4. Oilaviy munosabatlarda ishtirok etuvchilarni ma’naviy va moddiy qo‘llab-quvvatlash hamda ularning o‘zaro bir-biriga g‘amxo‘rlik qilishi.
Bu prinsip oilaviy munosabatlarda er-xotin moddiy munosobatlardan qat’i nazar bir-biriga muhabbat, hurmat kabi hissiyotlarga asoslanib yashashlari nazarda tutiladi.
Er va xotin, ota-ona va bolalar, bobo-buvi va nabiralar, aka-ukalar va opa-singillar, farzandlikka olganlar va hokazolar o‘rtasidagi munosabatlar, avvalo, nikoh, qon-qarindoshlik yoki oilaviy rishtalar bilan bog‘liq bo‘lgan shaxslar o‘rtasidagi shaxsiy munosabatlardir.
Oila a’zolari o‘rtasidagi munosabatlarning huquqiy tartibga solinishi shu prinsiplarga tayanadi va ularga to‘la mos keladi. Oila a’zolarining o‘z yaqinlariga g‘amxo‘rlik qilishi qonun asosida belgilangan. Masalan, Oila kodeksining 109-moddasining 1-qismiga binoan, voyaga yetgan, mehnatga layoqatli bolalar mehnatga layoqatsiz, yordamga muhtoj o‘z ota-onasiga ta’minot berishlari va ular to‘g‘risida g‘amxo‘rlik qilishlari shart.
5. Davlat tomonidan onalik, otalik va bolalikni muhofaza etish va ularning manfaatlarini har taraflama himoya qilishi.
O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi 65-moddasining 2-qismi va Oila kodeksi 4-moddasining 1-qismiga binoan oila, onalik, otalik va bolalik davlat himoyasidadir. Har bir inson oilali bo‘lishni xohlaydi va buni baxt deb biladi. U muomala layoqatiga to‘liq ega bo‘lgach, mustaqil ravishda o‘z oilaviy munosabatlariga kirishga xaqli.
Onalik jamiyat hayotidagi eng muhim ish. Onalikni boshqa hech bir vazifa bilan almashtirilishi mumkin emas. Ayol, ona uchun farzandlik bo‘lishdan ustun bo‘ladigan biror-bir baxt yo‘q. Oilada farzand tug‘ilishini otasiz tassavur qilib bo‘lmaydi. To‘liq oila, baxtli oila, deb ota-onasi bor, farzandlari to‘g‘risida g‘amxo‘rlik qiladigan jamoa tushuniladi. Shuning uchun qonunda “ona” so‘zining yonida “ota”, “otalik” so‘zlari ishlatiladi.
Oilani farzandsiz tasavvur qilib bo‘lmaydi. Bola oila quvonchi, vorisi, er-xotinni bir-biriga payvand qiladi. Mamlakatimiz aholisining yarmidan ko‘prog‘ini 18 yoshgacha bo‘lgan voyaga yetmagan bolalar tashkil etadi. Respublikada bolalar huquqlarini ta’minlashga alohida e’tibor qaratilgan. Bunga misol qilib 2007 yil “Bola huquqlari kafolati to‘g‘risida”gi qonunni ko‘rsatish mumkin.
Do'stlaringiz bilan baham: |