I bob. Oila huquqi tushunchasi, maqsad va vazifalari. Oila huquqining manbalari


Mavzuni mustahkamlashga oid kazus topshiriqlari


Download 115.94 Kb.
bet6/20
Sana06.10.2023
Hajmi115.94 Kb.
#1693549
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   20
Bog'liq
1-3 Боймуродов Қиёмиддин

Mavzuni mustahkamlashga oid kazus topshiriqlari:

  1. 2-kurs talabalari Jumayeva, Jo‘rayev hamda Bobonazarovalar Oila huquqi Fuqarolik huquqining mantiqiy davomi degan fikr-mulohazani bildirdilar. Lekin bunga boshqa talabalar e’tiroz bildirib, Oila huquqi huquqning mustaqil sohasi ekanligini, u o‘z o‘rganish doirasiga predmeti va tamoyillariga hamda tizimiga ega ekanligini alohida ko‘rsatib o‘tdilar.

Aytingchi, birinchi va ikkinchi talabalar o‘rtasidagi bahs-munozara asoslimi? Oila huquqi huquqning mustaqil sohasi bo‘lishi uchun yana nima asos bo‘lib xizmat qilishi darkor?

  1. Bir guruh talabalar Qadimda mamlakatimiz hududida amalda bo‘lgan oilaviy qadriyatlar, ularni buzganlarga nisbatan jazolar tizimi – oilalarning mustahkamligiga xizmat qilganligini aytib, ularni ma’qullaydilar. Boshqa guruh ta’labalar esa mazkur jazolar insonlarning huquqini poymol qilgan, haddan tashqari shavqatsiz ta’sir choralari bo‘lgan, deya fikr bildirishadi.

Oilaviy qadriyatlarni mustahkamlashga xizmat qilgan qanday tarixiy odatlarni bilasiz?
Siz qaysi talabalar jamoasini fikrini qo‘llab-quvvatlaysiz? Fikringizni izohlab bering.

Nazorat savollari.

  1. Oila huquqi alohida huquq sohasi sifatida o‘rganilishi zarurligi nimada?

  2. Oila huquqiy munosabatlar va fuqarolik huquqiy munosabatlarning o‘xshash va o‘ziga xos xususiyatlarini sanab bering.

  3. Oila huquqi boshqa huquq sohalari bilan aloqadorligini misollar bilan ochib bering.

  4. O‘zbekiston hududida oilaviy munosabatlar qanday tartibga solingan?

  5. Oila kodeksi haqida nimalar o‘rgandingiz?

  6. Oila huquqining manbalarini iyerarxiyaviy tartibda sanab bering.


II BOB. OILAVIY-HUQUQIY MUNOSABATLAR. NIKOHNING HUQUQIY TATIBGA SOLINISHI.
Ko‘rib chiqiladigan masalalar:


    1. Download 115.94 Kb.

      Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   20




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling