I-bob. Oliy nerv faoliyati haqida umumiy tushunchalar


Download 49.37 Kb.
bet2/10
Sana27.01.2023
Hajmi49.37 Kb.
#1130016
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Bog'liq
oliy nerv

Kurs ishining maqsadi: Oliy nerv faoliyati va psixofiziologiya haqida bilim, kònikma va malakalarni shakllantirish
Kurs ishining ob‘yekti: Ijtimoiy jamiyatdagi insonlarning psixofiziologik holati
Kurs ishining predmeti: Shaxsni o’rganishda asab tizimi va oliy nerv faoliyatini jarayoni
Kurs ishining vazifalari:

  1. Mavzuga oid ilmiy adabiyotlarni tahlil qilish;

  2. Oliy nerv faoliyati tushunchasini, mazmun-mohiyatini ko‘rib chiqish;

  3. Oliy nerv faoliyati toʻgʻrisidagi taʼlimotlarni o`rganish;

  4. Oliy nerv faoliyati va asab tizimi jahon neyrofiziologiyasi va eksperimental psixologiyadagi muqim tadqiqot obʼyekti sifatida ;

Kurs ishining tuzilishi: Reja, kirish, 2 bob, 4 paragraf, xulosa va adabiyotlar ro‘yxatidan iborat.


I.BOB.OLIY NERV FAOLIYATI HAQIDA UMUMIY TUSHUNCHALAR
1.1.Oliy nerv faoliyatining shakllanish bosqichlari
Oliy nerv faoliyatining psixologik jarayonlar bilan uzviy bog‘liqligini I.M.Sechenov, I.P.Pavlov, U.Penfild, G.Jasper, K.Primram, J.Ekllz, O.Foxt, P.K.Anoxin kabi olimlar chuqur o'rganishdi. Ular psixik jarayonlar reflektor tarzda boshqarilishi mumkinligini isbot qilishdi. I.M. Sechenovning fikricha, refleks — organizmning tashqi muhit bilan bo‘lgan o‘zaro munosabatining bir ko‘rinishidir. U ikki xil refleks turlari mavjudligi haqidagi muammoni o‘rtaga tashlagan. Birinchisi doimiy tug‘ma reflekslar bo‘lib, asab tizimining quyi tuzilmalari orqali amalga oshiriladi degan va uni «sof reflekslar» deb atagan. Ikkinchisi bosh miya po‘stloq markazlari bilan bog'liq reflekslar bo‘lib, ular o‘zgaruvchan bo‘ladi va individual rivojlanish mobaynida shakllanib boradi, degan. Bu reflekslarni I.M.Sechenov ham fiziologik, ham psixologik hodisa deb ta’riflagan. Bu borada I.P.Pavlov (1849—1936) o‘tkazgan tadqiqotlar e’tiborga moyildir. I.P.Pavlov oliy nerv faoliyati haqida ta’limot yaratdi va fanga «shartli refleks» degan iborani kiritdi. Uning fikricha, asab faoliyatining barcha murakkab funksiyalari, quyidagi ikki xil asosiy mexanizmlardan iborat: 1) organizm faoliyati bilan tashqi omillar orasida vaqtinchalik aloqaning paydo bo'lish mexanizmi yoki shartli refleks mexanizmlari va 2) analizatorlar mexanizmi, ya’ni tashqi muhitni murakkab analiz qilib, uni bo‘laklarga boʻlish.
I.P. Pavlov Shartli reflektor faoliyat uchun nafaqat yangi shartli reflekslarning paydo bo‘lishi, balki po‘stloqdagi eski aloqalarning yig‘ilib, murakkab bog‘lanishlar hosil qilishi ham o‘ta muhimdir. Bosh miya organizmning barcha tashqi va ichki faoliyatini reflektor prinsipga asoslangan holda boshqarib, bir-biri bilan bog'lab turadi. Oliy nerv faoliyati yoki shartli va shartsiz reflekslarning asosiy prinsiplari nervizm, ruh va tananing yagonaligi, tuzilma va funksiya- larning yaxlitligi, organizm faoliyatining boshqarilishi mumkinligi va bunda tashqi muhitning ahamiyati juda muhimligini yuqorida nomi zikr qilingan olimlar ilgari surgan.
Shunday qilib, shartli reflekslar organizmning individual rivojlanishi natijasida shartsiz reflekslar asosida bosh miya po‘stlog‘ida hosil bo‘lgan vaqtincha bog'lanishdir. Tashqi va ichki muhitning o‘zgarishiga qarab, shartli reflekslar yo'qolib yoki boshqa turga o‘tib turadi, mabodo bu vaqtinchalik bog‘lanishlar mustahkamlanib turilmasa, ularning o'rniga yangilari paydo bo‘ladi. Shartli reflekslar hayvonlar va insonlarning faoliyatini keskin boyitadi. Shartli reflekslar ularning doimo o‘zgarib turuvchi tashqi muhitga moslashib borishiga imkon yaratib beradi. Shartli reflekslar hayvonlar va insonlarning xulqiga, xatti-harakatining shakllanishiga katta ta’sir ko'rsatadi. Shartli reflekslardan farqli o'laroq, shartsiz reflekslar tug‘ma reflekslardir.
Shartsiz reflekslar faqat maxsus faoliyatga taalluqli bo‘lgan ta’sirlar tufayli paydo bo'luvchi reflekslardir. Masalan, og‘riq, harorat, taktil va boshqa ta’sirlarga javob reaksiyalari. Shartsiz reflekslar hayotiy muhim biologik ehtiyojlar bilan bog'liq bo'lib, doimiy reflektor yo'llar orqali amalga oshiriladi. Shartsiz reflekslar tashqi muhitning organizmga bo'lgan ta’sir mexanizmlarini muvofiqlashtirib turadi. Evolutsiya jarayonida miya tuzilmalarining filogenetik rivojlanishi natijasida tug‘ma va orttirilgan (shartli) reflekslarning o‘zaro munosabati biologik qonunlarga bo‘ysungan holda o'zgarib boradi; umurtqasizlar va boshqa hayvonlarda faoliyatning tug‘ma shakli orttirilgan shaklidan ustun tursa, sut emizuvchilarda xatti-harakatning individual orttirilgan shakllari rivojlanib boradi, murakkablashadi va ustun turadi. Oliy nerv faoliyati bosh miya katta yarim sharlarining shartli reflektor faoliyati bilan bog'liq bo‘lib, organizmning tashqi muhitga bo‘lgan munosabatini belgilab beradi va xulq-atvorning asosini tashkil qiladi. Oddiy (quyi) nerv faoliyati miya ustuni va orqa miya faoliyati bilan bog‘liq bo‘lib, shartsiz reflektor faoliyatiga asoslangan.
Shunday qilib sezgi, idrok, fikr, xotira, tafakkur - bular ruhiy jarayonlar bo‘lib, bosh miyaning faoliyati bilan chambarchas bog‘liqdir. Ruhiy jarayon markaziy asab tizimining barcha a’zolari vositasida amalga oshiriladi. Bu jarayon ichki va tashqi ta’sirlarni qabul qilish, ta’sirotlarni signallarga aylantirish, signallarni analiz qilish va javob reaksiyasini tayyorlashdan iborat.
I.P. Pavlov oliy nerv faoliyatida tormozlanish jarayonlarini passiv (shartsiz) va faol (shartli) turlarga ajratgan: 1) passiv tormozlanishga tashqi tormozlanishni, ya’ni to‘satdan yoki bexosdan paydo bo‘ladigan ta’sirga o‘zini himoya qiluvchi javob reaksiyasining paydo bo‘lishini va haddan ortiq tormozlanish, ya’ni o‘ta kuchli, uzoq davom etadigan ta’sirlarga bo‘lgan javob reaksiyasini kiritgan. Ular hujayra va to'qimalarni toliqish va halok bo‘lishdan asraydi; 2) faol yoki shartli tormozlanishning so‘nib boruvchi va kechikuvchi turlari farq qilinadi. Shunday qilib, miyada qo‘zg‘alish va tormozlanish jarayonining buzilishi nevrozlarga olib kelishi isbotlandi. Bu psixologiya fani uchun o‘ta muhim bo‘lgan ta’limotdir. Vaholanki, hissiy zo'riqishlarda paydo bo‘ladigan miyadagi kuchli qo‘zg‘alishlar yoki keragidan ortiqcha tormozlanish jarayonlari nevrozga olib kelishi keyinchalik ham olimlar ishida o‘z aksini topdi.
P.K. Anoxin (1898—1974) oliy nerv faoliyatida shartli reflektor faoliyatning birin-ketin keladigan 4 bosqichidan iboratligini ko‘rsatib berdi. Buni u teskari afferentatsiya deb atadi, ya’ni refleks bajarilganidan keyin markazga uning bajarilganligi yoki ushlanib qolinganligi haqida ma’lumot kelib tushadi va u xotirada saqlanib qoladi. Bu mexanizm quyidagicha amalga oshiriladi: 1-bosqich retseptor ta’sirlantiriladi, nerv tolalarida qo‘zg‘alish paydo bo‘ladi va bu signal markaziy asab tizimining maxsus tuzilmalariga uzatiladi; 2-bosqich qo‘zg‘alish sensor neyronlardan motor neyronlarga o‘tkaziladi; 3- bosqich markazdan qochuvchi impuls bajaruvchi a’zoga (mushakka, bezga) o‘tkaziladi; 4-bosqich markazga topshiriq bajarilganligi haqida signal yuboriladi. Shunday qilib, shartli reflektor yoy sistemasida qaytuvchi bog‘lanish mavjudligi isbotlandi. Qaytuvchi bog'lanish ongning shakllanishida muhim ahamiyatga ega. Endi shu nazariyalarga asoslangan holda bosh miya yarim sharlari po‘stlog‘iga kelib tushgan signallarning qayta ishlanish jarayonini ko‘rib chiqamiz. Analizatorlar orqali qabul qilingan ma’Iumotlar (signallar) bosh miya po‘stlog‘ining birlamchi maydoniga kelib tushadi.
Bu yerda hodisa va obyektlarning tasviri shakllanadi. Ammo u yoki bu tasvir shakllanishi uchun analizatorlar orasidagi o‘zaro bog‘liqlik saqlangan bo‘lishi kerak. Analizator deb, tashqi va ichki muhitdan keluvchi signallami analiz va sintez qiluvchi neyronlar guruhiga aytiladi .Analiz — bu miyaga kelib tushgan signallarni bo‘laklarga bo‘lib o'rganish bo‘lsa, sintez — bu bo'laklardan yagona bir tasvir yaratish demakdir. Narsalarni va hodisalarni idrok etish asosida esa turli analizatorlaming o‘zaro aloqasi va xotira mexanizmlari yotadi. Analizatorlar sistemasi iyerarxik tuzilishga ega.
Shunday qilib, bosh miya katta yarim sharlari po‘stlog‘i turli analizatorlar orqali (ko'ruv, eshituv) qabul qilinadigan ta’sirlarni analiz va sintez qiladi. Po'stloq qabul qilingan ma’lumotlami xotirasida saqlab, boshqa signallar bilan solishtirib, taqqoslab, xatolarini tuzatib, qayta ishlab turuvchi hujayralar tizimidan tarkib topgan.
A.R. Luriya har qanday ruhiy fao-liyat miyaning uchta funksional bloklari bir vaqtning o'zida barqaror ishlashi natijasida amalga oshirilishini ta’kidlab o'tgan . Birinchi blok — tetiklik va tonusni boshqaruvchi blok. Bu blokka limbiko-retikulyar kompleks kiradi. Evolutsiya mobaynida bu tuzilmalar birinchilardan bo'lib paydo bo‘lgan. Birinchi blok qo‘zg‘alishni birinchi bo‘lib qabul qiladi. Bu signallar ichki a’zolardan va sezgi (ko‘ruv, eshituv, hid, ta’m bilish, teri) a’zolari orqali tashqi muhitdan keluvchi signallardir. Birinchi blok bu signallarni qayta ishlab, impulslar oqimiga aylantiradi va har doim ularni bosh miya po‘stlog‘iga yuborib turadi. Bu impulslar po‘stloq- ning faolligini ta’minlab turadi, ularsiz po‘stloq «so'nib» qoladi. Ikkinchi blok ma’lumotlarni qabul qiluvchi, qayta ishlovchi va xotirasida saqlovchi blokdir. Bu blok bosh miya yarim sharlarida joylashgan bo‘lib, ensa (ko‘ruv), chakka (eshituv) va tepa (umumiy sezgi) sohalaridan iborat. Ikkinchi blokka taalluqli bu sohalar iyerarxik tuzilishga ega. Shartli ravishda ularning birlamchi, ikkilamchi va uchlamchi sohalari (maydonlari) farqlanadi. Birinchisi tashqi olamdan qabul qilingan ta’sirotlarni (eshituv, ko‘ruv, sezgi) mayda belgilarga parchalaydi. Ikkinchi blokning ikkinchi sohasi bu belgilardan har xil tasvirlar yaratadi, uchinchisi esa ko‘ruv, eshituv, hid bilish va teridan keluvchi ma’lumotlarni jamlaydi. Uchinchi blok — ruhiy faoliyatni nazorat qiluvchi va dasturlar tuzuvchi blokdir. Bu blokni, asosan, miyaning peshona bo‘lagi tashkil qiladi. Peshona bo‘lagi zararlangan bemorning xulqi buziladi, oddiy harakatlami bajara olmaydigan bo‘lib qoladi. Bir so‘z bilan aytganda, insonning shaxsi buziladi.
Miyaga kelib tushayotgan ma’lumotlarning analiz va sintezi natijasida aniq shartlarga javob beruvchi harakat dasturi ishlab chiqiladi. Mabodo ushbu dastur yordamida «topshiriq» bajarilmasa, miyada ketma-ket yangi dasturlar yaratilaveradi. Buning natijasida tushayotgan signallarga bosh miya, albatta, javob qaytaradi.
Shunday qilib, bosh miyada murakkab qaroming paydo bo‘lish jarayoniga qo‘zg‘alishning zanjirli reaksiyasi sifatida qarash kerak. Bu aylana bosh miya va uning turli bo‘limlari faoliyatining asosini tashkil qiladi. Bosh miyada assotsiativ yo‘llaming katta imkoniyatlari borligi va po‘stloq neyronlarining keng ixtisoslashganligi turli-tuman neyronlararo aloqalarning yuzaga kelishiga, har xil vazifalarni bajaruvchi murakkab neyronlar to'plamining shakllanishiga imkon yaratadi. Bu jarayonlarni yanada yaqinroq tushunish uchun asab sistemasining filogenezi va ontogenezi bilan qisqacha tanishib chiqamiz.
Asab tizimining filogenezi. Evolutsiya jarayonida asab tizimi rivojlanib, murakkablashib va takomillashib bordi. Oddiy bir hujayrali organizmdagi (amyobalar) yolg‘iz hujayraning o‘zi sezgi, harakat, hazm qilish va himoya funksiyalarini bajarib keldi. Tirik to‘qima qo‘zg‘alish, ya’ni tashqi ta’sirlarga javob berish xususiyatiga egadir. Filogenezda asab hujayralarining paydo bo‘lishi organizm uchun tashqi ta’sirlarni qabul qilish, to‘plash va tarqatish imkonini yaratib berdi. Asab hujayralari orasidagi bog‘lanishlarning paydo boʻlishi va oddiy asab tizimining shakllanishi organizmni integratsiyaning yangi bosqichiga ko‘tardi. Oddiy (primitiv) asab tizimiga ega jonzotlarda qo‘zg‘alish hujayralardan barcha yo‘nalishlarda tarqalishi mumkin, go‘yo bu impuls barcha hujayralarga taalluqli boʻlib, ma’lum bir manzilga ega emasdek. Shunday boʻlsa-da, bu impulslar organizmdagi u yoki bu jarayonlarning kechishida faol ishtirok etadi, lekin analiz qilish qobiliyati hali ularda boʻlmaydi. Qo‘zg‘alishning asab hujayralarida to‘planishi xotiraga o‘xshash jarayonga zamin yaratadi. Organizm rivojlangan va asab to'qimalari ishi takomillashgan sayin asab hujayralaridagi jarayonlar qo‘zg‘alishni tez o'tkazishi va ma’lum bir manzilga yo‘naltirilganligi bilan ajralib turadi. Asab tizimining murakkablashib, takomillashib borishi, qabul qiluvchi (afferent) va uzatuvchi (efferent) sistemalarning paydo boʻlishi bilan kechadi. Nerv tarmoqlarining chekkasida maxsus retseptorlar paydo boʻlib, har biri faqat o‘ziga tegishli boʻlgan ta’sirlarni farqlab qabul qila boshlaydi.
Asab hujayralarining ixtisoslashib va takomillashib borishi natijasida impulslarning faqat bir tomonga yo‘nalishini ta’minlaydigan sinapslar paydo bo`ladi. Xuddi shu bosqichda ba’zi vazifalarni bajaruvchi oddiy «aylana» tuzilmalar hosil boʻladi. Keyinchalik evolutsiya mobaynida nerv tugunlari — gangliyalar paydo bo`lib, ular bir yoki bir nechta vazifani amalga oshira boshlaydi. Gangliyalarning ishlash uslubi shundan iboratki, har bir gangliya tanadagi ma’lum segment (soha) uchun javob beradi. Ushbu segment darajasida o‘ta aniq va soz boshqaruv jarayoni kechadi. Asab tizimida mavjud bo`lgan gangliyalar majmuasi sezishning murakkab turlarini amalga oshira oladi. Gangliyada har qanday jarayon go‘yoki aniq bir dasturga ega. Biroq segmentlar bir-biri bilan yetarlicha aloqalarga ega emas —bosh miya hujayralaridan farqli ravishda bu gangliyalarda biron-bir markazning muvofiqlashtiruvchi ta’siri uncha rivojlanmagan.
Evolutsiyaning keyingi davrlarida asab sistemasining rivojlanishi bosh miya rivojlanishining ustuvorligi bilan kechadi, so‘ngra bosh miya yarim sharlari po'stlog`i paydo bo`lgan, asab tizimi filogenezining bu davri sefalizatsiya davri deb ham ataladi. Sut emizuvchilarda asab tizimi yanada takomillasha borib, bosh miya katta yarim sharlar po'stlog`i va ularni o‘zaro bog`lovchi yo‘llar paydo bo`ldi. Organizmning barcha funksiyalarini boshqarib, nazorat qilib turuvchi, o‘tkazuvchi yo‘llar sistemasi shakllandi.
Odamda katta yarim sharlar po‘stlog‘i, ayniqsa, peshona va chakka bo‘laklarining rivojlanishi yuksak darajaga yetdi. Hozirgi kunda odam bosh miyasining 78 foizini po‘stloq tashkil qilib, uning 30 foizi peshona bo‘lagiga to‘g‘ri keladi. Evolutsion rivojlanishning sefalizatsiya davrida bosh miyada paydo bo'lgan markazlar quyi joylashgan tuzilmalarni o'ziga bo‘y- sundira boshladi. Natijada bosh miyada hayotiy muhim markazlar paydo bo'lib, ular organizmning turli-tuman faoliyatini avtomatik tarzda boshqara boshladi. Ushbu markazlararo aloqalar iyerarxik tarzda faoliyat ko‘rsatadi. Integrativ jarayon va boshqarish funksiyasining vertikal uslubda faoliyat ko'rsatishi muhim ahamiyatga ega.
Fiziologiyaning dastlabki rivojlanish davrida oliy nerv markazlari quyi markazlarga doimo tormozlovchi ta’sir ko‘rsatadi, degan fikr mavjud edi. Shuning uchun oliy markazlar zararlanganda quyi markazlar qo‘zg‘aladi, go'yoki ular faollashadi. Lekin fiziologik jarayonlar doim bu tarzda kechavermaydi. Evolutsion jihatdan yosh markazlar zararlanganda, keksa markazlar faollashadi, go'yoki evolutsion jarayon teskarisiga davom etadi. Bu nazariya dissolatsiya nazariyasi, deb nom olgan. Darhaqiqat, yuqori pog'onada joylashgan markazlar zararlanganda, quyi markazlar faollashganini ko‘ramiz. Bunga markaziy harakat neyroni zararlanganda, orqa miyaning oldingi shoxida joylashgan periferik harakat neyronlarining faollashuvini misol qilib keltirish mumkin. Ammo bu buzilishlarning asl ma’nosi dissolatsiyada yoki quyi markazlarning yuqori markazlar «tutqunligidan» ozod boʻlishida emas. Chunki oliy markazlar quyi markazlar faoliyatini faqat tormozlabgina qolmaydi, balki faollashtiradi ham. Markaziy ta’sirlar susayganda, quyi jarayonlaming avtomatizmi va boshqarish «san’ati» pasayadi, jarayon qo‘pol va sodda bo‘lib qoladi. Bundan tashqari, quyida joylashgan markazlarning faollashuvi kompensator jarayonning bir ko‘rinishi sifatida qabul qilinishi ham mumkin. Nerv markazlari iyerarxiyasida bosh miya katta yarim sharlari po‘stlog‘i asosiy o‘rinni egallaydi. Butun organizmdan va funksional sistemalardan ma’lumotlarning po'stloqqa oqib kelishi, ularning murakkab analiz va sintez qilinishi assotsiativ yo‘llaming paydo bo‘lishi oliy nerv faoliyatining asosiy mexanizmlaridan biri hisoblanadi.
Bosh miya yarim sharlari va ularning po’tloği markaziy nerv sistemasining yuqori qismi bŏlib hisoblanadi.Odamning xulqi idroki, fikrlashi ongi, va barcha ruxiy xususiyatlari oliy nerv faoliyati bŏlib, u bosh miya yarim sharlari va ular pŏstloğida joylashgan nerv markazldarining reflekslari orqali nomayon bŏladi. Bu reflekslar odamning tashqi muxit bilan boğlanish, uning xar xil sharoitga moslashuvini ta’minlaydi. Birinchi va ikkinchi signal ssitemasi. Odamda birinchi signal sistemasi bŏladi. Odamning oliy nerv faoliyati ŏziga xos anglash, abstrakt fiklash, sŏzlash qobiliyatiga ega. Odam oliy nerv faoliyatining taraqqiyoti natijasida voqelikning ikkinchisignalsistemasi vujudga kelgan. Ikkinchi signal sistemasi sŏzlardan iborat bŏlib,predmetlarningayrim belgilarini vujudga keltirish xususiyatiga ega.
Kŏrish eshitish, hid sezin, ovqat ta’mini bilish kabi sezgi organlari birinchi signal sistemasi bŏlib, ular odam va yuksak hayvonlarda deyali ŏxshash. Bu sezgi organlar orqali qabul qilingan tashqi va ichki muhitning ta’siri miyaning shunga tegishli markazlarida refleks hosil qiladi. Odamning yuksak xayvonlardan asosiy farqlaridan biri unda oğzaki va yozma nutqning rivojlanganligidir. Nutq ta’sirlovchi sifatida sezgi organlari orqali qabul qilinib, shartli refleks hosil qiladi. Odamda atrofdagi muxit bilan aloqa boğlanishning yangi shakllari paydo bŏladi. «rivojlanib borayotgan hayvonotdunyosida, - deb yozgan edi. I.P. Pavlov,- odam bosqichiga kelib nerv faoliyati mexanizmlariga nixoyatda katta qŏshimcha qŏshildi». Bu qushimcha odamda nutq paydo bŏlishi va yangi signal sistemasi vujudga kelishidan iborat bŏladi. Organik dunyo taraqqiyotining bosqichida muhit bilan aloqa boğlanishning yangi faqat odamgagina xos bŏlgan ikkinchi signal sistema qaror topdi. “Home sapens” oilasi paydo bŏlguncha hayvonlar, deb yozgan edi I.P. Pavlov - atrofdagi duyoning havonlaridagi xilma xil retseptor mexanizmlar ta’sir etadigan va markaziy nerv sistemasining tegishli xujayralariga etib boradigan turli agentlaridan kelib chiquvchi bevosita taasurotlari orkaligina ŏsha dunyo bilan aloqilar edi. Bu tasurotlar tashqi ob’ektlarning birdan bir signallari edi. Odamda ikkinchi darajali signallar, birinchi signallarning signali – talaffuz etiladigan, eshitiladigan, kŏriladigan sŏzlar kŏrinishda paydo bŏlib,rivojlanib bordi va yuqori darajada kamolga etdi. Odamda sŏz aloxida ahamiyat kasb etdi. Sŏz deb yozadi I.P .Pavlov, birinchisignallarning signali bŏlib voqelikning faqat bizga xos ikkinchi signal sistemasining tashqil bŏlib, voqelikning faqat bizga xos ikkinchi signal sistemasini tashqil etdi. Nutqning rivojlanishshi odamlarning bir- biriga munosabatini osonlashtirib, mehnat turlarini kŏpaytirishga, ong rivojlanishiga sabab buldi. Pavlov: «Nutq bizni odam qildi»-degan edi. Odamda shartli refleks shartsiz ta’sirot bilan mustahkamlanib boorish asosidagina emas, nutq yordamida ham xosil bo’lishi mumkin. Masalan, boshlang’ich maktab o’quvchilarida qo’ng’iroq ovoziga javoban shartli refleks paydo bo’lgandan co’ng, shu ovoz o’rniga og’zaki yoki yozma shakldagi qo’ng’iroq co’zi ishlatilsa, bola qo’ngiroq ovoziga qanday reaksiya ko’rsatgan bo’lsa qo’ng’iroq so’zining o’ziga ham birinchi martada`q xuddi o’shanday reaksiya ko’rsatadi. Nutq faoliyat asosida shartli refleks hosil bolishi odam oliy s faoliyatining sifat jihatidan o’ziga xos bo’lgan xususiyatidit. Shartsiz refleks asosida hosil bo’ladigan aloqalar postloq proceslari harakatining qanday qonunlariga bo’ysunsa odam bosh miyasi postlogida nutq asosida yuzaga kelgan bog’lanishlar ham xuddi oʻsha qonunlariga boʻysunadi.
Odamda birinchi va ikkinchi signal sistemalari o’zaro mahkam bog’langan bo’lib, bir- biriga doim ta’sir ko’rsatib turadi. So’zining signal sifatidagi ahamiyati bir-biri bilan qo’shilib keladigan oddiy tovushlar bilan emas, balki so’zning lug’aviy ma’nosi bilan bog’liqdir. It va yuqori darajali hayvonlarda so’zga yoki jumlaga javoban shartli refleks hosil qilish mumkin, lekin hayvonlarda bu narsa so’zning lug’aviy ma’nosiga bog’liq bo’lmasdan , bir-biri bilan qo’shilib kelgan muayyan tovishlarga bog’liq bo’ladi. Tovishlarning qo’shilib kelishi jihatidan bir-biriga o’xshash so’zlar tanlab olinadigan bo’lsa, u holda it bunday so’zlarga, signal ma’nosi garchi boshqacha bo’lsa ham, bir xil reaktsiya bilan javob beraveradi.Bolada ikkinchi signal sistemasining shakllanib borishi nutqning rivojlanishi bilan bevosita bog’langan. Bola hayotining birinchi yilidagi so’ngi oylari va butun ikkinchi yili nutq qaror topib boradigan davr hisoblanadi. Bolalarda nutqning qaror topishi protsessi shartli reflekslar hosil bo’lish qonunlariga muvofiq o’tadi. Bolarda nutq reflekslari taqlid yo’li bilan hosil bo’la boradi, bu reflekslarning qaror topib, rivojlanishi esa bolaning katta yoshli odamlar bilan doiniy aloqa qilib turshiga, ya’ni ta’lim olishi,o’rganishiga asoslangan. Bolada yarim tovish va fonemalar hayotining dastlabki oylarida ham paydo bo’lsada, lekin bular hali ikkinchi signallar rolini o’ynamaydi va faqat odamga xos bo’lgan signal sistemasining ishga tushishi uchun go’yo tayyorgarlik davri bo’lib hisoblanadi.
Shartli ta’sirot bo’lmish so’z avvaliga faqat muayyan vaziyatda ma’lum bir ohang bilan talaffuz qilinganda ta’sir ko’rsatadi, bola hayoti ikkinchi yilining birinchi yarmi oxiriga kelganda esa u signallarning signali bo’lib qoladi. Bolaning ayrim so’zlarni, goho bularning ma’nosini tushunmasada, oson takrorlay olishi va eslab qolish qobiliyati ham ana shu davrda ribojlanib boradi. Hayotining ikkinchi yili davomida lug’at zapasi ancha tez ortib boradi. 3 yoshgacha bo’lgan davr nutq qaror topib, shakllanib boradigan davr hisoblanadigan eng optimal davrdir. Adabiyotda tasvirlangan voqealar bunga misol bo’la oladi.
Og’zaki va yozma nutq bosh miya po’stlog’idagi nerb markaz larida shartli reflekslar hosil qilish xossasiga ega. Nutq yordamida biz tashqi muhitning rang-barangligini anglayniz, boshqalar bilan muloqatda bo’lamiz, atrofdagi voqealarni qabul qilib, ular haqida fikrlaymiz va fikrimizni boshqalarga bayon qilamiz. Nutq yordamida bilim olamiz, xunar o’ganamiz, kasb egallaymiz. Nutq va fikrlash bir-biriga chambarchas bog’liq, chunki boshqalar nutqini qabul qilib, uning ma’nosiga qarab bizda fikrlash bujudga keladi, o’z fikrimizni esa nutq orqali bayon etamiz. Nutq ikkinchi signal sistemasi sifatida bolaning yoshligida birinchi signal sistemasi asosida paydo bo’lib rivojlanadi.Bola bir yoshga kirganda u 5-10 ta so’zni ayta oladi, 2 yoshda uning so’z boyligi 300 taga, 3 yoshda 1000 taga, 4 yoshda 2000 taga etadi. Bolaning so’z boyligi uning sog’ligiga, ota-onasi va tarbiyachilarning madaniyatiga , ular olib boradigan tarbiyaviy ishlar mazmuniga bog’liq. Maktab yoshigacha va boshlang’ich sinflarda hosil bo’lgan shartli reflekslar, o’rgangan so’zlar miya xujayralarida mustahkam iz qoldirib, uzoq yillar saqlanadi. Shuni alohida qayt qilish kerakki, bolada nutq qobiliyatining paydo bo’lishi va rivojlanishi uchun uning markaziy nerv sistemasining tuzilishi funksiyasi normal rivojlangan bo’lishi zarur. Avvalo uning eshitish organlari va bosh miya po’stlog’ining chakka qismida joylashgan eshitish markazi sog’lon bo’lishi kerak. Chunki boshqalarning so’zini eshitish uchun uning eshtish qobiliyati normal bo’lishi lozim.

Shu bilan birga miya yarim sharlari postlog’idagi gapirish markazi normal rivojlangan , sog’lom bolishi zarur. Bu ikkala markazning bittasi normal rivojlanmagan bo’lmasa , bolada nutq paydo bo’maydi.


Odamning nutqi tarbiya , o’qish, bilim olish, jarayonida rivojlanadi. Nutqning rivojlanishida ovoz chiqarib o’qish, she’r aytish, qo’shiq kuylash, musiqa tinglash muhim rol o’ynaydi. Nutqning rivojlanishi o’z navbatida odamning o’qishi, bilim olishi, xunar o’rgaishiga fikrlash qobiliyatiga va ijodiy ravnaqi yanada takomillashuviga imqon beradi. Shartli reflekslar- 1863 yilda rus fiziologiyasining asoschisi I. M. Sechenov bilan I.P. Povlovga qadar tadqiqotchilar “ruhiy faoliyatni o’rganish yo’llarini bilishmasdi.
Shartli reflekslar tug’ma bo’maydi va tug’ilish vaqtida tayyor holda bo’lmaydi. Shartli reflekslar umr bo’yi paydo bo’lib , mustahkamlanib boradi, so’nadi va yo’q bo’lib ketadi hamda juda individual bo’ladi.
Shartsiz reflekslar – tug’ma bo’ladi. Butun xayoti davomida rivojlanib, mustahkamlanib boradi. Ularning yuzaga chiqishida M.N.Sning asosan po’stloq osti bo’limlari ishtirok etadi. Shartsiz reflekslarning reflector yoyi M.N.Sning har qanday bo’limlari orqali o’tilishi mumkin. Bu reflekslar katta yarim sharlar postlog’ining ishtirokisiz yuzaga chiqa oladi. Shartli refleks bosh miya po’stlog’ining funksiyasidir. Shartli refleks yoyi bosh miya po’stlog’ida tutashadi. Biroq shartli refleksni bosh miyasining po’stlog’I bolmaydigan yoki juda sust rivojlangan hayvonlarda ham hosil qilsa bo’ladi.
Shartli refleksning hosil bo’lishi uchun quyidagi shart-sharoitlar bo’lishi kerak.

1-Shatsiz indifferent qitiqlagich bilan shartli qitiqlagichning bir necha bor baravar takrorlanishi.


2-Shartsiz qitiqlagich shartli qitiqlagichdan bir necha daqiqa oldin berilishi kerak.
3-Yangidan shartli refleks hosil qilinadigan organism sog’lam va tetik bo’lishi kerak.
4- Shartli refleks hosil qilinishida organizmda boshqa aktiv faoliyat bo’masligi kerak.
5- Shartsiz va shartli qitqlagichlarning kuchi etarlicha bo’lishi kerak.

Bosh miya yarim sharlari po’stlog’da qo’zg’lish va tormozlanish. Shartli reflekslarning hosil bo’lishi miya yarim sharlari po’stlog’ida doimiy ravishda sodir bo’lib turadigan qo’zg’lish va tormozlanishning almashinib turishidir. Har qanday shartli reflekslarning yuzaga kelishi ma’lum bir markazlar ishining qo’zg’lishi, ikkinchi bir xillarining esa tormozlanish bilan xarakterlanadi Miya yarim sharlarining po’stloq qismida yuz beradigan tormizlanish jaryonini I.P.Povlov chuqur o’rganib, ikki tormizlanish mavjudligini qayd qiladi, ya’ni shartsiz-tashqi tormizlanish va ichki- shartli tormizlanish.


Tashqi- shartsiz tormizlanish : M.N.S-sining hamma qismlariga hos xususiyatdir. Tashqi tormozlanish shu bilan xarakterlanadiki, shartli refleks hosil qilinayotgan paytda chetdan kuchli bir qo’shimcha qitiqlagich berilsa refleks hosil bo’maydi. Agar oldindan mustahkamlangan shartli refleks bo’lsa, u tormozlanadi.
Shartli- ichki tormozlanish: Bu tormozlanish M.N.S.sining yuqori bo’limlariga hos bo’lib, shartli qitiqlagich shartli qitiqlovchi bilan mustahkamlanmaganda, ikkita qo’zg’alish o’chog’I vaqtining bir-biriga zid kelishi natijasida hosil bo’ladi.Shartli tormozlanish hayot davomida asta-sekin paydo bo’ladi. Shartli tormozlanish so’nuvchi, qiyosiy ba kechiktiruvchi turlarga bo’linadi.
So’nuvchi tormozlanish: Agar egallagan bilim, hunar- kasbini uzoq payt davomida takrorlab turmasa esidan chiqaradi, hosil bo’lgan shartli refleks so’nadi,ya’ni bu refleksning miyadagi markazida ichki so’nuvchi tormozlanish holati yuzaga keladi. Natijada odamning o’rgangan bilimi, hunari esidan chiqadi. Biroq bu bog’lanish yoqolsa ham ma’lum vaqtgacha uning izi qoladi, natijada odam unutgan narsalarini takrorlasa u tezda esiga keladi, Odamning kundalik hayotida so’nuvchi tormozlanish muhim ahamiyatga ega. So’nuvchi shartli refleks qaytadan tiklanishi mumkin. Bu nerv sistemasining tipiga, so’nish darajasiga, bolaning yoshiga bog’liq bo’ladi.
Qiyosiy tormozlanish : Miya yarim sharlar po’stlog’ida shartli refleks faqat shartli ta’sirga nisbatan hosil bo’lmasdan, balki shu ta’sirga yaqin ta’sirlovchilarga nisbatan ham bog’liq bo’ladi.Shartli ta’sirlovchining rangi, shakli, tovush balandligi bir oz o’zgartirilsa , hosil qilingan shartli refleks tormozlanadi.
Kechiktiruvchi tormozlanish-Agar shartsiz ta’sirlovchi kechiktirilib berilsa, shartli refleks ta’sir berilishi bilanoq emas, balki bir oz kechroq hosil bo’ladi. Kechikuvchi shartli refleks bog’cha, maktab yoshidagi bolalarda juda qiyinlik bilan hosil bo’ladi. Bu bolalarning oliy nerv faoliyatining tipiga bog’liq bo’ladi.

Download 49.37 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling