Reja: Kirish Milliy iqtisodiyotda sug’urta kompaniyalarining tutgan o’rni
Download 119.6 Kb.
|
Kurs ishi
- Bu sahifa navigatsiya:
- Kurs ishining vazifalari.
- Kurs ishining predmeti.
- Milliy iqtisodiyotda sug’urta kompaniyalarining tutgan o’rni
- 1-rasm. Sug’urta kompaniyalarinig daromad manbalari. 3
Kurs ishining maqsadi. O’zbekiston sug’urta bozorida sug’urta
kompaniyalar moliyasini tashkil etish asoslari va boshqarish uslubi hamda xorijda sug’urta kompaniyalari moliyasini samarali boshqarish uslubi, sug’urta kompaniyalari moliyaviy resurslarini shakllantirish va sug’urta kompaniyalarining moliyaviy resurslardan foydalanish shu bilan bir qatorda sug’urta kompaniyalari moliyasini samarali tashkil etishni takomillashtirish bo’yicha takliflar ishlab chiqish mazkur ishning asosiy maqsadi hisoblanadi. Kurs ishining vazifalari. Kurs ishinig maqsadiga muvofiq quyidagi vazifalar hal etilishi mo’ljallangan: Sug’urta kompaniyalarinig moliyasini tashkil etish asoslari va boshqarish uslubini o’rganish; xorijda sug’urta kompaniyalarini moliyasini samarali boshqarish uslubi; sug’urta kompaniyalari moliyaviy resurlarini shakllantirishning hozirgi holatini o’rganish; sug’urta kompaniyalari moliyaviy resurlaridan foydalanishni iqtisodiy jihatdan taglil qilish sug’urta kompaniyalari moliyasini samarali tashkil etishda investitsiyaning tutgan o’rni va ahamiyatini o’rganish; sug’urta kompaniyalari moliyasini samarali tashkil etish va boshqarish bo’yicha xulosalar chiqarish va takliflar ishlab chiqishdan iborat. Kurs ishining predmeti. Sug’urta kompaniyalari moliyasini samarali tashkil etish va boshqarish uslubini o’rganish mazkur ishning predmeti hisoblanadi. Kurs ishining obyekti. Ishning obyekti esa milliy sug’urta bozorining asosiy ko’rsatkichlari va sug’urta kompaniyalari moliyasini samarali tashkil etish va boshqarish uslubi bilan bog’liq faoliyatni tashkil etish. Milliy iqtisodiyotda sug’urta kompaniyalarining tutgan o’rni Ma’lumki, ilgari hamma korxonalar davlatning ixtiyorida bo’lganligi tufayli, ularni har xil noxush hodisalardan sug’urta qilishga ehtiyoj bo’lmagan. Sababi, ushbu korxonalarga sug’urta hodisalari natijasida zarar etkazilsa, bu zararlar davlat mablag’lari hisobidan bemalol qoplanaverar edi. Ammo, yuqorida ta’kidlaganimizdek, mol-mulklarni davlat ixtiyoridan chiqarish va xususiylashtirish natijasida sektorida o’n minglab korxonalarni paydo bo’lishi, o’z-o’zidan sug’urta xizmatlariga bo’lgan talabni sezilarli ravishda oshirdi. Negaki, ilgarigi tajribadan farqli o’laroq, nodavlat sektoridagi korxonalar stixiyali hodisalar tufayli zarar ko’rganda, bu zararlar davlat byudjeti mablag’lari hisobidan qoplanmaydi. Mamlakatimizda sug’urta tashkilotlarining moliyaviy tabiy ofatlari, kutilmagan hodisalar natijasida etkazilgan zararlarni qoplash va ularni oldini olish maqsadida shakillangan pul resurslari fondlarni bilan bog’langan munosabatlarni ifoda etadi. Ma’lumki, sug’urta bozorida sug’urta biznesining jadal rivojlanishi ko’p sonli sug’urta kompaniyalarning paydo bo’lishiga muhim omil bo’ldi. Sug’urta tashkilotlarida sug’urta biznesining jadal rivojlanishi ulraning moliyaviy faoliyati bilan bevosita bog’liq. Moliyaviy faoliyatning asosida moliyaviy resurslarni shakllantirish, ulardan samarali foydalanish va tegishli investitsiya ob’ektlariga yo’naltirishdan iborat. Sug’urta tashkilotlarining moliyaviy resurslari tashkilot ixtiyorida bo’lgan va turli xarakterdagi moliyaviy majburiyatlarni bajarishga, kengaytirilgan sug’urta xizmat turlarining barqarorligini ta’minlashga va xarajatlarni qoplashga mo’ljallangan pul daromadlari (mukofotlari) va tushumlaridir. Yuridik va jismoniy shaxslar tomonidan to’langan sug’urta mukofotlaridan shakllanadigan pul fondlari hisobidan shartnoma shartlarida ko’zda tutilgan voqea hodisalar ro’y berganda, ularning mulkiy manfaatlarini himoya qilish munosabatlari sug’urta deyiladi. Sug’urtalanuvchi oldida sug’urtalovchi o’z majburiyatlarini bajarish manbai bo’lib bajarilmagan sug’urta majburiyatlari hajmida shakllanti- rilishi zarur bo’lgan maxsus fondlar hisoblanadi. Sug’urtaning iqtisodiy mohiyati sug’urta hodisalari ro’y berganda sug’urta qoplamalarini amalga oshirish uchun maxsus fondlarni shakllantirish va ulardan foydalanishdan iboratdir. Shuningdek sug’urta munosabatlarida sug’urta riski tushunchasi ham uchrab turadi. Sodir bo’lishiga qarshi sug’urtalanuvchi hodisaning taxminiy ro’y berishi sug’urta riski deb ataladi2. Sug’urta tashkilotlarining daromadlari barcha ruxsat etilgan sug’urta turi bo’yicha sug’urta faoliyati, investitsiya daromadlari , shuningdek sug’urta faoliyatini amalga oshirish bilan bevosita bog’liq bo’lmagan va qonunda ta’qiqlanmagan boshqa faoliyatdan olingan daromadlardan tashkil topadi. Sug’urta kompaniyasining daromadlari tarkibi Boshqa faoliyatdan olingan daromad Investitsiya faoliyatidan olingan daromad Sug’urta faoliyatidan olingan daromad 1-rasm. Sug’urta kompaniyalarinig daromad manbalari.3 Sug’urta faoliyatidan olinadigan daromadlar tarkibiga quyidagilarni kiritishimiz mumkin: bevosita sug’urta shartnomalari va qayta sug’urtaga qabul qilingan risklar bo’yicha sug’urta to’lovlari. Bunda sug’urta shartnomalari bo’yicha sug’urta mukofotlari, sug’urta shartnomasida o’rnatilgan sug’urta mukofot- lari ulushi sug’urta tashkilolari daromadlari tarkibiga kiradi. qayta sug’urtaga berilgan risklar bo’yicha olinadigan mukofotlar, qayta sug’urtalovchiga to’lanadigan qayta sug’urta mukofotlari bevosita sug’urtalovchining amaldagi xarajatlarini qoplash uchun belgilanadi. Tantema - qayta sug’urtalash shartnomalarida qatnashish va ishning diqqat e’tibor bilan olib borishi uchun qayta sug’urta tomonidan sug’urtalovchining asosiy mukofot ko’rinishi hisoblanadi. Tantema - qayta sug’urtada qatnashayotgan sug’urta shartnomalari bo’yicha qayta sug’ur - talovchi tomonidan olingan sof foyda summasidan belgilangan foizda har yil to’lab boriladi. qayta sug’urta shartnomalari bo’yicha berilgan sug’urta to’lovlari ulushi qayta sug’urtalovchi tomonidan qoplanishi . Qayta sug’urtalovchi qayta sug’urta shartnomasi shartlariga muvofiq sug’urtalovchining zararla- ri bir qismida ishtirok etadi, shuningdek zararlarni qoplash bo’yicha o’z ulushini oladi. Qayta sug’urtalovchi butun hajmda sug’urtalanuvchi oldida mas’uliyatli ekan, qayta sug’urta sug’urta qoplamalarida o’z ulushlarini to’lashga majburdir. qayta sug’urta hissasi o’zgarishi hisobiga o’tgan hisobot davrida yuzaga kelgan sug’urta zaxiralari qaytim summalari. agar qayta sug’urta shartnomalari qayta sug’urtaga berilgan shartno- malar bo’yicha tsedentda sug’urta mukofotlarining barcha qismini deponentlashtirish, shartnoma shartlari muddati tugashi bilan deponent- lashtirilgan mukofot summasini qayta sug’urtalovchiga mukofotning o’zi va mukofotning ustiga foiz hisoblanib uning hisobiga o’tkaziladi. Max- sus hisob-kitoblar asosida sug’urtalovchi moliyaviy natijalarni aniqlashda sug’urta zahiralariga ajratmalar, shuningdek o’tgan hisobot davrida tashkil topgan sug’urta zahiralari qaytim summalarini hisob-kitob qiladi. qayta sug’urtaga berilgan risklar bo’yicha deponentlashtirilgan mukofotlarning ustiga qo’shib hisoblangan foizlardan olingan summalar. Sug’urta faoliyati bilan bog’liq boshqa faoliyatdan olinadigan daromad- larga quyidagi daromadlar kiradi: sug’urta agenti, syurveyer va avariya komissarlari ko’rsatgan xizmatlari uchun olingan mukofotlar. Sug’urtalovchilar bir-birlariga agentlik xizmatlarini ko’rsatishi, sug’urta risklarini baholashda ko’mak berishi, mol-mulkning sug’urta qiymatini aniqlashi, sug’urta hodisalarining natijasini baholashi va to’lovlarini amalga oshirishlari mumkin. Investitsiya faoliyatidan olinadigan daromadlar. Bularga quyidagilar kiradi: boshqa tashkilotlardan paychilik ulushida olinadigan daromadlar; sug’urta tashkilotlari ixtiyorida bo’lgan aktsiya va paylar, obligatsiyalar, depozit sertifikatlari, veksellar bo’yicha olinadigan dividentlar; mol-mulkni vaqtinchalik foydalanish uchun ijaraga berishdan olinadi gan daromadlar. Sug’urta tashkilotlari investitsiya resurslarining asosiy manbai sug’urta zahiralariga o’tkazilgan sug’urtalovchi tomonidan olingan sug’urta mukofotlari. Belgilangan davr mobaynida sug’urtalovchining ixtiyorida bo’lgan mablag’lar belgilangan shartlarga muvofiq daromad aktivlariga investitsiya qilinadi. Hayot sug’urtasi bilan shug’ullanuvchi sug’urta kompaniyalari uchun investitsiya faoliyatining ahamiyati katta, uzoq muddatga hayot sug’urtasi shartnomasini tuzib, sug’urtalovchi tarif stavkasi hisob-kitobi bosqichida sug’urta to’lovini diskontlash yo’li bilan sug’urtlanuvchi oldida o’z majburiyatlariga potentsial daromadlarni keltiradi. Shuning uchun sug’urtalovchi hayot sug’urtasi bo’yicha qoplaydigan sug’urta zahiralari aktivlarini investitsiya qilishiga to’g’ri keladi. Olingan investitsiya daromadlari zarurligi darajasini oshiradi. Sug’urtalovchi buni sug’urta- lanuvchiga investitsiya bonuslari to’lovchilariga yo’naltirishi mumkin. So’nggi yillarda hayot sug’urtasi bo’yicha sug’urta mahsulotlarida tarkib topgan investitsiyaning rolini oshirish muammosi ko’zga tashlanayapti. Kafolatli investitsiya daromadlarini taklif etadigan, sug’urtalovchining investitsiya afzalligini hisobga olib ishlab chiqilgan sug’urta rejalari sug’urtalanuvchining investitsiya faolligi natijalariga bog’liq. Sug’urta tashkilotlarining boshqa faoliyatdan oladigan daromadlar tarkibiga quyidagilar kiritishimiz mumkin: pul mablag’laridan tashqari asosiy vositalar, material boyliklar va boshqa moddiy boyliklarni sotishdan daromadlar; shartnoma shartini buzganlik uchun jarimalar, penyalar; sug’urta tashkilotlari zararlari qoplamasiga tushum- lar; da’vo muddati tugashi bilan kreditor va deponent qarzdorliklari summasi; xorijiy valyutada ifodalangan mol-mulk va majburiyatlarning belgilangan tartibda qayta baholashda yuzaga keladigan valyuta kurslari farqlari; favqulotda daromadlar. Bularga misol qilib xo’jalik faoliyatining favqulotdagi majburiyatlari , shuningdek tabiiy ofatlar, yong’in va halo- katlar natijasida yuzaga keladigan tushumlarni keltirishimiz mumkin. Sug’urta tashkilotlari daromadlarining ushbu oxirgi guruxi sug’urta tashkilotlari daromadlari umumiy hajmida unchalik yuqori bo’lmagan ulushni tashkil etadi. Download 119.6 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling