I bob. Rоbоt kоmplеkslаridа ishlоv bеrish uchun dеtаllаrni tаnlаsh аsоslаri


Download 383.82 Kb.
bet3/15
Sana02.06.2024
Hajmi383.82 Kb.
#1837988
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   15
Bog'liq
DETALLARNI QUYISH USULI BILAN TAYYORLASH UCHUN ROBOTOTEXNIK KOMPLEKSLAR

Ishchi organining pozitsiyalashtirish xatoligi – ishchi organ pozitsiyasining boshqarish programmasi tomonidan berilgan holatiga nisbatan chetlanishi.
Sanoat robotining pozitsiyalashtirilgan boshqarilishi – robot ijro qurilmasining harakatini vaqt bo‘yicha ishchi fazo nuqtalarining oralarida nazorat qilmagan holda ishchi nuqtalarining tartiblangan chekli ketma-ketligi orqali programmalashtiruvchi programmaviy boshqarish turi.
Sanoat robotini konturli boshqarish - robotlarning sinalayotgan qurilmalari harakatini ishchi fazoda tezlik bo‘yicha uzluksiz nazorat qilgan holda traektoriya shaklida programmalashtiruvchi boshqarishning programmaviy turi.
Sanoat robotini adaptiv boshqarish – boshqarish algoritmini bevosita boshqarish jarayonida tashqi muhit va robot holatlari funksiyasiga bog‘liq holda o‘zgartirib turadigan boshqarish turi.
Sanoat robotlarini guruhlab boshqarish – odatda EhM asosida boshqarishning umumiy sistemasiga birlashtirilgan bir nechta robotlarni boshqarish jarayoni.
Sanoat robotlarini programmalash (dasturlash) – sanoat robotini boshqaruvchi programmani tuzish, uni boshqarish qurilmasiga kiritish (joylash) hamda sozlash jarayoni.
Robototexnik tizimlar va komplekslarga quyidagi talablar qo‘yiladi:

  1. RTKlarni joylashtirishni rejalashtirish asosiy va yordamchi uskuna va jihozlarga hamda RTK boshqarish organlariga xizmat ko‘rsatuvchi shaxslarning bemalol, qulay va xavfsiz yaqinlashishini ta’minlashi kerak.

  2. Joylashtirishni rejalashtirish SRning dastur bo‘yicha ishlash jarayonida SRbilan operator harakat yo‘llarining kesishib o‘tish hollarini chiqarib tashlashi, ularga yo‘l qo‘ymasligi kerak.

  3. RTKlar odamning sanoat roboti harakat doirasiga kirib qolishi ehtimolidan qutqaruvchi himoya vositalari, yorug‘lik vositalari holida to‘siqlar bilan ta’minlangan bo‘lishi kerak.

  4. RTKlarni himoyalash vositalarining o‘rnatilishi: 1) asosiy uskuna- jihozlar hamda SRning texnologik imkoniyatlarini

chegaralamasligi, 2) ularga xizmat ko‘rsatish qulayligini yomonlashtirmasligi kerak.

  1. RTKlarning boshqarish vositalarini o‘rnatish SRlarining falokatli hollarda o‘chirish organlariga bemalol va tezkorlik bilan yaqinlashish imkoniyatini hamda sozlash rejimida SRni boshqarishda operator xavfsizligini ta’minlashi zarur.

  2. RTKlarni joylashtirishni rejalashtirish SRning dastur bo‘yicha ishlash jarayonida operatorning SRish doirasidan tashqarida bemalol harakat qilishini ta’minlashi zarur [7].

Download 383.82 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   15




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling