I bob. Neft konlarini tabiiy rejimlarda ishlash


Barqaror rejimlar usulida favvora quduqlarini tadqiq etish


Download 295.79 Kb.
bet5/8
Sana05.11.2023
Hajmi295.79 Kb.
#1749473
1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
SHERZODBEK KURS ISHI NEFT GAZ

Barqaror rejimlar usulida favvora quduqlarini tadqiq etish. Bu usulda quduqning ishlash rejimi bir necha marta (kamida uch marta) shtuser diametrini almashtirib yoki separatordagi bosimni o'zgartirib o'lchanadi. Har bir barqaror rejimda quduq mahsuloti (t/sut) va quduq tubi bosimi aniqlanadi (chuqurlik manometrida o ich ab yoki hisoblashlar orqali). Olingan ma’lumotlarga ko'ra, indikator chizig'i chiziladi. Qatlamlardan quduqqa nisbatan suyuqlikning bir fazali harakati va sizilish chiziqli qonun bo'yicha bo'lganda. indikator diagrammasi to'g'ri chiziqli shaklda bo'ladi.
Ko‘p hollarda katta depressiya sharoiti tufayli sizilish qonuni buziladi va indikator chizig'i qiyalanadi. Bunday sharoitda mahsuldorlik koeffitsiyenti indikator diagrammasining to'g'ri chiziqli qismidan hisoblanadi. Bu sharoitda quduqdan faqat bir xil suyuqlik olinishi kerak. Suvlangan neft qazib olinganida uchta indikator chizig'i chiziladi: birinchisi — suyuqlik, ikkinchisi — neft va uchinchisi — suv uchun. Bu chiziqlar yordamida suyuqlik tarkibidagi har bir fazaning mahsulot miqdorini har bir rejim uchun hisoblash mumkin. Agar quduqda depressiyaning yetarli bo'lmagan hollarida tadqiqot olib borilgan bo'lsa, bu quduqning texnologik rejimini tuzish uchun indikator chizig'i interpolyatsiya qilinadi.
Neft va gaz qazib chiqarish amaliyotida qatlamlarda ko‘pincha nobarqaror protsesslar sodir boiadi. Bu nobarqaror protsesslar asosan quduqlarni ishga tushirish va ularni to‘xtatish, quduqdan flyuidni olishda haroratni o‘zgarishi kabi holatlar bilan bog‘liq bo‘ladi. Bu nobarqaror protsesslarning xarakterlari qatlam bosimining qayta taqsimlanishida, fïltratsiya oqimlari tezliklarining quduq hamda debitlarining vaqtga bog‘liq holda o‘zgarishida va hokazolarda namoyon boMadi. Bu nobarqaror protsesslarning xususiyatlari qatlam elastiklik xossasiga va ularni to‘yintiradigan suyuqlik xossalariga bogiiq bo‘ladi. Bu protsesslardagi qatlamli energiyaning asosiy formasi bo‘lib, suyuqlikning (neft va gaz) elastik deformatsiya energiyasi va qatlam materiali energiyasi hisoblanadi.
Qatlamning samarali qalinligi ma'lum bo'lsa, gidroo'tkazuvchanlik o'rniga harakatlanuvchanlik koeffitsiyentini hisoblash mumkin. Indikator chizig'iga ishlov berish va mahsuldorlik koeffitsiyentiga asoslanib. quduqni ishlatishning texnologik rejimi tuziladi. Quduqqa oqimning bir hadli ifodasi Q = KP chizilishining chiziqli qonunga bo'ysunmagan hollarida indikator chizig'i mahsulot ordinatasi bo'yicha qabariq shaklga ega bo'ladi va uni ikki hadli tenglama orqali ifodalash mumkin:
Р = A • Q + В • Q2
Tenglamadagi birinchi had mahsulot miqdori va qovushqoqlikka bog'liq holda ishqalanishga bosim yo'qotilishini ifodalaydi. Ikkinchi had esa suyuqliklarning inersion kuchlari ta’sirida bosim yo'qotilishini ifodalaydi.
Tenglamaning har ikki tomonini Q ga bo'lsak:
P/Q=A+BQ

Download 295.79 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling