I bob Noma'lum kishi


X Bob Mister Marvel Aypingda


Download 357.17 Kb.
bet9/26
Sana12.09.2023
Hajmi357.17 Kb.
#1676261
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   26
Bog'liq
fayl Korinmas

X Bob
Mister Marvel Aypingda

Vahima sal-pal bosilgandan keyin Ayping aholisi sekin-asta aql-hushini yig’ib ola boshladi. Birdaniga shubhaomuz hissiyot bosh ko'tardi — to'g'ri, u ancha beqaror, dud- mol, lekin har qalay shubhaomuz hissiyot edi. Axir, Ko'rinmas odamning yo'qligiga ishonish osonroq edi, uning kiyimlarini yechib ko'rinmay qolganining shohidi bo'lgan yoki mushti kuchini totib ko'rgan kishilar barmoq bilan sanarli darajada oz edi. Buning ustiga ustak, bu ishning guvohi bo'lganlardan mister Uojers orada yo'q edi, u uyiga kirib eshiklarini qulflab olgan va hech kimni «iritmay qo'ygandi. Jeffers bo'lsa, «Aravakash» qovoqxonasida behush cho'zilib yotardi. Tajriba doirasidan tashqari chiqib ketadigan buyuk, favqulodda g'oyalar ko'pincha oddiy, lekin osongina tasavvur etish mumkin bo'lgan g'oyalardan ko'ra kishilarni kamroq asir etadi. Aypiyag bayroqchalar bilan bezatilgan, kishilar esa yasanib-tusanib olishgan edi. Axir, bayramga bir oydan beri tayyorgarlik ko'rishar va uning zavqini oldindan surishardi-da. Ana shuning uchun ham oradan bir necha soat o'tgandan keyin, hatto Ko'rinmas odamning mavjudligiga ishongan kishilar ham u mangu g'oiib bo'ldi degan fikr bilan o'zlarini yupatib, o'yin- kulgiga berilib ketdilar; badgumon kishilar masalasiga kelganda, shuni aytish kerakki, Ko'rinmas odam ular uchun bir ermakka aylanib qoldi. Har qalay, har ikki toifa orasida ham haddan ziyoda shodu xurramlik hukmron edi.


Xaysmen o'tlog'iga kapa tikdilar, bu erda missis Banting va boshqa xonimlar choy hozirlashdi, atrofida esa yakshanbalik maktabning bolalari yugurishar, vikariy, missis Kass hamda miss Sekbatning rahbarligida shovqin-suron bilan har turli o'yinlar o'ynashardi. To'g'ri, qandaydir mavhum bir bezovtalik sezilardi, lekin hammalari qo'rquvlarini oshkora qilib qo'ymaslik darajada aql-hushlarini yig'ib olishgandi. Qiya qilib tortilgan arqon yoshlarga juda ham ma'qul bo'ldi. Bu arqonga blok o'rnatilgan bo'lib, yoshlar ana shu blokka osilganlaricha pastga — pichan to'ldirilgan qoplar ustiga g'izillab uchib tushardilar. Arg'imchoqlar, kokos yong'og'i irg'itish, qo'lansa hid chiqaradigan va quloqni batang keltirib muzika chaladigan bug' organli ot o'yini ham katta muvaffaqiyat qozondi. Klubning ertalab cherkovga borib kelgan a'zolari rango-rang znachoklarini ko'z-ko'z qilardilar, ko'pchilik yoshlar esa, shlyapalariga rangin lentalar taqib olgan edilar. Bayram hordig'i haqida ancha jiddiy tasavvurga ega bo'lgan keksa Fletcher esa ikki stul ustiga o'rnatilgan taxta ustida turib, oshxonasining shiftini oqlardi, buni deraza tokchasiga qo'yilgan yosuman guli orasidan yoki eshikdan yaqqol ko'rish mumkin edi.
Soat to'rtlar chamasida Aypingda notanish kishi paydo bo'ldi; u tepaliklar tomonidan keldi. Pakana, semiz, boshiga titig'i o'ynab ketgan shlyapa kiyib olgan bu kishi harsillab nafas olardi. U goh lunjini ichiga tortib, goh katta qilib shishirardi. Uning parcha-parcha qizil dog' qoplagan basharasida vahima alomati ko'zga tashlanar, o'zi tez yurayotgan bo'lsada, istar-istamas kelayotgani aniq sezilib turardi. U cherkov yonida burilib, to'g'ri «Aravakash» qovoqxonasi tomon keldi. Boshqalar qatori keksa Fletcher ham unga diqqat bilan tikildi. U kelgindining hayajonli qiyofasidan hayratga tushib, to cho'tkasidagi ohak engiga oqib tushmaguncha uning orqasidan ko'z uzmay qarab turdi.
«Tir» xo'jayinining guvohlik berishiga qaraganda, notanish odam o'zidan-o'zi allanimalarni gapirib kelarkan. Buni mister Xaksters ham sezibdi. Uning aytishiga qaraganda, notanish odam ichkariga kirishga jazm qilgunicha mehmonxona zinapoyasi oldida uzoq vaqt ikkilaiib turibdi. Nihoyat u zinapoya pog'onalaridan ko'tarilib, mister Xaksters payqaganidek, chapga burilibdi-da, mehmonxona ashigini ochibdi. Mister Xaksters ichkaridan chisayotgan ovozlarni, shuningdek qovoqxonaning ichkilik sotiladigan peshtaxtasi tomondan noma'lum odamga uning yanglishganini aytib baqirishganini eshitibdi.
— U yoqqa emas!— dedi Xoll.
Shunda noma'lum odam eshikni yopib, qovoqxona peshtaxtasi tomon bordi.
Bir necha minutdan keyin u yana xotirjam bir qiyofada ko'chada paydo bo'ldi, biroq uning bu qiyofasi mister Xakstersga soxta ko'rindi. Noma'lum odam u erda bir oz turib, atrofiga alangladi, keyin mister Xaksters uning o'g'rincha qadamlar bilan mehmonxona hovlisining darvozasi tomon yurganini ko'rdi. Bir lahza taraddudlanib turgach, notanish odam darvozaning bir tavaqasiga suyandi-da, yonidan kaltagina sopol trubkasini chiqarib, unga tamaki bosa boshladi. Uning qo'llari qaltirardi. Keyin u bir amallab trubkasini tutatdi-da, qo'llarini qovushtirib o'zini zerikib ketgan kishi qiyofasida tutishga tirishdi, lekin har lahzada alanglab hovliga qarab qo'yishi, uning bu qiyofasiga sira mos kelmasdi.
Mister Xaksters shularning barini tamaki do'konining derazasi oldida qo'yilgan tunuka qutichalar orqasidan ko'rdi-yu, notanish odamning bunday g'alati xatti-harakatidan shubhaga tushib kuzatuvni davom ettirishga axd qildi.
Daf'atan notanish odam shartta qaddini rostladi-yu, trubkasini cho'ntagiga solib, o'zini ichkariga urdi. Shunda mister Xaksters, ko'z oldimda o'g'irlik qilinyapti, deb o'ylab, peshtaxta ustidan sakrab ko'chaga tushdi-da, o'g'rini tutmoqchi bo'lib yugurdi. Shu mahal notanish odam shlyapasini chakkasiga qo'ndirib, bir qo'lida zangori dasturxonga o'ralgan katta tugun, ikkinchi qo'lida esa, bog'langan uchta kitob ko'tarib olgandi. Keyinchalik ma'lum bo'lishicha bu kitoblar vikariyning podtyajkasi bilan bog'langan ekan. Xakstersni ko'rib u «vah» deb yubordi-da, shartta chapga burilib ura qochdi
— Ushla o'g'rini!— deb qichqirdi Xaksters va uni quva ketdi.
Mister Xakstersning keyingi taassurotlari juda kuchli va lekin bir lahzalik edi. Mister Xaksters o'g'rining cherkov tomonga yugurayotganini ko'rdi. Uning ko'ziga yalt-yult bayroqchalar va sayr qiluvchi olomon chalindi, lekin uning qichqirig'iga ikki yoki uch kishigina o'girilib qaradi, xolos.
— Ushla o'g'rini!— deb baqirdi mister Xaksters ovozini avvalgidan ko'ra yana balandroq qo'yib.
Biroq mister Xaksters o'n qadamcha ham chopib bormay turib, oyog'iga allanima ilashdi-yu, yugurish o'rniga o'qday uchdi! Ko'z ochib yumguncha u, yer parchin bo'lib yotib qoldi. Shunda b)tun olam uning ko'zida million-million uchqunlarga aylandi va keyingi voqealar uni qiziqtirmay qo'ydi.



Download 357.17 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   26




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling