I bob. Sanoat ishlab chiqarish, qishloq xo’jaligi
Zargarlik buyumlari, maishiy uy-ro’zg’or buyumlari
Download 106.64 Kb.
|
SANOAT ISHLAB CHIQARISH, QISHLOQ XO’JALIGI
1.3. Zargarlik buyumlari, maishiy uy-ro’zg’or buyumlari
Zargarlik — badiiy hunarmandlik soxasi; oltin, kumush, mis, qalay kabi rangli metallardan zebziynat buyumlari (taqinchoqlar), bezak buyumlari yasash kasbi. Zargarlar bezak buyumlari tayyorlashda quyish, bolgʻalab (zarb berib) yasash, hallash (oltin va kumush suvi yuritish), oʻyib yoki boʻrttirib naqsh yasash, bosma, zigʻirak (zargarlik zigʻirak), sovotkori, qolipaki, shabaka kabi usullardan keng foydalanadi. Qimmatbaho toshlar (gavhar, feruza, dur, hatsik va b.)ga ishlov berib, Z. buyumlari (bargak, bibishak, bilaguzuk, bozuband, bozgardon, boldok, buloqi, boʻyintumor, gajak, duotuzi, jevak, jigʻa, zarkokil, zebigar Alisher Navoiyning "Hamsa" asariga ishlangan zarvaraq (Hirot, 1492—93 yillar; xattot Sultonali Mashhadiy, muzahhib Mavlono Yoriy. Sankt-Peterburg Davlat xalq kutubxonasi qoʻlyozmalar fondida saqlanadi). Zargarlik: tillaqosh (Toshkent, 1880-yil); Dalvarzintepadan topilgan boʻyin taqinchogʻi (pektoral, milotdan avval 1-asr) don, zulf, isirgʻa, kokil, oyboldoq, osmatuzi, sanchok, tavq, tilla bargak, tilla tuzi, tillaqosh, turunj, uzuk, shokila, qashqarboldoq, halqa kabi) yaratilgan. Arxeologik topilmalar 3. qadimdan mavjudligini koʻrsatadi. Qad. Misr, Yunoniston, Eron, Xitoy zargarlari Z. buyumlari tayyorlashda marjon, nefrit, kahrabo va b.dan keng foydalangan. Yevropada, ayniqsa, roman va gotika davrida (12—15 asrlar) 3. sanʼati yuksak pogʻonaga koʻtarilgan, Z.ning yangi usul va uslublari vujudga kelgan. OʻzRning koʻpgina muzeylarida saklanayotgan topilmalar respublika hududida (YunonBaqtriya podsholigi, milotdan avval 3—2-asr; Qadimgi. Xorazm, asosan, milotdan avval 1ming yillik oʻrtalaridan mil.Xorazmda zargarlarning obrosi bõlgan va xurmat qilingan. 8-asr gacha) Z. rivoj topganini koʻrsatadi. Buxoro, Samarqand, Toshkent, Xiva, Qoʻqon, Shahrisabz va b. shaharlarda Z. rivojlangan. 19-asr oxiri 20-asr boshida oʻziga xos ishlanishi, shakli, bezaklari, xususiyatlari bilan birbiridan farq qilgan xilmaxil Z. buyumlari keng tarqalgan, ziynat buyumlari toʻplamlari vujudga kelgan. Asrlar osha avloddan avlodga oʻtib kelayotgan 3. sanʼati 20 -asr boshlarida inkirozga yuz tutdi, xalq ustalarining soni qisqara boshladi. Ustalarga qimmatbaho xom ashyolardan foydalanishga yoʻl qoʻyilmadi. Z. fkalarida ijod qilgan ustazargarlar ish jarayonida astasekinlik bilan mavjud anʼanalardan yiroqlasha bordilar. Natijada ular tomonidan ishlab chiqarilgan buyumlarning shaklishamoyili oʻzgarib "eklektik" manzarani yuzaga keltirdi va baʼzi anʼanalarni butkul yoʻqolishiga olib keddi. Oʻzbekiston mustaqillikka erishgandan soʻng Z. sanʼati jonlandi. Qimmatbaho metall materiallardan foydalanishga imkon yaratildi. Ijod qilayotgan ustalar, asosan, 2 yoʻnalishda: mahalliy Z. unutilib borayotgan, anʼanalarni qayta tiklash va anʼanaviy zamonaviy uslubda Z. buyumlari yaratish ustida ijod qilmoqdalar. Anʼanaviy Z. buyumlari — tumorlar, isirgʻalardan "uch koʻzacha", "oy boldoq", "er bidor", "qashqarboldoq" va b. yaratildi. Ustalardan Dadamuhamedovlar sulolasi, G. Yoʻldosheva, R. Muhametshin, M. Nozirxonov, Sh. Nizomov, I. Olimov, G. Tosheva va boshqalar Z. anʼanalarini oʻrganish, rivojlantirish va yangi yoʻnalishlarni kashf etish borasida qator ishlarni amalga oshirdilar. Buxoro, Xorazm, Surxondaryo va boshqa Z. maktablarning ayrim chizgilari birbiriga uygunlashtirilib, yangi zamonaviy Z. buyumlari yaratilmoqd-asr A. Ulumbekovaning "Ayol" (1998), "Afrika" (1999), "Baliqcha" (1999); E. Gostevning "Parvoz" (1998) asarlari, R. Muhametshin ijodiy namunalari ("Hayot daraxti", 1993;Bilaguzuklar: ilon shaklidagi bilaguzuk (Baqtriya, mil. av. 3-asr); soatli bilaguzuk (20-asr). "Togʻ irmogʻi", 2001) oʻzining bezakdorligi, tasvirining nozikligi hamda xalq sanʼatining mumtoz namunalari asosida yaratilishi bilan farqlanadi. Hoz. kunda usta — zargarlar bilan bir qatorda bir necha birlashmalar — "Fonon" va "Kumush" birlashmasi, "Hyp" davlat Z. markazi, "Musavvir", "Us t a zoda" kabi markazlar ham ichki bozorni Z. buyumlari bilan toʻldirmoqda. Oʻzbekiston Badiiyot akadimyasining tashabbusi bilan Toshkentda 2001-yil aprelda "Zargarlik — 2000", 2002-yil aprelda "Zargarlik — 2002" xalqaro koʻrgazmalari namoyishi oʻtkazildi. Ushbu koʻrgazmada koʻpgina davlatlarning zargar ustalari oʻz asarlari bilan qatnashdi (yana qarang Zargarlik sanoati); 2) bozorda zargar ustalarning doʻkonlari joylashgan rasta yoki mahalla Qabul qilingan hujjat Davlat soliq qoʻmitasi (DSQ) tomonidan litsenziya olingan paytdan boshlab zargarlik buyumlarini ishlab chiqaruvchilar faoliyatini kuzatish meхanizmini belgilaydi. Buning uchun tegishli tuzilmalar idoralararo aхborot tizimiga quyidagi ma’lumotlarni real vaqt rejimida yuboradilar: 1) quyidagi tadbirkorlik sub’yektlari toʻgʻrisida: • qimmatbaho metallar va qimmatbaho toshlar bilan ishlashga litsenziya olgan, shuningdek roʻyхatdan oʻtkazilgan guvohnomaga ega boʻlgan (Probirlash palatasi); • qimmatbaho metallarni (Markaziy bank), shu jumladan birja savdolari (Oʻzbekiston Respublika tovar хom ashyo birjasi) orqali, shuningdek NKMK va OKMKda qimmatbaho metallarni sotib olgan; 2) olib kirilgan va «erkin muomalaga chiqarish (import)» bojхona rejimiga rasmiylashtirilgan zargarlik buyumlari (TIF TN pozitsiyasi 7113-7116), qimmatbaho metall va toshlar (TIF TN pozitsiyasi 7101-7112) toʻgʻrisida (Davlat bojхona qoʻmitasi). Kelib tushgan aхborotlar asosida DSQda zargarlik buyumlarini ishlab chiqarish, import va realizatsiya qilish faoliyati bilan shugʻullanadigan sub’yektlar toʻgʻrisida ma’lumotlar bazasi shakllantiriladi. Bundan tashqari, har chorakda soliq organlari tomonidan tadbirkorlik sub’yektlari topshirgan hisobotlaridagi ma’lumotlar soliq organlariga kelib tushgan ma’lumotlar bilan solishtirish orqali kameral nazorat oʻtkaziladi. Bunda quyidagilarga alohida e’tibor qaratiladi: • litsenziya va guvohnomaning mavjudligi; • hisobotlarida realizatsiya qilingan mahsulotlar miqdori toʻgʻri koʻrsatilganligi; • import qilingan zargarlik buyumlarining miqdori realizatsiya miqdoriga muvofiqligi; • savdo shoхobchasi NKM va toʻlov terminallari bilan jihozlanganligi; • hisobot davrida mahsulot realizatsiyasidan olingan foyda miqdorining soliq davridagi hisobotlardagi koʻrsatkichlarga muvofiqligi va boshqalar. Kameral nazorat natijasiga koʻra tafovutlar mavjudligi aniqlansa, soliq toʻlovchiga uning hisobotlariga tegishli tuzatishlar kiritish hamda kamchiliklarni bartaraf etish yuzasidan talabnoma yuboriladi. Sub’yekt tomonidan taqdim etilgan aхborotning ishonchliligini tasdiqlash lozim deb topilgan hollarda, mavzuli ekspress-oʻrganish amalga oshiriladi. Tadbirkorlik sub’yektlari asillik darajasini belgilash yoki tamgʻalashning tartibini buzish, shuningdek, kirim qilinmagan zargarlik buyumlarini sotish holatlari aniqlangan taqdirda, quyidagi choralar koʻriladi: • huquqbuzarlik birinchi marta sodir etilganda – zargarlik buyumlarini musodara qilmagan holda ular qiymatining 50%i miqdorida moliyaviy jarima undiriladi; • bir yil davomida takror sodir etilganda buyumlar musodara qilinadi yoki ularning toʻliq qiymati miqdorida jarima undiriladi Zargarlik buyumlari ishlab chiqaruvchisiga o‘z mahsulotlarini mustaqil sotish, ishlab chiqargan zargarlik buyumlarining asillik darajasini mustaqil belgilash huquqi berildi. O‘zbekistonda zargarlik tarmog‘ini jadal rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risidagi prezident Farmoni qabul qilindi, xabar beradi Adliya vazirliginining “Huquqiy axborot” kanali. Farmon bilan 2019 yil 1 iyuldan: • zargarlik bo‘yicha litsenziyasi bo‘lgan mahalliy ishlab chiqaruvchilarga o‘zi ishlab chiqargan zargarlik buyumlarining asillik darajasini mustaqil belgilash va ularga asillik darajasi izlarini qo‘yish huquqi berildi; • zargarlik buyumlarini ishlab chiqaruvchi litsenziyaga ega yakka tartibdagi tadbirkorlar o‘z mahsulotlarini mustaqil sotishi, aholidan qimmatbaho metallar parchalari, qimmatbaho toshlar va buyumlarni sotib olish huquqiga ega; • davlat ulushi bo‘lmagan yoki davlat ulushi 50%dan kam bo‘lgan tadbirkorlar ishlab chiqarishda qimmatbaho metallar va qimmatbaho toshlarni sarflash, hisobini yuritish va saqlash tartibini mustaqil belgilaydi; • jismoniy shaxslar qiymati 5 ming $dan ko‘p bo‘lgan zargarlik buyumlarini deklaratsiya to‘ldirgan holda O‘zbekistondan tashqariga olib chiqishi mumkin; • zargarlik sohasidagi tadbirkorlar “O‘zbekzargarsanoati” uyushmasiga ixtiyoriy a’zo bo‘lsa, uyushma a’zolarining imtiyoz va preferensiyalari ularga ham tatbiq etiladi. 2019 yil 1 iyundan qimmatbaho metallarni sotib olish uchun berilgan bank kreditlari bo‘yicha foiz xarajatlari Tadbirkorlik faoliyatni rivojlantirishni qo‘llab-quvvatlash davlat jamg‘armasi tomonidan kompensatsiya qilish orqali zargarlik buyumlarini ishlab chiqaruvchilar qo‘llab-quvvatlanadi. Download 106.64 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling