I-bob, O‘zbekistonda sug‘urta bozorini rivojlantirishning ustuvor yo‘nalishlari
Download 80.76 Kb.
|
Innovatsion sug`urta xizmatlari bozorini shakllantirish va rivojlantirish
- Bu sahifa navigatsiya:
- Kurs ishining obyekti
- Kurs ishining tarkibiy tuzilishi
Kurs ishining maqsadi. Sug'urta bozorining hozirgi holatini tahlil qilish va rivojlantirish istiqbollarini ko'rib chiqishdir.
Kurs ishining vazifasi. Sug‘urta bozorida sug‘urta fondi shakllantiriladi va sug‘urta tashkilotlarining tijorat manfaatlarini ta’minlagan holda kelib chiqadigan zararni qoplash uchun foydalaniladi. Sug'urta bozori murakkab rivojlanayotgan tizim bo'lib, uning bo'g'inlari sug'urta tashkilotlari, sug'urta qildiruvchilar, sug'urta mahsulotlari, sug'urta vositachilari, sug'urta tavakkalchiligi va zararlarini professional baholovchilar, sug'urtalovchilar uyushmalari, sug'urta qildiruvchilar uyushmalari va uni davlat tomonidan tartibga solish tizimini o'z ichiga oladi. Kurs ishining obyekti. Sug'urta bozorini rivojlantirishning ob'ektiv asosi - takror ishlab chiqarish jarayonida yuzaga keladigan ushbu jarayonning uzluksizligini ta'minlash zarurati, bu kutilmagan noxush hodisalar yuz berganda jabrlanganlarga moddiy yordam ko'rsatishda ifodalanadi. Kurs ishining predmeti. Sug'urtaning alohida shakli sifatida tijorat sug'urtasi bilan parallel ravishda rivojlanadi va ko'p sonli potensial sug'urtalanuvchilarni sug'urtaga jalb etish barobarida fuqarolarning moddiy farovonligini oshishida, ularning tadbirkorlik faoliyati bilan bog'liq tavakkalchiliklarini kafolatlashda, korxona va tashkilotlarning barqaror faoliyat ko'rsatishida muhim omil bo'lib xizmat qiladi. Kurs ishining tarkibiy tuzilishi. Kirish, asosiy qism, 2 ta bob, 4 ta reja, xulosa va foydalanilgan adabiyot ro`yhatidan iborat. I-bob, O‘zbekistonda sug‘urta bozorini rivojlantirishning ustuvor yo‘nalishlari Sug'urta bozori va uning tuzilishi Bugungi kunda jahon bozori kon'yukturasidagi keskin o'zgarishlar, globallashuv sharoitida raqobat tobora kuchayib borayotgani davlatimizni yanada barqaror va jadal sur'atlar bilan rivojlantirish uchun mutlaqo yangicha yondashuv hamda tamoyillarni ishlab chiqish va ro'yobga chiqarishni taqozo etmoqdaki, buni e'tiborga olgan holda 1mamlkatimizda qabul qilingan 2017-2021-yillarda O'zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo'nalishi bo'yicha Harakatlar strategiyasining uchinchi yo'nalishida makroiqtisodiy barqarorlikni yanada mustahkamlash va yuqori iqtisodiy o'sish sur'atlarini saqlab qolishda bir necha vazifalar belgilanib olindi. Shulardan biri sug'urta va lizing hamda boshqa moliyaviy xizmatlar hajmini ularning yangi turlarini joriy qilish va sifatini oshirish hisobidan kengaytirish, shuningdek, kapitalni jalb qilish hamda moliyaviy institutlar va aholining erkin resurslarini joylashtirishdagi muqobil manba sifatida fond bozorini rivoj lantiri shdir Mamlakatimizda bosqichma - bosqich bozor munosabatlari shakllanishi va rivojlanishi, iqtisodiyot subyektlarining yuksak darajadagi iqtisodiy mustaqilligi, erkinligi darajasi ortib borayotgan jarayonda doimo risklar mavjud bo'lishi kuzatiladi. Ular manfaatlariga zarar keltirishi mumkin bo'lgan va doimiy takrorlanib turadigan risklarni qayta taqsimlash, ya'ni o'ziga xos bo'lgan maxsus xizmat bilan sug'urta shug'ullanadi. Sug'urta xizmati bahosining yuqori chegarasi talab hajmi va bank foizining miqdori bilan aniqlanadi. Sug'urta xizmatining ma'lum bir turiga yetarli darajada talab mavjud bo'lganda, sug'urta tashkiloti mazkur xizmat bahosini yuqori darajada saqlab turishi mumkin. Lekin, vaqt o'tishi bilan bozorda sug'urta xizmati ko'rsatishturlarining ko'payishi bilan, o'z-o'zidan tarif stavkalari kamayadi. Sug'urta kompaniyalarining tashkiliy shakliga ko'ra tavsifi Sug'urta bozori _______________________________ 1O’zbekiston bank tizimini islox qilish va erkinlashtirish bo’yicha qonunchilik hujjatlari to’plami. T.: O’zbekiston. 2000. hududiy joylashuviga qarab xalqaro, mintaqaviy va milliy sug'urta bozorlariga bo'linadi. Milliy sug'urta bozori biron-bir mamlakat hududidagi sug'urta muassasalarini va ularni faoliyatini o'z tarkibiga oladi. Jahondagi eng yirik milliy sug'urta bozori Amerika Qo'shma shtatlaridir. Iqtisodiy jihatdan rivojlangan mamlakatlarda yig'iladigan sug'urta tushumlarining 43 foizdan ortig'i AQSh hissasiga to'g'ri keladi. Bu yerda hayotni sug'urta qiluvchi 2600 dan ortiq va boshqa. bugungi kunda mamlakatimiz milliy sug'urta bozori nisbatan tez rivojlanayotgan bo'lsada, bugungi kun jahon talablariga to'liq javob bera olmaydi. Ikkinchidan, sug'urta xizmatidan foydalanayotgan va foydalanishi mumkin bo'lgan aholining aksariyat qismi, sug'urta haqida to'liq ma'lumotga ega emas. Holbuki, bu sug'urta turiga talabning ortishi sug'urtalanuvchi va sug'urtalanuvchiga moliyaviy holatini yaxshilashda o'zining salmoqli xissasini qo'shadi. Yuridik shaxslar sug'urta qildirishi uchun, birinchi navbatda, ularga ishonch kerak. Jismoniy shaxslarga esa to'g'ri ma'lumot. Ma'lumotlar to'g'ri va to'liq bo'lishi ularni sug'urtadan to'g'ri va maqsadli foydalanishga jalb qiladi. Bu jarayonni amalga oshirish uchun sug'urta bozoriga malakali mutaxasislar talab etiladi. Sug'urta kompaniyalarida faoliyat yuritayotgan aksariyat hodimlar sug'urta ishining mutaxassisi emas. Bir bo'lim xodimi ikkinchi bo'lim xodimining faoliyati, amalga oshirayotgan ishlari haqida ma'lumotga egae mas. Agentlar faoliyatida ham xuddi shunday muammo mavjud. Natijada sug'urtalanmoqchi bo'lgan shaxsga sug'urta xizmatlari to'g'ri va to'liq yetkazilmaganligi natijasida aholi to'liq ma'lumotga ega bo'lmasdan sug'urtaga bo'lgan talabning pasayishi va faoliyatga nisbatan ishonmaslik holatlari yuzaga kelmoqda. Yuqorida qayd etilgan muammolarni bartaraf etish maqsadida, quyidagi takliflarni berish mumkin: Birinchidan mamlakatimiz sug'urta bozorini rivojlangan mamlakatlar darajasiga yetkazishning eng muhim va asosiy omillaridan biri bu, O'zbekistonda xorijiy mamlakatlar tajribasidan kelib chiqqan holda o'zaro sug'urtani joriy etishdir va bunda davlatning tashabbuskorligidan foydalanish sug'urta sohasidagi bugungi kunning dolzarb masalasidir. Mamlakatda o'zaro sug'urtani joriy etish uchun avvalambor uning huquqiy ta'minotini yo'lga qo'yish, o'zaro sug'urtani rivojlantirish maqsadida ushbu sohaga taalluqli imtiyoz va preferensiyalarni taqdim etish zarur deb hisoblaymiz. Shunday holatda o'zaro sug'urta, sug'urtaning alohida shakli sifatida tijorat sug'urtasi bilan parallel ravishda rivojlanadi va ko'p sonli potensial sug'urtalanuvchilarni sug'urtaga jalb etish barobarida fuqarolarning moddiy farovonligini oshishida, ularning tadbirkorlik faoliyati bilan bog'liq tavakkalchiliklarini kafolatlashda, korxona va tashkilotlarning barqaror faoliyat ko'rsatishida muhim omil bo'lib xizmat qiladi. Ikkinchidan, sug'urta faoliyatini rivojlanishi uchun sug'urta xizmatlarini keng ko'lamda reklama qilish samarali natija beradi. Eng ommabop bo'lgan ijtimoiy tarmoqlar: telegram, instagram va boshqa ijtimoiy tarmoqlarda sug'urta xizmatlari va uning afzalliklari haqida ma'lumot berib turish. Misol uchun sug'urta xizmatlari bo'yicha telegramda bir kanal ochib, bu haqida boshqa kanallarga ma'lumot tashlash orqali, aholini sug'urta kanaliga a'zo qilish va sug'urta faoliyatining yangiliklaridan muntazam ravishda xabardor qilib turish mumkin. Ya'ni, aholining sug'urtaga bo'lgan ishonchini ortishini ta'minlash maqsadida sug'urtaga nisbatan aholining huquqiy savodxonligini oshirish, ya'ni sug'urta to'g'risida qabul qilingan qonun, qarorlar to'g'risida va sug'urta faoliyati qonun bilan himoyalanishi to'g'risida mijozlarga muntazam ravishda ma'lumotlar berib borish mumkin. Mamlakatimiz milliy sug‘urta bozorida faoliyat ko‘rsatayotgan sug‘urta kompaniyalari sug‘urta faoliyatining ma’lum tarmog‘iga ixtisoslashish bilan bir vaqtning o‘zida universal faoliyatni ham olib bormoqdalar. Bunga yuqorida aytib o‘tganimiz sug‘urta sohasining xali yuksak darajada rivojlanmaganligi, korxonalar, tashkilotlar va aholining sug‘urta to‘g‘risidagi huquqiy bilimlarining yetarli darajada shakllanmaganligi tufayli sug‘urta xizmatlariga talabgorlar sonining yetarli emasligi sababdir. Yuqoridagilardan kelib chiqib respublikada sug‘urta bozorini rivojlantirish va mavjud muammolarni bartaraf etish sug‘urta tizimi xodimlari va hukumatning asosiy vazifalaridan biridir. Tashkiliy-huquqiy aspekt, bu aksionerlik, o‘zaro hamkorlik asosida, xususiy va davlat sug‘urta tashkilotlaridan iborat bo‘ladi. Hududiy aspekt esa mahalliy (regional), milliy (respublika, mamlakat va h.k.), mintaqaviy va jahon sug‘urta bozori ko‘rinishida shakllanadi. 2Milliy sug‘urta bozori biron-bir mamlakat hududidagi sug‘urta muassasalarini va ularning faoliyatini qamrab oladi. Bunga O‘zbekiston sug‘urta bozorini misol qilib olishimiz mumkin, Bugungi kunga kelib O‘zbekiston sug‘urta bozorida 30 ta sug‘urta kompaniyasi faoliyat yuritishmoqda, shulardan 29 tasi umumiy sug‘urta turlari bilan shug‘ullanishsa, 1 tasi hayot sug‘urtasi turlari bilan shug‘ullanmoqda, shuningdek 1 tasi qayta sug‘urtalashni amalga oshiruvchi kompaniya. Xizmat ko‘rsatish nuqtai nazaridan sug‘urta bozorlari mahalliy sug‘urta bozori va ichki sug‘urta bozoriga, hamda tashqi va global, ya’ni dunyo sug‘urta bozorlariga bo‘linadi. Ichki sug‘urta bozorining asosini ma’lum mamlakat ichidagi sug‘urta munosabatlari tashkil etadi. Ichki sug‘urta bozorining asosiy vazifasi mamlakat ichkarisidagi sug‘urta xizmatlariga bo‘lgan talabni shakllantirish hisoblanadi. Sug‘urta xizmatlariga bo‘lgan talabni shakllantirish asosan marketing kuzatishlarini olib borish orqali sug‘urta bozorini o‘rganish, sug‘urta xizmatlarini reklama qilishni amalga oshirish, talabni aholi o‘rtasida, mulk egalari o‘rtasida shakllantirish orqali amalga oshiriladi. Tashqi tomondan sug‘urta bozoriga ta’sir etuvchi omillar va ichki omillar asosida sug‘urta bozoriga ta’sir ko‘rsatib, uning holatini o‘zgartirish mumkin. Tashqi omillarga, davlatning iqtisodiy siyosati, moliyaviy inflyatsiya, valyuta kursining o‘zgarishi va boshkalarni kiritish mumkin. ____________________________ 2Mirziyoyev Sh., 2019 уП 10 iyuldagi sug'urta xizmatlari bozorini rivojlantirish masalalari Ьо 'yicha yig'ilish. bahoni belgilashga erishadilar. Tashqi tomondan sug‘urta bozoriga ta’sir etuvchi omillar va ichki omillar asosida sug‘urta bozoriga ta’sir ko‘rsatib, uning holatini o‘zgartirish mumkin. Tashqi omillarga, davlatning iqtisodiy siyosati, moliyaviy inflyatsiya, valyuta kursining o‘zgarishi va boshkalarni kiritish mumkin. Sug‘urta bozori alohida tizim sifatida ichki va tashqi kuchlarning o‘zaro birlashishi, spiral shaklida sug‘urta xizmatlariga bo‘lgan talab dinamikasining o‘sishida o‘z aksini topadi. Bu tizim chegaralangan emas, chunki tashqi va jahon sug‘urta bozori hamda ichki sug‘urta bozori bir-biri bilan uzviy bog‘langan bo‘lib, spiralning har bir tuguni ma’lum bir darajada sug‘urta bozorida sug‘urta xizmatlariga bo‘lgan potensial talabga ta’sir etadi. Sug‘urta bozoridagi sug‘urta kompaniyalarining o‘z mijozlarini ko‘paytirib borishi ularga katta miqdorda foyda keltirishi bilan birga, milliy sug‘urta bozorining rivojlanishiga olib keladi va natijada sug‘urta kompaniyalari xalqaro sug‘urta bozorlariga kirib borish imkoniyatiga ega bo‘ladilar. Xuddi shunday imkoniyatga ega bo‘lgan Angliya, AQSh, Germaniya, Shvetsariya, Fransiya, Yaponiya kabi ko‘pgina mamlakatlarning sug‘urta kompaniyalari transmilliy kompaniyalarga aylanib, jahon sug‘urta bozorida yetakchilik qilish bilan birga, dunyodagi yetakchi banklar bilan bir qatorda kredit beruvchi moliyaviy tashkilotlarga aylanib bormoqdalar. Sug‘urta kompaniyalari o‘zlarining ixtiyoridagi pul mablag‘larini ssuda kapitali sifatida, pulga ehtiyoj sezgan talabgorlarga ma’lum foiz to‘lash sharti bilan, kelishilgan muddatga kreditga bermoqdalar. Ssuda operatsiyalari bo‘yicha ko‘p mamlakatlarda sug‘urta tashkilotlari banklardan keyingi o‘rinni egallab kelmoqdalar va yirik moliyaviy tashkilotlarga aylanib, iqtisodiyotda yetakchi o‘rinni egallashga da’vo qilmoqdalar. Download 80.76 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling