I bob nazariy psixologiya ta’lim va tarbiya jarayonidagi o’rni va imkoniyatlari
Psixik faoliyatning umumiy qonuniyatlari
Download 52.55 Kb.
|
munisa
1.2. Psixik faoliyatning umumiy qonuniyatlari
Psixologiya - haqiqatni psixik aks ettirish, ko'rish, to'g'rilash va amal qilish haqidagi fandir. Nima uchun psixologiya predmetini bunchalik ko'p ta'riflari mavjud ular mazmunan turlichami yoki faqatgina shakli so'zi bilan ifodalanishi bo'yicha turlichami? Balki ular juda ham umumiy va hammasi bo'yicha kengdir va umuman olganda ularning barchasi bitta umumiy psixika mazmuniga egadir. Agarda ularning orasida, noto'g'ri ta'rif bo'lmasa, unda nima uchun ular har xil; masalani bunday keng qo'yilish albatta talaba uchun mo'ljallanmagan, balki o'qituvchining ma'ruzani bayon etishida tanlovchanlik metodikasidan kelib chiqib, bundan bir nechta ketma-ket tartibda kelib chiqadigan savollarni tuzish uchun o'qituvchiga yordam sifatida ko'zlangan. Undan talab qilinadigan narsa — bu psixologiya predmetining turli nuqtayi nazarlari bilan tanishishda talabada yuzaga kelishi mumkin bo'lgan savollarga javob topishdir. Talabada o'rganayotgan fani haqida aniq tasawur mavjud bo'lishi kerak. Psixologiya haqida gapirsak, unga bo'lgan nuqtayi nazarlarning turli tumanligi bo'yicha aniq ifodalangan va umumiy qabul qilinganlar hisoblanmasligi ko'rinib turibdi. O'qituvchi uchun qiyinchiliklar ana shundan kelib chiqadi: Bir tomondan talabada fan predmeti haqida aniq tushunchani shakllantirish kerak, boshqa tomondan esa bu narsa ilmiy doiraning o'zida ham mavjud emas. Ushbu muammo dars o'tish amaliyotida odatda qanday hal etiladi? Psixologiyaning predmeti haqida savolga javob berishning ikkita usuli mavjud. Ularni Yu.V.Gareyter shunday ko'rsatib beradi; birinchi usul psixologiya predmetiga turli nuqtayi nazarlar fanning tarixda qanday paydo bo'lgan bo'lsa, shunday ko'rsatib chiqishni ko'zda tutadi. Nima uchun bu nuqtayi nazarlar bir-birini almashtirib kelgani sabablarini tahlil qilish, oxir oqibat ulardan nima qolgani va bugungi kunda qanday tushuncha shakllanganligi bilan tanishib chiqishdir. Psixologiya predmetini ochib berishning ushbu usulini u keyingi barcha ma'ruza va seminar mashg'ulotlarida foydalanishni maqsadga muvofiq deb hisoblaydi. Birinchi ma'ruzada esa ikkinchi usul bilan cheklanishni afzal biladi, ya'ni bu qisqacha javob berish yo'li orqali amalga oshiradi. Bu qisqacha javob rasmiyga o'xshaydi, lekin shunga qaramay juda ham aniq hisoblanadi. Javobning mazmuni psixologiya — bu «jon» haqidagi fandir. «Jon» va «psixika» esa lingivstik nuqtayi nazardan bir narsadir, ya'ni ular mos ravishda rus va lotin tillarida bitta «qalb» hodisalarini anglatadi; ammo fan va madaniyatning rivojlanishi bilan bu tushunchalarning mazmunlari ajralib keldi. Biroq tilda «jon» asosidagi ko'plab so'zlar saqlanib qolgan bo'lsa-da, psixologiya esa ko'ngil haqidagi emas balki, psixikaga oid fan bo'lib qoldi. Psixologiya predmetini bunday tushuntirish metodikasi, unda ikkala usulga ham tarixiy yondashishni ifoda etsada, lekin juda kam qo'llanilishi mumkin, chunki «psixologiya» predmetining tushunchasini hozirgi holatini ko'rsatadi. Shu sababli psixologiya predmetiga zamonaviy mualliflaming nuqtayi nazarlari nimalarda farq qilishini ko'rib chiqish mumkin. Agarda ularni yaxshilab o'rganib chiqilsa, unda ularni umuman va yaxlit olganda bir xil bo'lib chiqadi, chunki predmetning umumiy falsafiy tushunchasini takrorlaydilar. Shunday qilib hamma mualliflar psixologiya bu psixika haqidagi fandir yoki boshqacha aytadigan bo'lsak psixika barchasi uchun ilmiy psixologiyaning o'rganish predmeti hisoblanadi. Shu bilan birga psixikaning o'zi obyektiv haqiqatning (aks ettirilishi) ko'rinishi sifatida qaralmaydi. Ammo boshqa qarashlar ham mavjud bu P.Ya.Galperinning nuqtayi nazari bo'lib, u psixologiya fanining predmeti butun psixika hisoblanmaydi deb ta'kidlaydi, chunki uni psixologiyadan tashqari boshqa fanlar ham o'rganadi. Psixika obyektiv dunyoni psixik aks ettirish va ongning turmush bilan munosabatlarini falsafa fani o'rganadi. Kasalliklarda psixikani tibbiyot fanlari o'rganadi, psixikaning biologik asoslarini oliy nerv faoliyati fiziologiyasi o'rganadi. Alohida psixik jarayonlarni har tomonlama bir vaqtda bir necha fanlar o'rganadi. Misol uchun, fikrlashni psixologiyada o'rganishdan tashqari ya'ni idrok etish, mantiq, kibernetika, tarix, pedagogika, etika va estetika fani hamda o'qitish metodikasi (evristika) fanlari o'rganadilar. Nutqni psixologiyadan tashqari pedagogika fiziologiya, lingvistika, oliy nerv faoliyati fiziologiyasi kabi boshqa fanlar ham o'rganadilar va har bir fan albatta psixik hodisalarning qaysidir birining aniq bir tomoni bilan qiziqadi. Psixologiya agarda butun psixikani o'rganmasa, uning qaysi aspektlarini o'rganadi? P.Ya. Galperin psixologiyaning predmeti subyektning taxminiy yo'naltiruvchi faoliyati hisoblanadi degan g'oyani ilgari surdi. Bu g'oya u ishlab chiqqan va keng tarqalgan aqliy harakatlarining bosqichma-bosqich shakllanishi nazariyasining metodologik asosi bo'lib qoladi. Download 52.55 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling