I bob. O’quvchilarni masalalar yechishga o’rgatishning nazariy asoslari


Download 302.82 Kb.
bet7/9
Sana10.11.2023
Hajmi302.82 Kb.
#1762380
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
3-sinf o’quvchilarini qiziqarli masalalar yechishga o’rgatish metodikasi

X U L O SA
Matematika o’qitishda tashkil etilgan sodda masalalarni yechish
o’quvchilarning matematik bilimlarini chuqurlashtirish va kengaytirish, misol va
masalalarni yechishni mashq qilish, matematikaning hayot bilan bog’liq bo’lgan
tomonlarini tushunishlariga imkon beradigan faoliyat turlaridan biridir.
Hozirgi paytda yangi axborot va pedagogik texnologiyalar rivojlangan bir
paytda 3-sinf o’quvchilarini majburiy itoatkorlikka asoslangan
an’anaviy usulda o’qitish emas, balki o’quvchilarning o’qishga, bilim
o’zlashtirishga bo’lgan ongli munosabatini tarbiyalashni amalga oshirishga
qaratilgan o’qitishning noan’anaviy shakllarini ta’lim jarayoniga tadbiq etishdek
muhim vazifalar qo’yilgan.
Masala ustida og’zaki ishlagandan keyin masala mazmunini matematik
atamalar tiliga o’tkazish kerak va uning matematik tuzilishini qisqa yozuv
shaklida ifodalash kerak.
Shuni nazarda tutish kerakki, hamma hollarda ham qisqacha yozishni
bajarish bilan birga masala sharti analiz ham qilinadi. Qisqacha yozishning vazifasi
ana shundan iborat. Haqiqatdan, masalani qisqacha yozish o’quvchi xotirasiga
tayanch bo’lib, sonli ma’lumotlarni tushunish va yaratish imkonini beradi, bu
ma’lumotlarni masalada nima berilganligini va nimani izlash kerakligini aniqlashga yordam beradi. Shunday qilib matematik masalalar yechish o’quvchilarning matematik bilimlarini rivojlantirish usullaridan biri sifatida qaralishi lozim. Shu bilan birga murakkab va qiziqarli masalalar o’qitish samaradorligini oshirishning eng yaxshi usullaridan biri sifatida bo’lishi ham mumkin. Shu sababli boshlang’ich sinf matematika darslarida masalalar yechish usullarini to’g’ri tashkil etish, undan oqilona foydalanish, masalaning turli shakllarini tashkil etish va unda turli didaktik vositalardan imkon darajasida foydalanish ta’lim samaradorligini oshirishning muhim omillaridan biri sifatida qaralmog’i maqsadga muvofiqdir.

Foydalanilgan adabiyotlar:
I. Iqtisodiy-siyosiy adabiyotlar
.

Download 302.82 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling