I bob. Qadimgi xitoy madaniyati


Qadimgi ilk Xitoy yozuvi va sheriyati


Download 55.18 Kb.
bet3/8
Sana18.06.2023
Hajmi55.18 Kb.
#1557529
1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
qadimgi xitoy madaniyati

1.2. Qadimgi ilk Xitoy yozuvi va sheriyati.
Ilk Xitoy yozuvining eng qadimgi yodgorliklari er. avv. XIV—XI asrlarga oid fol ko‘rish yozuvlaridir. In yozuvlarining ko‘pchilik qismi buyumlar tasviridir. In belgilari buyumlar tasviri yoki murakkab tushunchalami ifodalaydigan ko'pgina tasvirlar qo‘shilmasi ideogramma ko‘rinishidadir. In belgilarining hoziigi Xitoy iyerogliflaridan 3 xil farqli tomoni bor. Birinchidan, har bir elementar belgi qandaydir buyumning konturini tasvirlagan, ikkinchidan, bir belgilini yozilishida ko‘p xilma-xillik mavjud. Uchinchidan, belgini qatoming nisbiy yo'nalishiga tomon harakati hali barqaror boimagan. In yozuvining
er. aw. I ming yillikda Chjoular tomonidan o‘zlashtirilishi, uning taraqqiyotini
uzib qo'ymadi.
Er.aw. II—I ming yilliklarda iyerogliflaming mahalliy variantlari unifikatsiya qilindi, belgilarni yozishning yangi husnixati paydo bo‘ldi.Qadimgi Xitoyda odatda yupqa yog'och yoki bambuk taxtachalariga
yozilgan. Tushli mo'yqalam bilan yozuv ana shu taxtachalarga tushirilgan va yozuvlar metall pichoq bilan tozalangan.1
Eramizdan avvalgi I ming yillikning o'rtalarida ipak matoga ham yozilgan. Yangi era boshida qog‘oz kashf qilinib ishlatila boshlandi va qog‘oz boshqa materiallarni siqib chiqardi.
Eng qadimgi Xitoy she’riyati namunalari eramizdan avvalgi XI—VI asrlarda jez ko‘zalardagi yozuvlar yetib kelgan. “Shiszin” (“qo‘shiqlar kitobi”) — qadimgi Xitoy adabiyotining haqiqiy xazinasidir. Bu yodgorlik 4 bo'limga bo'Iingan (“Podsholik axloqi”, “Kichik odalar”, “Buyuk odalar”, “Madhiyalar”) 305 poetik asarlar majmuasidan iborat. “Shiszin” an’analari eramizdan avvalgi IV asrda poetik asarlar mualliflari tomonidan o'zlashtirib olindi. Bizgacha bu asarlar do‘mbira shaklini eslatadigan tosh uyumlarda yetib kelgan, shu sababli, ular “Tosh do‘mbiralar”dagi matnlar deb ataladi.
Eramizdan avvalgi IV asrda mashhur Syu Yuan, Xan davrida Sima Syan-Ju kabi shoirlar ijod qilgan. Musiqa, poeziya va raqs kabi san’at janrlari Xitoyda yuqori darajada shakllangan. Musiqa asboblari uch asosiy guruhga: torli, tovush va urib chalinadigan asboblarga bo'lingan. Ko‘pgina musiqa asboblari eramizning birinchi, ikkinchi asrlarida O'rta Osiyodan o'zlashtirib olingan.
Xitoy me’morchilik san’atida yog'och asosiy xomashyo edi. Xan davrining noyob me’morchilik yodgorligi imperiya poytaxti Chanyan shahri 12 darvozali devor bilan o‘rab olingan.
Baland ko‘p xonali imperator saroyi, ma’muriy binolar va ibodatxonalarn shaharning ko'rki edi. Ma’muriy binolar sariq rangda, imperator saroylari qizil rangda bo'yalgan. Xan davrida portret san’ati yuksak darajada bo'lgan, saroylar portret freskalari bilan bezatilgan.2


Download 55.18 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling