I-bob, O‘zbekistonda sug‘urta bozorini rivojlantirishning ustuvor yo‘nalishlari


Download 80.76 Kb.
bet6/7
Sana20.12.2022
Hajmi80.76 Kb.
#1038350
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
Innovatsion sug`urta xizmatlari bozorini shakllantirish va rivojlantirish

Yevropa sugurta kompaniyalari investitsiyalari hajmida hayotni sugurtalovchi kompaniyalarning ulushi (1999 yil, foizda)

Mamlakatlar

sug’urta kompaniyalari investitsiyalari hajmida hayotni sug’urtalovchi kompaniyalarning ulushi

jami tur sug’urtachi kompaniyalarning jami investitsiyalar hajmidagi ulushi

Yevropa sug’urta qo’mitasi

81,4

18,6

Yevropa Hamjamiyati

81,7

18,3

Yevropa iqtisodiy hududi

81,5

18,5

 7-chizma
Keyingi o’n yillikda, hayotni sug’urtalovchi kompaniyalarning yig’iladigan sug’urta badallarining ortishi bilan, ushbu kompaniyalarning investitsiya faoliyati jadallashdi. 1992 yilda, EH mamlakatlari sug’urtachilari-ning investitsiyalari hajmida hayotni sug’urtalovchi kompaniyalar ulushi 75,4 foizni tashkil etgan bo’lsa, bu ko’rsatkich 1995 yilda 77,1 foizni, 1998 yilda 79,9 foizni va 1999 yilda 81,7 foizni tashkil etgan.
Sug’urta kompaniyalarining soni va unda band bo’lganlar salmogining o’zgarishi. ESQga kiruvchi mamlakatlardagi sug’urta kompaniyalarining soni, nisbatan barqaror bo’lib, o’rtacha 5,4 mingtani tashkil etishini quyidagi 2-diagrammadan ko’rish mumkin. Shuning bilan bir vaqtda, EHga kiruvchi mamlakatlar sug’urta kompaniyalarining soni ancha kamayganligi kuzatilmoqda. Buni, ushbu mamlakatlardagi sug’urta kompaniyalarining birlashuvi va yiriklashuv jarayoni bilan izohlash mumkin.

Yevropa dunyoda sug’urta badallarini yig’ish hajmi bo’yicha ikkinchi o’rinda (shimoliy Amerikadan keyin) turadi. 1989 yildan 1999 yilgacha bo’lgan oraliqda, Yevropada, yig’iladigan sug’urta badallarining hajmi mutlok ko’rinishda ikki martaga oshdi.


Dunyo sug’urta badallarida Yevropaning ulushi sezilarli darajada ortishi kuzatilmoqda. Agar, 1995 yilda butun sug’urta badallarining 51,3 foizi shimoliy Amerika hissasiga, 25,9 foizigina Yevropaga to’g’ri kelgan bo’lsa, 1999 yilga kelib, vaziyat butunlay o’zgardi (1-diagramma). Shimoliy Amerikaning ulushi hamon katta bo’lsada, endi u 36 foizni tashkil etadi. Yevropaning ushbu bozordagi ulushi 33 foizni, Osiyoniki esa, 29 foizni tashkil etmoqda. Dunyo sug’urta bozorida «qolgan dunyo» hissasining ikki marta oshishiga qaramasdan, uning salmogi hamon 4 foizni tashkil etmoqda.

Download 80.76 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling