I bob. Psixik hodisalar, holatlar, jarayonlar haqida tushuncha
Download 305.5 Kb.
|
Diqqat va xotira1
- Bu sahifa navigatsiya:
- II BOB. DIQQAT VA XOTIRA JARAYONLARINING UMUMIY QONUNIYATLARI .
- XULOSA…………………………………………………………………………38 FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR………………………………………..40 KIRISH
Diqqat va xotira Mundarija: KIRISH…………………………………………………………………………….2 I BOB. PSIXIK HODISALAR, HOLATLAR, JARAYONLAR HAQIDA TUSHUNCHA. 1.1 Psixik hodisalar, holatlar, jarayonlar haqida tushuncha………………………..6 1.2 Birinchi signal sistemasi bilan diqqatning bog’liqligi………………………….9 1.3 Bilish jarayonlarini o’ziga hos tomonlari……………………………………14 II BOB. DIQQAT VA XOTIRA JARAYONLARINING UMUMIY QONUNIYATLARI . 2.1 Diqqatning mohiyati, diqqatning fiziologik asoslari va psixologik nazariyalari………………………………………………………………………..17 2.2 Diqqatning vazifalari va turlari, diqqatning xossalari, diqqatning xossalari….23 2.3 Xotira haqida tushuncha va uning nerv fiziologik asoslari va xotiraning psixologik nazariyalari………………………………………………...31 XULOSA…………………………………………………………………………38 FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR………………………………………..40 KIRISH Ma’lumki, odamlar bir-birlaridan ko`p jihatlari bilan farq qiladilar. Masalan, ayrimlar ko`rgan-kechirganlarini juda yaxshi esda olib qolib, kerak vaqtda aniq esga tushira oladilar. Ba’zilar ko`zi bilan ko`rgan har qanday ob’ektni mayda detallarigacha bayon etish qobiliyatiga ega. Yana birlari eshitgan narsalari xususida aniqroq fikrlaydi, kimdir sodda, ravon tilga o`z his-kechinmalarini ayta olsa, boshqalar — har bir hikoyaga albatta, fantaziya elementlarini qo`shishga moyil bo`ladilar. Demak, odamlarning tashqi olamdan oladigan taasurotlari va ularni ongda tartiblashtirish qobiliyatlari har xil bo`larkan. Ikkinchi tomondan, shunday kasb-korlar borki, u shaxsdagi u yoki bu sifatlarning mukammalashib borishiga imkon beradi. Masalan, yirik avtomatik boshqaruv tizimlarida ishlaydigan operator o`z diqqatini har qanday mayda o`zgarishlarga ham qaratishga o`rgansa, konstruktor mavhum matematik hisob-kitoblarga usta bo`lib boradi. Iqtisodchi-moliyachi pulning har bir tiyinidan foyda olishga o`rgansa, shoir tabiatan barcha xodisa va voqealarni badiiy bo`yoqlarda, o`ziga xos idrok qilishga moyilligi oshadi. Demak, odamning tashqi olam xossa va xususiyatlarini ongida aks ettirishi uning iqtidori o`sishi va professional malakalari rivojlanganligiga bog`liq tarzda kechadi. Shuning uchun har ongning muhim aks ettirish shakllari bo`lmish bilish jarayonlari — idrok, sezgilar, xotira, diqqat, tafakkur, iroda va hissiyotlarning inson hayoti va professional o`sishidagi roliga to`xtab o`tamiz. Bu jarayonlar insonga juda yaqin va tanish. Chunki har birimiz ongimiz borligini, atrofdagi narsalar va xodisalarning ayrim alohida hamda yaxlit xususiyatlarini bilamiz. Bu narsa va xodisalar bizda har bir alohida sharoitda o`ziga xos hissiy-kechinmalarni keltirib chiqarishini ham bilamiz. Masalan, qorningiz och qolganda, yemishga bo`lgan talabingizni haqiqatan bor yoki yo`qligini birovlardan so`ramaysiz-ku? Yoki kitob mutoala qilayotgan shaxs shu kitobni rost bilan ham o`zi o`qiyotganligini boshqalardan so`ramaydi. Bunday ishlar o`z-o`zidan tabiiy jarayonlarday kechaveradi. Faqat imtihon paytida kecha kechasi bilan mutoaala qilib, o`rganib chiqqan materialni nega hozir domla oldida eslay olmayotganligingiz sizni ko`proq qiziqtiradi va siz «Xotiram ustida ishlashim kerak» degan xulosaga kelasiz. Download 305.5 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling