I bob nazariy psixologiya ta’lim va tarbiya jarayonidagi o’rni va imkoniyatlari
Psixologik bilimlar orqali amaliy vaziyatlarni baholashni o`rganish
Download 52.55 Kb.
|
munisa
2.1 Psixologik bilimlar orqali amaliy vaziyatlarni baholashni o`rganish
Umumiy psixologiyani o'qitish metodikasini ko'rib chiqishda quyidagi umumiy (kamchiliklarni ko'rsatish) fikrlar bilan yakunlash mumkin. Psixologiya fanlarini o'qitish birinchidan — umumiy psixologiya - bu amaliy emas, balki nazariy fan bo’lgani uchun psixologiyaning amaliy sohalari uchun metodologik ahamiyatga ega, shuning uchun uni o'qitish o'quvchilarda nazariy fikrlashni shakllantirishga qaratilgan boiishi kerak; hamma o'quv masalalarini talabalar psixologik tahlil qilishi va amaliy vaziyatlarni baholashga o'rganishlari uchun to'plamlar tuziladi. Bu psixologik o'ylash, fikrlash mahorati ularga yosh va pedagogik, ijtimoiy psixologiya va psixologiyaning boshqa amaliy sohalarini o'zlashtirishlarga yordam beradi. Umuman, haqiqiy faktlarda tuzilgan, amaliy maqsadga ega har qanday o'quv masalasi, amaliy muammoni hal etish uchun nazariy fikriashga o'rgatish maqsadini ko'zlaydi. Ikkinchidan, ko'pchilik birinchi kurs talabalari psixologiyani birinchi marta o'rganganliklari va darhol o'ziga shaxsan uning zarurligini anglab oladilar, chunki o'zini o'rganish va o'zini yaxshiroq tushunib olishga imkon beradi. Bu qiziqarli va shu bilan bir vaqtda qiyin bo'ladi. Gap shundaki ko'plari allaqachon ma'lumga o'xshab tuyuladi, chunki turmushda ham psixologik bilimlarini egallash imkoniyati boiadi. Lekin, bolaligimizdan ma'lum boigan turli psixik hodisalarning talqin etilishi agarda biz ularga psixologik nuqtayi nazardan qaraydigan bo'lsak, biroz boshqacha boiib chiqishi mumkin. Bu har doim ham darhol hisobga olinmaydi: Turmushdagi tushunchalar, ko'pgina hollarda ilmiy tushunchalardan farq qilib, ularni o'zlashtirib olishga xalaqit qiladi. Demak, psixologiyani o'qitish metodikasi psixikaning u yoki bu hodisa va holatlari haqidagi turmush hamda ilmiy tasavvurlarining farqiga talabalar e'tiborini qaratishga to'g'ri keladi va hisobga olish kerak bo'ladi. Uchinchidan, ilmiy terminologiyalarni bilmay talabalar o'qishining boshlang'ich davrida seminar mashg'ulotlarida, imtihonlarda javob berishda psixologik tushunchalardan foydalanishni bila olmaydilar, («tushinib turibman lekin aytib bera olmayman» - shunday holat odatiy hisoblanadi). Bu kamchilikni qanday yo'qotish mumkin? Nutq — bu so'zlami oddiy talaffuz etish emas, balki flkmi tashqi ifoda etish ekanini esga olib, fanni o'qitish metodikasi birinchi navbatda o'rganayotgan mavzular mazmuni bo'yicha maxsus tuziladigan o'quv fikrlash masalalari (savollari) yordamida talabalarning fikrlashlarini rivojlantirish usullari haqida bosh qotirishi kerak, lekin talaba qanday fikrlashi o'qituvchi u o'z fikrlarini ovoz chiqarib ifoda etayotganda, uni nutqi bo'yicha aniqlab olish mumkin boiadi. Talaba qanchalik ko'p og'zaki fikrlarni ifoda etsa, u shunchalik yaxshiroq fikrlaydigan bo'ladi va shunchalik tez ilmiy terminologiyani egallab oladi, xato qilsa qilsin lekin jim turmasin, chunki ovoz chiqarib qilingan xatoni har doim tuzatish mumkin. Eng yaxshi metodika - bu og'zaki nutqqa chorlaydigan va nutqiy faolligini rag'batlantiradigan metodikadir, ilmiy leksikadan foydalangan nutq — bu fanni o'zlashtirish natijasi sifatida ilmiy fikrlash demakdir. Bu umumiy fikrlar faqatgina umumiy psixologiyaga emas, balki boshqa psixologik fanlarni o'qitish metodikasiga ham taalluqlidir. Lekin ular umumiy psixologiyani o'qitish tajribalariga asoslangan: a) insonning intellektual - idrok etish doirasining (aqliy rivojlanishi) rivojlanishi o'qitish bilan, ehtiyoj motivlar (yoki affektiv - talablari) doirasining rivojlanishi jarayoni — tarbiya deb aytish mumkinmi? b) agarda shunday boisa, unda muallifning «Hozirgi paytgacha bolaning psixik rivojlanishini ko'rib chiqishdagi katta kamchilik aqliy rivojlanish va shaxsning rivojlanish jarayonlari o'rtasidagi uzilish hisoblanadi» degan so'zlarni qanday tushunish mumkin. «Shu bilan birga shaxs bilan shaxsning rivojlanishi hech qanday asossiz affektiv ehtiyojni yoki sababli — ehtiyojlari sohasini rivojlanishi deb tushuntiriladi». Fikrga munosabatingiz. d) agarda tarbiyaning psixologik nuqtayi nazardan bu shaxsning rivojlanishi, ta'lim esa - aqliy rivojlanishi bo'lsa va psixik rivojlanishni ko'rib chiqishda ulardagi uzilishni muallif zamonaviy psixologiyaning kamchiligi deb hisoblasa, unda amaliy ta'lim va tarbiyada amaliy jihat qanday aks etadi? Bu savolga javob berish uchun muallifning «shaxs rivojlanish tomonlari va qarama-qarshi birliklari haqidagi so'zlarini diqqat bilan o'qib chiqing va o'ylab ko'ring; «qarama-qarshi birlik»ning mazmuni nimadan iborat. Qaysi faoliyatning yetakchi turlari bola psixikasida sifatli o'zgarishga olib keladi, uning keyingi yosh davrlarida rivojlanishining boshqa davrlariga o'tishiga sabab bo'ladi; chaqaloqlikdan (0—1 yosh) ilk bolalik (1—3 yoshgacha), ilk bolalikdan maktabgacha yoshga (3 yoshdan 6 yoshgacha), maktabgacha yoshidan — kichik maktab yoshiga (6 yoshdan 10 yoshgacha), kichik maktab yoshidan o'smirlik yoshiga (kichik — 12 yoshgacha va kattasl 15 yoshgacha) va undan katta maktab yoshiga (17 yoshgacha), «Chaqaloqlik davrida keskin o'zgarish» «1 yoshdagi keskin o'zgarish», «3 yoshdagi keskin o'zgarish», «6—7 yoshli keskin o'zgarish», «o'tish yoshdagi keskin o'zgarish» deb ataluvchi davriy keskin o'zgarish larni qanday tushuntirish mumkin. Seminar - munozarada muhokama etish uchun yana bir marta D.B.Elkoninning «Bolalik davrida psixik rivojlanishni davriylashtirish muammosi» asarini diqqat bilan o'qib chiqing hamda uning «tanlangan psixologik asarlarini» yoki bu maqolaning qisqartirilgan varianti «Yosh psixologiyasi bo'yicha xrestomatiyasini» o'qib chiqing va quyidagi savollarga dalil va isbotli tarzda javoblar tayyorlang. Shunday qilib o'quv topshiriqlari (savol va masalalari): 1. Psixolog D.B.Elkonin ilgari mavjud bo'lgan va darsliklarda hozirgacha saqlanib qolgan «yetarlicha nazariy asoslarga» ega bo'lmagan, «ulkan amaliy tajribalarga» asoslangan «pedagogik davrlashtirish» o'rniga, bolalik davrida psixik rivojlanishni ilmiy asoslagan davrlashtirishni taklif etdi. Talabalar uchun topshiriqlar. a) ana shu davrlashtirishni diqqat bilan o'qib chiqing va o'z munosabatingizni bildiring; b) Sunday davrlashtirishga olim tomonidan qanday nazariy dalillar keltiriladi. Tushuntirib bering; nima uchun uning fikrini to'g'ri deyish mumkin yoki noto'g'ri? d) Qaerda ehtiyojlar doirasi va qaerda operatsion-texnik imkoniyatlar rivojlanishi ustun bo'lgan bola psixikasi, yoshining rivojlanishi yuzasidan har bir davriga hayotdan olingan misollar keltiring. Ikkinchi qarash haqida gapiradigan bo'lsak, yosh psixologiyasini bolalar psixologiyasi bilan birlashtirib osongina tushuntirish mumkin. Hozirgi kunda nazariy va amaliy jihatdan yetarlicha darajada o'rganilgan deb faqatgina bolalik davri rivojlanishini hisoblash mumkin. Shuning uchun yosh psixologiyasi haqida jiddiy ilmiy mazmunda faqatgina bolalik davri psixologiyasi haqida gapirishgina mumkin. Ammo bu hech ham fanga yetuklik yoshida psixika rivojlanmaydi degani emas, psixologiya fan sohasi sifatida yosh psixologiyasining hozirgi holati bunday xususiyatni o'qituvchi hisobga olishi va talabalarga tushuntirishi, turli mualliflar qarashlaridagi farqi ularning xato emas, balki ilmiy fikrning to'xtamas xarakterlarini bildirishni ko'rsatib berish kerak, bunga isbot sifatida ilgari aytib o'tgan «qisqacha psixologik lug'at»ning (1998) ichida keltirilgan, tuzatilgan va to'ldirilgan nashrida yosh va bolalar psixologiyasini ajratib, ikkita mustaqil bo'limlaridan berilganini ko'rsatish mumkin. Undagi keltirilgan tushuntirishlardan foydalanib, «Yosh psixologiyasi — insonning ontogenizi tug'ilishidan to qariligigacha davom etishida shaxsning psixik rivojlanishi va shakllanish bosqichlari qonuniyatlarini o'rganuvchi psixologik fan sohasidir». Bu tushuntirish orqali psixologiya bilan faqatgina bolalar yoshini cheklash mumkin emas. «Pedagogik psixologiya — ta'lim va tarbiyaning psixologik muammolarini o'rganuvchi psixologiya sohasi». Agarda yosh psixologiyasi bilan yagona o'quv fani sifatida o'qitiladigan bo'lsa, unda metodika o'qitish va tarbiyalash jarayoni sifatida inson psixikasi rivojlanishi bilan o'zaro bogiiqligini ko'rsatish asosida quriladi. Bunda bolalik yoshida psixikasining rivojlanishi o'quvchilar o'quv faoliyatini tashkil etish psixologiyasining asosi, shaxsni intellektual va ma'naviy jihatdan rivojlantirib unga tarbiyaviy ta'sir ko'rsatuvchi rivojlantiruvchi o'qitish sifatida yetkaziladi. Agarda o'qitish alohida olib borilsa, unda yosh psixologiyasi albatta faqatgina bolaligidagi emas, o'smirlik, yoshlik, yetuklik va qarilik davrida ham psixikasini rivojlanishi haqidagi fan sifatida to'laligicha va yaxlit bayon etiladi. Yosh psixologiyasi rakursida rivojlanish va o'qitish nisbatlarini ko'rib chiqish mumkin bo'ladi; a) ta'lim va rivojlanishning bir-biridan mustaqilligi; b) o'qitishning rivojlanishga bog'liqligi: d) rivojlanishning o'qitishga bog'liqligi, pedagogik psixologiyani o'qitishda o'qituvchi talabalarga ma'lum bo'lgan ana shu qonunlarga tayanishi mumkin, faqatgina ularni biroz eslatib o'tsa bas). Yosh va pedagogik psixologiyani o'qitish metodikasida o'qitish va tarbiyaning psixologik aspektlarini uning pedagogikadan farqini ko'rsatib biroz aniqroq tasvirlab o'tish muhimdir. Agarda pedagogika «qanday o'qitish kerak» va «qanday tarbiyalash kerak» degan savollarga javob bersa, psixologiya insonning psixik rivojlanish qonuniyatlariga tayanib «nima uchun aynan shunday o'qitish va tarbiyalash kerakligi»ni tushuntirishini doim ta'kidlash kerak, ya'ni psixologiya avlodlarining empirik tajribalari asosida to'plangan va birinchi bor A.A.Komenskiyning «Buyuk didaktika» nomli pedagogik asarida umumlashtirilgan va pedagogik fikrlashning keyingi vaqtlarida pedagogikaning usullari va metodlarini rivojlantiruvchi tomonlarini ilmiy asoslab beradi. O'qitish va tarbiyalashning psixologik aspektini bunday batafsil ta'riflash bu jarayonlarning psixologik mazmunini o'zlashtirib olish uchun zarur hisoblanadi. Chunki talabalarda bolalik chog'laridan ta'lim va tarbiya haqida o'quvchilarga va tarbiyalanuvchilarga faqatgina tashqaridan ta'sir ko'rsatish, ota-onalar, o'qituvchilar va umuman o'quv tarbiyaviy tizimning ta'siri sifatida tasawurlari mustahkam o'rnashib olgan. Shu bilan birga eng asosiysi — o'quvchi va tarbiyalanuvchining shaxsi ichki, psixologik qayta tildanishini sodir bo'lishi haqida hech kim gapirmagan, chunki psixologiya ilgari o'rganilmagan. Bunday bir tomonlama ta'lim va tarbiya haqida faqatgina pedagogik va psixologik tasawur ham qo'shilishi kerak; ya'ni tashqi ta'sir ko'rsatishdan iborat. Bundan kelib chiqadiki, yosh va bolalar psixologiyasi — bir-biriga mos tushunchalar, ekan, P.F.Obuxovaning «Yosh davrlar psixologiyasi» (1996) kitobining nomi buni yana ham yaqqol namoyon etadi, ya'ni ularni umuman birday tenglashtiradi. Download 52.55 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling