I-bob. O’rta osiyoda davlat muassasalari va ularning davlat boshqaruvidagi o’rni
Download 226.81 Kb. Pdf ko'rish
|
Buxoro
- Bu sahifa navigatsiya:
- Devonbegi
- Devoni vazir (kalon)
Dastorband (fors, dastor – salla va band – bog’lamoq) – podshoh yoki
xonning sallasini o’rab qo’yadigan xizmatkor. Bu xildagi lavozim Buxoro xonligida bo’lganligi XVIII asr manbalarida qayd etilgan. Dastorban oliy hukmdorning yaqin va ishonchli a’yonlaridan hisoblangan. Devonbegi –Buxoro xonligida moliya va xo’jalik ishlarini olib boruvchi mansabdor. Devoni arabxona - Buxoro xonligida mamlakat hududida yashaydigan arablar ishlari bilan shug’ullanuvchi devon. Arablar Buxoro xonligida aloxida imtiyozlarga ega bo’lganlar. Ularning bajarilishi bo’yicha ishlarni shu devon boshqargan. Devoni vazir (kalon) Buxoro xonligida davlat daftar yozuvlarini nazorat qiluvchi va boshqa devonlar ishini boshqaruvchi devon. Viloyatlar, xiroj, tanho, mulk yerlaridan tushumlar daftari shu devoni vazirda saqlangan. Dorug’a, daruxachi, dorug’achi (mo’g’ulcha — nazoratchi, shahar boshlig’i) - Buxoro xonligida shaharning harbiy komendanti 26. Inoq – qadimgi turkiy runiy bitiklarida “ishonch” ma’nosida qayd etilga. Buxoro xonligida hukmdorning ishonchli kishisi, mansabdor. Xonlikda ulug’ inoq va kichik inoq bo’lgan. Ulug’ inoq darajasiga ko’ra, ko’kaltosh va ulug’ qushbegi (qushbegi kalon)dan so’ng turgan. Ulug’ inoq asosan, hukmdor farmonlarini kichik mansabdagi amaldorlarga etkazish va amir qabuliga muyassar bo’lganlarni kiritish bilan shug’ullangan. Kichik inoq ham xonning ishonchli kishisi bo’lib, ba’zan saroydan otga mingan holda chiqish huquqiga ega bo’lgan. O’z lavozimiga ko’ra, ulug’ mehtar, devoni sarkor va dasturxonchidan yuqori turgan. Kichik inoqqa hukmdorning muhrlari solingan qutichani ehtiyot qilish topshirilgan. Kichik inoq, shuningdek, amir nomiga tushgan ariza va shikoyatlarni qabul qilgan; elchilarni qabul qilish paytida ular keltirgan xatlarni ochib, amirning shaxsiy kotibi (munshiy)ga taqdim etgan 27 . Download 226.81 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling