I bob. O`Zbekistonda moliya bozorining asoslari
Kurs ishining o’rganilganlik darajasi
Download 1.46 Mb.
|
XAYRULLAYEV FOZILJON. kurs ishi
- Bu sahifa navigatsiya:
- Kurs ishining vazifalari quyidagilardan iborat
- I.BOB. O`ZBEKISTONDA MOLIYA BOZORINING ASOSLARI 1.1. Moliya bozorining mazmuni, iqtisodiyotdagi ahamiyati va orni .
Kurs ishining o’rganilganlik darajasi. O’zbekistonda moliya tushunchasi, umumdavlar moliyasi, moliya bozorining shakllanishi va rivojlanishi haqida ko’plab o’zbek olimlari o’rganishgan va kitoblar yozishgan. Bunga misol qilib, Malikov T ning ‘Iqtisod va moliya’ kitobini, Haydarov N. H. ning “Moliya” kitoblari, Nuriddinova V.Sh. ning “Moliyaviy nazorat” nomli o’quv qo’llanmalarini misol qilishimiz mumkin.
Kurs ishining maqsadi iqtisodiyotni modemizatsiyalash sharoitida O’zbekiston moliya bozorining rivojlanish omillari va tendensiyalarini aniqlash, uning barqarorligini ta’minlashga qaratilgan taklif va tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat. Kurs ishining vazifalari quyidagilardan iborat: Iqtisodiyotni modernizatsiyalash sharoitida moliya bozorining iqtisodiy mohiyati va uning iqtisodiyotda tutgan ahamiyatini o’rganish; -Moliyaviy globallashuv sharoitida jahon moliya bozorlarining O’zbekiston moliya bozoriga ta’siri, rivojlanish omillari va tendensiyalarini o’rganish; O’zbekiston moliya bozorining bugungi holatini tahlil qilish; -O’zbekiston moliya bozorini tartibga solish usullari va mexanizmini yoritish; O’zbekiston fond bozorining asosiy faoliyat ko’rsatkichlarining amaldagi holatini o’rganish; -O’zbekiston moliya bozoridagi muammolami o’rganish va uni bartaraf etish yo’nalishlarini aniqlash. Kurs ishining obyekti sifatida O’zbekiston moliya bozori tarkibiga kiruvchi muhim segmentlar, xususan, qimmatli qog’ozlar bozori savdo tizimi tanlangan. Kurs ishining predmeti bo’lib, iqtisodiyotni modernizatsiyalash sharoitida O’zbekiston moliya bozorini rivojlantirish bilan bog’liq bo’lgan iqtisodiy munosabatlar hisoblanadi. I.BOB. O`ZBEKISTONDA MOLIYA BOZORINING ASOSLARI 1.1. Moliya bozorining mazmuni, iqtisodiyotdagi ahamiyati va o'rni . Bozor - bu iqtisodiyotda shaxslaring maqsadli nafsiy xohishistaklari i1a manfaatlari sari yetaklovchi (chorlovchi) imkoniyatlari doirasida tartiblashtirilgan refleksiv harakatlari evaziga turli (ijobiy yoki salbiy) samara darajasida obyektiv sodir bo'luvchi bozor tovarlari bo'yicha iqtisodiy-huquqiy munosabatlari muhiti bo'lib, unda taraflaming manfaatlari talab va taklif asosida shakllanadigan obyektiv narxlarda qondiriladi. Insoniyatning yer yuzida paydo bo'lishi tarixiga nazar tashlansa, bozor odamlar o'rtasidagi boyliklami natural tovar sifatida maqsadli va o'zaro manfaatli tarzda oddiy almashinuvi jarayonidan boshlangan. Hozirga keIrn, bozor alohida nazariyasiga va faoliyat mexanizmiga ega, yuqori darajada tartiblashgan murakkab infratuzilma shaklida namoyon bo'luvchi dinarnik muhitga aylangan bo'lib, zamonaviy iqtisodiyot rivojini obyektiv belgilaydi. Bozorning dinamik muhit ekanligi, unda tovarlar hajmi va ulaming bahosi vaqt birligi ichida talab va taklif asosida uzluksiz jarayon sifatida o'zgarib borib shakllanishi bilan belgilanadi. Bozoring bajaradigan funksiyasi nuqtayi nazaridan bozor tizimining vazifasi - iqtisodiyotda tovarlar muomalasiga xizmat ko'rsatish. Bozor iqtisodiyoti tovar-pul munosabatlariga asoslangan va ularga xos iqtisodiy qonunlar, ya'ni bozor munosabatlari qoidalari asosida boshqariladigan iqtisod tushuniladi. Bozor munosabatlari esa sotuvchi bilan xaridor o'rtasidagi iqtisodiy aloqalami anglatadi. Bozor iqtisodiyoti quyidagi omillarga bog'liq: • iqtisodiy faoliyat erkinligiga; • mulkchilikning xilma-xilligiga; • narxlarning erkinligiga; • raqobat kurashiga; • shaxsiy-huquq va ~rkinlildarning qaror topishiga; • daromadning cheklaomaganligiga; • antimonopol iqtisodiyotning mavjudligiga erishishda o'z ifodasini topadi. Bozor o'ziga xos strukturaga ega bo'lgan murakkab tizimdir. Moliya bozori - bu bozor moliya resurslari, ya'ni pul va pulga tenglashtirilgan qog'ozlar bozoridir va shu bilan bir qatorda, moliya tizimini ajrnlmas qismi hisoblanadi. Bunda oldi-sotdi qilinadi, pul mablag'larining talab va taklifga qarab, erkin harakati ta'minlanadi. Moliya bozorida firmalar, moliya muassasalari, davlat va aholi qatnashadi.Moliya bozori keng ma'noda pul bozori, kapital bozori, investitsiya bozori, qimmatli qog'ozlar bozori, valuta bozori, sug'urta bozori va boshqalami birlashtiradi. Pul bozori qisqa muddatli kredit bozori, kapital bozori esa uzoq muddatli kredit bozori ekanligi bilan ajralib turadi. Bu bozorda puldorlar, banklar va pulga muhtojlar qatnashadilar, sotilgan pul narxi esa foizni tashkil etadi. Qimmatli qog'ozlar bozorida aksiya, obligatsiya, xazina majburiyatlari, sertifikatlar oldi sotdi qilinadi. Bu bozor fond bozori deb yuritiladi. Qimmatli qog'ozlarning dastlabki sotilishi birlamchi fond bozorida o'tkaziIadi, chiqarilgan qimmatli qog'ozlar obuna shaklida yoki ro'yxat bilan xaridorlarga sotiladi. Ularning qayta sotilishi ikkilamchi fond bozorida yuz beradi, uni fond birjasi deb yuritiladi. Pul va qimmatli qog'ozlar bozori iqtisodiyotni boshqarishning muhim yo'llaridan biridir. Bu bozor davlat xarajatlarini kreditlash va budjet taqchilligini qoplashning manbayi sifatida katta ahamiyatga egadir. Moliya bozori orqali vaqtinchalik bo'sh turgan moliyaviy resurslar harakatga keltiriladi. Moliya bozori kapitalini demokratiyalashtiradi, oz miqdordagi moliyaviy resurslami to'plab yirik kapitaIga aylantiradi, ko'pchiIikni foyda topishdan bahramand etadi. Bozorda kapital egalari vaqtinchalik bo'sh turgan moliyaviy resurslaridan daromad olishni xohlasa, bozoming boshqa qatnashchilari esa, joriy iste'molga yoki tovarlar va xizmatIar ishlab chiqarishga, qurilishga yoki savdoga investitsiya qilishga ehtiyoj sezishadi. Aholining jamg'armalari - vaqtinchalik bo'sh moliya resurslarini taklif qilishdir. Kredit investitsiyalarj vaqtinchalik bo'sh moliya resurslariga talabgor. Oxir-oqibatda kredit resurslarining talab va taklifi moliya resurslarining oldi-sotdi jarayoni yuz beradigan o'ziga xos moliya bozorlarining paydo bo'lishini belgilaydi. Moliya bozori va ularga faoliyat ko'rsatadigan muassasalari mamlakatning moliya tizimini tashkil qiladi. Moliya tizimi mamlakat iqtisodiyoti uchun hayotiy zarurat bo'lgan ko'pgina muhim vazifalarni bajaradi: 1.Jamg'arish vazifasi. Moliya muassasalari tizimi aholiga, korxonalarga foizli va foizsiz omonatlar, qimmatli qog'ozlar - depozit sertifikatlar, obligatsiyalar shaklidagi pul jamg'armalarining xilma-xil usullarini taklif qiladi. Moliya muassasalari korxonalar va uy xo'jaliklarining «vaqtinchalik harakatsiz pullari)~ning xarid qobiliyatini saqlash va ko'paytirish majburiyatini oladi. 2. Kreditlash vazifasi. Bu - moliya tizimining faol vazifasidir. U birinchi vazifa bilan chambarchas bog'lanib ketgan, chunki moliya muassasalarining, xususan, banklarning kredit berish salohiyatini mamlakat iqtisodiyotida jamg'arilayotgan moliya mabIag'lari hajmiga bevosita bog'liqdir. 3. To'Iovlarga xizmat ko 'rsatish vazifasi. Har qanday iqtisodiyotda tovar, fao1iyat operatsiyalari bilan bog'liq bo'igan to'lovlar doimo katta hajmlarda amalga oshiriladi. Xo'jalik yurituvchi subyektlar (korxonalar) o'z xodimlariga ish haqi va mukofotlar beradi, xomashyo va tovar yetkazib beruvchilarga haq to'laydi, soliqlar va boshqa majburiy to'lovlami to'laydi va h.k. Bu hisob-kitoblaming barcha turli-tuman vositalari, jumladan, to'iov topshiriqnomalari, talabnomalar, akkreditivlar, chekiar, vekseHar, kredit kartochkalari va h.k. yordamida bajariladi. 4. Iqtisodiy siyosat vazifasi. Markaziy bank va hukumat moliya tizimini pul-kredit va tiskal dastaklariga ta'sir ko'rsatib, davlat iqtisodiy siyosatini zarur yo'nalishida o'tkazadi. Inson biror ko'zlagan maqsadiga yetishish uchun pulga muhtoj bo'lib, zarur mablag'larni topish uchun bozorga chiqadi. Uning muammosini hal qilishning qanday yo'Hari bor? Birinchi yo 'Ii: u mehnat bozo riga chiqib, muayyan bilim shartlariga muvotiq ish beruvchiga o'z kuchini taklif qilishi mumkin. Bu holda ish beruvchi yollagan ishchiga bo'nak (avans) to'lash va keyin bilimda ko'rsatilgan muddat mobaynida unga ish haqi to'lab turishi mum kin. Ikkinchi yo`l: turar-joy bozorlariga borib, o'z turar-joyini vaqtinchalik ijaraga oluvchi yoki ijarachilarga taklif qilib, kvartira haqi shaklida mablag' olishi mumkin. Agar odamni resurslari bozorida pul mablag'lari topishning bu ikki yo'li qanoatlantirmasa, u ro'zg'ordagi biror buyumni yoki o'zi yasagan buyumni tovarlar bozorida sotishi mumkin. Nihoyat, kishi o'z tanishlari, do'stlari yoki bankdan qarz (kredit) olishi mumkin. Odatda, kredit shartida pul olish ssudaning qaytarilishini ta'minlaydigan biror aktivni taqdim qilishni talab qiladi. Ular ko'pincha garov tarzida ko'chmas mulk yoki qimmatli qog'oz kafolatidan iborat bo'ladi. Download 1.46 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling