I bob. O`Zbekistonda moliya bozorining asoslari
Download 1.46 Mb.
|
XAYRULLAYEV FOZILJON. kurs ishi
- Bu sahifa navigatsiya:
- II.BOB. O’zbekiston moliya bozorining rivojlanish tendensiyalari tahlili 2.1.
O’zbekistonda moliya bozorining shakllanishi va rivojlanishi KIRISH I.BOB. O`ZBEKISTONDA MOLIYA BOZORINING ASOSLARI 1.1. Moliya bozorining mazmuni, iqtisodiyotdagi ahamiyati va o'rni . 1.2. Moliya bozorining tarkibi, O’zbekiston iqtisodiyotini rivojlantirishdagi roli va faoliyat ko’rsatish asoslari II.BOB. O’zbekiston moliya bozorining rivojlanish tendensiyalari tahlili 2.1. Moliya bozori faoliyat ko’rsatish mexanizmining xorij tajribasi 2.2. O’zbekistonda moliya bozori modeli Xulosa. Foydalanilgan adabiyotlar ro`yxati KIRISH Mavzuning dolzarbligi. Bugungi kunda bozorni pul resurslari bilan zo’r berib to’ldirish davom etayotgan xalqaro fond va xom-ashyo bozorlarida sun’iy ravishda oshirib borilgan spekulativ narxlarning paydo bo’lishi moliyaviy ko’piklarning yanada avj olishiga olib kelmoqda. Jahon miqyosida konvertatsiya qilinadigan asosiy valutalarning beqarorligi oqibatida rivojlanayotgan mamlakatlarning ushbu valutalarga bo’lgan ishonchiga jiddiy putur yetishi va yilda boshlangan inqiroz xalqaro moliya sohasini tartibga solish tizimida nuqsonlar borligini yana bir bor tasdiqlab, xalqaro moliya bozori barqarorligini ta’minlash maqsadida uning rivojlanish omillari va uning milliy moliya bozoriga ta’sirini o’rganish zaruratini yanada oshishiga sabab bo’lmoqda. O’tgan yil yakunlarini sarhisob qilganda, global jahon moliyaviy-iqtisodiy inqirozi hali ham davom etayotgani qaramasdan, 2021-yilda O’zbekiston o’z iqtisodiyotini barqaror sur’atlar bilan rivojlanishni davom ettirdi, aholi turmush darajasini izchil yuksaltirish ta’minlandi, dunyo bozoridagi o’z o’rnini mustahkamladi. Dunyoning eng yirik davlatlari Markaziy banklari tomonidan real aktivlar bilan deyarli ta’minlanmagan pullami chiqarish davom etayotgani, shuningdek, sun’iy moliyaviy vositalar - derivativlarning nazoratsiz chiqarilayotgani ko’plab nufuzli xalqaro tahlil markazlari va ekspertlarda jiddiy tashvish uyg’otmoqda. Moliya va bank bozorini ortiqcha likvidlik bilan to’ldirish, bunday siyosatni davom ettirish ulkan spekulativ “ko’piklar” hosil bo’lishi, zahira valutalari va milliy valutalarning qadrsizlanishi, inflatsiya darajasining o’sish xavfini tug’dirmoqda. Download 1.46 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling