I bob nazariy psixologiya ta’lim va tarbiya jarayonidagi o’rni va imkoniyatlari


Download 52.55 Kb.
bet9/10
Sana15.01.2023
Hajmi52.55 Kb.
#1094062
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Bog'liq
munisa

II BOB BO’YICHA XULOSA

Yosh psixologiyasi mazmuniga bu ikki xil qarashlarni (ulardan bin uning mazmunini pedagogik psixologiya bilan, ikkinchisi bolalar psixologiyalaridan biri deb hisoblaydi) mazmunan bir-biriga qarama-qarshi deb hisoblash mumkin emas. Ular faqatgina bir narsaga turli tomonlardan qarashni bildiradi. Lekin shunga qaramasdan birinchi nuqtayi nazarni (yosh va pedagogik psixologiyaning mazmunlari mosligini) so'zsiz qabul qilish qiyin (balki, shu sababli o'sha lug'atning keyingi nashrida bu fikr takrorlanmagandir). Balki ularning mazmuni mos kelishi haqida emas, bu psixologiyaning ichki sohalarining yaqin, uzviy bir-biri bilan bog'liqligini ta'kidlash yaxshiroq bo'lar, ya'ni pedagogik psixologiya o'zining tadqiqotlarini yosh psixologiyasida o'rganadigan psixikaning yoshiga qarab rivojlanish qonunlari bilan mos ravishda tashkil etadi.




XULOSA
Kurs ishning asosiy muammolarini o’rganish natijasida quyidagi xulosalrga keldik.Ta’lim jarayonida o’quvchilarning bilishga qiziqishlari juda katta rol o’ynaydi. Ma’lumki, qiziqish o’quvchilarning emotsional bezagi, biror buyumni, biror faoliyatni tanlash munosabati va yo’nalishidir. Ma’lumki, psixologiyada qiziqishning ikki turi o’quvchilarning ta’lim jarayonida aniqlanadi, birinchisi, bevosita qiziqish, ikkinchisi bilvosita qiziqish. Har bir o’qituvchi o’z o’quvchilarida o’z faniga nisbatan bevosita qiziqishni tarkib toptirishga harakat qiladi. Qiziqishlar orqali o’quvchilarda ta’limga aktiv munosabat namoyon bo’ladi. Psixoligiyada qiziqish - bu shaxsning o’zi uchun qimmatli yoki yoqimli bo’lgan muayyan narsa yoki hodisalarga munosabatidir. Qiziqishlar shaxsning muhim va individual xususiyatlaridan biri bo’lib hisoblanadi. Qiziqishlar o’quvchilar hayotida katta rol uynaydi. Ular o’quv faoliyatini faollashtiruvchi asosiy turtkilar - motivlaridir, qiziqishlar maktab o’quvchisiga fan asoslarini durustroq o’zlashtirib olishlariga, aqliiy qobiliyatlarning o’sishiga, bilim doirasining kengayishiga imkon beradi. O’qituvchilarnnng vazifasi o’quvchini dastlab qiziqtirib qolgan ishning o’zi bilan shugullanishga majbur qilish emas, balki undash qiziqishlarni chuqurlashtirish va kengaytirish, ta’sirchan qilish, qiziqishlarning markaziga aylanib qolgan faoliyat bilan shug’ullanish istagiga, mayliga aylantirishdir.O’quvchilarning muayyan maqsadni ko’zlab ish tutishida, qiyinchiliklarni yenga olishida, ishdan chalgitadigan narsalar bilan shugullanishdan o’zini tiya olishida, unda o’qishga ishtiyoq tarkib toptirishda namoyon bo’ladigan iroda ta’lim jarayonida alohida ahamiyat kasb etadi.

Download 52.55 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling