I bob. Muzey fondi va m uzey fondlarini jamlash tartibi
Ma'naviy-ma'rifiy targ‘ibot ishlarining ijtimoiy-pedagogik va psixologik xususiyatlari
Download 161.5 Kb.
|
Muzey fondlarini saqlash
1.2.Ma'naviy-ma'rifiy targ‘ibot ishlarining ijtimoiy-pedagogik va psixologik xususiyatlari
Ma'naviy-ma'rifiy targ‘ibot ishida chiqishlar xar-hil auditoriyalarga mo‘ljallanadi, bu kishilar materiallarni idrok qilishga tayyorlangan bo‘ladilar-u, fikr yuritiladigan mavzu bilan tanish bo‘lmaydilar. Tinglovchilar tashviqotchi bilan til topishga intilishi, faol bo’lishi, shu bilan birga passiv bo‘lishi mumkin. Uning tarkibi, masalan, faqat yoshlarni, katta yoshli kishilarni o‘z ichiga olganda, yosh jihatdan bir xil bo‘ladi, yoki bir xil bo‘lmaydi. Bir auditoriyada xotin-qizlar ko‘pchilikni tashkil etsa, boshqasida erkaklar ko‘proq bo‘ladi, uchinchisida, xotin-kizlar ham, erkaklar ham son jihatdan ko‘pchilikni tashkil etmaydi. Tashviqotchi-madaniyat xodimi, siyosiy axborotchi, ma'ruzachi auditoriyaning asosiy xususiyatlarini bilishi va buni albatta nazarda tutishi zarur.1 Vaziyat quyidagicha bo‘lishi mumkin: siyosiy axborotchi, tashviqotchi, aytaylik, fan-texnika taraqqiyoti haqida gapirishi kerak. Auditoriyaning tarkibi bir xil emas, tinglovchilar qanday masalada gap yuritilishidan xabardor bo‘lsalar-da, bu masalani umuman, faqat yuzaki tushunishadi, yetarli ravishda chuqur bilishmaydi. Bunday holda qanday qilib darhol, uchrashuvning boshlanishidayoq odamlarning diqqatini jalb qilish mumkin? Aftidan, gap boshlashning o‘zidayoq tinglovchilarning tarkibini xisobga olish va xar kishini qiziqtira olish haqida bosh qotirish zarur bo‘ladi. Bu juda katta samara beradigan ratsionalizatorlik taklifining joriy etilganligi haqidagi misol yoki korxona hayotidan olingan boshqa qiziqarli fakt bo‘lishi usulini qo‘llasa ham bo‘ladi. Tashviqotchi aniq misol bilan tinglovchilarni qiziqtirib olgach, fan va texnika taraqqiyotini taqozo qiluvchi omillarni analiz qilishga bemalol o‘taverishi mumkin. Tinglovchilarning o‘ziga xos xususiyatlari bo‘ladi. Ayrim kishilar bu xususiyatlarga yuzaki baho beradilar. Bu o‘rinda kishilarning strukturasi, bir xillik darajasi, miqdori shuningdek uchrashuv vaqtida tinglovchilar bilan tashviqotchining qanday joylashganligi nazarda tutiladi. Bu jarayonda struktura deganda tinglovchilar o‘rtasidagi aloqalar va o‘zaro munosabatlarning xarakteri ko‘zda tutiladi. Tinglovchilarning bir xillik darajasini aniqlash odamlarning yoshi, jinsi, kasbini ular orasidagi xotin-qizlar bilan erkaklarning, yoshlar balog‘atga yetgan va qari kishilarning nisbatini nazarda tutishga majbur qiladi. Bu guruhdan xar birining o‘ziga xos qiziqishlari bo‘lib, idrok qilinayotgan materialga munosabati bir xil bo‘lmaydi. Masalan, ko‘pchiligi xotin-qizlardan iborat bo‘lgan auditoriya, tarbiya, axloq insoniy munosabatlar masalalariga ayniqsa, moyil bo‘lsa, erkaklar auditoriyasi ijtimoiy davlat munosabatlariga, professional ta'limga, sportga ancha mustahkam va astoydil qiziqish bilan qaraydi. Tabiiyki, misollar, illyustratsiyalar tanlash