I bob. Neft konlarini tabiiy rejimlarda ishlash


Download 295.79 Kb.
bet1/8
Sana05.11.2023
Hajmi295.79 Kb.
#1749473
  1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
SHERZODBEK KURS ISHI NEFT GAZ


MAVZU: BARQAROR REJIMDAGI GIDRODINAMIK TADQIQOTLARI NATIJASIGA ISHLOV BERISH
MUNDARIJA:
KIRISH……………………………………………………………………..……2
I BOB. NEFT KONLARINI TABIIY REJIMLARDA ISHLASH
I.1. Taranglik rejimini namoyon bo‘lishi……………………………….………4
I.2. Neft konlarini erigan gaz va gaz bosimli rejimlarda ishlash…………………………………………………………………………….10
II BOB. SIQILUVCHAN SUYUQLIKNING G‘OVAK MUHITDAGI NOBARQAROR FILTRATSIYASI
II.1. Qatlam elastiklik rejimi va uning o‘ziga xos xususiyatlari……………….13
II.2. Elastiklik rejimdagi quduqlarning tadqiqot ma’lumotlari bo’yicha qatlamning kollektorlik xususiyatlarini aniqlash……………………………………………..22
XULOSA…………………………………………………………………………27
FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR……………………………………….30


KIRISH
Neft va gaz quduqlari birinchi marta O‘rta Osiyo chegarasida 1880-yilda Farg‘onada qazilgan. 1882-yilda Turkmanistonda burg‘ilash ishlari boshlangan. 1878-yilda Ozarbayjonda zarb byerish yordamida birinchi quduq qazilgan. 1897 yilda Grozniyda shu usul bilan quduqlarni burg‘ilash ishlari boshlangan.
Quduqlarni rotor yordamida burg‘ilash 1901-yilda AQSHda ixtiro qilingan. 1902 yilda rotor yordamida burg‘ilash Rossiyada ishlatilgan.
1923-yilda rus ixtirochilari S.M.Volox va Karneevlar tomonidan birinchi turbobur ixtiro qilingan. 1924-yilda Rossiyada birinchi quduq turboburg‘i yordamida qazilgan. 1939-40-yillarda ko‘p zinali turboburlar tayyorlangan va ular burg‘ilash ishlarida ishlatilgan. Ularning asoschilari: Ionasyan, Tagiev va SHumilovlardir. 1966-yilga kelib Gusman, Zaharov, Dyerkach va boshqalar tomonidan, aylanish momentlari yuqori bo‘lgan vintli quduq tubi dvigatellari ixtiro qilingan.
Q uduqlar geologik tekshiruv, qidiruv va konlardan neft, gaz mahsulotlarini yer yuzasiga chiqarish uchun burg‘ilanadi.
Quduqlar vazifasiga qarab quyidagi turlarga bo‘linadi:
1. Tayanch quduqlari. Tayanch quduqlari - cho‘kindi tog‘ jinslarining joylashishini, gidrogeologiyasini, tog‘ jinslarining tarkibini, neft-gaz hosil bo‘lishi geologiyasi va geofizikasini aniqlash uchun burg‘ilanadi.
2. Parametrik quduqlar. Parametrik quduqlar - neft-gaz hosil bo‘lishi geologik-qirqimlarini qurish va kelajakda geologiya qidiruv ishlarini kengaytirish uchun burg‘ilanadi. Tayanch quduqlaridan olingan ma’lumotlarga aniqlik kiritadi.
3. Tuzilmali (strukturnыy) quduqlar. Tuzilmali quduqlar - tayanch va parametrik quduqlarni byergan ma’lumotlari bilan tuzilmani aniqlash uchun va geologiya qidiruv ishlarini kengaytirish uchun, neft-gaz qatlamlarini qanday joylashganini aniqlash, geofizik tekshiruv ishlari ma’lumotiga asosan neft-gaz qatlamini tuzilma haritasini tuzish uchun burg‘ilanadi.
4. Qidiruv quduqlari. Qidiruv quduqlari - oldingi hamma quduqlarni ma’lumotlarini olib, neft-gaz konlari konturini, miqdorini, zahirasini aniqlashda va neft-gaz qazib chiqarishda loyiha tuzish uchun burg‘ilanadi.
5. Izlov quduqlari. Izlov quduqlari - tayanch, parametrik va tuzilmali quduqlarning byergan ma’lumotlariga tayanib, neft-gaz quduqlarini ochishda aniqlik kiritadi. Neft-gaz qatlamidan namuna olib, tarkibi tekshirilib, uning qanday joylashganligiga aniqlik kiritadi.
6. Ishlatish (ekspluatatsion) quduqlari. Ishlatish quduqlari - ochilgan neft-gaz konlaridan mahsulot olish uchun burg‘ilanadi. Bu quduqlarni samarali ishlashi uchun yana uch turdagi: baholovchi, haydovchi quduqlar va kuzatuvchi quduqlar qaziladi.
Baholovchi quduqlar neft-gaz konini joylashishini aniqlaydi.
Haydovchi quduqlar neft-gaz konlarida boshlang‘ich bosimni saqlab turish uchun burg‘ilanadi.
Kuzatuvchi quduqlar - neft-gaz konlarini sistematik ravishda ishlash rejimini nazorat qiladi.
7. Maxsus quduqlar. Maxsus quduqlar - favvora bo‘lgan sharoitlarda va shunga o‘xshash favqulodda holatlarda burg‘ilanadi.
Quduq deb – diametri uzunligidan ko‘p marta kichik bo‘lgan, silindrik ko‘rinishidagi tog‘ qazilmasiga aytiladi. Quduqning boshlanishi uning yuqori qismi (ustya) deyiladi. Quduq o‘qining vyertikal proeksiyasi – uning chuqurligi deyiladi.



Download 295.79 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling