I bob nazariy psixologiya ta’lim va tarbiya jarayonidagi o’rni va imkoniyatlari
Download 52.55 Kb.
|
munisa
Quyidagicha variantlar uchraydi:
1. Psixologiyaga kirish. Shaxsning idrok etish jarayoni. Shaxsning emotsional — irodaviy sohasi, shaxsning psixologik xususiyatlari (beshta bo'lim). O'qituvchi nimaga asosiy e'tiborni kuchaytirishni xohlashiga qarab ularning har biriga turli miqdorda soatlar ajratilishi mumkin. Misol uchun bo'lajak ishJab chiqarish tashkilotchilari va jamoa rahbarlari uchun faoliyat psixologiyasi va shaxslararo munosabatlar psixologiyasining muammolarini yaxshiroq bilib olishlari, bo'lajak o'qituvchilarda esa shaxs psixologiyasi va uning rivojlanishi, ta'lim va tarbiya psixologiyasini bilishi bilan bog'liq bo'ladi. Semenar, amaliy va laboratoriya mashg'ulotlarida ma'ruzachi rejalashtirilgan savollarini yechimini topishi kerak. Shu bilan birga nazariy xususiyatdagi ma'ruzalardan farqli ravishda ular talabalarda psixologik hodisalarni o'rganish va qayta o'zgartirish uchun amalda nazariy bilimlardan foydalanish mahoratini shakllantirishga hamda shu bilan ularni amaliy vaziyatlarda psixologik to'g'ri yoi tutishga o'rgatishga qaratiladi. Albatta, ma'ruzada boigani kabi mashg'ulotlarda ham o'qituvchi o'qitishning faol metodlaridan foydalanishga harakat qiladi va talabalarni ilmiy va amaliy muammolarni tahlil qilib, psixologik kategoriyalar bilan fikrlashga o'rganishni maqsad qilib qo'yadi. Bu maqsad ma'ruzalarda bo'lgani kabi (muammoli bayon etish uchun) talabalarning mustaqil va amaliy mashg'ulotlarida (seminar laboratoriyalar) o'quv topshirig'i sifatida muammoli savollar hamda vazifalar yordamida erishish mumkin. Bu savol — masalalar shunday tuzilishi kerakki, ular talabalarni fanning asosiy muammolari haqida mulohaza yuritishga yo'naltirsin; birinchidan, psixik faoliyatning umumiy qonuniyatlarini o'rganib, bilib olishga; ikkinchidan, hayotiy vaziyatlarda psixikaning haqiqiy ko'rinishlari mos ravishda ularni tushunishga; uchinchidan, fanda ularni idrok etish tarixiy mantiqiy jarayon sifatida c'.lantirsin. Shunday qilib, talaba kitobdagi matnlardan chetga chiqishi orqali, hayotiy haqiqatga yaqinlashadi va ularni ma'ruzadan yoki kitobdan o'qib bilib olgan nazariy qoidalari nuqtayi nazaridan tushunishga harakat qiladi. Quyida o'quv topshiriqlari uchun tahliliy savollar va masalalar keltiriladi, ular asosan talabalarning fikrlash faoliyatlarini faollashtirishga qaratilgan. Ular o'qituvchilarga yordam sifatida pedagogik masalalarni hal etish uchun tuzilgan ba'zi savollar talabalarga o'quv topshiriqlari tarkibida mustaqil faoliyatlari uchun va bu ishlar natijalarini keyinchalik semenar yoki amaliy mashg'ulotlarda muhokama etish bilan berilishi mumkin. Talabalar uchun murakkab bo'lgan savollarning bir qismi o'qituvchi tomonidan beriladigan ma'ruzalardan foydalanish mumkin. Shu o'rinda talaba ana shu qiyin bo'lgan savollarga o'zi uchun javob oladi. Bundan tashqari, o'qituvchi savollarni o'zgartirishi mumkin yoki aniq o'quv talablari, asosida o'z savollarini tuzishi mumkin. Download 52.55 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling