I bob. O‘zbek jadid hikoyachiligining milliy-adabiy ildizlari


Tadqiqotchining maqomi va qabul qilingan sanasi


Download 45 Kb.
bet2/3
Sana14.05.2023
Hajmi45 Kb.
#1462252
1   2   3
Bog'liq
ASOSNOMA

Tadqiqotchining maqomi va qabul qilingan sanasi: magistrant _________-yildan
Ishning davlat dasturlari yoki ilmiy-tadqiqot ishlari rejalari bilan bog‘liqligi. Tadqiqot Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat O‘zbek tili va adabiyoti universitetida o‘rganilayotgan “___________________________________” mavzusidagi izlanishlar rejasining tarkibiga kiradi. Ushbu mavzu Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat O‘zbek tili va adabiyoti universitetining 2021 yil ...............dagi kengash yig‘ilishida muhokama etilib tasdiqlangan.
Mavzuning dolzarbligi: O‘zbekiston Respublikasi davlat mustaqilligiga erishgach, ijtimoiy-iqtisodiy, ma’naviy-madaniy taraqqiyotning istiqbolli yo‘liga kirdi. Ayniqsa, ta’lim sohasidagi tub islohotlar davlat siyosati darajasiga ko‘tarildi. Chunki yosh avlodning imkoniyatlari va qobiliyatlarining takomillashuvida ta’lim bo‘g‘inlari alohida ahamiyatga ega. Zotan, ma’naviyatli yoshlar jamiyat boyligidir.
Respublikamiz prezidenti Sh. Mirziyoev 2016 yil 14 dekabr kuni bo‘lib o‘tgan Oliy Majlis palatalarining qo‘shma majlisidagi nutqida: “Yoshlarimizning mustaqil fikrlaydigan, yuksak intellektual va ma’naviy salohiyatga ega bo‘lib, dunyo miqyosida o‘z tengdoshlariga hech qaysi sohada bo‘sh kelmaydigan insonlar bo‘lib kamol topishi, baxtli bo‘lishi uchun davlatimiz va jamiyatimizning bor kuch va imkoniyatlarini safarbar etamiz” 1. degan edilar Darhaqiqat, bugungi kunda mamlakatimiz aholisining 32 foizi, ya’ni 10 millionini 30 yoshgacha bo‘lgan yoshlar tashkil etadi. Mamlakatimizda ta’lim tarbiya bo‘yicha qabul qilingan umummilliy dasturning hayotga tadbiq etilishi samarasi o‘laroq, yoshlarimiz Vatanimizning kelajagi uchun javobgarlikni zimmasiga olishga qodir bo‘lgan, bugungi va ertangi kunimizning hal qiluvchi kuchiga aylanib bormoqda. Shubhasiz. yosh avlodning zamon talablariga munosib, mustaqil fikr-qarashiga ega, yuksak intellektual va ma’naviy salohiyat sohibi va dunyoning har bir burjidagi tengdoshi bilan erkin muloqotga kirisha oladigan shaxs bo‘lib kamol topishida adabiyot va san’atning roli beqiyosdir.
Bilamizki, Abdurauf Fitrat nafaqat yozuvchi, balki shoir, yetuk adabiyotshunos va tarjimon bo‘lgan. Fitratning hikoyalarida publitsistik ruh ustuvorligi, xalq e’tiqodi tasviri masalalari ham aniq yoritib berilgan. Nazarimda, Fitratning asarlarida ushbu jihatlar yetarlicha o‘rganilmagan. Biz bu dissertatsiya ishida adibning asarlaridagi ushbu jihatlarga chuqurroq yondashib, tahlil qilamiz. Fitrat asarlarida ramziylik masalalariga ham to‘xtalib o‘tamiz.


Download 45 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling