I-bob. O`Zbekistonning iqtisodiy rayonlashtirilishi va iqtisodiy rayonlar xo`jaligi asoslari
Qoraqalpog’iston Respublikasining rivojlanishidagi sabablar, uning ishlab chiqarish va jarayoni
Download 230.78 Kb.
|
Mohinur kurs ishi
3.2. Qoraqalpog’iston Respublikasining rivojlanishidagi sabablar, uning ishlab chiqarish va jarayoni
Sanoati. Iqtisodiy rayon sanoati oziq-ovqat va yengil sanoat tarmoqlaridan iborat. Yengil sanoatda paxta tozalash zavodlarining salmog‘i katta. 1.2-rasm. Qoraqalpog’iston Respublikasining sanoati. (2022)2 Qoraqalpog’iston Respublikasining jami sanoat hajmi 2022-yil yanvar-dekabr oylarida 17794,6 mlrd. So’mni tashkil etgan. Bundan ko’rinib turibdiki, 2021-yilga qaraganda 100,6 % o’sish qayd etilgan. Jami jon boshiga 9067,7 ming so’mdan to’gri kelgan. Xalq iste’mol mollari esa 2021-yilga qaraganda ancha o’zgarish ko’zda tutilgan. Ya’ni, jami iste’mol mollari qiymati 3319,2 mlrd so’mni tashkil qilgan bo’lsa, o’tkan yilga nisbatan 9,5% o’sish kuzatilgan va jon boshiga 1691,4 ming so’m to’gri keladi. Energiya tanqisligini bartaraf qilish, rivojlanayotgan sanoat va qishloq xo‘jaligini energiya bilan ta’minlash uchun Taxiatosh IES va tarkibida GES bo‘lgan Tuyamo‘yin gidrouzeli barpo etildi. Quyi Amudaryo iqtisodiy rayoni mamlakat energetika tizimidan energiya oladi. Мustаqillik yillаridа bu zаmindа аmаlgа оshirilgаn ulkаn iqtisоdiy-ijtimоiy o‘zgаrishlаr, qurilish vа оbоdоnchilik ishlаrini sаnаb аdоg‘igа yеtib bo‘lmаydi. O‘rtа Оsiyodа yagоnа bo‘lgаn, sаhrо bаg‘ridаgi mo‘jizа dеb nоm оlgаn Qo‘ng‘irоt sоdа zаvоdi, Хo‘jаyli shishа zаvоdi, «Маrkаziy Оsiyo bеzаk tоshlаri» qo‘shmа kоrхоnаsi, Qo‘ng‘irоtdаgi kаrbid, Nukusdаgi mаrmаr vа kаbеl zаvоdlаri, O‘rgа gаz kоni, «Eltеks» vа «Каtеks» mаjmuаlаri kаbi zаmоnаviy ishlаb chiqаrish оbyеktlаri, 345 kilоmеtrlik Nаvоiy – Nukus tеmir yo‘li, Nukus bilаn Хo‘jаylini bоg‘lаydigаn ulkаn ko‘prik, Qo‘ng‘irоt аvtоmоbil yo‘li, o‘nlаb umumtа’lim mаktаblаri, litsеy vа kоllеjlаr, bоlаlаr spоrti, bоlаlаr musiqа vа sаn’аt mаktаblаri singаri ko‘plаb inshооtlаr – bulаrning bаrchаsi istiqlоl mеvаsidir. Мilliy аvtоmаgistrаl qurilishidа ro‘y bеrgаn ulkаn vоqеаlаrdаn biri – bu shu yo‘lning Nukus shаhrigа kirаvеrishidа yangi ko‘prik vа chоrrаhа yo‘lning qurilishidir. Ustyurt gаz-kimyo mаjmuаga gazni taqsimlaydigan, etilen, polietilen, polipropilen ishlab chiqaradigan va energiya manbalari bilan ta’minlaydigan jami beshta zavod, shuningdek, zamonaviy infratuzilma obyektlari barpo etilgan. Iqtisodiy rayon ichki hamda tashqi aloqada transportning deyarli barcha turlaridan foydalaniladi. Temiryo‘l va avtomobil transportining yuksalishi tufayli suv transporti ahamiyatini yo‘qotib bormoqda. Iqtisodiy rayonning mamlakatimizning boshqa hududlari va xorijiy davlatlar bilan aloqalari yaxshi yo‘lga qo‘yilgan. Iqtisodiy tadqiqotlar va islohotlar markazi Qoraqalpog'iston Respublikasining so'nggi besh yillikdagi rivojlanish natijalari keltirilgan infografikani taqdim etdi. Unda ekspertlar mintaqaning so'nggi yillarida yuz bergan faol islohotlarning ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishidagi asosiy o'zgarishlariga e'tibor qaratgan. Download 230.78 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling