Reja: Kirish Milliy iqtisodiyotda sug’urta kompaniyalarining tutgan o’rni


Xorijda sug’urta kompaniyalari moliyasini samarali boshqarish uslubi


Download 119.6 Kb.
bet5/12
Sana28.12.2022
Hajmi119.6 Kb.
#1024302
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12
Bog'liq
Kurs ishi

Xorijda sug’urta kompaniyalari moliyasini samarali boshqarish uslubi


Chet el tajribasi shuni ko’rsatadiki, sug’urta moliya resurslarini qayta taqsimlash, jismoniy va yuridik shaxslarning sug’urta xizmatlariga bo’lgan talablarini qondirish, ularning moliyaviy ahvoli barqarorligini ta’minlashning eng muhim omillaridan biridir. Iqtisodiy rivojlangan mamlakatlarda sug’urta tashkilotlari to’plagan sug’urta mukofotlarning yalpi ichki mahsulotdagi hissasi o’rtacha 8-10 foizni tashkil qiladi. Bu esa sug’urta iqtisodiyot rivojiga sezilarli ta’sir ko’rsatayotganligidan dalolat beradi.
Sug’urta quyidagi yo’nalishlar bo’yicha iqtisodiyotga ta’sir ko’rsatishi mumkin:

      1. ro’y berishi mumkin bo’lgan noxush hodisalarning oqibatlarini bartaraf etishga taalluqli sug’urta himoyasi;

      2. iqtisodiyotni rivojlantirish uchun sug’urta sarmoyasini to’plash va investitsiya qilish.

Sug’urta bozorining o’ziga xos tovar bo’lmish “sug’urta himoyasi», asosan, mamlakat iqtisodi rivojini ta’minlaydigan barqarorlashtiruvchi omil bo’lib xizmat qiladi. Hozirgi vaqtda rivojlangan mamlakatlarda sug’urta bilan himoyalanmagan moddiy, mulkiy inshootlar yoki shaxsiy manfaatlar qolmagan.
Taniqli mutaxassislarning fikricha, Angliyaning XIX asrdagi iqtisodiy rivoji sanoatni o’zaro sug’urtalovchi jamiyatlarning faoliyati bilan bog’liqdir. Frantsiya iqtisodiyotining yuksalishi esa mamlakatda chinakam sug’urta bozori vujudga keltirilganidan keyingina boshlandi.
Sug’urta tashkilotlari tovar ishlab chiqaruvchilarning mulkiy manfaatlari bilan bog’liq bo’lgan va boshqa xavf-xatar oqibatlari javobgarligini zimmaga olib ishlab chiqarish jarayoni qatnashchilarining boshqa manfaatlarini himoya qilib, mehnat unumdorligiga ham ijobiy ta’sir ko’rsatadi. Chunki, ishlab chiqarish vositalari har xil hodisalardan himoya qilinganiga amin tadbirkor o’z e’tiborini bozor va raqobat muammolariga qaratish imkoniyatiga ega bo’ladi.
Jahon tajribasi shuni ko’rsatadiki, sug’urta tufayli davlat tabiiy ofatlar, falokatlar va tadbirkorlar ko’radigan zararlarning o’rnini qoplash uchun ketadigan katta xarajatlardan holi bo’ladi. Masalan, rasmiy ma’lumotlarga ko’ra, 1999 yilda butun dunyoda sug’urta qoplamalari miqdori 33 mlrd. AQSh dollarini tashkil qildi. Yaponiyada katta vayronagarchilikka sabab bo’lgan “Tipxon» tufonidan keyin ko’rilgan zararlarni qoplash uchun 3,0 mlrd. AQSh dollapi, AQShda ro’y bergan tabiiy ofat oqibatlarini tugatishga esa 3,9 mlrd. AQSh dollari miqdorida sug’urta qoplamalari to’langan.
Sug’urta tashkilotlari sug’urtalovchilarning mulkiy va nomulkiy manfaatlarini sug’urta orqali himoya qilish tufayligina emas, investitsiya faoliyati orqali ham iqtisodiyotga ta’sir o’tkazadilar.
Ma’lumki, O’zbekistonda iqtisodiyot bozor munosabatlariga o’tishiga qadar sug’urta qilinishi mumkin bo’lgan moddiy va nomoddiy ishlab chiqarish tarmoqlaridagi davlat mulki, kasb mas’uliyati, kredit, tadbirkorlik riski sug’urta himoyasidan chetda qolgan edi. Bundan tashqari, sug’urta sohasida yakkahokim bo’lgan davlat sug’urta tashkilotlari bo’sh sug’urta zahiralarini investitsiya qilish bilan bog’liq operatsiyalarni o’tkazish huquqiga ega emas edilar. Ularning mablag’laridan asosan byudjet kamomadini to’ldirish uchun foydalanilardi.
Bozor munosabatlariga o’tilishi bilan bu muammolar bartaraf etila boshlandi. Sug’urtalovchilarning investitsiya faoliyati bilan shug’ullanishi maxsus vakolatli davlat organi belgilagan shartlarda amalga oshirilishi O’zbekiston Respublikasining «Sug’urta faoliyati to’g’risida»gi Qonunida rasman mustahkamlab qo’yilgan.
Iqtisodiy rivojlangan mamlakatlarda sug’urta tashkilotlarining faoliyati salmoqli tarzda rivojlangan. To’plangan zahiralar ularga yirik investorlarga aylanish imkonini beradi. G’arbdagi sug’urta kompaniyalari o’z sug’urta sarmoyalarini jamlab, ilg’or texnika va texnologiyani joriy qilish, yirik inshootlar qurish sohasidagi eng ko’p sarmoya talab qiladigan dasturlarni mablag’ bilan ta’minlashda qatnashmoqdalar.
Sug’urtalovchilar sarmoya bozorida mablag’lar harakatini amalga oshirmoqdalar. Ularning sug’urtalanganlardan oladigan kichik miqdordagi tarqoq sug’urta mukofotlari, pirovardida, muttasil ortib boradigan katta sug’urta fondiga aylanadi.
Dunyodagi etakchi sug’urta kompaniyalari g’oyat katta moliyaviy qudratga egadirlar. 1989 yilda Evropa, Yaponiya va AQSh sug’urta kompaniyalari jami 4 trillion AQSh dollari miqdoridagi quyilma mablag’ni boshqarishgan.
Hayotni sug’urta qiluvchi kompaniyalar ana shunday mablag’larga ega bo’lib, vaqtincha bo’sh resurslarni investitsiya qilish yo’li bilan ishlab chiqarish rivojlantirishini rag’batlantiradilar, davlat zayomlari va obligatsiyalarini xarid qilish orqali esa infratuzilmani rivojlantirish bo’yicha hukumat xarajatlari o’rnini qoplashda qatnashadilar. Bu esa o’z navbatida ish bilan bandlik darajasini oshirishga, ichki iste’mol hajmining va umuman yalpi ichki mahsulot hajmining ko’payishiga ijobiy ta’sir qiladi.
Sug’urta mukofotlari tushgan payt bilan sug’urta qoplamasini to’lash o’rtasida ancha uzoq vaqt o’tishi mumkin. Buning natijasida vaqtincha bo’sh resurslar vujudga keladi va ular sug’urta kapitaliga aylanadi. Zahira hajmi va mablag’lar joylashtiriladigan muddatlar tufayli sug’urta tashkilotlari g’oyat qudratli moliya kredit muassasalariga aylanadi. Shu sababli, sanoati rivojlangan mamlakatlarda sug’urta bozori iqtisodiyotga barqaror ta’sir ko’rsatuvchi omil si- fatida tan olingan.
Sug’urta tashkilotlarining makroiqtisodiy darajadagi investitsiya faoliyati aktsiyalar va boshqa qimmatli qog’ozlarni sotib olish yo’li bilan amalga oshiriladi. O’z-o’zidan ma’lumki, mablag’lar iqtisodiyotning ishlab chiqarish yuksak darajada o’sishi ta’minlanadigan, binobarin, barqaror dividendlar kafolati bo’lgan tarmoq- lariga beriladi.
Sug’urta tashkilotlarining vaqtincha bo’sh mablag’larini investitsiya qilish yo’li bilan iqtisodiyotga ta’sir o’tkazish sohasidagi chet ellar tajribasi e’tiborga sazovordir. Bu ta’sir mexanizmini quyidagi 3-chizmadan ko’rish mumkin:
Chizmadan ko’rinib turibdiki, rivojlangan mamlakatlarda sug’urta tashkilotlari manfaatdor firmalar, korxonalar va aholini sug’urta himoyasi bilan ta’minlashdan iborat asosiy vazifalaridan tashqari yalpi mahsulot hajmini ko’paytirishda, ish bilan bandlik darajasini oshirishda, inflyatsiyani pasaytirishda keng ko’lamda qatnashadi. Sug’urta bozorining mazkur ko’rsatkichlarga ta’siri bir qancha jihatlarni o’z ichiga oladi.
Birinchidan, yuksak darajada rivojlangan bozori bo’lgan mamlakatlardagi sug’urta tashkilotlari ko’pincha aktsiyadorlik asosida tashkil qilinadi. Chizmada sug’urta tashkilotlari bilan sarmoya bozori o’rtasidagi o’zaro aloqa aks ettirilgan. Odatda, biror kompaniya tashkil topayotgan paytda aktsiyalar chiqaradi va ularni asosan fond birjalarida joylashtiradi. Buning natijasida aktsiyadorlik sarmoyasi shakllanadi. Bu sarmoya muayyan vaqtdan keyin sug’urta sarmoyasiga aylansa, u aktsiyadorlarga va sug’urta tashkilotlariga tegishli daromad keltiradi.
Ikkinchidan, sug’urta qilinuvchi bilan shartnoma tuzib, ma’lum miqdorda sug’urta mukofoti oladi. Shartnomaga muvofiq, sug’urta hodisalari ro’y berganida sug’urtalovchilar zarar o’rnini qoplaydi va bu bilan sug’urta qilinganlarning moliyaviy ahvolini tiklaydi.
Yuqorida aytilganidek, sug’urta mukofotlari tushgan va sug’urta summasi to’langan payt oralig’ida, ayniqca hayot sug’urtasiga ixtisoslashgan kompaniyalarda juda ko’p pul mablag’lari to’planib qoladi.
Sug’urtalovchilar o’z mablag’larini hukumatning infratuzilmani rivojlantirish bilan bog’liq xarajatlari o’rnini qoplashga ham yo’naltiradi. Bunda shuni aytish kerakki, bozor munosabatlari rivojlangan mamlakatlarda byudjet kamomadining o’rni pul emissiyasi hisobidan emas, balki hukumat kafolatidagi qimmatli qog’ozlar chiqarish hisobidan qoplanadi. Masalan, AQShda hukumat davlat veksellari, qarz sertifikatlari, davlat majburiyatlari va obligatsiyalar chi- qaradi.
Sug’urta tashkilotlarining investitsiyalari yalpi milliy mahsulot hajmini ko’paytirishga xizmat qilishi g’oyat muhimdir. Zotan, investitsiya qilinadigan mablag’lar ishlab chiqarish korxonalarini barpo etishga, yangi texnologiyalarni o’zlashtirishga, ish joylarini ko’paytirishga, sarmoya bozori orqali byudjet kamomadini qoplash va inflyatsiya darajasini pasaytirishga, G’arbda sug’urta kompaniyalari uzoq muddatli kreditlar berish uchun pul mablag’larini safarbar qilishning eng muhim va ishonchli vositalaridan biridir. Chunonchi, AQShda hayotni sug’urta qiluvchi kompaniyalar aktivlarining 80 foizidan ortig’i sanoatga va boshqa tarmoqlarga uzoq muddatli sarmoya quyishga sarflanadi. Ular bu mamlakatda iqtisodiyotga yo’naltirilgan barcha uzoq muddatli investitsiyalarning 30 foizini tashkil qilib, xususiy savdo-sanoat korporatsiyalarining aktsiyalari va obligatsiyalarining asosiy xaridorlaridir.
Amerikadagi hayotni sug’urta qiluvchi kompaniyalar yalpi daromadining deyarli uchdan bir qismini investitsiya faoliyatidan tushumlar - qimmatli qog’ozlar bilan o’tkaziladigan operatsiyalardan olinadigan foizlar va dividendlar, garovlar va boshqa kreditlar bo’yicha foizlar tashkil qiladi.
Chet el tajribasi tahlilidan shunday xulosa chiqarish mumkinki, bozor munosabatlari sharoitida sug’urta kompaniyalari mamlakat iqtisodiy ahvoliga ijobiy ta’sir qiluvchi eng yirik investorlardan biri sifatida faoliyat ko’rsatdi. Shuni ham aytish kerak-ki, fond birjalari, qimmatli qog’ozlar bozori singari bozor infratuzilmalari yaxshi ishlab turgan holdagina investitsiya faoliyatidan yuqori samara olishi mumkin. Ma’lumki, O’zbekistonda sarmoyalar va qimmatli qog’ozlar bozori endi vujudga kelayotir. Respublika rahbariyati uni rivojlantirish tadbirlarini ko’rmoqda. Respublika fond birjasi va 40 ga yaqin investitsiya kompaniyalari faoliyat ko’rsatyapti. Bu birja xususiylashtiriladigan korxonalar va tashkilotlarning aktsiyalarini dastlabki joylashtirishni ta’minlaydi. Shubha yo’qki, qimmatli qog’ozlar va sarmoyalar bozori rivojlanib borgan sari O’zbekiston sug’urta bozori ham respublika iqtisodiyotini rivojlantirishda munosib o’rin egallab boraveradi.


  1. Download 119.6 Kb.

    Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling