I bob pedagog psixologning maslahat faoliyatini tashkil etuvchi shakllar va usullarnining nazariy asoslari
Download 163.53 Kb.
|
Maxamatova Ziyoda kurs ishi
- Bu sahifa navigatsiya:
- Kurs ishining predmeti
- Kurs ishining obyekti
- 1.1 Pedagog psixolog faoliyati xizmatlarini tashkil etish mazmuni Psixologik xizmat AQShda 1800
- Alfred Bine
- 1980 yilda Chexoslavakiyada
- Estoniyada 1975 yilda
Kurs ishining maqsadi: Psixologik maslahat ishlarini tashkil etish masalalariga uni doimiy 0‘tkazadigan xonani tanlash ham kiradi. Agarda psixologik maslahat boshqa xonalardan alohida, boshqa ishlar bilan shug'ullanadigan odamlardan uzoqda b o isa yaxshi va qulay bo‘ladi. Biroq hozirgi sharoitlarda bunga erishish deyarli mumkin emas. Shunda boshqacha tamoyillarga amal qilish kerak bo'ladi. Birinchi navbatda psixologik maslahat o ‘tkazish mumkin boMmagan joyda uni tashkil etishga iloji boricha yo‘l qo‘ymaslik. Masalan, psixologik maslahat ishlarini bir sharoitda olib borish va psixologmaslahatchining mijoz bilan tinch ishlashiga halal beruvchi sharoitlar mavjud korxonalar yaqinida yoki ichida psixologik maslahatni o'tkazish mumkin emas. Psixologik maslahatlarni savdo korxonalari yaqinida va ichida, transport yo‘llari yaqinida umuman, shovqin borjoylarda o‘tkazish umuman mumkin emas.
Kurs ishining predmeti: Taqsimlanishi. Psixologik maslahat unda xizmat qiladigan mutaxassislarning soniga ko‘ra turlicha bo‘lishi mumkin. Nisbatan tor m a’nodagi muammo ustida xususiy amaliyot ishini yurituvchi kichik maslahat xizmatlari mavjud. Turli sohalar bo‘yicha ixtisoslashgan mutaxassis - psixologlarning ko‘pchiligi ish yurituvchi katta maslahat xizmatlari ham bor. Shunday bir holatni tasaw ur ctish mumkin. Bir psixolog mutaxassisning o‘zi turli muammolar yuzasidan barcha ishlarni, hatto yordamchi xodimlarsiz bajaradi. Bu xususiy psixologik xizmat amaliyoti bilan shug‘ullanuvchi mutaxassislardir. Shuningdek, katta bir muassasada o‘nlab yoki undan ham ortiq turli soha bo‘yicha ish yurituvchi psixologlar xizmatining yaxlit bir tashkiloti bo‘lishi ham mumkin. Kurs ishining obyekti:Ta’lim tarbiya jarayoni. Kurs ishining tuzilishi va hajmi: kurs ishiga kirish, 2 bob, 4 paragraf, umumiy xulosa, foydalanilgan adabiyotlar roʼyxatidan iborat. I BOB PEDAGOG PSIXOLOGNING MASLAHAT FAOLIYATINI TASHKIL ETUVCHI SHAKLLAR VA USULLARNINING NAZARIY ASOSLARI1.1 Pedagog psixolog faoliyati xizmatlarini tashkil etish mazmuni Psixologik xizmat AQShda 1800 yillardan boshlab rivojlana boshladi. AQShning birinchi amaliyotchi psixologlari o`z-o`zini tarbiyalash muammosini o`rgangan eksperimental psixologlar edilar. Amerika maktablarida aqliy taraqqiyot koeffitsientini aniqlash keng tarqalib, keyinchalik "Gaydens" xizmatining rivojlanishiga olib keldi. Fransuz maktab psixologiyasining otasi Alfred Bine bo`lib, u bu sohada 1894 yildan ish boshlagan. 1905 yilda Fransiya ta'lim vazirligi Binega umumiy dastur bo`yicha o`qiy olmaydigan bolalarni tekshirish muammosi bilan murojaat qiladi va shu tariqa aqliy taraqqiyotda orqada qolgan bolalarni ajratadigan Bine-Simon testi yaratildi. 1909 yilda Fransiyada maktab psixologik xizmati tashkil etiladi. 1970 yilda Fransiyada psixologik-pedagogik yordam guruhlari psixologik xizmatning asosiy turini tashkil etdi. Bunday guruhlar maktab psixologiyasi bo`yicha bir mutaxassis, ta'lim psixologiyasi bo`yicha bir mutaxassis, psixomotor rivojlanish bo`yicha bir mutaxassisni o`z ichiga oladi. Bunday brigada 800-1000 o`quvchiga xizmat qiladi, bir maktabda joylashib, bir necha maktabga xizmat qilishi mumkin. 1985 yilda Fransiya pedagog-psixologlarining funktsiyalari aniqlab berildi. Pedagog-psixolog shaxsning har tomonlama rivojlanishi uchun qo`lidan kelgan barcha ishlarni qilishi kerak, bunda u bu ishlarga o`qituvchilarni va ota-onalarni ham jalb etishi mumkin. Pedagogik psixolog o`z ishida lozim topsa, maktab va oila tarbiyasiga qarshi chiqishi mumkin, deb maxsus ta'kidlangan. Ko`pchilik Sharqiy Yevropa mamlakatlarida maktab psixologik xizmati tuman yoki viloyat psixologik-pedagogik markazlari shaklida tashkil etilgan. Masalan, 1980 yilda Chexoslavakiyada tarbiya masalalari bo`yicha modda maktab to`g`risidagi qonunga kiritildi. Psixologik xizmatning asosiy mazmuni – sog`lom shaxsning o`sishini ta'minlash, shaxs rivojlanishidagi turli qiyinchiliklarni korreksiya qilish, kasb tanlash muammolaridir.Chexoslavakiyadagi psixolog maslahatchining asosiy funktsiyasi psixodiagnostik faoliyatdan iboratdir. Sobiq sovet psixologiyasida bolalar tarbiyasi va ta'limida psixologiyadan foydalanish borasida urinishlar pedologiya doirasida vujudga keldi. Pedologiya rivojlanayotgan va o`sayotgan shaxsning barcha biologik va ijtimoiy xususiyatlarini qamrab oluvchi fandir. 1936 yilda pedologik qarashlarni to`xtatish haqida qaror qabul qilindi, shu bilan birga rus psixologlari amalga oshirayotgan bola psixologiyasidagi ijobiy izlanishlar ham to`xtab qoldi. Faqat 60 yillarning oxiriga kelib, psixologlarning maktab ishida amaliy ishtirok etishi qayta tiklandi. Sobiq Sovet Ittifoqida birinchi bo`lib Estoniyada 1975 yilda maktabda psixologik xizmat tashkil etildi (rahbari X.I.Liymets, Yu.L.Sierd bo`lib, tarbiyasi qiyin o`smirlar uchun maxsus maktablarda ish olib bordilar). Rossiyada 1982 yilda maktablarda psixolog shtati ochildi. Rossiyada I.V.Dubrovina psixologik xizmatning rivojlanishiga ulkan ulush qo`shgan, u ushbu mavzuda doktorlik dissertasiyasini yoqlagan va bir qancha asarlar muallifidir.1984 yilda Moskvada sobiq sovet ittifoqida psixologiya institutida "SSSRda psixologik xizmat muammolari bo`yicha I umumittifoq anjumani bo`lib o`tdi. Anjumanda maktabda psixologik xizmat sektsiyasi ham ish olib bordi. Download 163.53 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling