom turmush tarzi g`oyalaridan saqlashga qaratilgan bosma nashrlar, eshittirish va ko’rsatuvlar, hujjatli film, badiiy va video filmlarni DVD, CD, Mp 3 shaklida ta’lim dargohlarining axborot-resurs markazlariga tayyorlab va yetkazib berish. Respublika Ma`naviyat va ma’rifat markazi bugungi kunda O`zbekiston xotin-qizlar qo`mitasi, “Nuroniy” jamg`armasi, “Mahalla” hayriya jamoat fondi, Xalq ta'limi, Oliy ta'lim vazirliklari va O'rta maxsus, kasb-hunar ta'lim markazi, “Oltin meros”jamg`armasi, “Tasviriy oyna” uyushmasi, “Vatanparvar” tashkiloti, O`zbekiston yozivchilar uyushmasi, “O`zbekkino”milliy agentligi, “O`zbekteatr” birlashmasi bilan o`zaro hamkorlikni yo`lga qo`ygan. Bugungi kunda mamlakat bo‘ylab hamkorlikda Respublikamiz mustaqilligining 25 yilligi munosabati bilan “Kecha kim edigu, bugun kim bo‘ldik” targ‘ibot loyixasi, “Biz buyuk yurt farzandlarimiz” yoshlar festivallari ko‘tarinki ruhda o‘tkazildi. Xulosa qilib aytganda, O‘zbekiston Respublikasida ma'naviy-ma'rifiy targ‘ibot ishlariga davlat siyosati darajasida e'tibor qaratilib, provard natija esa jamiyat a'zolarini yuksak ma'naviyatli shaxs sifatida shaxs qilib tarbiyalash bilan harakterlanadi. Download 161.5 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling