I-bob, O‘zbekistonda sug‘urta bozorini rivojlantirishning ustuvor yo‘nalishlari
Download 80.76 Kb.
|
Innovatsion sug`urta xizmatlari bozorini shakllantirish va rivojlantirish
Innovatsion sug`urta xizmatlari bozorini shakllantirish va rivojlantirish Reja: Kirish Asosiy qism I-bob, O‘zbekistonda sug‘urta bozorini rivojlantirishning ustuvor yo‘nalishlariSug'urta bozori va uning tuzilishiSug’urta bozori va uni davlat tomonidan tartibga solish II-bob. Dunyo sug`urta bozorining rivojlanish an`analari va istiqboli 2.1. Sug`urta bozori va uning turlari 2.2. Sug`urta kompaniyalarining investitsiyalari Xulosa Foydalanilgan adabiyotlar ro`yhati Kirish Kurs ishining dolzarbligi. O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti “O‘zbekiston Respublikasining sug‘urta bozorini isloh qilish va uning jadal rivojlanishini ta'minlash chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarorni imzoladi. Hujjat matni O‘zA tomonidan e'lon qilindi. Qaror bilan quyidagilar O‘zbekiston Respublikasining sug‘urta bozorini isloh qilish va jadal rivojlantirishning asosiy yo‘nalishlari etib belgilandi: sug‘urta sohasida normativ-huquqiy bazani takomillashtirish, shu jumladan, xalqaro tashkilotlarning standartlari va tavsiyalarini hamda ushbu sohadagi eng yaxshi jahon tajribalarini izchil joriy etish; Tartibga solish va prudensial nazoratning samarali mexanizmlarini joriy etish orqali sug‘urta bozorining ishonchliligi va barqarorligini ta'minlashga qaratilgan sug‘urta faoliyatini tartibga solish tizimini institutsional rivojlantirish; Sug‘urta bozori professional ishtirokchilarining kapitallashuv darajasini, to‘lov qobiliyati va moliyaviy barqarorligini oshirish, ularning aktivlari sifatini yaxshilash, shuningdek, sug‘urtalovchilarning investitsiya faoliyatini rivojlantirish; sug‘urta brokerlari faoliyatini faollashtirish, sug‘urta agentlarining ishlash tizimini takomillashtirish, banksug‘urta mexanizmlarini joriy etish, shuningdek, umuman sug‘urta bozori professional ishtirokchilarining rolini oshirish orqali sug‘urta bozori infratuzilmasini rivojlantirish va kengaytirish; Umuman rivojlangan mamlakatlar sug'urta iqtisodiyotning strategik muhim tarmog'i bo'lib, uni rivojlantirish va bo'shatishga investitsiyalarning katta qismini ta'minlaydi. sug'urta bozorini yanada rivojlantirish, raqobatni kuchaytirish, sug'urta faoliyatining zamonaviy va yangi turlarini yaratish, sug'urtalaovchilarning moliyaviy barqarorligini mustahkamlash, ularning hududiy tarmoqlarini kengaytirish va sug'urtani nazorat qilish shakllarini takomillashtirish bo'yicha muhim hujjat bo'ldi. Milliy sug'urta bozorini yanada isloh qilish va uning jadal rivojlanishini taminlash, sug'urta xizmatlarining talab yuqori bo'lgan yangi turlarini joriy etish, iste'molchilarning sug'urta bozoriga bo'lgan ishonchini oshirish maqsadida qabul qilingan O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019 yil 2 avgustdagi "O'zbekiston Respublikasining sug'urta bozorini isloh qilish va uning jadal rivojlanishini ta minlash chora-tadbirlari to'g'risida" PQ-4412-son qarori bilan mamlakatimizda sug'urta kompaniyalari ustav fondining minimal miqdoriga qo'yilgan talablar o'zgardi. Download 80.76 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling