Reja: Kirish Milliy iqtisodiyotda sug’urta kompaniyalarining tutgan o’rni


Sug’urta kompaniyalari moliyasini samarali tashkil etish va boshqarish istiqbollari


Download 119.6 Kb.
bet9/12
Sana28.12.2022
Hajmi119.6 Kb.
#1024302
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   12
Bog'liq
Kurs ishi

Sug’urta kompaniyalari moliyasini samarali tashkil etish va boshqarish istiqbollari


Mamlakatimizda samarali milliy sug’urta tizimini yaratish, sug’urta xizmatlari bozorini sifat jihatidan yangi bosqichga ko’tarish yuzasidanzarur chora tadbirlarishlab chiqish va ularni boqichma – bosqich malaga oshirishni talab etadi.
O’zbekiston taraqqiyotining hozirgi davri va boshlangan islohotlarni chuqurlashtirish bo’yicha qabul qilingan strategik hujjatlar respublikaning ichki salohiyati va o’z investitsiya imkoniyatlaridan faol foydalanishni ko’zda tutadi.
Shuningdek sug’urta kompaniyalari moliyasini samarali tashkil etishda sug’urta tarifining o’rni va ahamiyati juda katta. Sug’urta tarifi sug’urtalovchining moliyaviy barqarorligiga to’g’ridan to’g’ri ta’sir ko’rsatadi. Buni shu bilan izohlash mumkinki, raqobat sharoitida faoliyat ko’rsatish sug’urta tashkilotlarini xohlaydimi yo’qmi tarif siyosatini muntazam o’zgartirishni talab etadi. Aksariyat holatlarda sug’urta tashkilotlari mijozlarni jalb etish uchun tariflarni asossiz ravishda pasaytiradilar. Shubhasiz, bu sug’urtalovchilarning moliyaviy barqarorligiga jiddiy xavf soladi.
Moliyaviy barqarorlik sug’urta tashkilotining o’z zimmasiga olgan majburiyatlarini vaqtida bajarish qobiliyatini aks ettiruvchi muhim moliyaviy tavsif hisoblanadi.
Sug’urta majburiyatlarining hajmi sug’urta tashkilotlarining moliyaviy holatining asosiy ko’rsatkichlaridan biri hisoblanadi. Sug’urta majburiyatlari xo’jalik faoliyatining boshqa turlaridagi majburiyatlardan farq qiladi
Sug’urta tashkiloti ham tashqi (sug’urta va nosug’urta), ham ichki (tashkilot egalari, ishchilar va boshqalar) majburiyatlarga ega. Eng asosiy majburiyat bu so’zsiz sug’urta majburiyatlaridir, chunki u orqali polis egalarining sug’urta himoyasi aks etadi va sug’urta majburiyatlari hajmi bo’yicha boshqa majburiyatlardan ancha katta.
Sug’urta tashkilotlarining sug’urta zaxiralarini shakllantirish tartibida ham ayrim kamchiliklar mavjud. Ishlab topilmagan mukofotlar,xabar qilingan, lekin bartaraf qilinmagan, sodir bo’lgan lekin xabar qilimaganzararlar bo’yicha zaxiralar sug’urta tashkilotlari tomonidan majburiy tarzda tashkil qilinadi. Ammo, sug’urta tashkilotlarining zararlilikni tebranish bo’yicha sug’urta zaxirasi ixtiyoriy tartibda amalga oshiriladi. Sug’urta tashkilotlarida zararlilik tebranishi doimiy xarakterga ega. Jahon moliyaviy iqtisodiy inqirozi yuz berayotgan sharoitda zararlilikni tebranishi yanada ortadi. Zararlilikni tebranishini ixtiyoriy tartibda shakllantirilishi zararlar miqdori oshgan hisobot davrida sug’urta tashkilotlarining moliyaviy barqarorligi yomonlashishi mumkin. Chunki ushbu zaxira turi sug’urta tashkilotlari tomonidan shakllantirilmasligi ham mumkin. Zararlar miqdori oshgan davrda sug’urta tashkilotlarining moliyaviy barqarorligini ta’minlash maqsadida zararlilik tebranishi bo’yicha tashkil qilishni majburiy o’rnatishni taklif qilinadi. Ushbu taklifni amalga tadbiq qilinishi sug’urta tashkilotlarining moliyaviy barqarorligini davlat tomonidan tartibga solish mexanizmini samarasini oshishiga olib keladi.
Sug’urta zaxiralarini investitsiyaga yo’naltirish sohasida ham ayrim kamchiliklar mavjud. Sug’urta tashkilotlarining aktivlarini joylashtirishga qo’yilgan talablarga e’tibor qilsak, kredit uyushmalarining depozitlariga sug’urta tashkilotlarining ustav kapitalini 10% miqdorigacha joylashtirish mumkinligi me’yorlashtirilgan. Ammo, hozirgi vaqtda kredit uyushmalari qo’yilgan depozitlarga bank muassalariga nisbatan katta miqdordagi foyiz to’lanadi. Shu sababli, joylashtiriluvchi aktivalarning daromadlik darajasini oshirish maqsadida kredit uyushmalariga qo’yiluvchi depozit miqdorini chegarasini 10% dan 20% gacha oshirish taklif qilinadi.
Bundan tashqari, davlat sug’urta nazorati ruhsati bilan tasischilarga qarz berish ruhsat berilgan, agar qarz miqdori ustav kapitalining 30% dan miqdorda bo’lsa. Bunday holatlarda berilgan qarzni nazorat qilish imkoniyatlari cheklanadi. Chunki tasischilar o’zlarining mavqeylaridan foydalanib, sug’urta tashkilotlariga bosim o’tkazishi mumkin. Bunday noxush holatlarga barham berish maqsadida tasischilarga qarz berishni taqiqlash zarur. Ushbu taklifni amalga tadbiq qilinishi sug’urta tashkilotlarining moliyaviy barqarorligini mustahkamlanishiga imkon beradi.
O’zbekiston sug’urta bozorida sug’urta tashkilotlarining moliyaviy barqarorligini ta’minlash asosiy usullaridan biri qayta sug’urta mexanizmidan foydalanishdir. Afsuski respublika sug’urta bozorida qayta sug’urta faoliyati talab darajasida rivojlanmagan. O’zbekiston sug’urta bozorida ixtisoslashgan tartibda faqat bitta sug’urta kompaniyasi qayta sug’urta xizmati ko’rsatadi.
O’zbekiston Respublikasidan tashqarisida, chet el sug’urta kompaniyasiga beriladigan majburiyat miqdori, har bir sug’urta shartnomasi bo’yicha, 95% dan oshmasligi talab qilinadi.
Chet el sug’urta kompaniyasiga qayta sug’urta uchun berilgan sug’urta shartnomalarida sug’urtachining ulushi haqiqatdagi to’lov layoqatining marjasini 5% dan kam bo’lmasligi lozim deb belgilangan. Nazarimizda ushbu belgilangan meyor darajsini kamaytirish qayta sug’urtaning rivojlanishiga imkon beradi. Shu munosabat bilan O’zbekiston Respublikasidan tashqarisida, chet el sug’urta kompaniyasiga beriladigan majburiyat miqdori, har bir sug’urta shartnomasi bo’yicha, 50% dan oshmasligini meyor sifatida kiritilish taklif qilinadi.
Yuqorida keltirilgan takliflarini amalga tadbiq qilinishi sug’urta tashkilotlarining moliyaviy barqarorligini oshishiga olib keladi deb o’ylaymiz.
Sug’urta xizmatining asosida sug’urta riski yotadi, bu esa aniq vaqtda sug’urtalovchi majburiyatlarining hajmini aniqlashda noaniqlik bo’lishini belgilaydi.
Sug’urta iqtisodiyotda bo’layotgan barcha jarayonlar va o’zgarishlarni o’zida aks ettiradi. Shu sababli davlat tomonidan tashkil etilgan sug’urta kompaniyasi o’zining faoliyat strategiyasini belgilab olishda mamlakat iqtisodiyotidagi ustuvor yo’nalishlarni hisobga olishi lozim bo’ladi.
Xususan, «O’zbekinvest» eksport-import milliy sug’urta kompaniyasining 2013 yilga mo’ljallangan strategiyasi Vazirlar Mahkamasining 2012 yilda ijtimoiy- iqtisodiy rivojlanish yakunlariga bag’ishlangan majlisidagi respublika Prezidentining nutqida belgilab berilgan iqtisodiy islohotlarni chuqurlashtirishning ustuvor yo’nalishlari va O’zbekiston Respublikasi Prezidentining «2012-2016 yillarda O’zbekiston Respublikasida xizmat ko’rsatish sohasini rivojlantirish Dasturi to’g’risida»gi 10.05.2012y. PQ-1754-sonli Qaroriga asoslangan holda Kompaniyaning 2013 yilda rivojlantirishning quyidagi strategik rivojlanish yo’nalishlari belgilab olingan:

      1. Xizmatlar hajmini yuqori sur’atlarda o’sishini ta’minlab, oldingi yil darajasiga nisbatan kamida 130% bo’lishiga erishish.

Faoliyatining bunday yuqori ko’rsatkichlariga erishish uchun kompaniyaning marketing strategiyasi ehtimol tutilgan sug’urtalanuvchilarning ustuvor segmentlarida sug’urta xizmatlarini taklif etish borasida kuchlarni bir maqsadga safarbar qilish va ichki resurslarni jamlashga asoslanadi.
Shu nuqtai nazardan O’zbekistonda sug’urta tashkilotlari moliyaviy resurslaridan foydalanishning samarasini oshirish respublika iqtisodiyotining barqaror va ishonchli rivojlanishi, aholining ijtimoiy himoyasini kuchaytirish, fuqarolar va xo’jalik sub’ektlari mol-mulkini sug’urtalash uchun qo’shimcha xizmat qilishiga asos bo’ladi.
Zamonaviy sug’urta sanoatini yaratish davlatga:

  • tabiiy texnogen xususiyatga ega kutilmagan harajatlarni qoplash borasida davlat byudjetiga tushayotgan og’irlikni kammaytirish;

  • bozor iqtisodiyoti tamoyillari asosida sug’urtalash orqali ijtimoiy ta’minotning ba’zi muammolarini hal etish (pensiya jamg’armalari to’lovi, mehnat qobiliyatini yo’qotganlik yoki boquvchisining o’limi, ishsizlik uchun nafaqalar, tibbiy harajatlarni qoplash);

  • aholi va tashkilotlarning omonatlarini miliy iqtisodiyotga uzoq muddatli asosda jalb etish imkonini beradi.

Mamlakatimiz sug’urta bozorini rivojlantirish va yanada erkinlashti- rishga juda katta e’tibor qaratilganligi tufayli, mamlakatimiz sug’urta bozori dinamik rivojlanmoqda, ushbu bozorda sug’urta operatsiyalari hajmi to’xtovsiz, doimiy o’smoqda. Sug’urta tashkilotlari esa mamlakatimiz iqtisodiyotida juda muhim rol o’ynamoqda.
Mamlakatimiz sug’urta tashkilotlari bugungi kunda muhim ish beruvchi sifatida o’zini ko’rsatmoqda. Sug’urta kompaniyalarining xodimlari va agentlari miqdori ancha o’sdi. Ixtisolashgan sug’urta agentlari va sug’urta tashkilolarini yuqori darajada tayyorlash bilan anderrayterlarga bo’lgan talablarning o’sib borishi kuzatilmoqda.
Bundan tashqari, ijtimoiy tomonlari sifatida mamlakatimiz sug’urta bozori infrastrukturasini rivojlanishining jadallashganligini aytishimiz mumkin.
Mamlakatimiz sug’urta tashkilotlari yaqin va uzoq chet el mamlakatlari sug’urta tashkilotlari bilan o’zaro manfaatli aloqalarni yo’lga qo’yib, chet el hamkorlari bilan ijobiy tajribalar almashishda faol ishtirok etmoqdalar.
Mamlakatimiz sug’urta bozorida ijobiy tomonlar bilan birga muam- molar ham mavjud. Ularning o’rtasida kichik biznes va tadbirkorlikning juda sust rivojlanishi, aholining asosiy qismining o’rtacha daromadi va nafaqa darajasining pastligi, aholi jon boshiga to’g’ri keladigan yalpi ichki mahsulotning past miqdori bilan bog’liq bu muammolar eng avvalo rivojlanayotgan iqtisodiyot bilan butun mamlakatga ta’sir qiladigan salbiy jihatlari ham mavjud.
Men mamlakatimiz sug’urta bozorida mavjud muammolarga katta e’tibor qaratish kerak deb hisoblayman. O’z navbatida sug’urta bozorining hozirgi kundagi yana bir qator muammolarini keltirib o’tmoqchiman:

  1. Sug’urta tashkilotlarining hududiy bo’limlari tarmog’ini kengaytirish, sug’urta brokerlari faoliyatini rivojlantirish hamda sug’urta xizmatla- rini banklar va ularning bo’limlari, pochta – omonat tizmi va Internet orqali amalga oshirish uchun mavjud axborot texnik vositalar imkoniyatlaridan foydalanish masalalari dolzarbdir.

  2. Faoliyat ko’rsatayotgan sug’urta tashkilotlarining aksariyati malakali mutaxassislarga etarlicha ega emas. Respublika sug’urta bozorida malakali sug’urta vositachilari roli kam seziladi. Hozir O’zbekistonda faoliyat ko’rsatayotgan brokerlik kompaniyasi, sug’urta agentlari soni va ular faoliyati samaradorligi haqida ma’lumotlar yo’q.




Download 119.6 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   12




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling