I bob Noma'lum kishi
XI Bob «Aravakash» qovoqxonasida
Download 357.17 Kb.
|
fayl Korinmas
XI Bob
«Aravakash» qovoqxonasida Qovoqxonada qanday voqealar yuz berganini aniq tushunib olmoq uchun orqaga, mister Marvel mister Xakstersning derazasi oldida dastlab paydo bo'lgan paytga qaytish lozim. Xuddi shu vaqtda mehmonxonada mister Kass bilan mister Banting bor edn. Ular jiddim qiyofada ertalabki voqeani muhokama qilishar va mister Xollning ijozati bilan, Ko'rinmas odamga tegishli bo'lgan buyumlarni disqat bilan tekshirishardi. Jeffers ancha o'ziga kelib, mehribon do'stlarining hamrohligida uyiga jo'nagandi. Ko'rinmas odamning polda ivirsib yotgan kiyimlarini missis Xoll bir yerga to'plab xonani yig'ishtirib qo'ydi. Kelgindi odatda ishlab o'tiradigan joyda, deraza oldidagi stol yonida Kass birdan «Kundalik daftar» deb ataladigan uchta qo'lyozma kitobni ko'rib qoldi. — Kundalik daftar!— deb xitob qildi Kass, har uchala kitobni stolga qo'yib. — Endi bizlar har qalay ba'zi bir narsalarni bilib olamiz. Vikariy Kassning oldiga borib, tirsagi bilan stolga suyandi. — Kundalik daftar!— deb takrorladi Kass stulga o'tirayotib, u har uchala kitobni ustma-ust taxlab, eng ustidagisini olib ochdi, — Hm... Bosh sahifaga hech narsa yozilmagan. Voajabo!.. Raqamlar. Chertyojlar. Vikariy stolni aylanib o'tib, Kassning elkasi ustidan kitobga qaradi. Kass sahifa ortidan sahifa ochar va uning yuzidan hafsalasi. juda ham pir bo'layotgani sezilib turardi. — Eh! Bu yerda faqat raqamlar yozilgan-«u, Banting! — Unda diagramma yo'q ekanmi?—so'radi Banting. — Yoki bu yozuvlar nima ekanini aniqlashga yordam beradigan rasmlar... — O’zingiz qarang,— deb javob berdi Kass. — Bu yerda matematika va rus tili, (harflariga qaraganda) tag'in boshqa bir tilda yozilgan, ayrim narsalar esa grekcha ham yozilgan ekan. O’ylaymanki, grekchasini siz bemalol tushunasiz... Albatta,— dedi mister Banting, cho'ntagidan ko'zoy- nagani olib artar ekan. U juda ham mulzam bo'lib ketdi, chunki grekchadan juda kamdan-kam narsa xotirasida saqlanib qolgandi.— Ha, grekcha, albatta, bularni tushunib olishga vosita bo'lishi mumkin... — Men hozir sizga o'sha joyini ko'rsataman... — Yo'q, yaxshisi o'zim boshdan-oyoq qarab chiqaman,— dedi mister Banting, ko'zoynagini artishda davom etib. — Avvalo, Kass, umumiy tasavvur hosil qilib olish kerak, keyin esa, tushunib olish uchun yo'l axtarish mumkin bo'ladi. U yo'taldi, shoshilmasdan ko'zoynagini taqdi va dilida ishqilib biror voqea yuz bersinu, meni sharmanda bo'lishdan saqlab qolsin, deb oreu qildi. Keyin u mister Kass uzatgan kitobni oldi. Shundan eo'ng haqiqatan ham bir vokea yuz berdi. Eshik birdaniga taraqlab ochildi. Kass bilan vikariy cho'chib tushishdi, lekin boshlarini ko'tarib, titilib ketgan shlyapa ostidagi qip-qizil basharani ko'rib, engil tortishdi. — Mayxona shu yerdami?—xirillab so'radi qip-qizil basharali kishi ko'zini lo'q qilib. — Yo'q,— deb javob berishdi har ikkala jentelmen bir og'izdan. — Siz so'ragan joy ro'parada, taqsirim,— dedi mister Banting. — Marhamat qilib eshikni berkitib keting,— deb qo'shimcha qildi zardasi qaynagan mister Kass. — Xo'p,— dedi haligi odam ohistagina. — Xo'p bo'ladi!— deb xirilladi u. — Orqaga hayda!— deb komanda berdi u o'z-o'ziga, ko'zdan g'oyib bo'lib, eshikni yoparkan. — Dengizchi bo'lsa kerak,— dedi mister Banting. — Juda g'alati odamlar bo'ladi-da, dengizchilar: «Orqaga hayda»— deganini eshitdingizmi? Bu dengizchilarning xonadan chiqib ketishini ifoda etadigan terminlari bo'lsa kerak. — Ehtimol shundaydir,— dedi Kass. — Lekin meniig asabim juda ham ishdan chiqib qolgan-da. Eshik qo'edisdan ochilganida, cho'chib tushdim. Mister Banting go'yo o'zi ham cho'chib ketmaganday takabburlik bilan iljayyb qo'ydi. — Endi,— dedi u xo'rsinib,— kitoblar bilan shug'ullanamiz. — Andak sabr qiling,— dedi Kass, o'rnidan turib eshikni qulflarkan. — Endi bizga hech kimsa xalal bermaydi. Shu onda allakim tomoq qirdi. — Shunisi shubhasizki,— dedi mister Banting, o'zi o'tirgan kresloni mister Kassning kreslosi tomon surib,— keyingi kunlarda Aypingda hayratangez voqealar yuz berdi. Men, albatta, Ko'rinmas odam haqidagi aql bovar qilmaydigan safsataga ishonmayman... — Bunga ishonish qiyin,— dedi Kass,—sira aql ishonmaydi. Lekin shunisi aniqki, men ko'rdim... Ha, ha, men engining ichiga qaradim... — Lekin imoningiz komilmi... Rostdanam ko'rdingiz- mi? Balki engida oyna bordir... Axir, ko'zni chalgitish oppa-oson-ku. Siz haqiqiy fokuschini ko'rganmisiz, yoki yo'qmi... — Bahslashib o'tirmaymiz,— dedi Kass. — Biz hamma narsa to'g'risida gaplashib oldik-ku, axir. Kitoblarii tekshiramiz... Eha, agar yanglishmasam, mana bu grekcha yozilgan. Ha, albatta, bular grek harflari. U sahifaning o'rtasini ko'rsatdi. Mister Banting sezilar-sezilmas qizarib, kitob o'stiga engashdi: aftidan, ko'zoynagiga yana bir gap bo'ldi. Grek tili sohasidagi uning bilimi juda zaif edi, lekin u barcha qavmlarim meni grek va qadimiy yahudiy tilining bilimdoni deb hisoblashadi deb o'ylardi. Mana endi... Nahotki bu sohada o'zining g'irt savodsiz ekanini e'tirof etishga to'g'ri kelsa? Yoki biror narsa o'ylab chiqarish kerakmi-a? Birdaniga u gardaniga bir narsa tegib ketganini payqadi, boshini ko'tarishga urindi, lekin nimadir uni gardanidan qattiq bosib turardi. U anglab bo'lmaydigan og'irlikni his etar, bamisoli birovning baquvvat qo'li pastga bosayotganga o'xshardi, chunki engahi stolga borib tiralgan edi. — Qimirlamang, taqsirlar,— deb pichirlagan tovush eshitildi — Aks holda boshingizni urib yoraman. Mister Banting Kassning o'ziga yaqin kelib qolgan basharasiga qaradi va uning chehrasida ham zo'r hayrat ifodasini ko'rdi. — Afsuski, shunday keskin chora-tadbirlar ko'rishga to'g'ri kelyapti,— dedi Ovoz — Boshqa iloj yo'q. — Qachondan beri sizlar tadqiqotchilarning xususiy yozuvlarini ochib o'qishni o'rgandinglar?—dedi Ovoz, shunda ikki engah baravariga stolga taraqlab tegdi-yu, ikki juft jag' baravariga shiqillab ketdi. — Qachondan beri falokatga uchragan odamning xonasiga bostirib kiradigan bo'lib qoldinglar,— yana stolga urilib, tishlar bir-biriga tegib shaqilladi. — Mening kiyimlarimni qayoqqa tiqdinglar? — Endi gapimga qulbq solinglar,— dedi Ovoz.— Derazalar berk, eshikni qulflab, kalitni oldim. Men juda kuchli odamman, o'zim ko'zga ko'rinmas bo'lishim ustiga, yana qo'limda temir kosov ham bor. Basharti xohlasam har ikkalangizni osongina o'ldirib, bemalol chiqib keta olishim mumkinligiga hech qanaqangi shak-shubha bo'lishi munkin emas. Tushunarlimi? Gap bunday: agarda sizlarga apikast etkazmasam, ahmoqchilik qilmaslikka va nima buyursam hammasini bajarishga va'da berasizlarmi? Vikariy bilan doktor bir-birlariga qarashdi-yu, doktor basharasini burishtirdi. — Va'da beramiz,— dedi vikariy. — Va'da beramiz,— dedi doktor. Shunda Ko'rinmas odam ularni bo'shatdi va ular qadlarini rostlashdi. Har ikkalasining ham afti qip-sizarib ketgan bo'lib, ular zo'r berib boshlarini sarak-sarak qilishardi. — Sizlardan o'rinlaringizdan qimirlamasliklaringizni so'rayman,— dedi Ko'rinmas odam.— Ko'rdinglarmi, manovi kosovni. Men bu xonaga kirgan vaqtimda,— deb so'zini davom ettirdi u, suhbatdoshlarning tumshug'iga navbatma-navbat kosovni yaqinlashtirib,— bu yerda odamlarni uchrataman deb o'ylamagandim. Bundan tashqari, bu yerdan kitoblarim bilan birga kiyim-kechagimni ham toparman deb umid qilgan edim. Qani ular?.. Urinlaringdan jilmanglar. Ko'rib turibmanki, ularni bu erdan olib chiqib ketishibdi. Hozir Ko'rinmas odam yalang'och yursa ham bo'laveradi, havo ancha isib qolgan. Lekin kechalari har holda ancha salqin. Shuning uchun men kiyim-kechak va boshqa ba'zi bir narsalarga muhtojman. Ulardan tashqari, menga ana shu uchta qo'l yozma kitob ham kerak. Download 357.17 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling