I bob pedagog psixologning maslahat faoliyatini tashkil etuvchi shakllar va usullarnining nazariy asoslari


Maslahat faoliyatini tashkil etish usullari


Download 163.53 Kb.
bet7/10
Sana15.06.2023
Hajmi163.53 Kb.
#1478765
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Bog'liq
Maxamatova Ziyoda kurs ishi

1.2 Maslahat faoliyatini tashkil etish usullari
Turli odamlar psixologik maslahatga muhtoj bolganligi va turli masalalarda ular yordam so‘rab murojaat etganliklari sababli psixologik maslahatni mijozlar individual xususiyatlariga va muammolariga qarab turlarga ajratish mumkin. Birinchi navbatda intini-shaxsiy deb ataluvchi psixologik m aslahatni ajratib ko‘rsatamiz, ko‘pchilik odamlarda ko‘pincha mana shunday maslahatga talab yuzaga keladi. Ushbu turga shaxs sifatida odamga chuqur ta ‘sir ko‘rsatadigan, unda kuchli hayajonlar uyg‘otadigan, atrofdagi odam lardan yashiriladigan m asalalar b o ‘yicha maslahatlarni kiritish mumkin. Bular odam nima bo‘lsa ham ularni yo'qotishni xohlaydigan psixologik yoki xulqi muammolari, shaxslararo munosabatlar bilan bog‘liq m uam m olar, turli qolrqinchlar, muvaffaqiyatsizliklar, shifokor aralashuvini talab etmaydigan psixogen kasalliklar va boshqalar. Bunga odamning 0‘zidan o‘zi qoniqmasligini intim, masalan jinsiy muammolarni ham kiritish mumkin. Keyingi ahamiyati bo'yicha va hayotda ko'p uchraydigan psixologik maslahatning keyingi turi - oilaviy maslahat hisoblanadi. Bunga odamning o ‘z oilasida yuzaga keladigan masalalar bo‘yicha maslahatlarni kiritish mumkin. Bular xususan boMajak turmush o‘rtog‘ini tanlash, oilada o lzaro munosabatlarni to‘g;ri tashkil etish va boshqarish, oilaviy munosabatlarda bo‘lishi mumkin bo‘lgan nizolarning oldini olish va bartaraf qilish, erxotinlarning qarindoshlari bilan munosabatlari, kundalik oilaviy muammolar bo‘lishi mumkin. M aslahatlarning uchinchi turi — psixologik-pedagogik maslahatdan iborat. Bunga maslahatchining mijoz bilan bola!arni tarbiyalash va o‘qitishni, biror ishga 0‘rgatish ham da kattalarning pedagogik malakasini oshirishni, pcdagogik rahbarlik, bolalar va kattalar guruhlari, jamoalarni boshqarishni kiritish mumkin. Psixologik-pedagogik maslahatning eng ko‘p tarqalgan to‘rtinchi turi — amaliy maslahatlar. U o‘z navbatida odamlar faoliyati turlari necha xil bo‘lsa, shuncha turlariga ega boMadi. Umuman olganda, odamlarning amaliy ish bilan bogliq muammolarini hal etish amaliy maslahat deb ataladi. Bunga inson uchun kasb tanlashni, odamda qobiliyatlarini rivojlantirish, lining mehnatini tashkil qilish, ish bajarish qobiliyatini oshirish, ish bo‘yicha muzokaralar olib borish masalalarini kiritish mumkin. Aytib o‘tilgan psixologik maslahat turlarining har biri boshqasi bilan o ‘xshashdir, masalan har xil faoliyat turlarida bir turli vaziyatlarda o ‘zining psixologik talqin qilinishi bo‘yicha bir xil muammolar yuzaga kelishi mumkin. Lekin shu bilan birga psixologik maslahatlar aytib o ‘tilgan har bir turida o'zining xususiyatlari mavjud. Ularni ko‘rib chiqamiz. Intim-shaxsiy maslahatlar odatda begona shaxslardan sir tutilishini va shu bilan bir vaqtda maslahatchi va mijoz muloqotlari uchun o ch iq bo’lishini, ular o 'rtasida o ‘zaro ishonchli munosabatlarni talab etadi. Bunday psixologik maslahat alohida vaziyat yaratilishini talab etadi, chunki ko'nglidagini ochiq aytishni, tavbani eslatadi. Maslahatning bu turi bevosita taalluqli bo’lgan muammolari tabiati bo‘yicha vaqti-vaqti bilan yoki qisqa vaqtli bo‘lishi mumkin emas. U birinchidan - psixolog-maslahatchining hamda mijozning katta psixologik tayyorgarligini, ikkinchidan - psixologmaslahatchining mijoz bilan uzoq vaqt, odatda oson bo’lmaydigan suhbatini, uchinchidan - mijozda paydo bo'lgan muammoni hal etish uchun ancha uzoq vaqtni ko‘zda tutadi. Uzoq vaqt talab etilishi intim-shaxsiy xususiyatdagi muammolar darhol hal etilmasligi bilan bog‘liq. Oilaviy maslahat o‘z navbatida psixolog-maslahatchi oilaviy muammoning mohiyatini, ularni hal etish usullarini bilishni, iloji bo‘lsa shaxsiy oilaviy hayotida ularni bilishni talab etadi. Oilasi bo'lmagan odamlar oilaviy maslahatlar bilan muvaffaqiyatli shug‘ullanishlari qiyin bo‘ladi, aksi ham bo'lishi mumkin. Oila qurishga yoki oilani saqlab qolishga urinmagan inson yaxshi psixolog-maslahatchi bo’lishi qiyin. Uning shaxsiy tajribasi odamlarga salbiy mazmunda foydali bo’lishi mumkin. Oilaviy munosabatlarda salbiy hayotiy tajribaga ega odam boshqalarga oilaviy hayotda nimalarga yoM qo‘ymaslikni aytib berishi mumkin, lekin oilani saqlab qolish va o‘zaro munosabatlarni yaxshilash yo‘Ilarini ko‘rsata olmayapti. Biroq bu qoidada ham o‘zgacha holatlar bo‘lishi mumkin. Psixologik amaliyotda oilaviy hayotda o‘zlari ko‘p marta muvaffaqiyatsizlikka uchragan odamlar ham oilaviy masalalar bo‘yicha yaxshi psixolog-maslahatchi bo‘lib chiqqanlari m a’lum. Psixologik-pedagogik m aslahat bcrish o ‘z navbatida maslahatchining pedagogik m a’Iumotga, o‘qitish, odamlarni tarbiyalash tajribasiga ega bo’lishini talab qiiadi. Sobiq o'qituvchi va tarbiyachilar pedagogik ish tajribasi hamda kerakli ma’lumotga ega b o‘lib, odatda psixologik-pedagogik masalalar bo’yicha yaxshi psixolog-maslahatchi bolib chiqadilar. Psixologik-pedagogik maslahatga nisbatan aytilgan gaplar amaliy maslahatga ham taalluqlidir. Bu ish bilan psixologik maslahat olib bormoqchi bo’lgan faoliyat sohasini shaxsiy tajribasi orqali yaxshi bilgan odamlar shug‘ullanishlari mumkin.
Psixologik maslahat keraklicha muvaffaqiyatii bo’lishi uchun, ya’ni iloji boricha ijobiy natijalarga erishish uchun maslahat berish jarayonida qator shartlarga amal qilish kerak. Ushbu shartlar mohiyatini ochib beramiz va tushuntirib beramiz.
1-shart. Psixologga yordam so‘rab murojaat etayotgan odam psixologik xususiyatdan xayoliy emas, balki haqiqiy muammoga hamda uni iloji boricha tezroq hal etish yaqqol ifodalangan istakka ega bo'lishi kerak. Yuqorida biz ba’zi odam lar nima bo‘lsa ham hal qilishni istaydigan murakkab muammolari bo‘lgani uchun emas, aslida psixolog-maslahatchiga masalan, shunchaki qiziqqanliklaridan va o‘z holatlarini o‘zgartirish kerakligidan bir maqsad bilan kelishlarini aytib o‘tgan edik. Psixolog-maslahatchi bunday odamlarga tolg‘ridan to ‘g‘ri qandaydir yordam ko'rsatishi qiyin bo‘ladi, faqat ularning izzat-nafslarini (ambitsiya) va o ‘zlariga ishonchlarini, kekkayishlarini biroz pasaytirishi mumkin. Agarda odamda haqiqiy muammo mavjud boMsa, lekin uni to‘la anglab yeta olmayotgan bo‘lsa, buning oqibatida undan xoli bo‘lish istagi bo‘lmasa, unda bunday odamga psixolog-maslahatchi faqatgina mijoz bilan suhbati natijasida u o‘zining muammosini anglab yetib va undan iloji boricha tezroq xoli bo‘lish istagi paydo b o ‘lgan holatdagina yordam bera oladi. Agarda mijoz o ‘z muammosini yaxshi tushunsa, lekin o‘z psixologiyasini, o‘z xulqini o‘zgartirishni xohlamasa unda bunday odamga hatto tajribali psixolog-maslahatchi ham yordam bera olishi qiyin bo'ladi.
2-shart. Mijoz yordam so‘rab murojaat etgan psixolog-psixologmaslahatchiik maslahat o‘tkazish tajribasiga va kerakli kasbiy psixologik tayyorgarlikka ega bo‘lishi kerak. Shu sababli psixologik maslahat shifokor amaliyotiga o'xshab ketadi. Psixologmaslahatchidan shifokor kabi birinchi navbatda mijozga zarar yetkazib q o ‘ymasligi va maslahat muvaffaqiyatli o ‘tishi uchun qo‘lidan kelgan barcha harakatlarni qilishi talab etiladi.
3-shart. Psixologik maslahat uchun sarflanadigan vaqt ancha uzoq davom etadigan bo’lishi kerak. Bu vaqt davomida psixologmaslahatchi mijozni bezovta qilayotgan muammoni oxirigacha tushunib olishi va muammoni hal etishning eng to‘g‘ri yoMini topishi hamda mijozning o‘zi bilan bu muammoni muvaffaqiyatli hal etishi kerak. Bu yerda muammoni hal etish uchun yo‘naltirilgan harakatlarni nazorat qilish, olingan natijalarga baho berish va boshlangan ishni oxirigacha yetkazish, ya’ni mijozni ham psixologmaslahatchini ham to’la qoniqtiradigan natijaga erishish uchun kerak bo’lgan vaqt ham ko‘zda tutiladi. Ba’zan psixologik muammoni hal etish maslahatdan ijobiy natija olinmagandek yoki olingan natija mijoz kutgandek emasday tuyuladi. Psixolog esa o‘zi tomonidan ish to‘g‘ri bajarilgan va kerakli natija yaqqol ko‘rinib turibdi, deb ishonishi mumkin. Bunda psixolog-maslahatchi oldida qo‘shimcha, mijozga muammo ancha qoniqarli hal etilganligini isbotlash vazifasi yuzaga keladi. Ba’zan esa aksincha boMadi, mijoz ish yaxshi bajarildi deb o‘ylaydi, psixolog-maslahatchi esaboshlangan ish hali oxiriga yetkazilmagan deb hisoblaydi. Ushbu holatda psixolog-maslahatchi bunga mijozni ishontirishga va muammo etilishi uchun qo‘lidan kelgan barcha ishlami amalga oshirishga harakat qilishi talab etiladi. Agarda psixologik maslahat muddatdan oldin, ya’ni kerakli natija olishdan oldin to‘xtatilgan bo‘lsa, bunda psixolog-maslahatchi bu haqida mijozni ogohlantirishi kerak.
4-shart. Mijoz psixolog-maslahatchidan oigan tavsiyalariga to‘la amal qilishi kerak. Aks holda mijozning muammosi hal etilishi qiyin bo‘ladi va maslahatchining tavsiyalari uning uchun harakat qiiishga ko‘rsatma emas, balki faqatgina tilakligicha qoladi.
5-sharí. Psixologik maslahat qulay sharoitlarda o‘tkazilishi kerak. Bu vaziyat qanday bo’lishi kerakligi to‘g‘risida keyinchalik to‘xtalib o‘tamiz. Hozir esa ko‘pchilik hollarda psixologik maslahat maxfiylik holatida 0‘tkaziIishi kerakligini, u psixolog-maslahatchi va mijozni uzoqlashtirishi emas, balki yaqinlashtirishi kerakligini, mijozdagi keskinlikni yo‘qotish psixolog-maslahatchi bilan ochiq-oydin munosabatda bo‘lishga imkon beradigan bolishi kerakligini aytib o‘tamiz.



Download 163.53 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling