I bob nazariy psixologiya ta’lim va tarbiya jarayonidagi o’rni va imkoniyatlari


Download 52.55 Kb.
bet5/10
Sana15.01.2023
Hajmi52.55 Kb.
#1094062
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Bog'liq
munisa

P.Ya.Galperin o'z tezisini mana shunday asoslab beradi. Birinchidan, psixikaning vazifasi oddiy qiziqish jonivorning vaziyat bilan tanishishdan yoki alohida obyektning ozuqa izlashidan tortib (I.P.Pavlov bo'yicha, «bu nima refleksi») va insonning nazariy ijodiy faoliyati bilan subyektning turli hayotiy vaziyatlarda yo'l topishi demakdir.
Ikkinchidan, atrof dunyoda yo'l topish hatto idrok etishdan fikrlashgacha, idrok etish vazifalari butun diapozonida ham faqatgina intellektual masalalar bilan cheklanmaydi, vaziyatga mos ravishda harakat qilish uchun bilib tushunib olish va baholash, yo'l topishga, talabalar sezgi, irodasiga ham muhtojdir. Ularning o'zlari esa subyektning izlash faoliyatining turli shakllaridan boshqa narsadan iborat emas.
Uchinchidan, agarda psixika hayotining hamma shakllari izlash faoliyatining turli ko'rinishlaridan iborat bo'lsa, demak psixologiya psixik jarayonlar yoki vazifalaming barchasida aynan ana shu ularning yo'l topish tomonlarini o'rganadi. Psixologiya tafakkur, sezgi tasawur iroda qobiliyatlarni o'rganadi, deyish noto'g'ri, bu shuning uchun noto'g'riki; u tafakkur, sezgi, iroda va boshqa psixik jarayonlar vazifalarining umuman barcha tomonlarini o'rganmaydi. Psixologiya butun psixikani o'rganadi deb hisoblash noto'g'ri deb ta'kidlaydi, -P.Ya.Galperin. Chunki boshqa fanlar ham bunga tegishlidir. Ular faqatgina izlash jarayonida psixik faoliyat va umumpsixik faoliyatining har bir shakli hamda umumiy psixik hayotning asosiy tomonlarini tashkil etadi, degan mazmundagina to'g'ridir. Aynan ana shu vazifasi uning boshqa hamma tomonlarini to'g'ri hisoblaydi, ular shuning uchun deyarli ana shu vazifaga bo'ysunadi. Shuning uchun, hayotda eng muhim - harakatlarni talab etuvchi vaziyatlarda to'g'ri yo'l tanlash va uni bajarishda to'g'ri harakat qilish faqatgina yo'l topish faoliyatigina psixologiya fanining predmetini tashkil etadi. Hozirgi paytgacha psixologiya predmeti haqidagi taklif etilgan tasawurlar xato bo'lib chiqdi.
Shunday qilib, P.Ya.Galperinning psixologiya predmeti haqidagi g'oyasida ko'rsatilganlarining hammasidan prinsipial farq qiladi. Keyinchalik uning shogirdlari va izdoshlari o'zlarining hamma tadqiqotlarida ana shu nuqtayi nazarga amal qiladilar.



Download 52.55 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling