I bob. O`Zbekistonda moliya bozorining asoslari


O’zbekistonda moliya bozori modeli


Download 1.46 Mb.
bet6/7
Sana18.06.2023
Hajmi1.46 Mb.
#1575202
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
XAYRULLAYEV FOZILJON. kurs ishi

2.2. O’zbekistonda moliya bozori modeli
O’zbekistonda moliya bozori modeli aralash modelga mansub bo’lib, o’zida anglo-sakson, kontinental va yapon modellari elementlarini ma’lum darajada mujassamlashtirgan. Uning xususiyati shundaki, unda hozircha banklaming boshqa moliya institutlarining (investitsiya institutlari va fondlari, sug’urta tashkilotlari), institutsional investorlaming va mayda chakana investorlarga nisbatan ustunligi kuzatilmoqda. Alohida segmentlarga (pul, valutalar, korporativ va davlat qimmatli qog’ozlari, sug’urta instrumentlari, kredit va banklaming boshqa instrumentlari bozorlariga) ega bo’lib, ular hozirda bir-biri bilan to’liq bog’liq emas va har biri turli vakolatli davlat organlar tomonidan alohida tartiblashtiriladi.
Respublikamiz moliya bozoridagi ilmiy tadqiqot olib borgan iqtisodchilaming fikricha, uning shakllanishi va rivojlanishi mamlakatda olib borilgan iqtisodiy islohotlar asosida besh bosqichni bosib o’tgan.

  1. bosqich : 1991-1993 -yillar. Milliy moliya bozori poydevorining yaratilishi va bozor iqtisodiyotiga xos bo’lgan institutsional tarkibning shakllanishi bilan tavsiflanadi.

  2. bosqich : 1994-2000-yillar. Milliy moliya bozorida bozor iqtisodiyotiga xos bo’lgan mexanizmlarning ishlashiga zamin yaratilishi va moliya bozoridagi dastlabki raqobat muhitining shakllanishi bilan tavsiflanadi.

  3. bosqich : 2001-2006-yillar. Moliya bozorining erkinlashtirilishi va yangi moliya bozori segmentlarining rivojlanishini o’zida mujassamlashtiradi.

  4. bosqich : 2007-2011-yillar. Moliya bozorining kapitallashuv darajasining oshirilishi, tartibga solish va modernizatsiyalash jarayonlarining jadallashuvi hamda uning shaffofligini oshirish bilan tavsiflash mumkin.

  5. bosqich : 2012-yildan keyingi davmi o’zida namoyon etadi va bu davrda moliya bozori barqarorligini oshirish hamda uni yuqori xalqaro reyting ko’rsatkichlariga erishgan holda rivojlanishini ta’minlashga ustuvorlik berilmoqda.

Hozirda har qanday o’tish iqtisodiyotiga mansub mamlakatlar singari O’zbekiston uchun asosiy muammolar - ishlab chiqarishni modernizatsiyalashtirish, investitsiyalarni jalb qilish va iqtisodiy o’sishda industriyaning salmog’ini oshirish kabi muammolar. Bu muammolami yechishda milliy moliya bozori birmuncha qiyinchiliklarga duch kelmoqda. Kompaniyalar va banklarda emission, foizli daromadlar va investitsion siyosatlarida nomutanosibliklami kuzatish mumkin. Banklar, kompaniyalar va sug’urta tashkilotlarining moliyaviy holati qoniqarli, xalqaro reyting agentliklarining “barqaror” baholariga ega, lekin faoliyatida bozor mexanizmi to’liq amal qilmayotganini ko’rish mumkin.
O’zbekistonda moliya bozorida jahon moliyaviy-iqtisodiy inqirozining oqibatlari oldini olish va yumshatish imkonini beradigan asosiy omillar sifatida quyidagilar ko’rinadi:
-banklar kapitallashuv darajasining oshirilishi va nizom jamg’armalarining ko’paytirilishi, moliya bozorining asosiy segmentlaridan bo’lgan kredit bozori mustahkamligini oshirish va taraqqiyotning muhim omillaridan biriga aylanishi;
-tijorat banklari faoliyatini baholashda uzoq muddatli kredit qo’yilmalari ulushining o’sishi va uni ichki manbalar orqali ta’minlash mezonlariga asosiy e’tibor qaratilishi moliya bozorini barqaror rivojlantirishdagi asosiy omillardan ekani;

  • O’zbekiston bank tizimining qat’iy xalqaro talablarga javob beradigan eng barqaror tizimlardan biriga aylanishi;

-qimmatli qog’ozlar bozorida aksiyadorlik jamiyatlarining kapitaliga, bozoming professional ishtirokchilariga va birja bozoriga chiqadigan qimmatli qog’ozlarga talablarning kuchaytirilishi;



  • mamlakatimiz emitentlari qimmatli qog’ozlaming xalqaro va xorijiy davlatlar fond bozorlarida muomalasi shakllanmagani va yurtimizga jalb etilgan xorijiy portfel investitsiyalar hajmining kichikligi;

O’zbekiston molliya bozorida davlatning ichki va tashqi qarzlarini kamaytirishga, mamlakat iqtisodiyotiga to’g’ridan-to’g’ri xorijiy investitsiyalarni keng jalb etishga qaratilgan samarali iqtisodiy-moliyaviy islohotlarning olib borilishi;

  • iqtisodiyotni modemizatsiyalash sharoitida sug’urta tashkilotlarining kapitallashuvi, majburiy sug’urtaning yangi turlari joriy etilishi, mamlakatimizda zamonaviy sug’urta bozorining shakllanishi;

-valuta siyosati sohasida ham puxta o’ylangan, uzoqni ko’zlab amalga oshirilgan tadrijiy choralar;
-mamlakatimizda qimmatli qog’ozlar bozorining professional ishtirokchisi sifatida investitsiya fondlari va ularning aktivlarini ishonchli boshqaruvchilar faoliyati bozorda barqaror faoliyat yuritish tamoyillariga asosida rivojlandi, bu jarayon davlat mulkini xususiylashtirish va iqtisodiyotda bozor mexanizmlarini bosqichma-bosqich shakllantirish uchun olib borilgan iqtisodiy-huquqiy islohotlar bilan ta’minlangan va boshqa shu kabi omillar.
O’zbekiston moliya bozori modeli anglo-sakson va kontinental modellari elementlami o’z ichiga olganligi hamda unda aksiyadorlik kompaniyalari korporativ boshqaruv tizimi anglo-sakson (“investorlik”) modelidan farqli kontinental (Germaniyadagiga o’xshash “insayderlik” yoki “ikki pog’onali”) modelga asoslanganligi va ichki nodavlat investitsiyalar hajmining kamligi, xususiylashtirish mexanizmi kam samarali bo’lgani va regulatorlaming ko’p sonliligi, banklar, sug’urta tashkilotlari va budjetdan tashqari fondlaming yetarlicha investitsion samara bilan ishlamayotgani sababli, barcha o’tish iqtisodiyotiga mansub mamlakatlar singari ma’lum darajada muammolar mavjud. Bunda O’zbekiston moliya bozorini tartiblashtirish tizimi birinchi turkum modeliga kiradi. Uning xususiyati shundaki, unda hozircha na banklarning, na moliya institutlarining (investitsiya institutlari, sug’urta tashkilotlari, fondlar),
institutsional investorlarning, na mayda chakana investorlaming alohida ustunligi kuzatilmaydi. Alohida segmentlarga (pul, valutalar, korporativ va davlat qimmatli qog’ozlari, sug’urta instrumentlari, kredit va banklaming boshqa instrumentlari bozorlariga) ega bo’lib, ular hozirda bir-biri bilan to’liq bog’liq emas va har biri turli vakolatli davlat organlar tomonidan alohida tartiblashtiriladi (muvofiqlashtiriladi va nazorat qilinadi). Bank tizimi germancha modelga yaqin, ammo ko’lamli islohotlarga muhtoj. Hozirda har qanday o’tish iqtisodiyotiga mansub mamlakatlar singari O’zbekiston uchun asosiy muammolar - ishlab chiqarishni modernizatsiyalashtirish, investitsiyalarni jalb qilish va iqtisodiy o’sishda industriyaning salmog’ini oshirish kabi muammolar. Bu muammolarni yechishda milliy moliya bozori birmuncha qiyinchiliklarga duch kelmoqda. Kompaniyalar va banklarda emission, foizli daromadlar va investitsion siyosatlarida nomutanosibliklarni kuzatish mumkin. Banklar, kompaniyalar va sug’urta tashkilotlarining moliyaviy holati qoniqarli, xalqaro reyting agentliklarining “barqaror” baholariga ega, lekin faoliyatida bozor mexanizmi to’liq amal qilmayotganini ko’rish mumkin.
Qimmatli qog’ozlar bozorida hozircha muddatli instrumentlar (derivativlar), munitsipal, ipoteka va boshqa turdagi tijorat qog’ozlari (jumladan veksellar) segmentlari to’liq shakllanmagan. Chunki, IPO (Initial public offering) mexanizmi yo’q. Davlat qimmatli qog’ozlari muomalasi Respublika Valuta birjasida amalga oshiriladi. Pul, valuta va banklararo kreditlar bozorlari banklar sektorida faoliyat ko’rsatadi. Qimmatli qog’ozlar bozori hajmining YalMga nisbati (kapitalizatsiya sur’ati) kichik bo’lib, uning darajasi yalpi ichki investitsiyalar hajmidan ancha kam. Real sektoming pul resurslariga bo’lgan talabi asosiy kapitalga qilingan ichki va to’g’ridan-to’g’ri jalb qilingan investitsiyalar hisobiga qondirilmoqda. Bunda kichik biznesning YalMdagi salmog’i oshib bormoqda. Aksiyalar bo’yicha dividendlar foizi va obligatsiyalar bo’yicha foiz stavkasi yildan yilga pasayish tendensiyasiga ega. Aksiyalaming birlamchi va ikkilamchi bozorlarining nisbati tahminan bir-biriga yaqin. Aksiyalar va obligatsiyalaming ikkilamchi bozorlari spekulativ xarakterga ega emas. Spekulativ portfel investorlar shakllanmagan bo’lib, asosan strategik portfel investorlar mavjud.
Hozirgi paytda mamlakatimizda xorijiy investorlami Respublika fond bozoriga jalb qilishga ixtisoslashtirilgan tashkilotlar va investitsiya institutlari muntazam ish olib bormoqda. Bu uyg’unlashuv ikki yoqlama jarayon bo’lib, o’zbek investorlari faoliyatini xorijiy fond bozorlarida tashkil etish uning muhim qismidir. Bugungi kunda jahon fond bozorining kun sayin globallashuvi, aloqa va texnologiyalaming o’zaro bog’liqlikda rivojlanishi investorlaming o’z mahalliy doirasida cheklanib qolmasligiga olib keladi. Bu esa endilikda o’z sarmoyasini foydaliroq joylashtirishga harakat qiladi. Fond bozori samaradorligi yuqori bo’lgan korxonalami izlaydi. Biror korxonaning ko'rsatkichlari pasayishi bilan moliyaviy vositalar ko’rsatkichlari yaxshiroq korxonalarga oqa boshlaydi. Bu jarayon uzluksiz davom etadi. Jahonning barcha fond bozorlari shu funksiyani bajaradilar. Zamonaviy komputer texnologiyalari har bir baquwat investorga internet orqali yirik fond bozorlari faoliyatida ishtirok etish imkoniyatini yaratmoqda. Investor brokerlarni chetlab o’tgan holda, kam sarf- xarajatlar bilan barcha zarur axborotni olishi va aksiyalarni mustaqil ravishda o’zi xarid qilishi va sotishi mumkin. Rivojlangan mamlakatlarda qimmatli qog’ozlar bozori juda yaxshi rivojlangan. Ular yuksak texnologiyali savdo jarayonini taminlay oladigan darajada rivojlangan infratuzilmaga ega. Axborot xizmatlarining o’sishi, bozor haqidagi ma’lumotlar aniqligini ham ta’minlaydi. Bu esa o’z navbatida, qimmatli qog’ozlardan foyda olishga intilayotgan yangi-yangi investorlami bozorga jalb qiladi.
Hozirda moliya bozorining infratuzilmasida uch yuzdan ziyod investitsiya
institutlari, beshta birja (Respublika Valyuta Birjasi, “Toshkent” Respublika Fond Birjasi, Respublika tovar-xomashyo Birjasi, Respublika ko’chmas mulk Birjasi, Agrosanoat Birjasi), ikkita birjadan tashqari elektron savdo tizimi (Banklararo savdo tizimi, “Elsis-savdo” elektron savdo tizimi), 1309 ta aksiyadorlik jamiyati, 29 tijorat banki (ulardan 12 tasi aralash mulkchilik shakliga asoslangan banklar, 9 tasi xususiy bank, 5 tasi xorijiy kapital ishtirokidagi bank, 3 tasi davlat banki), 25 dan ziyod sug’urta tashkilotlari, budjetdan tashqari fondlar (bandlik, pensiya, yo’l, fermerlar fondlari), banklar va sug’urta tashkilotlarining ko’p millionli mijozlari faoliyat ko’rsatmoqda. Pensiya va boshqa budjetdan tashqari fondlar o’zlarining faoliyatiga qo’shimcha, asosan, davlat qimmatli qog’ozlariga investitsiya qiladilar, faolligi sezilarli emas. Boshqaruvchi kompaniyalarning tahminan 95 %i davlatga tegishli aksiyalar paketlarini boshqaradilar. Investitsiya fondlarining faolligi juda ham past. Umuman olganda, milliy moliya bozori hozircha indikatorlar mezonining ijobiy miqdoriy ko’rsatkichlariga to’liq erishmagan. Chunki moliya bozori qatnashchilarining faolligi sust, muomaladagi moliyaviy instrumentlarining turi kam, kapitalizatsiyasi va likvidliligi past, hajmi kam, oboroti sekin, tartiblashtirish mexanizmi takomil emas va boshqa shu kabi muammolar mavjud. Bularning barchasi vaqtinchalik holat bo’lib, kelajakda boshqa rivojlanayotgan mamlakatlarning moliya bozorlari singari raqobatbardoshlik darajasiga erishishi muqarrar. Bunda o’rta va uzoq muddatda O’zbekiston moliya bozorining keskin rivojlanishini bashorat qilsa bo’ladi.

XULOSA VA TAKLIFLAR
Iqtisodiyotni modernizatsiyalash sharoitida O’zbekiston moliya bozorida investorlar sonini ko’paytirishning asosiy omillari quyidagi masalalarni yechish bilan bog’liqdir:

  1. Mamlakatimiz fond bozorining kapitallashuv darajasini yanada oshirish;

  2. Uyushgan moliya bozorining rivojlanishini jadallashtirish va birja infratuzilmasini optimallashtirish. Bu moliya bozorini nazorat qilish va tartibga solish, pirovardida barqarorligining oshishiga olib keladi;

  3. Moliya bozorida hisob-kitob, kliring tizimi barqarorligini oshirish va unga zamonaviy xalqaro tajribalami joriy etish, moliya bozoridagi operatsiyalarni jadallashishiga, mablag’larni samarali foydalanishga va ushbu bozoming rivojlanishiga olib keladi;

  4. Mamlakatni xalqaro moliya bozorlari bilan integratsiyasini ta’minlovchi vositalami rivojlantirish moliya bozoriga xorijiy investitsiyalarni keng jalb etadi, milliy iqtisodiyotga xorijiy valuta tushumlarini ko’paytiradi, emitentning ishlab chiqarishini miqdor va sifat jihatdan oshishiga olib keladi;

  5. Mamlakatimiz moliya bozorida hosilaviy qimmatli qog’ozlar bilan operatsiyalarni rivojlantirish (individual investorlar moliyaviy aktivlarini beqaror bozor sharoitidagi turli salbiy o’zgarishlardan himoyalaydi);

  6. Moliyaviy aktivlar sekyuritizatsiyasi uchun zaruriy shart-sharoitlami yaratish (moliyaviy aktivlar likvidliligini oshiradi, moliya bozorida innovatsiyalami yaratishga zamin yaratadi);

  7. Respublikamizda valuta bozorini erkinlashtirish, Markaziy bankning pul- kredit siyosati dastaklari, likvidlilikni tartibga solish instrumentlarini yanada takomillashtirish (iqtisodiyotni pul bilan ta’minotini oshiradi, xorijiy investitsiyalarni va ishlab chiqarishni ko’paytiradi, pul bozori bilan bir qatorda moliya bozorini ham rivojlantiradi);

  8. Davlat tasarrufidan chiqarish va xususiylashtirish dasturi doirasida aksiyadorlik jamiyatlarining, xususan iqtisodiyotning real sektori korxonalari (neft

  1. va gaz tarmog’i, energetika, qayta ishlab chiqarish sanoati va boshqalar) ning davlatga tegishli bo’lgan aksiya paketlarini birja savdolariga chiqarish;

  2. Kelajakda fond bozorining rivojlanishiga asos bo’la oladigan va barcha toifadagi investorlami jalb qila oladigan salohiyatli kompaniyalami birjaning rasmiy byulleteniga kiritish orqali listing kompaniyalari sonini ko’paytirish;

  3. Moliyaviy xizmat ko’rsatish sohasida sug’urta kompaniyalar rolining oshib borayotganligini inobatga olib, ochiq aksiyadorlik jamiyati shaklidagi sug’urta kompaniyalar sonini ko’paytirish maqsadida zamriy shart-sharoitlar yaratish va shu yo’l orqali mazkur kompaniyalaming qimmatli qog’ozlarini fond birjasi bozoriga jalb qilish;

  4. Investorlarning o’z sarmoyalarini qimmatli qog’ozlarga erkin yo’naltira olishini soddalashtirish va ishonchini oshirishga qaratilgan birja savdosi qoidalarini tartibga solish hamda xisob-kitob va kliring texnologiyalarini takomillashtirish to’g’risidagi me’yoriy-huquqiy hujjatlami yanada takomillashtirish;

  5. Birja savdo vositalarini va texnologiyalarini yanada takomillashtirish hamda investorlar orasida repo bitimlarining afzalliklarini keng targ’ib qilish;

  6. Moliya bozorining axborot bazas ini rivojlantirish, xususan:

  • Fond birja web saytining axborot almashuv darajasini oshirish;

-Moliya bozori to’g’risidagi ma’lumotlarni yoritib boruvchi axborot-
tahliliy kanallami rivojlantirish;
Emitentlar to’g’risidagi ma’lumotlaming yig’ma-axborot bazasini yaratish. Aholining fond bozori, qimmatli qog’ozlarga sarmoya kiritishda bozoming tavakkalchilikka asoslanganligi haqidagi bilimini oshirish, xususan, radio va televideniyada maxsus dasturlar jarayonini tashkil qilish, bosma ommaviy axborot vositalarida esa qimmatli qog’ozlar bozorining rivojlanishi haqida muntazam ravishda turli maqolalar chop etish.
Xulosa o’rnida Respublikamiz Prezidentining «Qachonki, qimmatli qog’ozlarning ikkilamchi bozori to’la ishga tushsa, fond birjasi tom ma’noda faoliyat ko’rsatsa, qachonki aksiyalar qiymati muntazam e’lon qilib borilsa, alohida aksiyalar sotib olishga ishtiyoq va intilish tug’ilsa, aksiyalarning o’zi esa shunchaki oddiy qog’oz bo’lib qolmasdan, haqiqiy qimmatli qog’ozga aylanib, o’z egalari uchun muhim daromad manbai bo’lsagina, xususiylashtirish jarayoni aniq mazmun va ko’rinishga ega bo’ladi» deb takidlagan so’zlarini keltirish maqsadga muvofiq. Zero, ushbu so’zlar iqtisodiy islohotlami yanada chuqurlashtirish va liberallashtirish, xususiylashtirish jarayonlarini rivojlantirishga yangicha yondashish masalalari, hamda mamlakatimiz fond bozorini yanada rivojlantirish bo’yicha dastumlamal bo’lishi lozim va bo’lib kelmoqda.







Download 1.46 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling