I bob nazariy psixologiya ta’lim va tarbiya jarayonidagi o’rni va imkoniyatlari


Download 52.55 Kb.
bet6/10
Sana15.01.2023
Hajmi52.55 Kb.
#1094062
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Bog'liq
munisa

I BOB BO’YICHA XULOSA

Psixologiya predmeti haqidagi ushbu tasavvur psixologik hodisalarning aniq mexanizmlarini izlash va topishga imkon beruvchi, ular nimadan iborat ekanini tushuntirib beruvchi metodologik tamoyil hisoblanadi. P.Ya.Galperinning psixologiya predmeti haqidagi tasawuriga asoslangan aqliy harakatlarni bosqichma-bosqich shakllanish nazariyasini pedagogik amaliyotda qo'llanishdagi yuqori natijalari barchaga ma'lum. Hozirgi kunga kelib ikkita fikrni to'g'ri va haqiqiy deb hisoblash mumkin. Birinchisi — psixologiya predmeti haqidagi ushbu nazariy tasawurning qo'llanilayotganligi haqida ya'ni nazariy va empirik tadqiqotlarda ilgari mavjud tasawurlardan tashqari psixologiya o'zi doirasida psixik hodisalar mohiyatini izlash va topishga imkon beradi; ikkinchisi - psixologiyani izlash faoliyati haqidagi fan sifatida qarash, amaliy ahamiyatga egaligi, chunki inson faoliyatida to'g'ri yo'l izlashga psixologlar yo'naltiradi, bu esa o'qitishda bilim, mahorat va ko'nikmalarning yuzaga kelishiga bexato sabab bo'ladi.




II BOBO`QUV MASALALARNI PSIXOLOGIK TAHLIL QILISH
2.1. Talabalarda nazariy fikrlashni shakllantirish

Psixologiya predmetini izlash faoliyati sifatida belgilanish juda to'g'ri va uni xato deyish ancha qiyin yoki hatto tanqid qilib bo'lmaydi. Chunki u psixologiyadagi mavjud tushunchalarga qarama-qarshi, balki ana shu ma'noda ularni aniqlashtiradi. O'ylaymizki, ilmiy psixologiya predmeti o'tmish tasawurlarini shakllanishi tarixida ko'rsatib berish va ma'ruza o'qish paytida o'qituvchiga hozirgi paytda «psixologiya predmeti»ning aniqlashgan tushunchasi P.Ya.Galperin bo'yicha izlash faoliyati hisoblanishini aytib o'tishga to'g'ri keladi. Psixologiya perdmeti - bu shunchaki oddiy o'quv savoli emas, balki fanning o'zi uchun ham uni o'qitish metodikasi uchun haqiqatda mavjud jiddiy muammodir.


Yuqorida aytib o'tilgandek, psixologiya predmeti haqidagi savolga ikki turda javoblar mavjud. Birinchisi - ancha to'g'ri, lekin murakkab, ikkinchisi — nisbatan rasmiy lekin qisqa.
Birinchi usulda dastlabki ma'ruzalardan boshlaboq psixologiya predmetini bugungi kun fikrlar talqiniga ko'ra, fikrlar harakati tarixini batafsil ochib berish kerak bo'ladi. Ikkinchida esa — psixologiya qaysi savollar doirasini o'rganishini qisqacha aytib masalani chuqur tahlil qilishni keyingi darslarga qoldiriladi. Bu ikkinchi usul qisqaligiga qaramay metodika uchun umuman mos emas. Agarda har qanday mavzuni o'rganishda, qandaydir tarzda psixologiya predmeti haqidagi fikrlar tarixi to'g'risida to'xtalishiga to'g'ri kelishini hisobga olsak, bu niyatni amalda qo'llash imkoni bo'lmaydl
Bu faqatgina psixologiya tarixini mustaqil o'quv fani sifatida, umumiy^psixologiya haqidagi tushuncha bo'yicha o'rganilgandagina mumkin bo'ladi. Agarda yosh davrlar, pedagogik psixologiya, tibbiyot yoki yuridik psixologiya o'rganilayotgan bo'lsa, unda xuddi shu kabi ushbu aniq fanni predmetini ochib ko'rsatish talab etiladi. Bunda ham ana shu ikki uslubdan foydalanish mumkin, shu bilan birga metodik qiyinchilikka duch kelinadi.
Shuning uchun, metodikaning birinchi usuli ancha to'g'ri, turli davrlarda bo'lgan psixologiya predmetiga hamma asosiy qarashlar bilan talabalarni darhol tanishtirib chiqish orqali qaysi qarashlar u yoki bu davrlarda asosiy ustun bo'lganligini o'qituvchi ma'ruza paytlarida tushuntirishi lozim.
Bular psixologiya predmeti haqidagi quyidagi tasawurlar bo'lishi mumkin;

  • Jon, Ruh (Demokrit va boshqalar).

  • Anglash hodisasi (Lokk).

  • Hulqi (bixevioristlar)

  • Ongsizlik va uning ongga munosabatini (Z.Freyd).

  • Reflekslar (N.M.Bexterovning reflekologiyasi).

  • Reaksiya (K.N. Kornilov reaktologiyasi).

Insonning va jonivorlarning psixik hayot hodisalari mexanizimlari hamda qonuniyatlari (materialistik, psixologiya tarafdorlari).

Download 52.55 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling