I bob. Qadimgi xitoy madaniyati
Download 55.18 Kb.
|
qadimgi xitoy madaniyati
- Bu sahifa navigatsiya:
- Shan-Yan islohoti va uning oqihatlari.
- Sin podsholigining kuchayishi.
- “Sin Shi Xuandi”
2.3.Sin podsholigi
Xitoyda Sin podsholigining tashkil topishi. "Adovatlashuveni podsholiklar davrida olib .borilgan umshlar xo'jalikning hamma sohalariga katta zarar, mamlakat aholisi, xususan mehnatkashlar boshiga og'ir kulfatlar keltirgan. Mamlakatdagi o'zaro urushlar va tushkunlikdan Xitoy atrofida yashagan ko'chmanchi qabilalar foydalanganlar. Bu davrda Xitoy shimolida yashovchi qabilalarining talonchilik urushlari kuchaygan. M. avv. IV asrning birinchi yarmida Xitoyni yagona bir davlatga birlashtirish g'oyasi tug'ilgan. Xitoydagi Chu va Sin podsholiklari yagona davlat tuzish uchun kurasb boshlaganlar. Bu kurashda Sin podsholigi g‘olib chiqqan. Sin podsholigi Xuanxe daryosining irmoqlaridan biri Vey daryosi havzasida joylashgan boiib, podsholikning poytaxti Sanyan shahri Vey daryosining chap sohilida joylashgan edi. M. av. IV asr o'rtalariga kelib, podsho Sao-chun davrida (M.avv. 361-338-yillar) Sin podsholigi birmuncha kuchayadi. Shan-Yan islohoti va uning oqihatlari. Podsho Sao-chun o‘z amaldori Shan-Yanga xo'jalik va mamlakatni boshqarish sohasida islohotlar loyihasini ishlab chiqishini topshiradi. Shan-Yan bu islohot loyihasini ishlab chiqadi. Islohotga ko'ra, yerni istagancha xususiy mulk qilib olish mumkin. Yerni erkin sotish va sotib olishga ruxsat berilgan. Ilgari hosildan olinadigan soliq yer solig'i bilan almashtirilgan. Davlatni boshqarishda ham qator ishlar qilingan. Butun podsholik 36 viloyatga bo'linib, uni podsho tayin etgan amaldorlar idora qilganlar. Eski amaldorlar ishlaridan chetlashtirilgan va mamlakatda kuchli nazorat o'rnatilgan. Podsholik maktab va maorif ishlariga ham katta e’tibor berib bu sohada ham islohotlar o tkazilgan. Sin qo‘shinlari qayta tuzilib mustahkamlangan. Islohot natijalari podsho hokimivatini ancha kuchaytirgan. Ammo Shan-Yan islohoti eski zodagon, xalq ommasi, konfutsiychi oqim namoyandalari va qullarning qarshiligiga uchragan. Podsho Sao-Chun vafotidan keyin islohotchi Shan-Yan qatl etilgan. Sin podsholigining kuchayishi. M.avv. 246-yili Sin podsholigi taxtiga 13 yoshli In Chjen (m.avv. 246-210) o'tiradi. U qo'shni podsholiklarni o‘z davlatiga qo'shib olish uchun katta tayyorgarlik ko‘radi. Qo‘shin saflarini raustahkamlagach, m.av. 230-yili Xan podsholigi qo‘shinlariga qat'iy zarba berib uni bosib oladi. M. avv. 228-221-yillar orasida olib borilgan shiddatli. g'olibona urushlar natijasida Sharqiy Xitoydagi Chjao, Vey, Chu, Si, Yan podsholiklarining qo'shinlari tor-mor etiladi. M.avv. 221-vili yuqorida nomlari keltirilgan davlatlar Sin podsholigiga qo‘shib olingach, Sharqiy Xitoyni birlashtirish jarayoni ham nihoyasiga yetadi. Shu tariqa Xitoyda Sin saltanati qaror topadi. In Chjen saltanat taxtiga o'tirar ekan, o'zini “Sin Shi Xuandi” - Sin saltanatining birinchi podshosi deb e’lon qiladi. In Chjen shimolda xunnlar bilan zafarli urushlar olib borib, ularni Xitoy chegaralaridan nariga chekintirgan. Sin qo'shinlari Yanszi daryosi quyi qismining janubidagi Yuz podsholigi bilan g'olibona urushlar olib borib, uni ham Sin ga itoat ettirgan. Sin Shi Xuandi mamlakatni birlashtirgach, podsholikni islohotchi Shan-Yan tuzgan qonun-qoidalarga amal qilib idora etgan. U mamlakatni 36 viloyatga bo'lib, ularni boshqarishni o‘z amaldorlari zimmasiga yuklagan. Eski zodagon-aslzodalar esa davlat ishidan chetlatilgan. Chunki ular eskilikning jonkuyar tarafdorlari, yangilikning ashaddiy dushmani edi. Sin Shi Xuandi buyrug'i bilan yangilikning dushmani hisoblangan 460 konfutsiychi olim tiriklayin yerga ko'mdirilgan. Boshqa tartiblar hukm surgan zamonni eslatadigan yoki maqtab yozilgan asarlar, solnomalar kuydirilgan. Bularning barchasi keng xalq ommasi orasida Sin Shi Xuandiga nisbatan nafrat uyg'otgan. Download 55.18 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling