I bob. O'zbek adabiyotshunosligida tur va janrlar taraqqiyoti


Iste'dodli yozuvchi, "Yoshlik" jurnali bosh muharriri o‘rinbosari Luqmon Bo‘rixonning bu boradagi fikrlari shunday bo‘ldi


Download 98.41 Kb.
bet2/3
Sana31.01.2024
Hajmi98.41 Kb.
#1829981
1   2   3
Bog'liq
g asronova 30

Iste'dodli yozuvchi, "Yoshlik" jurnali bosh muharriri o‘rinbosari Luqmon Bo‘rixonning bu boradagi fikrlari shunday bo‘ldi: «Hikoya janri ijodkordan badiiy, to‘laqonli tasvirni talab qiladi. Faqat bayonchilik bilan cheklanib qolish hikoya yozish degani emas. Afsuski, kundalik, haftalik nodavlat, hattoki davlat matbuot nashrlarida ham bunday talabga javob bera olmaydigan hazmi yengil asarlar ko‘payib ketdi. Achinarlisi, mualliflar ushbu "hikoya"larini jamlab, kitob qilib chiqarishyapti.
Shu o‘rinda haqli savol tug‘iladi: ular badiiy asar darajasida bo‘lmasa ham, odamlar qo‘ldan qo‘ymay o‘qishyapti-ku? Men bunga ko‘proq yozuvchilarning o‘zlari aybdor, deb o‘ylayman. Chunki badiiy jihatdan yetuk asarlar keyingi yillarda kam yaratilyapti.
Orada paydo bo‘lgan bo‘shliq tufayli oldi-qochdi "hikoya"larning «bozori chaqqon» bo‘lib ketdi. Natijada o‘quvchi didi o‘tmaslashib, har qanday yengil asarni ham badiiy asar sifatida qabul qila boshladi. Aslini olganda, bu ham katta muammolardan biri. Bunga yechim topish faqat 2-3 kishining yoki ma'lum bir jamoaning ishi emas, bu adabiy jamoatchilik miqyosidagi masalaga aylanishi kerak. Chinakam adabiyot namunalarini chop etadigan jiddiy nashrlarga moddiy jihatdan yordam berish lozim, deb o‘ylayman».
Bizningcha, bu borada adabiyot muallimlari zimmasiga ham katta mas'uliyat yuklanadi. Ular yosh avlodga badiiy asar, xoh u hikoya bo‘lsin, xoh qissa yoki roman, qanday asosga qurilishi, chinakam asarning oddiy to‘qimalardan farqini tushuntirib berishlari, o‘quvchilarda estetik didni shakllantirishlari lozim. Adabiyot darslarida o‘quvchilarga nafaqat o‘qigan asari mazmunini gapirib yoki she'rni yoddan ifodali o‘qib berishni topshirish, balki adabiy janrlar, badiiy asarga qo‘yiladigan talablar haqida ham ko‘proq bilim berib borish talab qilinadi. Toki ertaga ular saviyasi past, sayoz asarlarni o‘qib, vaqtlarini zoe ketkazmay, ongu shuurlarini haqiqiy adabiyot namunalari mutolaasi bilan boyitsinlar.
Bu haqda Toshkent Moliya instituti qoshidagi akademik litseyning ona tili va adabiyot fani o‘qituvchisi Ra'no Egamshukurovaning mulohazalari shunday bo‘ldi: «Adabiyot - so‘z san'ati, deymiz. San'at nima? Estetik ahamiyatga ega bo‘lgan, insonni ruhan oziqlantiradigan va his-tuyg‘ularini tarbiyalaydigan, eng muhimi, uni hayratga soladigan go‘zallikning uyg‘unlashuvini san'at deyish mumkin. Adabiyot inson ruhini tarbiyalaydi. Shu ma'noda, adabiyot quroli so‘z bo‘lib, uning Abdulla Qahhor aytmoqchi, "atomdan kuchli" ekanligi ham shunda. Hikoyanavislik, qissanavislik, umuman, badiiy asar yozishning ham o‘z me'yori va qonun-qoidalari bor. Ko‘cha gazetalarida chiqayotgan voqealar bayoni badiiyatdan ancha yiroq bo‘lgan, bayonchilikka asoslangan to‘qima yoki uydirma voqealardir.
Hikoyada voqealar tasvirlanar ekan, albatta, qahramon ruhiyati o‘zi yashayotgan muhit bilan uyg‘un holda yoritiladi. Bu, o‘quvchini o‘sha obraz bilan yaqinlashishga, atrof-muhitga e'tiborli bo‘lishga undaydi. Biz nazarda tutayotgan "hikoya"lar bundan batamom uzoq. Ularni o‘qigan katta yoshdagi kishilar agar badiiy asar qanday bo‘lishini yaxshi tushunsa, ensasi qotib, gazetani qayta qo‘liga olmas, lekin endigina adabiyotni tushunayotgan, balog‘at yoshidagi o‘smir yigit-qizlar uchun bu ma'naviy-ruhiy zarba bo‘lishi mumkin. Hali hayotning achchiq-chuchugini bilmagan yoshlar ota-onasining yoki sinfdoshining bir og‘iz og‘ir gapi uchun o‘zini osib qo‘ygan qahramondan qanday tarbiyaviy jihatni o‘rganishi mumkin? Yoki yo‘ldan adashgan benomus qizning pullari evaziga unga "yordam bergan" ginekolog ayolning qilgan ishi - "yordam"i noto‘g‘ri ekanini "yangi yozuvchi" biladi-yu, uni bu ishi uchun bir hafta ichida "jazolaydi": o‘sha qiz uning o‘g‘li uylanayotgan kelin bo‘lib chiqadi. Ginekolog bunga dosh berolmay, o‘z "sir"ini aytolmay ko‘z yumadi. Xuddi shu voqea boshqa gazetada ginekolog erkak qahramon ishtirokida beriladi. Unda na ruhiy azoblanish, na so‘zning ta'sir kuchi bor. Bu kabi "hikoya"­lar shundoq ham nur tezligida o‘tayotgan umrimizni bekorchi narsalar uchun sarflashga sabab bo‘lib, his-tuyg‘ularimizga salbiy ta'sir ko‘rsatmoqda. Oqibatda, bizda fikrlashga, tafakkur qilish va mantiqiy so‘zlashga bo‘lgan e'tibor yo‘qolib boraveradi. Axloqsizlikni bayon qiluvchi bu kabi uydirmalarning ziyoni ko‘p. Bu borada hamma faol bo‘lishi kerak. Axir har bir ijodkor o‘z xalqining ma'naviy qiyofasi-ku».
"Ko‘cha hikoyalari" psixologik jihatdan ham salbiy ta'sir ko‘rsatayotgani bor gap. Qahramon yo‘lini tutib, oxirini o‘ylamay noto‘g‘ri ish tutayotganlar yo‘q deysizmi? Ko‘pchilik mualliflar bunday to‘qimalarini asosan qalam haqi olish uchun yozayotgani sir bo‘lmasa kerak. Tahririyat jamoasidan buyurt­ma olib yoza­yotganlar ham bor. Qalam haqi asar saviyasiga qarab berilsa, ushbuz"hikoya"larning muxlisga ta'sir ko‘rsatadigan bahosi qanday bo‘lar ekan?
To‘g‘risi, taniqli yozuvchilar, el nazaridagi adiblarning badiiy jihatdan yetuk asarlarini bunday gazetalarda deyarli uchratmaymiz. Ehtimol, ularning o‘zlari buni xohlashmas. Ammo chinakam badiiy asarlar bilan gazeta mavqeini oshirish kerak emasmi? Jahon adabiyotining noyob durdonalari hisoblangan asarlarni o‘zbek tilida o‘qishni kim istamaydi, deysiz? Afsuski, asliyatdan tarjimalar juda kam. Bu ham bir muammo.

1.2.O’zbek nasrida Gulchehra Asronovaning ijod yo’li.
Gulchehra Asronova 1968 yil Qirg’izistonning O’sh viloyatida tug’ilgan. Toshkent Agrar universitetini tamomlagan. “Ota uyim oqshomlari”, “Osmonini topgan qush”, «Ostonangda turibman, dunyo» nomli hikoyalar to’plamlari nashrdan chiqqan. O’zbekiston Yozuvchilar uyushmasi a’zosi.
U o’zining ijod sohasiga kirib kelishi haqida shunday deydi:
— To’g’risi, bu savolni o’zim ham tez-tez o’zimdan so’rab turaman, negaki, qishloq xo’jaligi sohasida o’qigan oddiy kitobsevarning adabiyotga sho’ng’ib ketishini tabiiy hol deb bo’lmaydi. Javob esa doim bitta – qalb ehtiyoji! Institutda o’qidim, ishladim, hech kimdan kam bo’lmadim go’yo. Lekin yurakning tub-tubida bir bo’shliq bor ediki, u tobora ulkanlashib, qa’riga g’arq etib borardi. Allaqanday ma’nisiz bu hayot meniki emasday, qayerdadir mavjud bir yorug’likni qidirishim kerakday tuyulaverardi. Va mana shu tuyg’u tinch qo’ymay, bir kuni yoza boshladim. O’sha “bir kuni” o’ttiz uch yoshimda sodir bo’ldi… Va bo’shliq asta-sekin to’la boshladi. Nihoyat, Yorug’likni topdim! Go’yo butun olam yorishib ketdi. Men o’zim bo’lib yashay boshladim.
Omillarga to’xtalsam, kitob, kitob va yana kitob!
Bolalikdan mutolaaga o’ch, ijodga havaskor ijodkor insho, maktub yozishni juda yaxshi ko’rardi. Jo’qicha she’rlar ham to’qib ko’rgan, lekin bu qiziqishga hech kim jiddiy qaramagan. Birinchi rostmana ijodiy ishi ham she’r bo’lgan. Bolalar yosh, qo’limiz yupqa, boya aytganimday “o’zini topolmay” yurgan paytlari… Onasining tug’ilgan kuniga durustroq sovg’a ololmaydi. Shunda, xuddi maktab o’quvchisiday, onasiga atab she’r yozishga ahd qiadi. a-ya!
Shu hodisa shoirani kashf etishiliga sabab bo’ldi va ijodga jiddiy kirishadi
Shoira bu haqida shundat elaydi:
- Albatta, bunga ilk mashqlarimni ko’rib imkoniyatlarimga ishontira olgan ustozlar ham sababchi bo’ldilar. She’riyat yo’lidan bormay, nasrda yoza boshlaganimga esa jurnalist ustozim Mahfuza Usmonova turtki berganlar. To’ylar mavzusida maqola yozib kelishni topshirgandilar, o’zim bilmagan holda badia yozib kelibman…
— O’tkir Hoshimov, Asqad Muxtor, Shukur Xolmirzayevlar ijodi ko’nglimga g’oyat yaqin. Chingiz Aytmatov, Anton Chexov, Jek Londonni miriqib o’qiyman. Ko’nglimdan joy olgan yana ancha mualliflar bor, albatta. Lekin yuqoridagi yozuvchilarning asarlari men uchun nainki ma’naviy huzur, balki ilhom manbaidir. A’zam O’ktam, Shavkat Rahmon, Usmon Azim, Anna Axmatova she’riyati qalbimga yaqin.
Shoira o’zbek hikyanavisligida ham qator iz qoldira boshlaydi. Hikoyalari haqida esa shunday so’zlari bor:
— Hikoyalarim avval ko’ngilda paydo bo’lib, bir muddat xayolda yashaydi, shakllanadi. Oxirgi jarayon – qog’ozga tushirish eng qiyini va ayni paytda eng maroqlisi. Darvoqe, aslida qog’ozdan eng birinchilardan bo’lib voz kechganman, faqat kompьyuterda ishlayman. Yozayotgan paytimni esa boshqa hech bir holat bilan qiyoslay olmayman. Shunchaki o’zim bilan yolg’iz qolishim kerak. Xudo bersa, yuz kishining o’rtasida ham bunga erishish mumkin. Bermasa, kunu tun qamalib olib to’rt satr bitolmaysan… Yozish davomiyligi ham shunga ko’ra turlicha: bir nafasda, bir necha kunda yoki yillab yozilishi mumkin. Ko’ngil to’lmay, qoralama holicha turgan ijodiy ishlarim ham, afsuski, talaygina. Lekin bir kun ularni maromiga yetkazib yakunlashimga ishonaman. To’g’rirog’i, umid qilaman.
— Hikoyalaringizda sokinlikni his qilaman, ko’ngilni avaylab yozasiz. Hatto og’ir voqealar tasvirini ham o’quvchiga ozor yetkazmasdan, shafqat bilan ifodalaysiz. Nima uchun shunday? Buni xarakteringizdan kelib chiqib yoki ayol yozuvchi bo’lganingiz tufayli deb qarashimiz o’rinli bo’larmikan?
Darhaqiqat, “Ota uyim oqshomlari” kitobi Allohning haqiqiy mo»jizasi! Uning dunyoga kelishi beixtiyor ro’y bergan. Bu ktob avval oddiy nashrdan galma gal chiqa boshlaydi va buyuk kitibga aylanadi. Unga o’tkir hoshimov taqriz yozadi
Yozuvchi olima ayol o’tkir hoshimov bilan yaqindan ijodiy hankorlik qila boshlaydi.
- “Ota uyim oqshomlari” nashrdan chiqqan paytda sevimli adibimiz to’shakka mixlanib qolgandilar… Do’rmondan uch-to’rtta ijodkor ayollar ustoz Yo’ldosh Solijonov boshchiligida ularni yo’qlab xonadonlariga bordik. Manzilga yetgach qarshimizda baland, hashamdor uyni ko’rib, “shunday katta yozuvchi yana qanday joyda yashashi mumkin?” degan o’y o’tdi ko’ngildan va dang’illama bino tomon qadam tashladik. Lekin Yo’ldoshxo’ja domla “bu yoqqa” deya oddiygina toshkentcha bolaxonali uyga boshladilar… Ateizm degan balo avjiga chiqqan bir davrda “Sharq yulduzi” jurnalida Qur’oni karim tarjimasini chop etishga jur’at qilgan jasoratli adibimning asl mo’minligiga yana bir bor amin bo’lganman o’shanda.
Kitobning taqdiriga kelsak, beadad shukur, u o’z muxlislarini topdi. “Ota uyim oqshomlari” tufayli turli viloyatlardan do’stlar orttirdim, ayrim hikoyalarim chet tillarga tarjima qilindi. Ayniqsa, Rossiya davlatidagi migrant o’zbeklar hamda jazoni o’tash muassasasida kitobimni o’qigan yurtdoshlarimdan kelgan aks-sadolar juda to’lqinlantirgan…
Gulchehra Asronovaning nasriy asarlari orasida oʻzbek xalqining jasorati tasviriga bagʻishlangan “rostgo’yning orzusi” alohida eʼtiborga loyiq. Adib mazkur romanini garchand bu asarni milliylikka yaqqinroq yoza boshlagan boʻlsada, ushbu qadriyat toʻgʻrisidagi dahshatli haqiqatni aytish iloji boʻlmagani uchunmi ancha tushkunlik paytida yozib tugatdi. Adiba hatto asar qahramonlarini obrazarini ham ajab ismlar bilan yaratadi:
Ismining tarixini sal-pal biladi. Otasi mastligida qo’ygan ekan… Gap shundaki, ularning familiyasi – Aldarov. Oilada beshinchi o’g’ilning tug’ilganini «yuvib» o’tirishganida ulfatlaridan kimdir: «Muncha gerdayding, nari borsa dunyoda yana bitta aldamchi ko’payibdi-da!», deb askiya qilganmish. Ota jazava otiga minib, hujjatga shu ismni yozdirib kelibdi. Hullas, u Aldarov Rostgo’y. G’alati, a?..
Bolaning bilgani shu. Onasi har zamon kuyunib qoladi: «Bunaqa ism bilan maktabga borib bo’ladimi, naq kulgiga qolasanu, bolam. Shoshmay tur, bir kun otang bilan sog’ligida gaplashib, to’g’rilattiraman». Lekin o’sha otaning «sog’ kuni» hali kelgani yo’q…2

Oybek qalamiga mansub roman va qissalar qaysi davr hayotidan olingan boʻlmasin, adib shu davr hayotini mukammal oʻrgangan, ayniqsa, tarixiy davr va tarixiy shaxs hayoti bilan birlamchi manbalar asosida yaqindan tanishgan yozuvchi sifatida namoyon boʻladi. Oybekning nasriy asarlariga xos muhim xususiyatlardan yana biri shundaki, u asar qahramoni yoki tarixiy shaxsni Vatan va xalq manfaatlari yoʻlida kurashuvchi, mehnatkash xalq orzu-armonlarining roʻyobga chiqishi yoʻlida zahmat chekuvchi siymo sifatida tasvirlaydi.


II bob. G.Asronovaning ijodini o'rganishga doir izlanishlari.
2.1. Gulchehra Asronova hikoyarida badiiy obraz yaratish mahorati
Shu kunlarda kitob nashriyoti tomonidan kichik hikoyalar bilan turli nomli kitoblar nashrdan chiqdi. Undan o‘zbek adabiyotining zabardast yozuvchilaridan tortib qo‘liga endi qalam olgan yosh ijodkorlarning jajji hikoyalari o‘rin olgan. Hikoyalardagi turfa mavzular, teran ma’no va qiziqarli syujetlar o‘quvchini qiziqtirib qolmoqda. Ular orasida Gulchehra Asronova ham bor.
“O‘zbek adabiyoti” ruknidagi mazkur kitobda adabiyotimiz darg‘alari hisoblanmish Said Ahmad, Shukur Xolmirzayev, O‘tkir Hoshimov, Nusrat Rahmat, Tohir Malik, Sharof Boshbekov, Jamila Ergasheva, Abduqayum Yo‘ldoshev, Ulug‘bek Hamdam va boshqa adiblarning dilga yaqin hikoyalari berilgan. Mualliflar soni 80 dan ziyod.
Eslatib o‘tamiz, hozirga qadar muxlislar qo‘liga jahon adabiyotining ko‘plab qisqa hikoyalari kitob holida yetib borgan. O‘zbek ijodkorlarining mitti hikoyalari esa ilk bor dunyo yuzini ko‘rdi.
Gulchehra Asronovaning hikoyalari o’zining aniq gaplari qiziqarli obrazlari bilan mashxur. Bilamizki badiiy tasvir vositalarining eng asosiy ko’rinindhi bu badiiy ko’chimlar obraz va obrazlilikdir.
San`atning obraz vositasida fikrlashi uning spetsifik, ya`ni, tur sifatida belgilovchi xususiyatidir. San`atkor badiiy obraz vositasida dunyoni anglaydi, o`zi anglagan mohiyatni va o`zining anglanayotgan narsaga hissiy munosabatini ifodalaydi. Shu ma`noda obraz adabiyot va san`atning fikrlash shakli, usuli sanaladi; obrazlar vositasida fikrlagani uchun ham adabiyot va san`atga xos fikrlash tarzi "obrazli tafakkur" deb yuritiladi.
Yozuvchining “Masofa” hikoyasi ayni obrazli tafakkurning bugungi talqni deyishimiz mumkin:
Muhtasham xonaga qalbing to’lqinlanib kirib kelding. Endi u – seniki. Barcha jihozlari, dabdabali qiyofasi, bor jozibasi bilan sengagina tegishli. Labingdagi nim tabassumni yoyilib ketishdan tiygancha, barra maysadek yumshoq gilamni huzur bilan bosib to’rga o’tding. Bir paytlar ko’zingga ko’k toqidagi yulduzdek olisdan jilvalar qilgan oromkursiga joylashib o’tirding. Nihoyat, nihoyat!!! Ortingdan ergashib kirgan xodimlar jo’rovoz bo’lib tabriklashardi. Samimiyat ila minnatdor bo’lding. Ro’yingda ajib xushnudlik, faqat inson zotiga xos baxtiyorlik ifodasi jilvalanar, xonangni yoritib turgan jilokor nur darpardalar orasidan emas, sening yuzingdan taralayotgandek edi. O’sha kuni seni qutlab juda ko’p odamlar kelishdi. Ularning har biri tanish, ko’nglingga yaqin va qadrdon edi. Ular bilan sening o’rtangda allaqanday masofa paydo bo’lgan, ammo u qisqa va yorug’ edi. Shundan, ko’plarini o’rningdan turib, qo’lingni ko’ksingga qo’yib kutib olding. Eshik oldigacha kuzatib bording. Ular senga shundayligingcha mehr qo’yib, shundayligingcha eslab qoldilar.3
Ayni bugunning muammosi ko’tarilgan ushbu hikoyani tugatishga shoshilasiz. Insonlarda yolg’izlik hisi uni yengish masalalari ko’tarilgan.
Uning “Vatan” nomli hikoyasida ham chinakam farzandlik burchi masalasi ko’tariladi.
Yangi chorak bo‘lgani uchun adabiyotda “Vatan mavzusi talqini”, degan erkin muloqotni reja qilib qo‘yibdi. Shunaqa erkin mavzularga kelganda “shoirligi qo‘zib” ketadi doim. Hozir ham qalin daftariga muk tushgancha uzoq o‘yga toldi, xayolida ayqash-o‘yqash misralar kezdi. Ularni bir safga tizib, bitta to‘rtlik bo‘lsa ham yozishga va ertaga o‘quvchilari oldida “Muallimingiz nafaqat adabiyot o‘qituvchisi, shoir ham” degandek, ayrim gaplarni ham aytib o‘tmoqchi edi. Ammo urinishlari zoe ketdi. She’r chiqmadi. “Ilhom kelmadi”, deb qo‘ya qoldi xo‘rsinib, ham biroz jahllanib. Xulosasi shu bo‘ldi. Yaqinda uylangani va kasb taqozosi hisobga olinsa, bu shoirta’b yigitning ahvoli anchagina tushunarli bo‘ladi.4
Bunda Ilyos va Dilnozaning kechinmalari yosh oilasi haqida so’z boradi. Dilnoza qanchalik yosh kelinchak bo’lmasin, yaxshi yashamasin, o’zining tandir o’vhog’ini sog’inadi. Huddi yosh boladek unga talpinadi. Bu esa ilyosning ertalabdan buyon yechilmagan muammosini yechib beradi.
Tomorqadagi ishlarni tugatdim. Bir uyga borib kelsam, devdim. Oyim ruxsat berdilar. “Xo‘jayiningizdan so‘rang-da borib kelaqoling”, dedi.
Ilyos “mayli” deyishga og‘iz juftladiyu fikridan qaytdi.

 — Uyingdagilar kuni kecha kelib ketishdiyu, kimni ko‘rgani borasan?
— Uyimizni.
— Nima?
— Uyni sog‘indim-da.
Ilyos kulib yubordi.
— Yosh bolaga o‘xshaysan-a?

— Kulmang. Odam uyini sog‘inadi-da. O‘sha yerga borsam xumorim bosiladi. Tug‘ilib o‘sgan hovlimning har burjini sog‘inaman. Tandiru o‘chog‘i, so‘riyu supasi, paxsasigacha. Faqat odamlarigina emas, tuprog‘i, isi ham boshqacha azizda u yerning...
Ilyos bir so‘z demay unga tikilib qoldi. Shu topda odmi, so‘zga no‘noq xotinining aytgan ikki og‘iz gapi unga ertangi darsi uchun mavzu ekanini tuyqus anglab qoldi. Va beixtiyor to‘lqinlanib ketdi. “Yo, piray! Shundan chiqdimi shu gaplar?” Bu savollar quvonch aralash uni qamrab oldi. Ha, uning — adabiyot muallimining ertalabdan beri boshini qotirib, allaqanday chuchmal satrlar, go‘zal tashbehlar bilan evini qilolmayotganini xotini oddiygina qilib aytdi-qo‘ydi. O‘zidek sodda iboralar bilan anglatdi.
Shu o’rinda nani Jaloldinning ham “Vatan” hikoyasi yodimizga tushadi.unda oddiy bayroq motive orqali ijodkor vatanni ochib bergan edi. Demak yozuvchi shunday san’atkorki, kitibxonda turlicha tasavvurlar bilna vatan tuyg’usini joylaydi. Mavzu va o’quchiga kirib boorish jihatdan bu ikki yozuvchini solishtirishimiz mumkin.
Nabi Jaloliddin shaxsida ham Asronova kani milliy xarakter haqidagi qarashlarning shakllanishiga ichki omillar kuchli ta’sir ko‘rsatgani seziladi. Uning publitsistik maqolalari, e’lon qilingan suhbatlari, tarjimai holi bilan tanishib, bunga ishonch hosil qilish mumkin. Masalan, «Ko‘zim-qarog‘imsan, Vatan!» nomli maqolasida Nabi Jaloliddin «Bayroq» hikoyasini «o‘z farzandlarimni kuzatib yozganman» degan fikrni bildiradi. Yozuvchi farzandlariga «imkon topding deguncha, milliy urf-odatlarimizni boshqalarga ko‘z-ko‘z qil. Ularga aralashib, singib ketma, o‘z qiyofangni saqla», deb aytgan o‘gitlariga, avvalo, o‘zi ham amal qiladi. Bir qator hikoya, qissa va romanlarida o‘zbek xalqining milliy mentalitetiga xos xususiyatlarni singdirib yuboradi. Masalan, «Do‘ppi», «Og‘riq», «Chuvalchang yoqqan kecha», «Yuraklar» hikoyalarida millatimizga xos an’analar, urf-odatlar keng yoritilgan va ularning ko‘pini adib o‘z ko‘zi bilan ko‘rgan yoki boshdan kechirgan.5
Albatta, ijodkorlar bir – birlari bikla ijodiy obrazlar orqali suhbatlashadi. Ijodkorimizning “Yorug’lik” hikoyasi ham “Ota” hikoyasini eslatadi. Bu obraz barcha adiblarda turlicha yoritiladi.
Ota yana xiyol bosh ko‘tarib, tashqarini tingladi. Sukunat... Oldingi kelinlari bunaqa paytda hovliga shaloplatib suv sepib yurgan bo‘lardi. “Qumri bor edi-da unda”, xayolidan o‘tdi uning. Kampiri uzzu-kun cholining tashvishini qilib yurardi. Qulog‘iga olis-olisdan qadrdon tovush eshitilganday bo‘ldi: “Hoy, Mahliyo, oshni yumshoqroq qiling, otangizga og‘irlik qilmasin! Erkinoy-u, otangizga choyni achchiqroq damlang!” Endi uning mehriboni yo‘q. Uch o‘g‘lining uyi bo‘lak, qizlari o‘z ro‘zg‘ori bilan. Ko‘zini berkitadigan kenjatoyi esa, xotinini deyapti. Shu kelinining qo‘lida qolsa...
Gulchehra Asronovaning hikoyalari, publisistik maqolalari, badiiy qatralari respublika matbuotida faol chiqib turadi. Hikoyalari, birinchi kitobi atoqli o‘zbek adibi, xalq yozuvchisi O‘tkir Hoshimovning nazariga tushgan va adibaning ilk kitobiga xayrixohlik bilan ijod yo‘liga chorlab so‘z ham yozib bergan. Inson qismatidagi burilishlarni ishonarli tasvirlashi sevimli yozuvchiga ma’qul kelgan. Asronova ham hayot ichida yurgan jurnalist, ham dard bilan yozadigan adiba. Jurnalist ekanligi maqolalarida ham, hikoyalari, qatralarida ham yarq etib ko‘zga tashlanadi. Har yozganlarida dardli muammolar, hayot chigalliklari, mushkulliklari va ularga hayotning o‘zi ko‘rsatib bergan yechimlarni keltirish bor. Bir mushtipar ayolning birin-ketin uch o‘g‘il farzandi o‘ldi. Ayol bularning o‘lishini o‘z ichki savqi tabiiysi bilan bilardi. Dunyo o‘g‘illariga nechukdir vafo qilmasligini qalbining qa’rida sezar, bu o‘limlar oldida nihoyatda ojizligiga aqli ham yetardi. 6Unga bu azobning oxiri yo‘q edi. Nima deb, nima qilib bu azob to‘rida qolgan g‘amdiydaga taskin berish mumkin? Uning bitmas-tuganmas yaralariga qaysi yerning qay nektari malham bo‘ladi? Bormi o‘zi shunday malham? Dunyoning quvonchidan azobi ko‘p desak u ovunadimi? Dunyoga kelgan kimsa borki, qayg‘uning doim jiqqa ho‘l choponini kiyib yuradi xoh xohlasin, xoh xohlamasin desak, bu gap uning qulog‘iga kiradimi? Gʻam quyuni tagida qolganning alamlari bundan yengillarmikin? Asronova xalq ichida yurib o‘ng qulog‘i bilan ham, chap qulog‘i bilan ham ana shunday voqealarni eshitadi, yuragi pora bo‘lib yig‘lab-yig‘lab ularni qalamga oladi. U “dard kuchli bo‘lsa, shoirlar yaraladi”, deb tushunadi. Unga ko‘kdanmi, yerdanmi, shunday so‘z bor deyilgan, endi u qidiraveradi, tinmay izlaydi bu yo‘lda. Alamli xiyonatdan o‘zini tiygan ayol taskin va farog‘at topdi. Uch yildan beri tug‘mayotgan keliniga zulm o‘tkazayotgan, butunlay bemaza xayollar ichida yashayotgan qaynanaga hayot birdan darsini o‘tkazib uning peshanasi yorishdi. Xotinining dardiga malham izlab uzoq Saxalinga borgan, joylik ovchining hayotini ko‘rgan kimsa o‘ziga bir umrlik saboq oldi. Otasi bilan joy-mulk ustida arazlashgan va hatto o‘limiga kelmagan farzand og‘ir dardga chalina va ota duosidan bebahra o‘tadi. Birov kasal boqish uchun, yana birov katta to‘y qilishga pul topmoqchi va shu maqsadda zamonamizga xos-mos fantaziyalarga berilishadi, asos puch bo‘lgan, turli fojialarga yo‘liqishadi. Adibaning o‘zi “bular birovga gapirib bo‘lmaydigan gaplar”, deb qo‘yadi. Biroq adabiyot birovga so‘zlab bo‘lmaydigan narsalarni ham sanitar kabi tahlil chig‘irig‘idan o‘tkazadi-da, nima qiladi. Adabiyot faqat terak uchida titragan oylar va silliq-silliq gaplardangina iborat emas. U achchiq haqiqatlarni ham hikmat uchun tilga oladi.
“Mahabxarata”ning bir bobida ketma-ket javobga topishga qiyin savollar qo‘yilib, har satrning ortida: “Sen bunga nima deysan?” - deb qo‘yadi. Biz ham Asronovaning hikoyalarini o‘qiyotib peshanamiz shu javobsiz savolga taqaldi: “Sen bunga nima deysan?” Javobni hayotning o‘zidan, bizning turish-turmushimizdan, kunga moslashib borayotgan yuragimizdan axtarib ko‘ramiz-da. Albatta, hayotni kurash, ilhomni dard deb biladigan Asronovaday adiba Yozuvchilar uyushmasiga a’zo bo‘lishga munosib. U – faol ijodkor.
Iste’dodli adibamiz Gulchehra Asronovaning oltmishdan ortiq hikoyalari jamlangan “Ota uyim oqshomlari” (ustoz O‘. Hoshimov so‘zboshisi bilan) kitobi xalqimiz yaqin o‘tmishi, fe’l-atvori, xarakterining ijobiy va salbiy tomonlari g‘oyat ishonarli ohangda aks ettirilgan, badiiy bo‘yoqlarda mahorat ila tasvirlangan aksidir. 7 Hikoya yozish, uni qotirib yoza bilmoq oson ish emasligini bu jarayonni boshidan va vijdonidan kechirgan, bu mas’uliyat yukini bor bo‘y-basti bilan anglagan ijodkor yaxshi biladi.
2.2. G. Asronovaning “Uch hikoya” asari haqida mulohazalar
O‘zbek adabiyoti nasrida hikoya janri badiiy saviyasi baland asar hisoblanadi. Hikoyada davr va qahramon masalasi, xarakterlar talqini asarni asosiy bo‘g‘inini tashkil etadi. Hikoya janri azal-azaldan didaktik ma’no kasb etib, insonlarga ma’naviy ozuqa berish va ularni yaxshiliklarga yetaklash uchun xizmat qilib kelgan. Shu sabab, hikoya janri badiiy adabiyotda alohida ahamiyat kasb etadi. Ushbu maqolada muallif hikoyalarning davr xususiyati va ulardagi qahramonlar masalasiga batafsil to’xtalib o’tadi.
Gulchehra asronova badiiy adabiyotda kichik epik janr, hayot hodisalari ixcham ifoda etiladigan nasriy asarlari bilan nom qozonib kelmoqda.
Gʻalati bir his bilan uygʻonib, nim yorugʻ xonada yotganimni koʻrdim. Oppoq pardalar, kitob terilgan tokchalar, jovon ustiga tekis yigʻilgan qavima koʻrpalar… Oʻz uyimdaman! Qaytganimga ikki oy boʻlibdi hamki, har safar uygʻonganimda yana oʻsha manzarani koʻrishdan qoʻrqib, koʻzimni ochgim kelmaydi…”8 yozuvchi o’z tili bilan aytgani kabi uning asarlarida davr kaloroiti va uy motiv asosiy o’rinni egallaydi va bu asar mavzusi va yozuvchu maqsadini ochishdan yaxshigana xizmat qiladi.
Chin qalbdan”, “Dilband”, “Ko’prik” deb nomlanuvchi kichik hikoyalar katta manzillarni qamrab oladi. Ularni bir- biriga bog’lab turuvchi unsurlar ham talaygina. Ularni mushtarakligi o’tkinchi dunyodir.
Masalan, “Chin qalbdan” hikoyasidagi Aziza va Qudrat suhbatini olsak:
Aslida, uni qiynayotgan oʻy bu emas, hali-hamon Azizani unutolmayotgani, bu qaysar tuygʻu qalbida bir umr sohiblikka daʼvogarligini anglab yetgani alam qilardi.
— Mana buni olaman. Yozing!
Qudrat kitobni stol ustiga shartta tashlab, kutubxonachi qizga yuzlandi-yu…
— Aziza?
— Ie, Qudrat aka? S-salom…
— Bu yerda nima qilyapsiz?
— Men… Ishlayapman. Hozirgina almashdik, tushdan keyin mening navbatim.
— Shunaqa deng?.. Toʻgʻrisi, hecham kutmagandim.
— Men ham, — dedi qiz, hayajonini yashirishga harchand urinmasin koʻzlari porlab. – Oʻqishni bitirdingizmi?
— Ha. Ishga ham joylashdim. Oʻzingizda-chi, qanday yangiliklar bor?
— Men… mana, shu yerdaman. Boshqa aytarli gap yoʻq, — dedi Aziza va gapni burmoqchiday shoshib soʻradi: — Qaysi kitobni olyapsiz? Ha, bumi…
Qizning yuzi duv qizarib ketdi.
–Bu yerga ishga kirganimdan keyin uydan ancha kitob olib kelib topshirganman.
— Tushunarli. Baribir oʻqimaysiz-ku.
— Yoʻq, endi undaymas. Shu kitobni hatto qayta oʻqib chiqdim.
— Rostdanmi?
— Ha, rost! Ilgari shunchaki, ermak uchun oʻqib turardim. Endi boshqacha. Axir odam oʻzgaradi-da. Yillar meni ham oʻzgartirdi. Balki qisman kitoblar sababdir… Koʻp narsalarning qadriga yetmagan ekanman. Bu kitobni esa, boshqalar ham oʻqisin deb olib keldim. Aytgandingiz-ku, “zoʻr asar” deb.
Yigitning dupurlab urayotgan yuragi koʻksini yorib yuboray dedi: unutmabdi! Hammasi yodida ekan! Demak…
— Aziza! Sizni uchratganimdan shunchalar baxtiyormanki! Markazga koʻchib ketganlaringizni eshitiboq izlab bormoqchi boʻldim, necha bor yoʻlga otlandim, faqat… oʻshandagi gaplaringiz… Ammo koʻnglim oʻsha-oʻsha. Axir men sizni chin qalbdan…
— Yoʻq!..
Yoki “Ko’prik” hikoyasidagi ko’orik qurgan otaning o’limi:
Oradan hech qancha vaqt oʻtmay, qishloqda Muhsin ota qazo qilibdi, degan sovuq xabar tarqaldi. Bu gap uzoq-uzoqlarga, qariyaning qadami tegmagan joylargacha yetib bordi.
— Kim oʻtibdi?
— Koʻprik qurgan odam.
— Ie… Ketdik unda!
Yap-yangi koʻprik ustidan guras-guras odam oʻtdi.
Yaxshi odam edi, Alloh rahmatiga olsin, — dedilar, uni umrida biron marta koʻrmaganlar ham…
Uchinchi hikoyadagi “Dilband” asadiragi qaytish epizodi:
Uning qarogʻida ham yosh yiltilladi.
Arqon osongina yechildi.
– Hozir qayerda ekan?
Tashqariga chiqiboq, meni koʻrib hovli oʻrtasida qotib turgan Shohjahonga koʻzim tushdi. U qoʻrqibmi, yo shuncha urinishlari behuda ketganidan oʻkinibmi, javdirabgina qarab turardi. Yoniga borib tizzalab oʻtirdim-da, bolamni bagʻrimga mahkam bosdim. Yuzimga shirin nafas tafti urildi. Mittigina vujuddagi yurakcha koʻksimga bosh urayotganini his qildim. U bagʻrimga singib ketguday kichkina edai. Ammo shu mushtdekkina jussadan taralgan mehr quvvati ruhimda ulkan evrilish sodir etayotgandi.
– Ketmayman, bolam, seni tashlab hech qayoqqa ketmayman!9
Demak, G.Asronovaning uch hikoyalarida ham istiqlol davr adabiy jarayonning tarkibidan o’rin olgan hikoya janridagi poetik o’zgarishlarni kuzatamiz. ”Chin qalbdan ” hikoyasida tabiat tasviri bilan bog’liq holda inson ruhiyatidagi evrilishlarni tasvirlaydi. Adibning yuqorida qayd qilgan hikoyalarida polifonik tasvir xususiyatari ham mujassamlashgan. Uning hikoyalarida shamolning esishida ham o’zgacha bir ma’no mavjuddir. Hikoyadagi obrazida Aziza ham ma’lum bir ma’no mavjud bo’lib, insonning beg’uborligi hayot yo’lidagi ziddiyatlarni ko’rishimiz mumkin. ”Dilband” hikoyasida esa bolalik xotiralarining beg’uborligi, inson qalbidan chuqur iz olgan yoshlik hayotining go’zalliklari haqidagi tuyg’ular insonni hech qachon tark etmasligiga ishonch hosil qiladi.

Xulosa
Mohir hikoyanavis o'zbek realistik hikoyachiligining asoschisi, betakror qalam sohibi G.Asronova o'zining bir qancha hikoyalari bilan o'zbek hikoyachiligida o'z o'rniga ega bo'lgan. Uning "Vatan", “Dilband” "Ota uyim oqshomlari", "Ko’prik" kabi hikoyalariga tayangan holda o'zbek va ayni damda Farg’ona hikoyachiligini yuqori cho'qqilarga ko'tardi va o'zbek realistik hikoyachiligining asoschisi degan nom oldi desak ham bo’laveradi. Adibaning shunday hikoyalari borki, ularni jahon novellistik adabiyotining eng yaxshi namunalari bilan bir qatorga qo`yish mumkin", — deb yozgan edi O’Hoshimov. “Osmonni yopgan qush”, “Tong yog’dusi” kabi hikoyalar shular jumlasiga kiradi. kiradi.


Yozuvchi shaxsida milliy xarakter haqidagi qarashlarning shakllanishiga ichki omillar kuchli ta’sir ko‘rsatgani seziladi. Uning publitsistik maqolalari, e’lon qilingan suhbatlari, tarjimai holi bilan tanishib, bunga ishonch hosil qilish mumkin. Masalan, «Ijodda yorug’lik topdim » nomli maqolasida adiba «Vatan » hikoyasini «o‘z farzandlarimni kuzatib yozganman» degan fikrni bildiradi. Yozuvchi farzandlariga «imkon topding deguncha, milliy urf-odatlarimizni boshqalarga ko‘z-ko‘z qil. Ularga aralashib, singib ketma, o‘z qiyofangni saqla», deb aytgan o‘gitlariga, avvalo, o‘zi ham amal qiladi. Bir qator hikoyalarida o‘zbek xalqining milliy mentalitetiga xos xususiyatlarni singdirib yuboradi. 10

N


Download 98.41 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling