I bob. Raqamli axborot texnologiyalari fanini o’qitishning nazariy asoslari


Download 38.17 Kb.
bet3/4
Sana26.03.2023
Hajmi38.17 Kb.
#1296467
1   2   3   4
Bog'liq
I BOB Ziyodilla

Foydalanilgan adabiyotlar
1. Khodjamkulov, U., Botirova, S., Shofkorov, A., & Abdirimova, I. (2020). Bases of Organizing Cooperation between Educational Institutions through Clusters (on the Example of the Education System of Uzbekistan). Journal of Critical Reviews, 7(12), 166-169.
2. Khodjamkulov, U., Makhmudov, K., & Shofkorov, A. (2020). The Issue of Spiritual and Patriotic Education of Young Generation in the Scientific, Political and Literary Heritage of Central Asian Thinkers. International Journal of Psychosocial Rehabilitation, 24(05), 6694-6701.
3. Султанова, С. М., Нурматова, И., Орзигул, Х. (2021). Совершенствование финансового анализа в информационной системе бухгалтерского учета АО “Узбекистон Темир Йуллари”. “Ўзбекистон транспорт тизимида рақамли ва инновацион технологияларни иқтисодий самарадорлигини баҳолашнинг долзарб масалалари”, 2(1), 137-142.

    1. Raqamli axborot texnologiyalari fanini o’qitishda zamonaviy texnik vositalardan foydalanish.

Oliy ta'lim muasasalarida raqamli axborot texnologiyalar fanini smart texnologiyalar asosida oʻqitish.
Kirish qismiga Axborot kommunikatsiya texnologiyalari (AKT) jamiyatning har bir jabhasiga kirib borar ekan, hayotimizni ularsiz tasavvur etish qiyin. Shu sababli jamiyatning har bir a’zosi AKTlardan toʻgʻri va samarali foydalanish koʻnikmalariga ega boʻlishi zarur. Ta'lim bozorining globallashuvi munosabati bilan milliy ta'lim tizimida yangi talablar toʻplami shakllanmoqda. Masalaning dolzarbligini hukumatning bu sohaga berayotgan bevosita e’tibori ham koʻrsatadi. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining PQ-4851 06.10.2020 sonli “Axborot texnologiyalari sohasida ta’lim tizimini yanada takomillashtirish, ilmiy tadqiqotlarni rivojlantirish va ularni IT-industriya bilan integratsiya qilish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi Qarori doirasida Axborot texnologiyalarining oʻqitilishini sifat jihatidan yangi bosqichga koʻtarish, mehnat bozorining malakali IT-mutaxassislarga boʻlgan talabini qoniqtirish, shuningdek, 2017 — 2021-yillarda Oʻzbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yoʻnalishi boʻyicha Harakatlar strategiyasini “Ilm, ma’rifat va raqamli iqtisodiyotni rivojlantirish yili”da amalga oshirishga oid davlat dasturida belgilangan vazifalar ijrosini ta’minlash ustuvor vazifalardan biri etib belgilandi [1].
Ta'lim bozorining globallashuvi munosabati bilan milliy ta'lim tizimida yangi talablar toʻplami shakllanmoqda. Asosiy talablardan biri bu raqobatbardosh va tez oʻzgaruvchan ta'lim bozorida ishlash qobiliyati. Yetakchi biznes-modellar va
innovatsiyalar kelgusi yillarda universitetlarning asosiy raqobat ustunligiga aylanadi. Shu bilan birga, IT ning oʻrni oshadi, chunki ilgʻor IT yechimlari universitetning strategik maqsadlarini amalga oshirish va boshqaruv va oʻquv jarayonidagi innovatsion oʻzgarishlarni tezlashtirishning asosiy omili sifatida yuzaga chiqadi [2]. Shu sababli oliy ta’lim muassasalarida axborot texnologiyalari kurslarini samarali va jahon andozalari asosida tashkil etish muhim ahamiyatga ega. Mazkur kursni tashkil etishda oʻqitishning eng samarali usullaridan hisoblangan SMART texnologiyalaridan foydalanish ijobiy natijalarga olib keladi. Chunki SMART oʻqitish orqali oʻqitish bevosita kompyuter asri yutuqlari asosida tashkil etiladigan ta’lim texnologiyasidir.
Tadqiqotimiz davomida biz bir qator olimlarning OTMlarda raqamli axborot texnologiyalari fanini oʻqitish texnologiyalari, boshqalarining SMART texnologiyalari asosida ta’lim jarayonini tashkil etishga bagʻishlangan tadqiqotlari bilan tanishib chiqdik. Misol uchun, N.A.Dneprovskaya bergan ta’rifga koʻra, smart ta'lim koʻp miqdordagi manbalar, multimediyaning (audio, video, grafik) maksimal xilma-xilligini, tinglovchilarning talab va ehtiyojlariga tez va oson moslashish imkoniyatini nazarda tutadi [4]. Z.K. Bekturiva va N.N. Vagapovalar esa uni quyidagicha izohlaydilar: “Bu mutlaqo yangi ta'lim muhiti boʻlib, unda ta'lim faoliyati Internetda umumiy standartlar, texnologiyalar va ta'lim muassasalari tarmogʻi oʻrtasida tuzilgan shartnomalar asosida olib boriladi va umumiy tarkibdan foydalaniladi. Bu turdagi ta'limning oʻziga xos xususiyati - yashash joyidan va moliyaviy ahvolidan qat'i nazar, aholining barcha qatlamlari uchun qulaylik, ya'ni "hamma joyda" ta'lim olish imkoniyatidir” [5]. Oʻquv fanlari boʻyicha elektron oʻquv vositalarining yaratilishi mazkur fanlarni oʻqitishda zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalaridan foydalanish imkoniyatini yanada kengaytiradi.
Hozirgi kunda, dars jarayonida, Microsoft Power Point yoki Macromedia Flash dasturlari orqali yaratilgan taqdimotlarni multimedia vositalaridan foydalangan holda qoʻllash oddatiy holga aylanib bormoqda. Ammo, ayni damda ta’lim sohasiga shunday interfaol texnologiyalar kirib kelmoqdaki, ular slayd-shou turkumidagi taqdimotlarni siqib chiqarmoqda. Bunday “aqlli” texnologiyalardan biri Smart Boards axborotni talabalarga interfaol taxta — Smart Boards, interaktiv display — Sympodium yordamida uzatish, ma’ruzachiga dars jarayonining oʻzida taqdimotlar yaratish imkonini beradi. Interfaol Smart Boards taxtalariga maxsus markerlar yordamida yozish, oʻquv materiallarini namoyish etish, ekrandagi tasvir ustidan yozma sharhlar berish mumkin. Bunday interfaol smart taxtalar imkoniyatlaridan maksimal foydalanish uchun maxsus dasturiy ta’minotlar (Smart Notebook, Bridgit, Synhron Eyes) ishlab chiqilgan va ulardan har birining oʻz imkoniyatlari mavjud [9].
Oxirgi yillarda, dunyo miqyosida elektron va Smart texnologiyalaridan foydalanishga boʻlgan talab keskin ortdi. Natijada dunyoning deyarli barcha mamlakatlari, jumladan Oʻzbekiston ta’lim tizimida ham oʻqitishning bu yangi texnologiyasidan samarali foydalanib kelinmoqda. Interaktiv qurilmalar va ulardan unumli foydalanish texnoloyiyalari oʻqituvchi va murabbiylarga video, audio manbaalardan foydalanish, slaydlar namoyish etish, turli xil sxemalar chizish, electron ovoz berish orqali dars jarayonini samarali tashkil etishga yordam bersa, talabalar uchun diqqatni jamlash, ma’lumotni tez va oson oʻzlashtirish, muhokama va munozaralarda faol qatnashish orqali bilim olish imkoniyatini beradi.
Foydalanilgan adabiyotlar
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining PQ-4851 06.10.2020 sonli “Axborot texnologiyalari sohasida ta’lim tizimini yanada takomillashtirish, ilmiy tadqiqotlarni rivojlantirish va ularni IT-industriya bilan integratsiya qilish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi Qarori. https://lex.uz/ru/docs/-5032128
2. Kryukov V., Shakhgeldyan K., Information Technology at University: Strategy,
Trends, and Experience. file:///C:/Users/User/Downloads/%D0%9A%D1%80%D1%8E%D0%BA%D0%BE%D0%B2__%D0%A8%D0%B0%D1%85%D0%B3%D0%B5%D0%BB%D1%8C% D0%B4%D1%8F%D0%BD.pdf
3. “Informatika va axborot kommunikatsiya texnologiyalari ta’limini modernizasiyalash istiqbollari” Respublika ilmiy-amaliy konferensiyasi materiallari toʻplami. NDPU Navoiy, 2018-yil, II qism.
4. Дмитриевская Н.А. Смарт образование. – Режим доступа: http://www.myshared. ru/slide /72152/
5. Makhmudova D.M. Electronic educational resources as a new component of a traditional educational process // Academia Open Vol 1 No 1 (2019): June Education https://press.umsida.ac.id/index.php/acopen/article/view/12/15
6. Тихомиров В.П., Днепровская Н.В. Смарт-образование как основная парадигма развития информационного общества.
7. Otamuratov O. T., International Scientific Journal “Internauka” http://www.inter-nauka.com/
8. Aripova U. “Smart ta’lim texnologiyasi”. infoCOM.UZ, 4 (2017) http://uz.infocom.uz/2017/04/29/smart-talim-texnologiyasi/
9. Muxammadiev J. Oʻ. Axborot Texnonlogiyalari// Oʻquv Qoʻllanma. Toshkent. OzMU, 2019.



    1. Download 38.17 Kb.

      Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling