I bob. O’rta osiyoning rossiya imperiyasi tomonidan bosib olinishi va milliy ozodlik harakatlari tarixshunosligi


Milliy ozodlik xarakatining mustaqillik yillari tarixshunosligi


Download 56.05 Kb.
bet5/8
Sana11.05.2023
Hajmi56.05 Kb.
#1452251
1   2   3   4   5   6   7   8
Milliy ozodlik xarakatining mustaqillik yillari tarixshunosligi.
Professor N.I. Veselovskiyning bu boradagi bir mulohazasi diqqatga loyiq: Biz bo‘ysundirilgan osiyoliklarga tinchlik, xotirjamlik, xavfsizlik berdik degan hayoldamiz. Ammo yana bir oliy bularning hammasidan yuqoriroq turuvchi ezgulik mavjud. Bu millat, milliylik tuyg‘usi bo‘ysundirilgan musulmonlar ahvolini o‘zimizni ular o‘rniga qo‘yibgina tushunish mumkin. Siyosiy o‘lim og‘ir, milliy jihatdat o‘lmoqlik esa undan ham og‘irroqdir. Biznng xukmronligimiz ostida xuddi shu milliylik to‘yg‘usi taxqirlanmoqda. Millatni qandaydir boshqa xayrli ishlar bilan almashtirib bo‘lmaydi! Shunday ekan, bizning hukmronligimizga qarshi ko‘tarishlar yuz bersa ajablanish noo‘rin. Milliy masalaning shunday jihatlari borki xalq to‘qmi-ochmi, boymi-yalong‘ochmi, ular baribir nomoyon bo‘lar edi». Mustaqillikka erishgandan so‘nggina xalqlarning chorizmga qarshi mustamlakachilikka qarshi ko‘rashining qaxromonona saxifalariga munosib baho berish uchun e’tibor ajratilmoqda. Bu borada dastlabki ishlar 1989 yilda Toshkentda chop etilgan, «O‘rta Osiyo va Qozog‘istonda XIX asrning ikkinchi yarmida va XX boshlaridagi ozodlik harakatini tarixi va tarixshunosligi: yakunlar, izlanishlar, tadqiqotlar, istiqboli» kitobini K.R Nesipboevning «Chorizmning Qozog‘istonda olib borgan soliq siyosati (1867-1914 yil)» nomzodlik dessertatsiyasini (1988 yil); X.Bobobekovning «Qo‘qon xonligidagi xalq xarakatlarining ijtimoiy-iqtisodiy va siyosiy omillar» ( 1990 yil Toshkent ) kitobini ko‘rsatib o‘tish mumkin. 1994 yilda N.A. Abdurahimova tomonidan «Turkistondagi xukumatning mustamlakachilik tizimi (XIX asrning ikkinchi yarmi - XX asr)» doktorlik dessertatsiyasini va X.J.Sodiqovning «Chorizmning Turkistondagi mustamlakachilik siyosati va XX asr boshlarida milliy ozodlik harakati» 114 mavzusidagi doktorlik dessertatsiyasining yoqlanishini O‘zbekistonning eng yangi tarixi tarixshunosligida ro‘y bergan quvonarli voqea sifatida ta’kidlash zarur. H. Ziyoevning «O‘zbek xonliklari Chorizm asoratida», «Turkistonda Rossiya tajovuzi va hukmronligiga qarshi kurash», Majid Xasaniyning «Turkiston bosqini» kitoblarida Chorizmning Turkistonda xukumronlik qilgan davr va unga qarshi yangi va ommabop talqin etilgan. 1998 yilda O‘zbekiston Respublikasining birinchi prezidenti I.Karimov bir guruh tarixchi olimlar bilan uchrashib mustaqillik yillarida tarixga munosabat, yangi tarixni yaratish masalasiga alohida ahamiyat qaratish kerakligini uqtirdi va tarixchilar oldida muhim vazifalar qo‘ydi. Shundan so‘ng O‘zbekiston Prezidenti huzuridagi Davlat va jamiyat qurilishi akademiyasida Yangi tarix markazi tashkil etildi. Qisqa muddat ichida O‘zbekistonnnig yangi tarixi asarining 3-tomi nashrdan chiqarildi. Ushbu kitobning 1-tomida Rossiyaning O‘rta Osiyoni bosib olishi va unga qarshi milliy ozodlik harakati yangicha nuqtai nazardan juda yaxshi bayon qilingan. Bu asar shu masala bilan qiziquvchi barcha kitobxonlarga juda ko‘p ishonchli ma’lumotlar bera oladi.



Download 56.05 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling