I-bob. O’rta osiyoda davlat muassasalari va ularning davlat boshqaruvidagi o’rni


 Buxoro amirligida harbiy, diniy va sud sohasidagi davlat muassasalari


Download 226.81 Kb.
Pdf ko'rish
bet8/11
Sana16.06.2023
Hajmi226.81 Kb.
#1515316
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
Bog'liq
Buxoro

2.2. Buxoro amirligida harbiy, diniy va sud sohasidagi davlat muassasalari
faoliyati
Din vakillari
aksariyat hollarda imtiyozli guruhlardan - sayyid va
xo‘jalardan tashkil topgan edi. Rossiya istilosiga qadar bo‘lgan davrda jamiyat
madaniy hayotiga mas’ul bo‘lgan shoirlar, mudarrislar, talabalar hayotida
jiddiy o‘zgarishlar bo‘lmagan. Asosiy soliq to‘lovchi aholi, jamiyat moddiy
boyliklarini yaratuvchi ijtimoiy tabaqa bo‘lgan raiyat, ijtimoiy tabaqaning
quyi qismida qolib, ijtimoiy adolatsizliklarning asosiy og‘irligi ular zimmasida
edi. Mang‘itlar davrida ham Buxoroda qulchilik saqlangan edi. Qullar asosan
rus, eron millatlariga mansub bo‘lib, harbiy talonchilik yurishlarida qo‘lga
olinar va turkmanlar yoki qozoqlar tomonidan Buxoro bozorida sotilar edi.
amirlikda davlatni ijtimoiy tabaqalarga bo‘lishda aholining qaysi millat yoki
urug‘ga mansubligiga ham e’tibor berilgan. Buxoro qozikaloni huzurida qirq
a'lam va 12 muftiydan iborat rivoyatlar tuzuvchi muftiylar devoni bo`lgan.
Amirlikda musulmon ruhoniylari yuqori mavqega ega bo`lgan. Ular katta
yerlarga egalik qilar edi. Shayxulislom bosh ruhoniy va adliya ishlarining
sardori hisoblangan. U jamiyat ma'naviy hayotini boshqargan.Sud hokimiyati
ruhoniylar qo`lida bo`lgan. Barcha qozilar (qozi-ul- quzzot) qozikalonga
bo`ysungan.Davlat boshqaruvida u yoki bu lavozim vazifasiga qarab o`zgarib
turgan. Buxoro qozi kaloni huzurida a’lam va 12 muftiydan iborat
rivoyatlar tuzuvchi muftiylar devoni bo’lgan. Amirlikda musulmon
ruhoniylari
yuqori mavqega ega edi. Ular katta yerlarga egalik qilardi.
Shayxulislom bosh ruhoniy va adliya ishlarining sardori hisoblangan. U jamiyat
ma’naviy hayotini boshqargan. Sud hokimiyati ruhoniylar qo’lida bo’lgan.
Barcha qozilar qozi kalonga bo’ysungan. Davlat boshqaruvida u yoki bu
lavozim vazifasiga qarab o’zgarib turgan.
Muhtasib (arabcha – nazorat
qiluvchi) Buxoro amirligida Muhtasib shayx ul-islom va muftiydan keyin
uchinchi mansab hisoblangan.

Download 226.81 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling