O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY VA O’RTA MAXSUS TA'LIM VAZIRLIGI
NIZOMIY NOMIDAGI TOSHKENT DAVLAT PEDAGOGIKA UNIVERSITETI
PEDAGOGIKA ВА PSIXОLOGIYA FAKULTETI
“ PEDAGOGIKA” KAFEDRASI
Himoyaga tavsiya etaman
Fakultet dekani __________Ibragimova G.N
“____”_______________
“Pedagogika va psixologiya fanlarini o’qitish metodikasi ” fanidan
,,Nazariy psixologiyani o’qtishning metodik xususiyatlari”
KURS ISHI
Bajaradi: Anvarbekova.M.O’
Tekshirdi: Tursunov.L.S
Himoyaga tavsiya etildi
“ Pedagogika va psixologiya” kafedrasi
mudiri Bafayev.M _____
MUNDARIJA
KIRISH……………………………………………………………………
I BOB NAZARIY PSIXOLOGIYA TA’LIM VA TARBIYA JARAYONIDAGI O’RNI VA IMKONIYATLARI…………………5
1.1. Psixologiya tarixi bo’limi………………………………..…………..5
1.2. Psixik faoliyatning umumiy qonuniyatlari ……………………….15
I BOB BO’YICHA XULOSA ……………………………..………….19
II BOB O`QUV MASALALARNI PSIXOLOGIK TAHLIL QILISH…………………………………………………………………21
2.1. Talabalarda nazariy fikrlashni shakllantirish ………………………21
2.2. Psixologik bilimlar orqali amaliy vaziyatlarni baholashni o`rganish………………………………………………………………..32
II BOB BO’YICHA XULOSA ……………………………………….38
XULOSA ………………………………………………………………39
FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO’YXATI ………………40
KIRISH
Mavzuning dolzarbligi: Respublikamizda turli sohalar bo’yicha islohotlar olib borilmoqda. Shu jumladan, Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyevning 2017-yil 7-fevraldagi “Oʻzbekiston Respublikasini yanada rivojlantirish boʻyicha Harakatlar strategiyasi toʻgʻrisida”gi farmonida 2017-2021 yillarda mamlakatimiz taraqqiyotini yanada jadallashtirishga doir ustuvor vazifalar belgilab berildi. Harakatlar strategiyasidagi beshta ustuvor yoʻnalishdan toʻrtinchisi ijtimoiy sohani rivojlantirishga qaratilgan. Farmonga binoan ta’lim va ilm-fan sohasini yanada rivojlantirish borasida kompleks chora-tadbirlarni ishlab chiqildi. Bunda xalq ta’limi tizimida keng islohotlarni amalga oshirish orqali ta’lim-tarbiya sifatini oshirish, yangi maktab binolarni barpo etish, rekonstruksiya qilish, kapital ta’mirlash, ularni zamonaviy oʻquv-laboratoriya uskunalari, axborot-kommunikatsiya texnologiyalari va oʻquv-metodik qoʻllanmalar bilan toʻliq ta’minlash kabi qator masalalar amalga oshirilishi koʻzda tutilgan. Umumiy oʻrta ta’lim sifatini tubdan oshirishda, qator fanlar, jumladan, chet tillar, matematika, fizika, kimyo, biologiya fanlarini chuqurlashtirilgan tarzda oʻqitishga alohida e’tibor qaratiladi. Mustaqil O’zbekiston Respublikasida shakllanayotgan milliy istiqlol g’oyasi Respublika Konstitutsiyasida e’tirof etilgan insonparvar, demokratik, huquqiy davlat va jamiyatni barpo etish, shuningdek, ijtimoiy-iqtisodiy hamda madaniy rivojlanishning yuqori bosqichlariga ko’tarish, jahon hamjamiyati safidan munosib o’rin egallashga yo’naltirilgan ezgu maqsadlarni amalga oshirishga xizmat qiladi. Ushbu maqsadlarning ijobiy natijaga ega bo’lishi eng avvalo, yosh avlodga ilmiy bilimlar asoslarini puxta o’rgatish, ularda keng dunyoqarash hamda tafakkur ko’lamini hosil qilish, ma’naviyaxloqiy sifatlarni shakllantirish borasidagi ta’limiy-tarbiyaviy ishlarni samarali tashkil etishga bog’liqdir.Zero, yurtning porloq istiqbolini yaratish, uning nomini jahonga keng yoyish, ulug’ ajdodlar tomonidan yaratilgan milliy-madaniy merosni jamiyatga namoyish etish, ularni boyitish, mustaqil O’zbekiston Respublikasining rivojlangan mamlakatlar qatoridan joy egallashini ta’minlash yosh avlodni komil inson hamda malakali mutaxasis qilib tarbiyalashga bog’liqdir.
Do'stlaringiz bilan baham: |