vaqtida ham buni xisobga olmaslik mumkin emas. Tinglovchilar tarkibining kasb-professional jihatdan bir xil bo‘lishi ma'naviy-ma'rifiy targ‘ibot ishida qulaylik tug‘diradi. Bunday bir xillik biror predmet haqida butun auditoriyada mavjud bo‘lgan umumiy tushunchaga tayanish va bayon qilishni ko‘proq aniqlashtirish, aytaylik faqat, mazkur ixtisosdagi kishilarga mo‘ljallangan misollarni keltirish imkonini beradi. Bu xol ma'ruzani ancha tushunarliroq kishilarga yaqinroq qiladi. Biror kishi tinglovchilar oldida so‘zga chiqishi kerak bo‘lsa bu tinglovchilarning miqdoriga u xech mahal befarq qaramaydi. Bu tabiiy holdir. Agar auditoriya bir necha yuz kishidan iborat bo‘lganda uni boshqarish jarayoni murakkablashib ketsa, ikkinchi holda qiyinchilik xar bir tinglovchiga deyarli alohida-alohida yondashish zarurligidir. So‘zlovchining xatti-harakat tarzi, uning gapirish uslubi to‘planganlar miqdoriga bog‘liq bo‘ladi. U auditoriyada o‘zini erkinroq tutadi, xar bir kishiga murojaat qilish imkoniyatiga ega bo‘ladi. Uning gapida suhbatlashuv nutqidan foydalaniladi, dilkash samimiy suhbatga xos bo‘lgan intonatsiyalar yangraydi. Katta auditoriyada savol odatda uchrashuv oxirida beriladi, oz sonli auditoriyada esa tinglovchilar savol berib notiqning so‘zlarini bo‘lib turishi mumkin.1 Shuning uchun ham oz kishi qatnashayotgan, birinchi qarashda "osonroq" ko‘rinadigan auditoriyada masalan, savol kutilmaganda murakkabroq bo‘lsa, suhbatni olib borish qiyinroq bo‘lishi ham mumkin. Auditoriyaning katta kichikligi bilan notiqning imkoniyatlari bir-biriga mos kelishi muhimdir. Katta auditoriya ayrim notiqlarni ruhlantirib yuboradi. Ular bunday ko‘pchilik yig‘ilgan tinglovchilar oldida ko‘taringkilik bilan oson nutq so‘zlaydilar. Boshqalar kichikroq guruhlarni afzal ko‘radi. Tinglovchilar bilan tashviqotchining joylashuv tartibi ham e'tibor berishni talab qiladi. Tashviqotchi notiq tinglovchilar bilan yonma-yon turadimi yoki bo‘lmasa, tinglovchilar unga to‘ppa-to‘g‘ri qarab yoki yarim doira bo‘lib, o‘tirishadimi, bular so‘zlovchi uchun mutloqo farqsiz narsa emas, ana shu yuzaki va ikkinchi darajali bo‘lib tuyilgan hollarni xisobga olmaslik mumkin emas. Targ‘ibotchi o‘zini qanday tutishi lozimligi ana shu xollarga bogliq. Tinglovchilar ozroq bo‘lib ular doira qurib o‘tirishsa, notiq o‘z so‘zini monologga aylantirib yubormay, jonli suhbat olib borsa qatnashayotganlarning barchasini suhbatda faol ishtirok etishga jalb qilsa uchrashuv samaraliroq bo‘ladi. Kishining ruhiy va jismoniy kuchlari idrok qilishga tayyor ekanligini belgilab beradigan moyillik va buni amalga oshirish imkoniyatini ta'minlovchi tayyorlanganlik fikriy faollikni namoyon bo‘lishi uchun bamisoli asos hisoblanadi. Shunday qilib, auditoriyaning tayyorlanganligi, uning moyilligi va fikriy faolligi-idrok qilishning asosiy shart-sharoitidir. Targ’ibotchi o‘rganilayotgan materialning tushunarli va tinglovchilarning chog‘iga yarasha bo‘lishidan iborat pedagogik prinspga qatiy amal qilish kerak. Bu tamoyil osondan qiyinga, oddiydan murakkabga, ma'lum narsalardan noma'lum narsalarga o‘tishga majbur etadi Tashviqotchilik faoliyatida tinglovchilarning individual xususiyatlarini o‘rganish va xisobga olish prinsiplariga amal qilishi lozim. Agar tashviqotchi o‘zi berayotgan materialni tinglovchilar bir xilda o‘zlashtiradi, deb o‘ylasa, qattiq yanglishadi. Gap shundaki, g‘oya va tushunchalar majmuyi ko‘pgina omil va vaziyatlar: inson mehnat faoliyatining xarakteri, uning ehtiyojlari, manfaatlari, nazariy kamolot darajasi va xokazolar yordami bilan insonga ta'sir ko‘rsatadi.1 Masalan, birovlarning maslaxatlariga quloq solishni yoqtirmaydigan serjaxl, «to‘xtatib bo‘lmaydigan" temperamentli kishiga ta'sir qilishda qat'iy talabchanlik tanqid katta foyda keltiradi. Ma'yus, “zaif” temperamentli kishiga ko‘proq samimiylik sezgirlik ko‘rsatish, do‘stona suhbatda ruhini ko‘tara olish foydalidir, chunki uning xarakterida qat'iyatsizliq ikkilanish ustunlik qiladi. Xushchaqchaq serg‘ayrat kishiga, bir vaqtning o‘zida ko‘pgina masalalarni xal qilishga yordam beradi. Uni o‘z hatti-harakatlarida shoshma-shosharlik bilan ish ko‘rishdan to’xtatib qoladi. Tarbiyaviy ta'sir ko‘rsatish usullari va yo‘llarini tanlash tashviqotchining o‘z psixologik xususiyatlariga, uning yoshiga, ma'lumotiga, sog‘lig‘iga, jamiyatda tutgan mavqyeiga, jamoadagi obro‘siga bog‘liq. Shuning uchun ham boshqa Tashviqotchining tarbiyaviy usullarini ko‘r-ko‘rona tadbiq qilish foyda bermaydi. Ma'rifiy tashviqot ishida pedagogik nazokatni egallab olish vujudga kelgan vaziyatda eng maqsadga muvofiq bo‘lgan usullari va yo‘llari tanlab olinadi va qo’llaniladi. Targ‘ibotda pedagogik nazokat xilma-xil tarzda namoyon bo‘ladi. Uning ko‘rinishlaridan biri -ayniqsa muhimi - suhbatlashayotgan kishining so‘zini eshita bilishdir. Kishilar ba'zan turli manbalardan olingan axborotlarni notanqidiy qabul qiladilar va shuning uchun ham tug‘ri fikr yuritavermaydilar. Bunday hollarda notug‘ri fikrni darxol rad qilmasdan, uni diqqat bilan tinglash kerak bundan maqsad -yanglishuvning sababini yaxshiroq tushunib olish, fikrni bir joyga to‘plash va kishini ishontiradigan rad qiluvchi dalillar keltirishdir. Bunday ish yuritish usuli shunga olib keladiki, kishilarda bizning fikrimiz bilan xisoblashmaydi, degan norozilik xis tuyg‘usiga o‘rin qolmaydi. Ularda bundan keyingi tushuntirishlarni idrok qilish va chuqur o‘zlashtirib olish uchun qulay psixologik zamin vujudga keladi.1 Targ‘ibotchi kishi uchun murakkab vaziyatda yo‘l topa bilish va bexato qarorga kelish, kutilmagan savolga tezlik bilan javob berish g‘oyat foydalidir. Pedagogik nazokatning bunday ko‘rinishi odatda,chaqqonlik (hozirjavoblik) va topqirlik sifatida baholanadi. Biroq bunday xollarda chaqqonlik va topqirlik o‘zining qarama-qarshi tomoniga aylanib ketmasligi, ba'zan noto’g‘ri javoblar berishga olib keladigan shoshma-shosharlik va o‘ylamasdan ish ko‘rishdan iborat bo‘lib qolmasligi haqida bosh qotirish foydali bo‘ladi. Targ‘ibotchining muvaffaqqiyati ko‘p jihatdan uning so‘zlay olishiga, o‘z fikrini tinglovchilarga qanchalik moxirlik bilan yetkaza olishiga bog‘liq. Targ’ibotchi fikrini yaqqol qilib yetkazib berishi lozim, toki fikr huddi o’zi istaganidek taassurot qoldirsin. Fikr tinglovchilar uchun aniq va ularning xar biriga tushunarli bo‘lishi kerak. Demak aniqlik, oddiylik va ifodalilik. Targ’ibotchining til mahorati, uning o‘z nutqini tuza bilishi ana shu uchta sifat bilan xarakterlanadi. Nutqning aniqligi narsalarning o‘z nomi bilan atashdan, noaniq ikki xil ma'no beradigan va tasviriy belgilarni ishlatmaslikdan iborat. Aniq so‘z-fikrni eng yaqqol ifodalaydigan, nishonga tegadigan so‘zdir. Albatta, so‘zni avvalo uning ma'nosiga aniq mos keladigan qilib ishlatmoq zarur. Notiq so‘zlarda qanday ma'no bergan bo‘lsa, ularning huddi shu ma'noda tushunilishi haqida bunday g‘amxo‘rlik qilish nihoyatda ibratlidir. Nutqning oddiyligi - bu avvalo murakkab muammolarni tinglovchilar uchun qulay tushunarli qila olishdir. Bayon qilishning oddiyligini ayni vaqtda nutqning mazmunini osonlik bilan idrok qilishni, o‘zlashtirishni ta'minlaydigan eng muhim narsa - tinglovchilarga ilgaridan ma'lum bo‘lgan bilimlarga doimiy ravishda tayanishdir. Nutqning ifodaliligi, obrazlilik - metaforalar, qiyoslashlar va shu kabilardan foydalanish tushiniladi. Albatta, bu maxsus obrazli tasviri vositalar nutqda yorqinlik, jonlilik bag‘ishlaydi. Lekin nutqning ifodaliligini butunlay obrazlilikdan iborat qilib qo‘yishi noto‘g‘ri bo‘lar edi. Obrazlardan holi bo‘lgan nutq ham ifodali bo‘lishi mumkin. Bu o‘rinda tilshunoslarning fikriga ko‘ra, so‘zning ikki tomonini ma'nosini, yoki stilistik bo‘yog‘ini alohida ajratib ko‘rsatish yoki faollashtirish katta rol o’ynaydi. Stilistik qarama-qarshilik ya'ni tilning stilistik bo‘yoqlarga ega bo‘lgan vositalardan foydalanish ham fikrni ifodalash tarzda yetkazib berish maqsadlariga xizmat qiladi. Nihoyat, nutqning ifodaliligi ko‘p jihatdan uning strukturali tuzilishi, hamma elementlarning o‘zaro bog‘langanligi bilan belgilanadi. Tashviqot tarzidagi nutq uchun bayon qilishning struktura jihatidan yaxlitligi, stilistik birligi muhim xisoblanadi. Targ’ibotchi tilning xilma-hil vositalari bilan biror fikrni, qoidani ta'kidlashga, asosiy fikrni alohida ajratib ko‘rsatishga, materialni tinglovchilarning e'tiborini darhol jalb qilib, ularni qiziqtira oladigan qilib guruhlashtirishga, uning mazmunini bayon qilishga intiladi. Nutqni savol-javob asosida tashkil etish, takrorlashlar, qarama-qarshi qo‘yishlardan foydalanish tufayli ham ma'lum darajada ifodalilikka erishiladi. Umuman, tashviqot tarzidagi nutqda bir narsani ikkinchisiga qarama-qarshi qo‘yish katta rol o‘ynaydi, u emotsional jiddiylik bag‘ishlaydi, tinglovchilarning diqqatini darhol faollashtirish, eng muhim fikrni ta'kidlab o‘tish imkonini beradi. Shunday qilib, aniqlik oddiylik - notiqning fikrlarini, g‘oyalarini juda to‘liq va ta'sirchan suratda yetkazib berishni ta'minlaydigan asosiy tomonlardir. Bu tomonlarni ajratib ko‘rsatish, albatta shartli. Haqiqatdan esa nutqda bularning hammasi qo‘shilib ketgan bo‘ladi. birgalikda, bir-biriga bog‘langan holda keladi: aniq va oddiy nutq juda ifodali bo‘lishi mumkin. Ikkinchi tomondan, ifodalilik mazmunning yetkazib berilishini ta'minlasagina ma'noga ega bo‘ladi. Lekin hamma xollarda ham til vositalarining roli katta bo‘ladi. Kishilarga ta'lim-tarbiya berish va ularning madaniy dam olishi bilan bog‘liq bo‘lgan har qanday faoliyat singari targ‘ibot-tashviqot ishida ham targ’ibotchi faqat o‘z tajribasi va faxm -farosatigina qarab ish tutmay balki inson psixologiyasining obektiv qonuniyatlarining, bilimlarining o‘zlashtirish va shaxsning kamol topish jarayonini o‘rganadigan fanlarning yutuqlarini bilib ish tutgandagina muvaffaqiyatli bo‘lishi mumkin. Boshqacha qilib aytganda har bir targ‘ibotchi o‘z faoliyatida psixologiya, logika va pedogogika ma'lumotlarini xisobga olishi zarur. Chunki targ’ibot - murakkab va ko‘p qirrali ijtimoiy voqea. Shuning uchun targ‘ibot-tashviqotchi uning turli tomonlarini ya'ni sotsiologik, ijtimoiy-psixologik, pedogogik mantiqiy yo‘nalishlarini o‘rganadi. Sotsiologik yondashgandan targ‘ibot-tashviqotning maqsad va vazifalarining mazmunini, asosiy yo‘nalishlarini bilimlarini tarqatish turlari va vositalarini o‘zaro aloqalarini unga turli darajada rahbarlik qilish masalalarini aniqlash bilan bog‘liq bo‘lgan tomonlari ko‘rib chiqiladi va baholanadi. Ijtimoiy psixologiya targ‘ibot-tashviqotchining kishilarning ijtimoiy ongida ularning moddiy ma'naviy va ijtimoiy ehtiyojlari aks etish qonuniyligi haqidagi bilimlar bilan qurollantiriladi. Ijtimoiy psixologiya ehtiyojlariga sinflar va ijtimoiy guruhlar ijtimoiy ongini holati sifatida qaraladi. Ehtiyojlar faoliyat sabablarida ya'ni, ijtimoiy hissiyotlar, kayfiyatlar, ijtimoiy talabalarda o‘z ifodasini topadi. Ehtiyojlarda insonning dunyoga munosabati va dunyo haqidagi axborot birinchi o‘rinda turadi. Targ‘ibot-tashviqot ishlarida shunga amal qilish muximki, ehtiyoj obektiv borliqni aks ettiribgina qolmay balki ichki psixik hayot sifatida biron-bir obektga qaratilgan munosabat sifatida mavjuddir. Shu sababli targ‘ibotchi aholining talab va ehtiyojlarini o‘rganishi nihoyatda katta ahamiyatga egadur. Targ‘ibot-tashviqotchilar faoliyatida aholi bilan aloqada bo‘lish jarayonida qadriyatlarni hisobga olish zaruriyati paydo bo‘ladi, kayfiyatlar, xis-tuyg‘ular, sezgilar, idrok (tushunish, anglash) negizida yuzaga keladi. Kayfiyat shaxs psixik faoliyatini ko‘pgina tomonlarini, ta'sirlashish, iroda va xulq atvorini qamrab oladi. Masalan, kishining ko‘tarinki kayfiyatda odatda faollik (xarakatchanilk) tug‘diradi, fikrlash jarayonini faollashtiradi. Kayfiyatning nozik, ta'sirli jo‘shqin tomonlari ham bor. Ular quvonch, g‘azal, xayratlanish, xis -tuyg‘ularida namoyon bo‘ladi. Xulosa qiladigan bo’lsak, ma’naviy–ma’rifiy targ’ibot ishining o’ziga hos pedagogik va psixologik xususiyatlari mavjud bo’lib ular jamiyatning ijtimoiy strukturasiga ta’sir etadi. Bu jarayon esa o’z o’zidan jamiyatda lider shaxslarni shakllanishi, jamiyatda yetakchi kuchga ega bo’lgan yuksak ma’naviyatli intelektual boylikka ega avlodni shakllanishini ta’minlaydi. Download 161.5 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling