I bob Noma'lum kishi
XXV Bob Ko'rinmas odamni ta'qib etish
Download 357.17 Kb.
|
fayl Korinmas
XXV Bob
Ko'rinmas odamni ta'qib etish Avvaliga Kempning poyma-poy hikoyasidan hech nima tushuna olmadi. Ularning har ikkalasi zinapoyada turishardi. Kemp hali ham Griffindan qolgan kiyim- kechaklarni qo'lida tutib turardi. Nihoyat bo'lib o'tgan voqeaning mohiyatiga tushuna boshladi. — U telba bo'lib qolgan,— shosha-pisha gapirardi Kemp,— u odam siyoqini yo'qotib, hayvonga aylangan. Faqat o'zi to'g'risida o'ylaydi. U o'z foydasi va xavfsizligidan bo'lak hech nima bilan ishi yo'q. Men bugun uning hikoyasini eshitdim — u, o'lguday xudbin odam... Shu kungacha u odamlarni mayib qilib yurardi. Basharti biz uni tutmasak, endi u odam o'ldirishga boshlaydi. U el o'rtasida vahima tarqatadi. U har qanday yovuzlikdan toymaydi. Hozir u g’azabdan quturgan holda erkinlikda yuribdi. — Gapning qisqasi, uni qo'lga tushirmoq kerak. Lekin qanday qilib?— xitob qildi Kemp va daf'atan, tez-tez gapira ketdi: — Hozirning o'zidayoq tadbir ko'rmoq kerak. Griffin bu yerlardan ketmasin uchun hammani oyoqqa turg’izish lozim. Aks holda u mamlakatni kezib yurib odamlarni mayib qilish va o'ldirish bilan shug'ullanadi. U terror hokimiyati orzusida! Tushunyapsizmi? U terror o'rnatmoqchi! Siz poezdlar, tosh yo'llar va kemalarda nazorat o'rnatmog'ingiz kerak. Qo'shin chaqiring. Birdan-bir umid shuki, u juda qadrlaydigan kitoblarini topib olmaguncha bu yerdan olisga ketmaydi. Buni sizga keyin tushuntirib beraman. Sizning polisiya idorangizda Marvel degan odam o'tiribdi... — Bilaman,— dedi Eday. — Kitoblarni aytyapsiz-da. Biroq u daydi... — O’sha kitoblar o'zida ekanini bo'yniga olmayapti. Lekin Marvel ularni yashirganiga Ko'rinmas odamning imoni komil. Eng asosiy masala shundaki, Ko'rinmas odamning ovqatlanish va uxlashiga yo'l qo'ymaslik kerak. Odamlar kechayu-kunduz bedor bo'lib, hech qanday ovqat topa olmasligi uchun qorovullik qilishlari lozim. Hammayoq qulflanishi kerak. Hamma uylar qulflansin! Iloyim havo sovib, yomg'ir quysin-da! Yoshu-qari — hamma odamlar uni tutishda ishtirok etishlari kerak! Tushunyapsizmi, Eday, qanday qilib bo'lmasin uni qo'lga tushirish lozim! Aks holda boshimizga mudhish falokat keladiki, bu haqda o'ylashning o'zi kishini vahimaga soladi. — Biz xuddi siz aytganingizday harakat qilamiz,— dedi Eday. — Hozir men bora solib ishga kirishaman. Balki siz ham biz bilan birga borarsiz? Qani ketdik! Harbiy kengash chaqiramiz, Xolsni, temir yo'l ma'muriyatini taklif etamiz. Xudo, haqi, biror minut vaqtni bekor ketkazish mumkin emas... Yo'l-yo'lakay menga bo'lgan voqeani batafsil gapirib berasiz. Yana qanday tadbir ko'rsak ekan-a? Manovi xalatni tashlasangiz-chi, axir! Bir nafasdan keyin Eday bilan Kemp pastga tushishdi. Eshik lang ochiq edi va ikki polisiyachi hali ham angrayishganicha bo'shliqqa tikilib turishardi. — Qochib ketdi, ser,— dedi polisiyachilarning biri. — Biz hozir Markaziy idoraga boramiz,— dedi Eday. — Biringiz izvoshchi topib, ketimizdan etib borishini buyursin. Xo'sh, Kemp, bu yog'iga nima qilamiz? — It kerak,— dedi Kemp. — It toping. It uni ko'rmaydi-yu, lekin sezadi. It toping. — Yaxshi,— deb uning fikriga qo'shildi. Eday. — Sir bo'lsa ham aytay: Xolsteddagi turma ma'muriyati orasida bir kishi bor, o'sha izquvar itlar saqlaydi. Shunday qilib, it topish lozim. Xo'sh, u yog'i nima bo'ladi? — Esingizdan chiqmasin,— dedi Kemp,— uning egan ovqati to hazm bo'lib ketmaguncha badanidan ko'rinib turadi. Demak, u ovqatlangandan so'ng yashirinishi lozim. Xamma yoqni, har bir burchak, har bir butaning ostini axtarish kerak bo'ladi. Uning uchun qurol xizmatini o'tashi mumkin bo'lgan hamma narsalarni ko'zdan yo'qotish kerak. U hech narsani uzoq vaqt olib yura olmaydi. Odamlarga hamla qilish uchun nimadan foydalanish mumkin bo'lsa, hammasini bekitib tashlash lozim. — Buni ham qilamiz,— dedi Eday. — U qo'limizdan qochib qutulmaydi, bizga muddat bering. — Yo'llarga esa,— gap boshladi Kemp, lekin shu zahoti tili tutilib qoldi. — Nima?—so'radi Eday. — Maydalangan oyna sepish kerak. Bu shafqatsizlik, albatta, lekin uning qanday kulfatlar keltirishi mumkinligini nazarga olganda... Eday hushtak chalib yubordi. — Juda oshirib yubormadingizmi? Bu g'irromlik bo'ladi axir. Hay mayli, basharti u haddidan oshib ketadigan bo'lsa, ishlatish uchun u narsani ham tayyorlatib qo'yaman. Men sizga aytdim-ku, u odam emas, balki yirtqich hayvon,— dedi Kemp. Shu qochganidan keyin o'zini o'nglab olsa bas. Qanday bo'lmasin, biz undan oldinroq harakatimizni qilib qolishimiz kerak. Uning o'zi insoniyatga qarshi chiqdi. Shunday ekan, insoniyat xuni uning gardaniga tushsing. Download 357.17 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling