I bob. Ona tili darslarida nutq o’stirish tamoyillari


Fe’l mayllari, zamon shakllari va so’z –gaplarni o’rgatish jarayonida nutq o’stirish


Download 66.59 Kb.
bet9/16
Sana08.09.2023
Hajmi66.59 Kb.
#1674232
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   16
2.2 . Fe’l mayllari, zamon shakllari va so’z –gaplarni o’rgatish jarayonida nutq o’stirish
Fe’l mayllari (mayl shakllari) ni o’rgatishni darslik ustida ishlash bilan boshlash mumkin. Bunda o’qituvchi o’quvchilarga mayl shakllari: buyruq-istak mayli, shart mayli va xabar mayliga bo’lib, o’rzu- istakni, shart va xabar ma’nolarini bildirishni aytadi. Shundan so’ng o’qituvchi buyruq istak mayliga doir jadvalni taxtaga ilib buyruq –istak maylidagi fe’llar ish -harakat haqida buyruq, istak, maslahat, iltimos ma’nolarini bildirishi, 1-2-3- shaxs turli qo’shimchalar bilan hosil bo’lishini, ularning birlik va ko’plikdagi farqini jadval asosida bayon qilinadi.
Buyruq-istak maylini mustahkamlash, o’quvchilarning og’zaki va yozma nutqini o’stirish maqsadida mustaqil ish o’tkaziladi. Buning uchun ona tili [7q ad] darsligidagi 148-mashdagi foydalanish tavsiya etiladi.
O’quvchilar mashqdagi birinchi topshiriqqa asosan nuqtalar o’rniga –ay, -gin, -sin, -aylik, -ing qo’shimchalaridan mosini qo’yib ko’chiradilar. Ish bajarilgach, o’quvchilarga o’qitish orqali tekshiriladi.
Namuna:
1. Men sizga bir voqeani so’zlab beray.
2. Raximjon bu masalani yechsin. Sen esa mana bu misolni ishlagin.
O’quvchilar mashqdagi uchinchi topshiriqqa asosan –ay, -gin, -sin, -aylik, -ing qo’shimchalari yordamida bormoq, kelmoq fe’llari tuslaydilar.
Mustaqil ishdan so’ng darslikdagi 152 –mashq ishlanadi. O’quvchilar o’qituvchi rahbarligida terma gaplarni navbat bilan o’qiydilar, ot-kesmlarning buyruq mayli qanday yasalishini izohlaydilar. Mashqdan so’ng ijodiy ish o’tkaziladi. O’qituvchi o’quvchilarga buyruq-istak maylidagi fe’llarni qatnashtirish to’rtta gap yozishni topshiradi. Bu topshiriqni o’quvchilar bajaradilar.

Namuna:
1. Mashg’ulotlarga kechikma. 2. Tirishqoqlik bilan aql. 3. Bilimlarni qunt bilan egalla ijodiy ishdan so’ng kichik bayon o’tkaziladi. Bayon uchun “ Alisher Navoiy” matnidan foydalanish tavsiya etiladi.
Zamon shakillari qo’shimchalarining imlosi va talaffuzini o’rgatishni darslikda bu qo’shimchalarining imlosi va talaffuziga doir materialni o’quvchilarga tushuntirish bilan boshlash mumkin. O’qituvchi –b, ib, -gan, -a, -y qo’shimchalari haqida ma’lumot beradi.
Zamon shakillari qo’shimchalarining imlosi va talaffuzini mustahkamlash, o’quvchilar nutqini o’stirish maqsadida mustaqil ish o’tkaziladi. Buning uchun darslikdagi 175-mashqdan foydalanish tavsiya etiladi. O’quvchilar mashqdagi topshiriqqa asosan terma gaplarni o’qib, qavsda berilgan qo’shimchali o’tgan zamon fe’lining bo’lishsiz shakillarini bo’lishli shakli bilan almashtirib ko’chiradilar, ularning mazmun farqini tushuntiradilar.
Namuna:
1. Mehri bu kitobni o’qimagan. 2.Saidqosim bu yo’ldan ko’p o’tgan emas. Mustaqil ishdan so’ng ijodiy ish topshiriladi. Bunda darslikdagi 117-mashqdan foydalanish mumkin. O’quvchilar mashq shartiga ko’ra yasamoq, bukmoq, qazimoq fe’llaridan –yap qo’shimchali hozirgi zamon shakli hosil qilib, ularni tuslaydilar.


Download 66.59 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   16




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling