I bob. Neft konlarini tabiiy rejimlarda ishlash


I.2. Neft konlarini erigan gaz va gaz bosimli rejimlarda ishlash


Download 295.79 Kb.
bet3/8
Sana05.11.2023
Hajmi295.79 Kb.
#1749473
1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
SHERZODBEK KURS ISHI NEFT GAZ

I.2. Neft konlarini erigan gaz va gaz bosimli rejimlarda ishlash.
Bosim to‘yinish bosimidan kamaygandan so‘ng ishlashdagi qatlamda erigan gaz rejimi rivojlana boshlaydi. Neftdan ajralgan ozod gaz bilan g‘ovak muhitni to‘yinganligi kam bo‘lsa, gaz neftda pufaklar ko‘rinishida bo‘ladi. Qatlam bosimini kamayishini o‘sib borishiga bog‘liq ravishda gazga to‘yinganlikni ortishi bilan gaz pufaklari gravitatsiya kuchi ta’sirida suzib chiqadi va qatlamni yuqori qismida gaz to‘plamini-gaz qalpog‘ini, agar uning yuzaga kelishiga qatli yoki boshqa har xillik xalaqit bermasa, hosil qiladi. Neft-gaz konlaridagi, ularni ishlash boshlanguncha bo‘lgan, birlamchi gaz qalpog‘laridan farqli, ishlash jarayonida hosil bo‘lgan gaz qalpog‘i-ikkilamchi deb ataladi. Neftdan ajralgan gaz, bosim pasayishi bilan kengayib, qatlamdan neftni siqib chiqarishga yordam beradi. Neftni bunday siqib chiqarilishi yuz berayotgan qatlam rejimi – erigan gaz rejimi deb ataladi. Agar qatlamda gazni neftdan to‘liq ajralishi yuz bersa va gaz qalpog‘i hosil bo‘lsa, erigan gaz rejimi gaz-bosimli bilan almashinadi. Neft konlarini ishlash tajribasini umumlashtirish va gravitatsiya kuchlari inobatga olingan gaz-neftli aralashmalarni sizilish nazariyasi, deyarli har doim, erigan gaz rejimi juda tez gaz-bosimligiga almashinishini ko‘rsatmoqda[1].
Ko‘p hollarda neft qatlamida erigan gaz rejimi chegara tashqari xududidagi taranglik rejimi suv bosimli rejim bilan, qatlam bosimi to‘yinish bosimiga yaqin bo‘lganda, birgalikda mavjud bo‘lishi mumkin. Bunda oluvchi quduqlar atrofida erigan gaz rejimi, suv haydovchi quduqlar atrofida esa suv bosmili rejim yuzaga keladi. Qatlamlarni bunday rejimlariaralash rejimlari deb ataladi. Qatlamni chegara tashqari hududida taranglik va qatlamni neftga to‘yingan qismida-erigan gaz aralash rejimida ishlashni ko‘rib chiqamiz. Ishlashdagi qatlam aylanaga yaqin shaklga ega bo‘lsin. Uning tashqi suvlilik xududi yetarli darajada yaxshi o‘tkazuvchanlikka ega va juda uzoqqa (“cheksizlikgacha”) cho‘zilib ketgan. U taranglik rejimida ishlaydi. Qatlamni neftga to‘yingan chegarasidagi bosimni yuqorida keltirilgan metod asosida aniqlash mumkin[1].
Shunday qilib, aralash rejimda oluvchi quduqlar chegarasidagi bosim neft uyumi chegarasidagi bosim inobatga olib aniqlanadi. Bunda neft uyumi chegarasidagi bosim, qatlamni neftga to‘yingan qismiga chegara tashqarisidagi xududdan joriy kirib kelayotgan suvning vaqt davomida o‘zgarishi berilganda q(t)=qchs , taranglik rejimi nazariyasi asosida hisoblanadi.
Gazli neftni g‘ovak muhitdagi oqimi xususiyatlariga unda gazni eruvchanligi ta’sir etadi. Neft konlarini ishlash nazariyasida neftni gazda eruvchanligini miqdoriy aniqlash uchun odatda Genri qonunidan foydalaniladi. Biroq real neftlarni va gazlarni xossalariga bog‘liq ravishda bu qonun turli ko‘rinishda tasavvur etiladi. Erigan gaz rejimidagi qatlamlarni ishlash ko‘rsatkichlarini hisoblashda Genri qonuni iborasining quyidagi ko‘rinishidan ko‘p foydalaniladi.
Vge=a0VnP
Real gaz uchun uning o‘ta siqiluvchanlik koeffitsiyentini z  z, hisobga olish. Izometrik jarayonida real gaz holati tenglamasini ushbu ko‘rinishda tasvirlash mumkin:
Konkret qatlamning nefti va gazi uchun nisbiy o‘tkazuvchanlik bog‘liqliklari, neft qovushqoqligi va gazni neftda eruvchanligi haqidagi ma’lumotlar bo‘lganda,   () bog‘liqligini qurish, ishlatish qudug‘i tubidagi bosim qiymatini berib, iboradan ishlatish qudug‘i debitini aniqlash mumkin. Qatlamni chegara tashqarisidagi xududda taranglik rejimi masalasini yechish asosida neft uyumidan umumiy joriy olishni va bir quduq debitini bilgan holda, qatlamni aralash rejimda ishlash uchun kerak bo‘ladigan ishlatish quduqlari sonini aniqlaymiz. Keltirilgan hisoblashlarda qatlamni chegara tashqarisidagi hududi yetarli darajada yuqori sizish xossalariga ega deb taxmin qilingan edi. Bu taxminga
qaramasdan qatlamni aylana chegarasida bosim juda jadal pasayadi. Agar chegara tashqarisidagi hududda o‘tkazuvchanlik, qatlamdagiga, nisbatan bir necha barobar kichik bo‘lsa yoki qatlam neftlilik chegarasi tashqarisida qiyinlansa (odatda ko‘p uchraydigan holat), qatlamni neftga to‘yingan qismiga kelayotgan suv oqimi oz bo‘ladi va neft uyumini yopiq, chegara tashqarisidagi suv faol emas deb hisoblasa bo‘ladi. Qatlamni qat-qatligi tufayli neftdan gaz pufaklarini ajralishi qiyinlashadi deb hisoblaymiz. Bu holda qatlamda erigan gaz rejimi sof ko‘rinishda yuzaga keladi. Bu rejimda qatlamni ishlash ko‘rsatkichlarini hisoblashni soddalashtirish uchun gaz oqimi radiusi rch chegara bilan chegaralangan har bir quduqda yuz berayapti. Hamma tok chiziqlarida kvazistatsionar-barqaror, ammo vaqt davomida o‘zgaruvchan deb qabul qilsa bo‘ladi.
V/V=    Z hc
bu yerda: Vz - g‘ovak hajmni o‘zgarishi, ya’ni hajmi V bo‘lgan qatlamning bevosita taranglik zahirasi; Vz va  -mutloq kattaliklar.

Download 295.79 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling