Reja: Kirish Milliy iqtisodiyotda sug’urta kompaniyalarining tutgan o’rni


-rasm. Sug’urta kompaniyalarinig xarajatlari.4


Download 119.6 Kb.
bet3/12
Sana28.12.2022
Hajmi119.6 Kb.
#1024302
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12
Bog'liq
Kurs ishi

2-rasm. Sug’urta kompaniyalarinig xarajatlari.4
Sug’urta tashkilotlari xarajatlarini ikki guruxga ajratishimiz mumkin:

  1. Sug’urta majburiyatlarini bajarish bilan bog’liq xarajatlar;

  2. Sug’urta faoliyatini amalga oshirish bilan bog’liq xarajatlar;

Sug’urtalovchining sug’urta majburiyatlarini o’z zimmasiga olish bilan bog’liq xarajatlarga quyidagilar kiradi:

    • sug’urta va qayta sug’urta shartnoma shartlari bo’yicha sug’urta to’lovlari (qoplamalari);

    • qayta sug’urtalashga berilgan risklar bo’yicha sug’urta mukofoti summalari;

    • qayta sug’urta sharnomalari bo’yicha to’langan sug’urta mukofotlar va tantemalar;

    • sug’urta mukofotlari qisman qaytimi summasi shuningdek Qonunda ko’zda tutilgan shartnoma shartlarida sug’urta (qayta sug’urta) shartnoma shartlari bo’yicha to’lanadigan qoplamalar summasi;

    • sug’urta faoliyati ustidan nazorat qiluvchi ijro hokimiyati organlari tomonidan belgilangan tartibda, sug’urta to’g’risidagi qonunga asosan shakllanadigan sug’urta zahiralariga ajratilgan summalar (sug’urta zahiralarida qayta sug’urtalovchining ulushi o’zgarishi hisobiga).

Sug’urta faoliyatini amalga oshirish yuzasidan xarajatlari tarkibiga sug’urta shartnomalarining yuritilishi va ijro etilishi bilan bog’liq sug’urta tashkilotlarining qilingan xarajatlari, shuningdek ma’muriy boshqaruv, amalga oshirilmagan va favqulotda holatlar kiradi.
Sug’urtalangan va sug’urtalanuvchilarning mulkiy manfaatlarini himoyasini ta’minlash bilan bog’liq sug’urta faoliyatini amalga oshirish bo’yicha xarajatlar tarkibiga quyidagilar kiradi:

    • sug’urta agentligi va brokeri ko’rsatgan xizmatlari uchun to’lanadigan mukofotlar;

    • sug’urta risklarini baholash, mol-mulklarning sug’urta qiymati va sug’urta summasi miqdorlarini aniqlash, sug’urta hodisalari natijalarini baholash,sug’urta to’lovlari amalga oshirish uchun jalb qilingan mutaxassislar (ekspertlar, syurveyerlar, avariya komissarlari, yuristlar, advokatlar va boshqalar) ning ko’rsatgan xizmatlari uchun to’lovlar;

    • inkassator xizmatlari to’lovlari;

    • ma’lumotlar,xulosalar, statistik ma’lumotlar berish bo’yicha tashkilotlarning xizmatlari to’lovlari;

    • aktuariy xizmatlari to’lovlari;

    • sug’urta guvohnomasi (polis),kvitantsiya. Hisobot blankalari va boshqa shunga o’xshash hujjatlarni tayyorlash bo’yicha xizmatlar to’lovi;

    • sug’urta himoyasi ta’minlash bilan bog’liq xarajatlar tarkibiga boshqa tashkilotlar (qayta sug’urta tashkilotlari) xizmatlari to’lovi bo’yicha yuqorida hisoblangan xarajatlardan tashqari, sug’urta tashkilotla- ri bo’linmalari ishchi xodimlari mehnat ish haqi to’lovlari bo’yicha xarajatlar, shuningdek sug’urta shartnomalari shartlarini qo’llab-quvvatlash, ijro etish xulosalari bilan bog’liq xarajatlar kiradi.

Sug’urta tashkilotlarining ma’muriy boshqaruv, amalga oshirilmagan shuningdek favqulotdagi holatlar va boshqa xo’jalik yurituvchi sub’ektlari xarajatlaridan farq qilmaydi.
Ma’muriy boshqaruv xarajatlariga ma’muriy boshqaruv apparati xodimlariga ish haqi to’lovi bo’yicha xarajatlar kiradi. Qonunning boshqa talablariga muvofiq:

    • yillik buxgalteriya hisoboti tasdiqlash maqsadida ko’rsatilgan auditorlik xizmatlari;

    • buxgalteriya hisobotining chop etilishiga xarajatlar;

    • bino inshootlar, jihozlar va asbob uskunalar saqlash harajatlari;

    • sug’urta tashkilotlarining ustav fondi bilan bog’liq boshqa harajatlar;

Sug’urta tashkilotlarining moliyaviy natijalarini shakllantirish printsiplarini oshkor qilish sug’urta tashkilotining daromad va xarajatlari tarkibini tushunish orqali amalga oshiriladi. Bu savolni o’rganishda sug’urta tashkiloti boshqa qayta sug’urta tashkiloti yoki professional sug’urta tashkilotlariga risklarni qayta sug’urtaga berishi, shuningdek risklarning hamkorlari (sug’urtalovchilar yoki qayta sug’urta lovchilar) dan qayta sug’urtaga qabul qilishi , ya’ni sug’urtalovchi bir vaqtning o’zida qayta sug’urtalovchi yoki qayta sug’urtada sedent (qayta sug’urta himoyasini olish) bo’lishi mumkinligini esga olishimiz kerak. Bu narsa shuni ifodalaydiki, ya’ni bitta operatsiya tsedentda xarajat sifatida, qayta sug’urtalovchida esa daromad sifatida aks ettiriladi.
Sug’urta tashkilotlarining daromadlari va xarajatlarining ikkinchi tomoni kelgusi sug’urta to’lovlarini amalga oshirish uchun zarur bo’lgan sug’urta zahiralarini shakllantirish bilan bevosita bog’liq. Bu operatsiya pul mablag’lari harakati nuqtai nazardan xarajatlar hisoblanadi, ammo sug’urta tashkilotlari faoliyatining moliyaviy natijalariga ta’sir qiladi. Sug’urtalovchining sug’urta majburiyatlarini qoplash oldindan shakllantirilgan sug’urta zahiralarini qaytarish bo’yicha operatsiyalar bilan bog’liq. Moliyaviy resurslar oqimi ma’nosida bu daromad emas, balki bu operatsiyalar sug’urta tashkilotlari moliyaviy natijalarini oshiradi.
Buxgalteriya foydasi yoki zarari tashkilotning barcha xo’jalik operatsiyalarida buxgalteriya hisobiga asoslangan hisobot davri uchun aniqlangan oxirgi moliyaviy natijalari hisoblanadi.
Sug’urta tashkilotlarining foydasi yoki zarari hisobot davridagi daromadlar va xarajatlar o’rtasida farq sifatida hisoblanadi. Bunda tashkilotning daromadlari aktiv kelishi natijasida iqtisodiy nafni oshirish va bu sug’urta tashkilotining kapitali oshishiga olib keladigan majburiyatlarni bajarish (mulkdorlarning ulushi ya’ni omonatlari bundan mustasno) e’tirof etiladi. Sug’urta tashkilotlarining xarajatlari aktivlar (pul mablag’lari,boshqa mol-mulklar) ning chiqib ketishi natijasida iqtisodiy nafning pasayishi bu tashkilotning kapitali kamayishiga olib keluvchi majburiyatlarning paydo bo’lishi (mulkdorlarning qarori bo’yicha ulushlarining pasayishi bundan mustasno) maxsus hisob-kitoblar asosida moliyaviy natijalarini aniqlashda sug’urta zahiralarida qayta sug’urtalovchilarning ulushi va sug’urta zahiralariga ajratilgan summa, shuningdek o’tgan davrlarga ajratilgan ulushlari hisob-kitob qilinadi. Bunda sug’urta zahiralariga ajratmalar sug’urtalovchi faoliyatining natijalarini kamaytiradi, o’tgan hisobot davrlarida ajratilgan sug’urta zahiralarining qaytimi uni oshiradi.
Maxsus hiob-kitoblar asosida moliyaviy natijalarni aniqlashda sug’urta zahiralariga ajratilgan summa va sug’urta zahiralarida qayta sug’urtalovchining ulushi aniqlanadi, shuningdek sug’urta zahiralari qaytimi va ularda o’tgan hisobot davrida chiqarilgan qayta sug’urtalovchilar ulushi ishlab chiqiladi.
Sug’urtaning makroiqtisodiy o’rni-xo’jalik sub’ektlari va mamlakat fuqarolarining xotirjamligi va ishonchini ta’minlab, jamiyatning ijtimoiy-iqtisodiy hayotini mustahkamlashdan iboratdir.
Sug’urta tashkilotlarining daromadlari - barcha ruxsat etilgan sug’urta turi bo’yicha sug’urta faoliyati, investitsiya daromadlari , shuningdek sug’urta faoliyatini amalga oshirish bilan bevosita bog’liq bo’lmagan va qonunda ta’qiqlanmagan boshqa faoliyatdan olingan daromadlardan tashkil topadi.
Respublikamiz mustaqillikka erishganda keyin markazlashgan sug’urta fondni o’rniga markazlashmagan ayrim davlat sug’urta tashkilotlari va xususiy sug’urta kompaniyalarining moliyasi shakillanadi.
Hozirda sug’urta tashkilotlarining moliyaviy tashkil qiluvchi pul muomilari ikki yo’nalishda amalga oshirib kelinmoqda:

  • Sug’urta himoyasi tashkil qilish bilan bog’langan pul munosabatlari orqali.

  • Sug’urta faoliyati tashkil qilishga bog’langan pul munosabatlari orqali.

O’z navbatida sug’urta himoyasini shakillantiruvchi pul munosabatlari yana ikki bosqichdan o’tadi. Birinchi bosqichida sug’urta fonidan shakillantiruvchi taqsimlash munosabatlari, ikkinchi bosqichda undan foydalanish bilan bog’langan investitsiya munosabatlari amalga oshiriladi:
Sug’urta fondlari tarif asosida hisoblanadigan sug’urta to’lovlari asosida shakillanadi.
Sug’urta to’lovlarini qabul qilish va uning sarflanishi bir vaqtda sodir bo’lmasdan, turli vaqtlardan sodir bo’ladi. To’plangan sug’urta mablag’larining bir qismi sug’urta tashkiloti ixtiyorida qoladi. Lekin bozor iqtisodiyoti sharoitida sug’urta tashkiloti faqat o’z xarajatlari qoplash bilan chegiralanadi, balki foyda olish ham ko’zda tutildi.
Lekin shuni aytish kerakki bu o’rinda «foyda» atamasi shartli ma’noda qo’llaniladi chunki sug’urta tashkilotlari milliy daromad hosil qilishda qatnashmaydilar. Shuning uchun sug’urta tashkilotlari katta hajmda foyda olishga intilmasliklari kerak, chunki buning natijasida sug’urta tashkiloti bilan sug’urtalanuvchi o’rtasidagi ekvivalentlik printsipi buziladi. Foyda deganda shunday ijobiy natija ko’zda tutiladiki sug’urta himoyasini amalga oshirish maqsadida daromadalarining xarajatlaridan oshgan holda muvozanatlanishi ta’minlaydi. Shunga qaramasdan hududa kamroq zarar ko’rilsa, sug’urta tashkilotlarining foyda miqdori ba’zan yuqori bo’lishiga olib kelishi mumkin.
Sug’urta tashkilotlari foydasining asosiy manbai - uning investitsiya faoliyati hisoblanadi bu faoliyati natijasida sug’urta fondi mablag’larining bir qismi tijorat maqsadlarini ko’zlab sarflanadi.
Lekin shunga qaramasdan sug’urta faoliyatining maqsadi ulkan ijtimoiy axamiyatiga ega bo’lgan ko’rsatiladigan xizmatlar bo’lsa, investitsiya faoliyatining maqsadi foyda olishidir. Xaqiqatdan ham bu ikki yo’nalish o’zaro uzviy bog’langan.
Shunday qilib sug’urtalanuvchining moliyaviy barqarorligini negizi ularning ustav kapitalining va sug’urta zahiralarining mavjud bo’lishi shuningdek qayta sug’urta qilish tizimidan olingan manfatdorlik hisoblanadi.

  1. Download 119.6 Kb.

    Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling