I bob: Roman janri va o’zbek romanchiligiga xos xususiyatlar


I.BOB: Roman janri va o’zbek romanchiligiga xos xususiyatlar


Download 50.96 Kb.
bet2/6
Sana26.01.2023
Hajmi50.96 Kb.
#1123674
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
O\'ZBEK ROMANLARIDA EKSPOZITSIYANING O\'RNI

I.BOB: Roman janri va o’zbek romanchiligiga xos xususiyatlar.
1.1.Romanga xos tafakkur – bu xayot falsafasi demakdir

Romanga xos tafakkur eng avvalo hayotni, voqelikni bir butunligicha, yaxlitligicha, butun ziddiyatlari, manfiy va musbat tomonlari bilan, shaxs va jamiyatni, shaxs va tarixni o’zaro aloqada, birlikda idrok etish va badiiy tushuntirishda namoyon bo’ladi; asarda ko’tarilgan masalada xalq, shaxs, jamiyat, umuminsoniy va manfaati nuqtai nazaridan yondashish va chuqur falsafiy yo’nalishga badiiy tadqiq etishda zamonaviy katta haqiqatni yetakchi jamiyat holatini, zamonaning o’tkir problemalarini, insonning ruhiy izlanishlarini teran tahlil qilishda, yozuvchining hayotga, voqelikka va insonga yangicha qarash, uning o’z konsepsiyasiga ega bo’lishi, g’oyaviy pozitsiyasining aniq va mustahkamligida ko’rinadi. Ulug’ tanqidchi V.G.Belinskiy romanning vazifasi ”ijtimoiyat manzarasini tasvirlash, ijtimoiy hayotni poetik tahlil qilishdir”, deb bejiz aytmagan edi. Gegel esa romanda “manfaatlar, holatlar, harakterlar, hayotiy munosabatlarning boyligi va rang – barangligi, yaxlit dunyoning keng manzarasi to’la namoyon bo’ladi”, deydi. M. Baxtin esa “roman boshidan zamonni xis etish, zaminida shakllandi”, deydi. Mashhur bolgar olimi P.Zarev “Romanni birinchi va eng asosiy vazifasini – jamiyatni tadqiq etish va anglashdir”, deydi. Ayniqsa adabiyotshunoslarimizning quyidagi mulohazasi romanga xos tafakkurdagi bosh belgini uqtirish jihatidan qimmatlidir:


“Romanga xos tafakkur – bu xayot falsafasi demakdir”, deb fikr yuritishadi. U insonning hayot mamotini falsafasidir. Ya’ni ijtimoiy xodisalar to’g’risida, inson tabiati, uning jamiyatdagi o’rni, uning xatti – harakati to’g’risida fikr – mulohaza qilishidir”.
Nazarimizda, mazkur mulohazalardan romanga xos tafakkurning yetakchi belgilari ravshan namoyon bo’lib turibdi.
Albatta, o’zbek, tojik, turkman, qozoq, qirg’iz, qoraqalpoq romanlarning tug’ilishida boshqa muhim omillar xam katta rol o’ynaydi: bu ayniqsa o’zbek, tojik xalqlarining boy, rivojlangan yozma adabiyotining, jahonga yoyilgan dostonchiligi (“Xamsa” va “Shohnoma” tipidagi asarlari) proza namunalari (“Boburnoma” yoki A. Donish prozasi) hamda xalq ijodi – nasriy va she’riy ertaklar, dostonlar, (“Alpomish” yoki xalq kitoblari “Manas” kabi qahramonlik dostonlari)ning mavjudligi edi. Jomiyning “Xaft avrang” yoki Navoiyning “Xamsa”siga kirgan dostonlar Sharqning o’ziga xos she’riy romanlaridir. Malayziya adabiyotining tadqiqotchisi B.B.Parnikel bu xalq romanchiligi negizini tekshirar ekan, ularga hikoyat janrida romanga xos fazilatlar borligini aytadi va bu janrda yozilgan asarlarni o’zbek qahramonona – romantik eposiga mos kelishini ta’kidlaydi. Qizig’i shundaki, qadimgi yunon romanlaridan bo’lmish “Aleksandr haqida roman” (eramizdan avvalgi II – I asrlar) butun Sharqga tarqalgan va Nizomiy, Navoiy, Jomiylar o’z “Xamsa” va “Xaft avrang” larida Iskandarga bir doston bag’ishlaydilar. Arab prozasi (“Ming bir kecha” va boshqalar) ayniqsa, o’n to’qqizta tarixiy roman muallifi Jo’rjiy Zaydon romanlari Sharqning badiiy fikrlashi, estetik tafakkurining rivojiga muhim rol o’ynaydi.
Avvalo shuni aytish kerakki, A. Qodiriy romanlariga o’zbek adabiyoti yoki O’rta Osiyo va Qozog’iston romanchiligi doirasidagina emas balki ko’p millatli jahon romanchligi doirasida baho berish to’g’ri bo’ladi. Dunyoda beshta ya’ni fransuz, rus, ingliz, nemis va xind romanchiligi maktabi bor. Endi oltinchisi ya’ni o’zbek romanchiligi maktabini Abdulla Qodiriy yaratib berdi” degan edi E.Bertels.
Gap A. Qodiriy romanining Sharqiy regionda avval yozilishidagina emas, balki o’zining g’oyaviy-badiiy darajasi jihatidan romanchilikka yangi sahifani boshlab berishidadir. Uning ko’p mavzulari, jumladan qator chet tillarga tarjima qilinishining boisi ham shunda “O’tkan kunlar” da tom ma’nodagi roman janriga xos fikrlash tarzi to’la va yorqin namoyon qilib tasvirlandi. Ya’ni Abdulla Qodiriy voqelikni, hayotni, ijtimoiy jamiyatni keng ko’lami va muhim ziddiyatlari bilan yaxlitligicha idrok etdi, insonning murakkab olamini psixologiyasini, xarakterini murakkabligi bilan tasvirladi, inson va jamiyatning o’rtasidagi o’zaro birligini, o’zaro ta’sirini chuqur tahlil etdi. Kitobxonga hayotni, insonni, ilg’or va reaksion kuchlarni ko’rishga ko’maklashdi, davrning ijtimoiy-siyosiy va axloqiy konfliktlarini tahlil etdi, tarixiy jarayon, insonlar ruhiyati va ularning erk uchun, insoniylik uchun kurashi epik voqea, harakat orqali badiiy sintez qilindi. Shaxslar taqdiri jamiyat taqdiri ifodasi darajasiga olib chiqildi. Yozuvchi “tariximizning eng kir, qora kunlari” manzarasini va Sharqdagi keng tarqalgan mana shu “xalq romanlari, she’riy romanlar, xikoyalar va boshqa har xil tipdagi epik asarlarga razm solinsa, ulardan hozirgi zamon romanchiligiga, ayniqsa A.Qodiriy romanlariga ham kirib kelgan hayotbaxsh an’analrni ko’rish mumkin: ularga konkret tarixiy voqealar fantastika bilan qo’shib olib boriladi, qahramon ko’p sinovlardan o’tadi, sarguzasht syujet xokim bo’ladi, sevishganlar bir-biridan judo bo’lishadi, boshlaridan ko’p voqelarni o’tkazishadi, har xil tabiiy va afsonaviy kuchlar – to’siqlarga duch kelishadi, makr –hiyla, xullas kishini qiziqtiruvchi ajoyib-g’aroyib voqealar sodir bo’ladi. Bularda xikoya ichida xikoya qilish usuli ko’p uchraydi. Xalq romanlarida jonli, so’zlashuv tilining ta’siri kuchli, o’tkir dialoglar qo’llanadi. Oybekning tarixiy roman va umuman romanga xos tafakkur to’g’risidagi bu fikr-mulohazalar shunchaki uning estetik qarashlari sifatida qolib ketmadi. U amalgashu estetik prinsiplaridan kelib, “Qutlug’ qon” va “Navoiy” romanlarini, boshqa asarlarini yaratdi. Zotan, Oybek mazkur mushohadalarni o’rtaga tashlagan choqlarida Navoiy to’g’risida ilmiy izlanishlar va badiiy tarjimalar qilayotgan edi, ko’p o’tmay birinchi yirik asari “Qutlug’ qon” romanini yozdi.
“Qutlug’ qon” romani asosiga xalqning, millatning taqdirini qo’ydi, jamiyat va shaxsning holati, ularning o’zaro munosabati, xalqning ruhiy-ma’naviy izlanishlari, hayoti, turmushi, konkretroq aytganda shu jamiyatda yashayotgan hamma tabaqa-hukmdorlar, ruhoniylardan tortib ishchilar, kosiblar, dehqonlargacha hammasining kimligi, ahvoli, orzu-ideallari va shu yo’ldagi intilishlari, kurashlari, mag’lubiyatlari va g’alabalari falsafiy idrok etiladi. Xalq taqdiri roman voqeasini, syujet chizig’ini va maqsad-g’oyasini belgilaydi. Xalqning, davrning bir parchasi bo’lmish personajlar yo’lining tasviri orqali katta tarixning manzarasini, yo’nalishini ochiladi. Romanga xos tafakkur esa o’z ichiga juda muhim narsani oladi, ijodkor oldiga katta talabni qo’yadi. Ya’ni u yozuvchidan hayotni yaxlit, bir butunligicha, demak butun ijobiy jihatlari, salbiy barcha ziddiyatlari, murakkabliklari bilan idrok etishni, voqelikni muhim va o’tkir ijtimoiy mazmunini teran badiiy tadqiq qilishni, kishilik jamiyatni oldida turgan murakkab yechilmagan muammolarni hal etishga va uning gumanistik intilishlariga ko’maklashish, ma’naviy izlanishlariga yordamlashishi kerak. Hayotning, voqelikning yangi qirrasini, yangi qatlamini, yangi qahramon, yangi xarakterni, yangi tipni kashf etishi lozim. Xuddi shularni ifodalashga, gavdalantirishga, qodir shakl, janr badiiy tasvirlash vositalarini topishi bularning yangi imkoniyatlarini ochishi lozim. Inson - tabiat va jamiyat farzandi. Shu boisdan ham ko’p millatlarda bo’lgani kabi, O’rta Osiyo va Qozog’iston romanlarida ham inson va u faoliyat ko’rsatayotgan olam va uning ishlari, insonning jamiyatga va tabiatga munosabati kabi qator masalalar inson badiiy konsepsiyasini yaratish jarayonida markaziy o’rinlarda turadi. Adabiyotshunoslarning ta’biri bilan aytganda “roman insonning olamdagi o’rnini ancha chuqur va to’laqonli ochib berishga imkon beradigan badiiy formadir”.
Badiiy ijod saboqlaridan ma’lumki, faqat roman orqali inson hayoti, taqdiri, ruhiy va ma’naviy olami keng va masshtabli tarzda ijtimoiy, iqtisodiy va ma’naviy hayot oqimi bilan o’zaro yaxlit munosabatda ifoda etilishi va bu orqali san’atkor ma’lum g’oyaviy-badiiy konsepsiyani asoslashi mumkin. Shu sababli jamiyat va tabiat taraqqiyotining eng muhim hayotiy masalalari bilan bog’liq talqin etilmoqda. Bular – inson va tarix, inson va urush, inson va mehnat, inson va ahloq, inson faoliyati va boshqa muammolar. Oybekning “Navoiy” romani bugungi talabchan kitobxonga daho san’atkor Navoiy va u yashab ijod etgan davr haqida haqqoniy ma’lumot berish bilan birga uning insonparvarlik, mehnatsevarlik, ma’naviy-axloqiy yuksaklik kabi ulug’vor g’oyalar, etik va estetik ideallar ruhida tarbiyalashga xizmat qilmoqda. Bu esa o’z navbatida Oybekning mazkur roman orqali aytmoqchi bo’lgan badiiy-estetik konsepsiyasining naqadar hayotiy, haqqoniy va badiiy ekanligini yana bir bor tasdiq etadi.
O’zbek adabiyotida Oybekning mazkur romani dunyoga kelgan bir davrda qozoq prozasida taniqli adib Muxtor Avezov qalamiga mansub “Abay” romani yozilmoqda edi. O’zbek va qozoq xalqlari taqdirida mushtarak tomonlari bo’lgani kabi Oybek va Muxtor Avezov romanlariga xam obyektiv borliq, tarixiy voqelik, xayot xaqiqatini bir-biriga yaqin pozitsiyalarda turib tasvir etadilar. Shoir taqdiri misolida o’xshash g’oyaviy-badiiy konsepsiyalarni olg’a suradilar. Biroq alohida-alohida olib qaralganda har ikkala tarixiy roman o’z materiali, obrazlar tizimi, uslubi va boshqa hususiyatlari jihatidan farq qiladigan original, o’ziga xos asarlardir.
O’zbek adiblari 70- yillardan boshlab yana tarixiy mavzularga qaytib qator asarlar yaratdilar. Odil Yoqubovning “Ulug’bek xazinasi”, Mirmuhsinning “Me’mor”, Pirimqul Qodirovning “Yulduzli tunlar”, “Avlodlar dovoni” romanlari e’lon qilindi. Shuni alohida qayd qilish kerakki, “Navoiy”, “Ulug’bek xazinasi”, “Me’mor”, “Yulduzli tunlar”, “Avlodlar dovoni” romanlari o’zbek xalqining tarixida “Sharq renessansi” deb atalgan XV-XVI asr hayotidan olib yozilgan. Zamin va zamon mushtarakligiga esa, o’z navbatida, asardagi adiblar ilgari surgan g’oyalarning bir-biriga yaqin bo’lishiga olib kelgan. Bu hol xususan, inson konsepsiyasining badiiy ifodasida yorqin ko’rinadi.
Odil Yoqubovning “Ulug’bek xazinasi” romanida jahon fani tarixida chuqur iz qoldirgan olim, hukmdor Mirzo Ulug’bek va uning shogirdi Ali Qushchi obrazlari yetakchi o’rin tutadi.
Yulduzli tunlar” romani endigina o’n yoshlardan oshgan Bobur boshiga tushgan og’ir savdolar tasviridan boshlanadi. Otasi bir baxtsiz tasodif tufayli halok bo’lgach, hukmdorlik hali yosh, xalq ta’biri bilan aytganda “ona suti og’zidan ketmagan” Bobur qo’liga o’tadi. Albatta davlatni boshqarish oson emas. Ikkinchi tomondan, tabiatan iste’dodli o’spirin badiiy ijodga ham mehr qo’ygan. Shunday bo’ladiki, beomon va shafqatsiz jamiyat bo’lg’usi ulkan shoirni turli kuylarga soladi, goh uni shod etsa, goho mag’lubiyat alamini totib, tog’u dashtlarda darbadar bo’lib yurishga, hatto ona yurtdan bosh olib chiqishga majbur qiladi. Romanda shoir va hukmdor Bobur taqdirini tasvirlashda yozivchi izchil realistik pozitsiyada turib qalam tebratadi, hayot haqiqati, saqlanib qolgan adabiy faktlarga ijodiy yondashadi, zarur o’rinlarda badiiy to’qimadan mohirona foydalanadi va hukmdor emas, shoir obrazini yaratadi. Bu obraz talqinidan kelib chiqadigan g’oyaviy-estetik ma’no ko’lami ham keng: inson qanday sharoitga tushib qolishidan qat’iy nazar, o’zining inson ekanligini, xalq va jamiyat undan ko’p narsa kutayotganligini unutmasligi va hayotda doimo haqiqat, ezgulik, adolat uchun kurashmog’I kerak. Ona-Vatanni zo’r muhabbat bilan sevish, yuksak g’oyalar uchun kurash, o’zini emas, o’zgalar osoyishtaligi haqida g’amxo’rlik qilish – mana kitobxon romandan oladigan ma’naviy saboqlar. Bunday xususiyat va biz yuqorida ko’rib o’tgan o’zbek romanlari uchun ham xosdir.


Download 50.96 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling