Reja: Kirish Milliy iqtisodiyotda sug’urta kompaniyalarining tutgan o’rni


Download 119.6 Kb.
bet1/12
Sana28.12.2022
Hajmi119.6 Kb.
#1024302
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12
Bog'liq
Kurs ishi


Mavzu: Sug’urta kompaniyalari moliyaviy resurslarini boshqarish masalalari
Reja:
Kirish
1.Milliy iqtisodiyotda sug’urta kompaniyalarining tutgan o’rni
2.Sug’urta kompaniyalarining moliyasini tashkil etish asoslari va boshqarish uslubi
3.Xorijda sug’urta kompaniyalari moliyasini samarali boshqarish uslubi
4.Sug’urta kompaniyalari moliyaviy resurslarini shakllantirishning hozirgi holati
5.Sug’urta kompaniyalari moliyasini samarali tashkil etish va boshqarish istiqbollari.
Xulosa
Adabiyotlar ro’yxati


Kirish
Iqtisodiyotning globallashuv sharoitida ishlab chiqarishlarni modernizatsiya qilish, texnik va texnologik jihatdan yangilash, sifatli, ichki va tashqi bozorlarda raqobatbardoshli mahsulotlar ishlab chiqarishni hamda xizmatlarning zamonaviy turlarini ko’paytirish va nomenklaturasini kengaytirish, ishlab chiqarishning energiya sig’imini qisqartirish alohida ahamiyat kasb etmoqda. O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev tomonidan 2022 — 2026 yillarga mo’ljallangan Yangi O‘zbekistonning taraqqiyot strategiyasining 2 yo’nalishi inson qadrini ulug‘lashga yo‘naltirilgan ijtimoiy himoyaga qaratilgan bo’lib, bunda sug’urta faoliyatiga alohida e’tibor qaratilgan. Jumladan, ijtimoiy sug‘urta tizimini yaratish, jumladan ijtimoiy sug‘urta jamg‘armasini tashkil etish1.
Iqtisodiyotda erishilgan marralar, istiqbolga mo’ljallangan uzoq muddatli maqsadlar, jahon bozoridagi real va yuzaga kelishi prognozlashtirilayotgan vaziyatdan kelib chiqib 2018 yilgi iqtisodiy dasturning bir qator eng muhim yo’nalishlari va ustuvor vazifalari belgilandi. Shuningdek, mamlakatimizni iqtisodiy rivojlantirish, uzoq muddatli strategik maqsadlarni amalga oshirishda O’zbekistonning jahon bozoridagi raqobatbardoshligini oshirish va mavqeini mustahkamlashga yo’naltirilgan tarkibiy o’zgarishlar, zamonaviy yuksak texnologiyalarga asoslangan eksportbop mahsulotlar ishlab chiqarishni jadal rivojlantirish asosiy ustuvor yo’nalishlardan biri ekanligiga alohida e’tibor qaratilmoqda. So’nggi yillarda O’zbekiston iqtisodiyotida kuzatilayotgan rivojlanish ko’rsatkichlarining samarali moliyaviy siyosat natijasi ekanligini qayd etish zarur. Bozor iqtisodiyoti sharoitida sug‘urta bozorida raqobat muhitini yaratish, uning sug‘urta kompaniyalari faoliyatiga ijobiy ta’sir etishini ta’minlash, raqobat sharoitida sug‘urtalanuvchi va potensial sug‘urtalanuvchilar uchun sug‘urta kompaniyalari tomonidan ham sifatli, ham arzon narxdagi, shuningdek qulay qoidalarni ishlab chiqish muhim hisoblanadi.
Shuningdek sug’urta tashkilotlarining moliyaviy holatini o’rganish , tahlil qilish, ularning ishlarini yaxshilash, samaradorligini oshirish ham muhim omili hisoblanadi.
Respublikamiz iqtisodiyotini bozor munosabatlariga o’tkazish bilan sug’urta tashkilotlarining moliyaviy holatini o’rganish ahamiyati yanada ortadi, chunki bozor munosabatlari sharoitida risklar soni va ko’lami oshdi, milliy iqtisodni tashqi va ichki risklardan himoya qilish, aholini ijtimoiy himoya qilish zarurati yanada kuchaydi. Shu sababli hozirgi kunda sug’urta tashkilotlarining moliyaviy holatini o’rganish eng dolzarb muammoga aylanadi.
Prezidentimiz tomonidan belgilab berilgan “2017−2021 yillarda O’zbekistonni rivojlantirishning beshta ustuvor yo’nalishi bo’yicha harakatlar strategiyasi.”da sug’urta tizimi ham katta rol o’ynaydi. Shu sababli sug’urta tashilotlarining moliyaviy holatini yanada yaxshilash milliy iqtisodimizni rivojlanishiga katta ko’mak beradi. Bu esa sug’urta tashkilotlarining moliyaviy holatini o’rganishni, barqarorlik muammolarini hal qilish, moliyaviy holatni davlat tomonidan tartibga solish masalarini dolzarbligini yanada ortiradi.

Download 119.6 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling